TERMIZ AGROTEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION RIVOJLANISH INSTITUTI MAGISTRATURA BO’LIMI STIPENDIYA TAYINLASH KOMISSIYASINING
18-SONLI B A Y O N N O M A S I “____”_________21__ yil Termiz tumani QATNASHDILAR:
1. 2022-2023 o’quv yili bahorgi semestr fanlarini to’liq o’zlashtirgan to’lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan to’lovni stipendiyali shaklda amalga oshirgan talabalarga stipendiya tayinlash tartiblari to’g’risida.
ESHITILDI: Stipendiya tayinlash komissiyasining raisi A.Maxmadaliyev
2022-2023 o’quv yili uchun tasdiqlangan o’quv rejalaridagi bahorgi semestri yakunlari bo’yicha magistratura bo’limi to’lov-kontrakt asosida o’qiyotgan to’lovni stipendiyali shaklda amalga oshirgan talabalarga stipendiya tayinlash tartiblari haqida axborot berdi.
SO’ZGA CHIQDILAR:magistratura bo’limi boshlig’i B.Normatov
2022-2023 o’quv yili uchun tasdiqlangan o’quv rejalaridagi bahorgi semestr yakunlari bo’yicha to’lov-kontrakt asosida o’qiyotgan to’lovni stipendiyali shaklda amalga oshirgan talabalarga 2022-yil 1-yanvardan o’zlashtirish ko’rsatkichiga binoan belgilangan miqdorlarda oylik stipendiya tayinlanishi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to’lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to’lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 59-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida”gi Nizomga muvofiq amalga oshirilayotganligini hamda fanlar bo’yicha qaydnomalardagi ball va baholar to’liq taftish qilinganligini ta’kidladi.
XULOSA QILINDI:
2022/2023-o’quv yilida to’lov-kontrakt asosida talabalar safiga qabul qilingan quyidagi stipendiyali to’lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabaga 2022/2023-o’quv yili baxorgi semestri uchun 2022-yil 1-yanvardan bazaviy miqdordagi (517 880 so’m) stipendiya tayinlanishida ruxsat berishingizni so’rayman.
3. 2022-2023 o’quv yili bahorgi semestr natijalari bo’yicha stipendiya tayinlash jarayonida xatoliklarga yo’l qo’yilganligi aniqlansa, talabalarga qo’shimcha yoki kam to’langan mablag’ni kompensatsiya qilinishi magistratura bo’limi boshlig’i B.Normatov zimmasiga yuklatilsin.
4. Ushbu qaror bajarilishini nazorat qilish o’quv-uslubiy bo’lim uslubchisi O’.Allayorov zimmasiga yuklatilsin.