Xujum xarakatlarini tayyorlash taktikasi
Xujum xarakatini ma`lum bir usul bilan taktik tayyorlash murakkab usulning bir kismi bo`lishi lozim. Bunda u xujum usuli bilan uzluksiz ravishda bajariladi. Aldamchi xarakatdan (shaxsan xujum bajarishni taktik tayyorlashdan) murakkab xujum xarakatining (MXX) xal etuvchi yakuniy xarakatiga o`tish paytiga aloxida e`tibor karatish lozim. Turli xujum usullariga eng maksadga muvofik bo`lgan taktik tayyorgarlik usullarini tanlash lozim. Shu maksadda Kurashchilar taxminiy MXX bilan tanishgandan so`ng kuyidagi topshirikni
oladilar: ma`lum bir usulga mustakil ravishda taktik tayyorgarlik usullarini tanlash va ularni xujum usullari bilan MXX ga birlashtirish (yangi MXX ni o`ylab topish).
Murakkab xujum xarakatlarini takomillashtirishda pedagogik jarayon yangi malakani tarbiyalashga karatilgan. Yangi MXX ni muvaffakiyatli egallash fakat avval o`rganilgan usullar asosida amalga oshirilishi mumkin. MXX ni o`rganish jarayonida MXX ni shakllantirishda kiyinchiliklarni ketma-ket yengib o`tish talabiga rioya etish lozim. MXX ni bajarishda oldingi mashklar egallangandan va MXX ning tayyorlov xarakatidan yakuniysiga o`tishda yukori aniklikka erishilgandan so`ng keyingi beshta urinish davomida takrorlashni bajarish zarur. Agar bunday takrorlashlarda aniklik yomonlashmasa (malaka yetarlicha mustaxkam bo`ladi), unda keyingi MXX ni egallashga o`tish lozim. MXX ga o`rgatish boshida bir xarakatdan ikkinchisiga o`tishi anikligi kamrok bo`ladi, keyinchalik u oshib boradi.
Ma`lum bir usulga (xujum usullariga) nisbatan xujum xarakatlarini ko`llashni o`rganishda rakib xarakatlarida ―o`lik nukta‖ni (xarakatsiz xolat va ma`lum bir vakt ichida ximoyalanish xarakatlarini bajara olmaslik) yaratib, usul xarakati yo`nalishi tomoniga kabi karama-karshi tomonga turli taktik tayyorgarlik usullarini tanlash zarur. Kurashda oyokni ushlab olish bilan bajariladigan usullar ko`p ko`llanilishi sababli o`smirlarni ko`p sonli xujumni taktik tayyorlash usullariga o`rgatish zarur. Buning asosiy maksadi - o`smirlar o`zlariga yokadigan murakkab xujum xarakatlarini mustakil yarata olsinlar. Bundan tashkari, o`smir turli rakiblarga karshi tanlab ko`llay olishi mumkin bo`lgan turli MXX ni egallashi lozim.
Xujum xarakatlari taktikasiga keyinchalik o`rgatish turli usullardan kombinatsiyalar tuzish va ular bilan xujum kilishni egallash yo`li orkali olib boriladi. Kombinatsiyalar shunday tuzilishi kerakki, birinchi usul bilan bajarilgan xujum rakibning ximoyalanish xarakatlari natijasida keyingi usul bilan xujum kilish uchun kulay dinamik vaziyatni yaratishi lozim. Kombinatsiyalar to`xtovsiz bajariladigan uchta-to`rtta usullardan tashkil kilinishi mumkin. Bunda oxirgisidan oldingi xujum usuli oxirgi (yakuniy) usul uchun kulay dinamik vaziyatni yaratishi zarur.
Bunday kombinatsiyalar bilan xujum kilish misollarini o`kituvchi ko`rsata olishi xamda o`smirlarni bunday xujumlarni mustakil o`ylab topishga o`rgatishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |