” 2021yil jismoniy madaniyat


Bellashuvni tuzish taktikasi



Download 2,17 Mb.
bet134/159
Sana26.02.2022
Hajmi2,17 Mb.
#471467
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   159
Bog'liq
КУРАШ МАЖМУА 2021 расмлиги

Bellashuvni tuzish taktikasi
Sport Kurashi taktikasi texnika rivojalanishi, musobaka koidalari va xakamlik tizimining o`zgarishiga muvofik xolda muntazam rivojlanib kelmokda.
Xozirgi paytda Kurashchi tomonidan to`xtovsiz xujum bajariladigan taktika afzal xisoblanadi. Ushbu xolda, xattoki agar u ballar bilan baxolanadigan xech kanday xujum uyushtirmagan, uning rakibi esa fakat ximoyalangan bulsa xam, unga ustunlik beriladi, rakib esa sustkashligi uchun ogoxlantirish oladi.
Kurashchi to`tovsiz xujumlar taktikasini ko`llash uchun o`z jamgarmasida taktik tayyorgarlikning turli usullari, ko`p sonli oddiy xujum xarakatlari va MXX ga ega bo`lishi lozim. Bundan tashkari, bunday taktika yukori darajada chidamlilikka ega bo`lishni takozo etadi. Shu bilan birga u nisbatan tinch xamda rakibni xujumga chorlash davrlari bilan almashtirib turilishi mumkin. Bunda Kurashchi rakib xujumini kaytarishga tayyor turishi lozim.
Texnika taktikaning asosiy vositasi xisoblanadi. Muayyan taktikani tanlash xam usullar jamgarmasiga boglik. Ko`pincha u Kurashchining jismoniy kobiliyatlari: kuchi, tezkorligi, chakkonligi bilan aniklanadi. Ushbu sifatlardan biron birining yukori darajada rivojlanganligi shu jismoniy sifatga urgu bergan xolda (xal etuvchi xarakat bilan) taktikani tuzishga imkon yaratadi.
Bellashuvni olib borish taktikasi, asosan, rakib tayyorgarligi darajasiga boglik. Bellashuv taktikasini to`gri tuzish uchun, birinchi navbatda, rakibning kanday xujum xarakatlarini ko`llashi, kanday ximoyalanishi, uning jismoniy tayyorgarligi kandayligini bilish lozim.
Taktikani o`z tayyorgarligining kuchli tomonlari va muayyan rakibning bo`sh tomonlarini xisobga olgan xolda rejalashtirish shart. Masalan, agar Kurashchi katta kuchga ega bo`lsa, unda xal kiluvchi xujumni kuch usulida kurish lozim. Agar rakib xarakatlarni tez bajara olsa, unda uning xarakatlarini ushlab olishlar bilan bo`gish va kuch bilan bostirish zarur. Agar u jismonan kuchli bo`lsa, uning xarakatlaridan ilgari xarkatlanish va murakkab xujumlar bilan ustunlikka erishish lozim. Rakibning yaxshi ko`rgan xujumlarini bilgan xolda karshi xujum xarakatlarini tanlash zarur. Baland bo`yli rakib bilan Kurashishda MXX ning xal kiluvchi usuli oyokdan ushlab olish bo`lishi kerak. Past bo`yli rakibning oyogidan ushlab olish kiyin, shuning uchun xujum uning yelkasidan siltab muvozanatdan chikarish xamda egilib yelkadan oshrib tashlash va oyok xarakatlari yordamida siltab parterga o`tkazish xisobiga kurish zarur.
Muayyan rakib bilan bellashuvni o`tkazish uchun Kurashchi ma`lum bir taktika rejasini oldindan belgilab olishi lozim. Bunda, agar u ustunlikka erishishga olib kelsa, uni bellashuv oxirigacha ushlab turish lozim. Agar u muvaffakiyatsiz bo`lsa, extiyot shart boshka variantlari tuziladi.
Taktik reja kuyidagi tarkibiy kismlardan iborat:

  1. Bellashuv maksadi va unga erishish uslublari. Maksad Kurashchi va rakibning imkoniyatlariga karab belgilanadi. Nisbatan bo`sh rakib bilan bo`ladigan

Kurashda Kurashchining maksadi - sof galabaga; kuchli rakib bilan esa - ochkolar bo`yicha galabaga erishishdan iborat.

  1. Texnik xarakatlarni tanlash. Kurashchi o`z tayyorgarligini xisobga olgan xolda belgilangan maksadga to`lik mos keladigan va muayyan rakib bilan Kurashishda samarali bo`lgan texnik xarakatlar xamda ularni tayyorlash usullarini (MXX) tanlaydi. Usullar va MXX rakibning bo`sh tomonlarini xisobga olgan xolda tanlanadi.

  2. Bellashuvni tuzishning umumiy yo`nalishi bellashuvning birinchi davridanok galabaga erishish yoki ballarda ustunlikka ega bo`lishga karatiladi.

  3. Bellashuv sur`ati. Yaxshi tayyorgarlikka ega bo`lgan Kurashchi yetarlicha chidamlilikka ega bo`lmagan, lekin kuch va texnikada undan ustun bo`lgan rakib bilan uchrashuvda bellashuvni yukori sur`atda olib borishni rejalashtirishi maksadga muvofikdir. Chidamli rakib bilan bo`ladigan bellashuvda o`z energiyasini tejab sarflash lozim. Rakibga bellashuvni yukori sur`atda olib borishga yo`l ko`ymaslik maksadida uning xarakatlarini cheklab kuyish, o`zi esa karshi xujum uchun eng kichkina imkoniyatdan foydalanib kolishga tayyor turishi lozim.

  4. Tik turish va masofani tanlash. Tik turish va masofani tanlashda shuni xisobga olish lozimki, ular belgilangan xujum xarakatlarini bajarishga yordam berishi xamda rakib ―yaxshi ko`rgan‖ xujumlarni kyinlashtirishi lozim.




  1. Kurash davrlari o`rtasidagi tanaffuslarda bellashuvning borishini tankidiy baxolash xamda tuzatishlar kiritish, ya`ni uni kanday olib borilganligini baxolash, rakibning bo`sh tomonlarini aniklash, nimadan extiyot bo`lishni belgilab olish, Kurashning kolgan vaktidagi xatti-xarakatlarni aniklab olish zarur. Masalan, galaba keltiradigan xolatga erishgandan so`ng bellashuv takdiri xal etilgan deb xisoblash mumkin emas. Arbitrning final xushtagi yangramaguncha, dikkatni jamlab turish, e`tiborli bo`lish va rakibning xujum xarakatlariga tayyor turish zarur. Chunki rakib, yutkaza turib, o`z kuchini safarbar etadi va xar doim xam xujumni okilona tashkil kilmaydi. Bu paytda manevr olib borish, aldamchi xujumlar xamda xarakatlarni cheklaydigan ushlab olishlarni ko`llash zarur.

Kurashchi, bellashuvda yutkaza turib, oxirgi sekundga kadar xal kiluvchi xujumni tayyorlashi lozim. Kurashchi, o`z xarakatlari bilan maglubiyatni tan olgandek ko`rsatib, rakib uchun kutilmagan vaziyatda ―portlashi‖ va bellashuv takdirini o`z foydasiga xal kiluvchi murakkab xujumni amalga oshirishi zarur.
Ko`pgina mutaxassislarning belgilashicha, amaliyotda sportchilarni o`rgatish texnik tayyorgarlik bilan cheklanadi, ba`zi xollardagina trenerlar texnik usullarni amalga oshirish taktikasi bo`yicha tavsiyalar beradi. Bellashuvni olib borish taktikasiga kelganda, tayyorgarlikning bu bo`limini sportchilar asosbevosita musobakalarda o`rganadilar. Musobakalar paytidagi trener ko`rsatmalari va musobakadan so`ng bellashuvni taxlil kilish ko`p jixatdan sportchilarning nazariy bilmilari doirasini kengaytiradi, lekin bir vaktning o`zida ular muayyan o`rgatish bilan mustaxkamlanmagan nazariy material bo`lib koladi, xolos.
Shunday kilib, bevosita musobakalarda ishtirok etish xozirgi kunda taktik maxoratga o`rgatish xamda takomillashtirishning yagona ta`sirchan uslubi xisoblanadi.
O`tkazilgan tadkikotlar natijasida (R.A.Piloyan, V.T.Djaparaliev, 1984) birinchi marta Kurash bellashuvi tuzilmasini tashkil etuvchi va muayyan vazifalarni xal etishning turli usullari xamda vositalarini tavsiflovchi taktik xarakatlar ajratildi:

  • razvedka kilish - xarakat Kurashchilarning katta ―aldamchi‖ faolligi bilan tavsiflanadi. Bellashuvning birinchi minutlarida manevr olib borish aldamchi xaraktalar, siltashlar, chorlash xisobiga amalga oshiriladi. Sifat tavsiflari (ro`yobga chikish yoki chikmaslik) keyingi xarakatning amalga oshirilish darajasi bo`yicha aniklanadi;

  • xujumni amalga oshirish - ushbu xarakat uchun oldindan anik tayyorgarlik ko`rmasdan xujumning texnik usulini o`tkazish xosdir. Usulni bajarish vakti, aks xolda - shunday tayyorgarlik vakti xam kayd kilinadi. Ikkala xolda xam usulning tugash vakti yoki maksadli ko`rsatmaning o`zgarish vakti kayd etiladi;


  • karshi xujumni amalga oshirish - maksad bellashuvda rakibning xujum xarakatlari paytida singari maxsus yaratiladigan sharoitlar vaktida yuzaga keladi. Birinchi xolatda Kurashchi avval ximoyalanish xarakatini amalga oshiradi, so`ngra karshi xujumni bajaradi. Ikkinchi xolatda Kurashchi rakibni ma`lum bir ushlab olishga chorlaydi va keyin karshi xujum xarakatlari amalga oshiriladi. Birinchi xolda ximoyalanish xarakatini tugallash vaktidan boshlab to karshi xujumning texnik usulini yakunlashga kadar, ikkinchi xolda - chorlashni ko`llash paytidan boshlab to usulni yakunlash yoki maksadli ko`rsatmani o`zgartirishga kadar bo`lgan vakt oraliklari xisobga olinadi;

  • ximoyalanishni amalga oshirish - ximoyalanish xarakatlari rakib tomonidan ma`lum bir xujum xarakatini amalga oshirish uchun ushlab olish paytidan boshlanadi va ximoyalanishni amalga oshirish yoki rakib tomonidan xujumni amalga oshirish bilan yakunlanadi;

  • faollikni namoyish kilish - ushbu xarakatni xal etish boshi va oxiri birmuncha ko`shilib ketgan xamda Kurashchining o`zidan tuzatish kiritishni talab kiladi. Lekin dikkat bilan taxlil kilganda ularni yetarlicha anik ko`rish mumkin.

Faollik bilan siltashlar, itarishlar, aldamchi xarakatlarning ko`pligi bilan tavsiflanadi.
Kurashchilar xujum usullarining boshlangich xarakatlarini bajarayotgan paytlarida, odatda, usulni oxirigacha yetkazmaydilar;

  • ustunlikni ushlab kolish, ya`ni Kurashchi yutilgan ballar orkali ustunlikka erishgandan so`ng uni ushlab kolishi lozim. Bu taktik xarakat shu bilan tavsiflanadiki, sportchi imkon kadar uzok vakt ichida rakibiga yutkazib ko`yilgan ballarni kamaytirishga xalakit berishi zarur. Ushbu xarakatni amalga oshirishda manevr olib borish va xujum xarakatlari keng ko`llaniladi, buning ustiga Kurashchi asosan ushlab olishni amalga oshiradi xamda xakam bellashuvni to`xtatgunga kadar rakib xarakatini cheklab ko`yadigan xolatda turadi;

  • kuchni tiklash - Kurashchi, turtishlardan foydalanib, xarakatlarni cheklab, manever olib borib, nafas olishni tiklashga va, mushaklarni to`lik bo`shashtirib, ulardagi kon okimlarini kuchaytirishga xarakat kiladi. Bu xolda ushlab olishlarga yo`l ko`ymasdan, rakibni uzok masofada ushlashga intiladi;

  • gilam chetida ushlab olishni amalga oshirish - xujum usuli bilan bajariladi, bunda usulni amalga oshirish uchun fakat ushlab olish bajariladi va bu ushlab olishda sportchi rakibni gilam tashkarisiga itarib chikaradi. Koidalarda o`zgarishlar bo`lganligi sababli bu xarakatlarni ko`llash mumkin bo`ldi. Bu yerda, agar Kurashchi rakibni ushlab olib, gilam tashkarisiga chiksa, unga bu xarakati uchun yutuk balli yoziladi, rakib esa ogoxlantiriladi. Bu topshirikning boshlanishi usulni amalga oshirish uchun ushlab olish paytidan boshlab to uni tamomlagunga yoki xakam xushtagi chalinguncha kadar kayd kilinadi;

  • xavfli xolatni amalga oshirish - ushbu xarakatni xal kilish boshlanishi va oxiri bellashuvda yakkol ko`zga tashlanadi. Bu xavfli xolat paydo bo`lish paytidan boshlab belgilanadi va ―tushe‖ xolati yoki rakib tomonidan xavfli xolat bartaraf etilishi bilan tugullanadi;

  • xavfli xolatni bartaraf etish - vazifaning vakt paramertlari (xavfli xolatni amalga oshirilishidan oldin bartaraf etish) oldingi xarakatdagi kabi yengil kayd kilinadi.

Musobaka bellashuvining umumiy vakti ichida xisobga olinmaydigan va ma`lum bir maksadli ko`rsatmaning yo`kligi bilan tavsiflanadigan maksadsiz sarflangan (Kurashchi sustkashligi va kutib turish xolati bilan ifodalangan) vakt oraliklari ko`p sonli ortikcha xaraktalar bilan ajralib turadi. Odatda, bu paytda sportchilar, rakibidan faol xarakatlarni kutayotib, uning texnik rejasiga boglik xolda bo`ladi.
Trenirovka jarayoni mazmunining taxlili shuni ko`rsatadiki, Kurash bellashuvi tuzilmasini tashkil etuvchi taktik xaraktalarga yetarlicha axamiyat berilmaydi. Trenirovkalarda xujum, karshi xujum va ximoyalanish xarakatlariga katta kizikish borligiga karamasdan, ularning musobakalardagi samaradorligi katta emas. Buning sababi shundaki, sportchilar trenirovkalarda taktik tayyorgarlik usullaridan ajralgan xolda, o`tkazilgan usuldan so`ng xavfli xolatni amalga oshirish sifatida taktik xarakatni kiritmasdan xujum, ximoyalanish va karshi xujumlarni amalga oshirish malakalari xamda ko`nikmalarini takomillashtiradilar.
Turli malakali Kurashchilar tomonidan olib boriladigan Kurash xususiyatlarini tavsiflovchi va aloxida xarakatlarning bellashuv minutlari bo`yicha taksimlanishi bilan boglik bo`lgan ko`rsatkich bellashuv davomida kuchning to`gri taksimlanganligi to`grisida fikr yuritishga imkon beradi.
Yanada yukori malakaga ega bo`lgan Kurashchilarda aloxida xarakatlarning minutlar bo`yicha taksimlanishida ma`lum bir konuniyat kuzatiladi. Bellashuvning birinchi minutlarida - razvedka, xujum, ximoyalanish; ikkinchi minutida - xujum, gilam chetida ushlab olishlar, faollikni namoyish kilish; uchinchisida - kuchni tiklash, gilam chetida ushlab olishlar, ximoyalanish, karshi xujum; to`rtinchisida - xujum, karshi xujum, gilam chetida ushlab olishlar, faollikni namoyish kilish, ximoyalanish; beshinchisida - xujum, karshi xujum, gilam chetida ushlab olishlar, faollikni namoyish kilish, ximoyalanish; oltinchisida
- ustunlikni ushlab turish, karshi xujum.
Kurashchilar musobaka bellashuvlari yuzasidan o`tkazilgan tadkikotlar shuni ko`rsatadiki, yukori malakali sportchilarga ko`llaniladigan usullarning turli- tumanligi xamda ularni bellashuv davomida okilona almashtirib turilishi yukori malakali sportchilar uchun xosdir.
Ushbu aytilgan fikr Kurashchilar taktik tayyorgarligini individuallashtirish muammosiga boshkacha yondashishga imkon beradi. Buning uchun sportchining jismoniy va ma`naviy kuch sarflab galabaga erishishga yordam beradigan xamma xarakatlar to`plamini egallashi asos bo`lib xizmat kiladi.
Kurashchining xamma o`nta xarakatlarni xal eta olish va ularni bellashuv davomida to`gri joylashtira olish malakasi uning bazaviy individual tayyorgarligi bo`lib xisoblanadi.
Shuning uchun taktik tayyorgarlikni takomillashtirish buyicha ishlarni uchta yo`nalishda olib borish lozim:

  • ruxiy, morfologik va jismoniy xususiyatlarini xisobga olib, xar bir xarakatni amalga oshirishning eng okilona vositalari xamda usullarini tanlash (xarakatning operatsiya tarkibi);

  • rakib xususiyatlariga karab, bellashuv davomida taktik xarakatlarning turli kombinatsiyalarini shakllantirish.

Birinchi ikkita vazifani xal etish uchun kuyidagi uslubiy usullarni ko`llash mumkin;

  • Darsning tayyorlov kismiga, umumiy rivojlantiruvchi mashklardan tashkari, Kurashchining tez o`zgaradigan o`yin vaziyatida taktik vazifalarni o`z vaktida xal etish kobiliyatini rivojlantirishga yordam beradigan ishorali va o`yin mashklarini kiritish;

  • Ko`l kaftini rakibning oyok kaftiga tekkazish uchun Kurashish: Kurashchilar juft-juft bo`lib, gilam ustida xarakatlanadilar. Bunda ular rakib tovoniga ko`l tekkazishga intiladilar va bir vaktning o`zida o`z tovonlariga rakibning ko`li tegmasligiga xarakat kiladilar. O`yin paytida xamma taktik usullardan: manevr olib borish, xavf solish, siltashlar, aldamchi xarakatlardan foydalanish mumkin. Bu mashk Kurash bellashuvining murakkab, tez o`zgaradigan vaziyatlarida dikkatni bir yerga to`plash va mo`ljal olish kobiliyatini rivojlantiradi. Uni razvedka kilish, kuchni tiklash, faollikni namoyish kilish vazifasini xal etish vositasi sifatida ko`llash mumkin;

  • ―Kuvlashmochok‖ uyini. Kurashchilar oyok uchi bilan rakibning oyok kaftiga tepishga xarakat kiladilar, bunda ularning ko`llari orkada turadi. Bu mashk xam dikkatni jamlashga yordam beradi va Kurashchilarda xarakatlarni rakibidan ilgari bajarish kobiliyatini xosil kiladi;

  • Rakib ko`lini kayirib ko`yish uchun Kurashish. Kurashchilar juft-juft bo`lib rakibning bir yoki ikkita ko`lini shunday ushlab olishga intiladilarki, rakib uzok vakt ichida ko`llarini bo`shata olmasligi lozim. Bu mashkda siltashlar, muvozanatdan chikarishlarni ko`llash mumkin. u Kurashchini ustunlikni saklab kolish va rakibning kuch bilan ta`sir ko`rsatishiga karshilik kilish vazifasini xal etishga tayyorlaydi;

  • Xududiy ustunlikka erishish uchun Kurashish. Kurashchilar gilamning ma`lum bir kismida joylashadilar va belgilangan joydan bir-birlarini tashkariga itarib chikarishga xarakat kiladilar. Bunda xamma taktik usullardan foydalanish mumkin. Bu mashk Kurashchilarda rakibning turli aldamchi xarakatlariga karshilik ko`rsatish kobiliyatini rivojlantiradi.


  • U gilam chetida ushlab olishni amalga oshirish, faollikni namoyish kilish kabi vazifalarni xal etish vositasi sifatida ko`llanilishi mumkin.

O`kuv-trenirovka mashgulotining asosiy kismida taktik vazifalarni xal etish vositalari va uslublarini topshirikli uslubni ko`llagan xolda o`rganish xamda takomillashtirish, shuningdek jaxonning eng kuchli Kurashchilari bellashuvlarini videoyozuvlarini tomosha kilish xamda taxlil etiish tavsiya kilinadi. Bir vaktning o`zida Kurashchilar yo`l kuygan xatorlarni aniklash va bartaraf etish maksadida ularning bellashuvlari taxlil kilinadi. Kurashchilar kancha ko`p vositalar va uslublarni o`rganib chiksalar, ularni musobaka bellashuvida shuncha to`gri, tez xamda samarali ko`llay oladilar, turli malakali Kurashchilarning musobaka bellashuvlarini taxlil etish kobiliyatini rivojalantirish bilan esa sportchi notanish vaziyatdan to`gri yo`l topib chikib ketishi mumkin.
Trenirovka mashgulotini o`tkazish jarayonida Kurashchilar kuyidagi vazifalarni o`z oldilariga ko`yishi kerak: rakib maksadi, yuzaga keladigan vazifalarni xal etish usullari, rakibning bellashuvdagi xatti-xarakatlarini aniklash uchun razvedka kilish. Razvedkani chorlash, aldamchi xarakatlar, aldashlar bilan o`tkazish mumkin.
Trenirovka mashgulotlari davomida bellashuvni olib borish vositalari va uslublarini takomillashtirishni kuyidagi uslubiyat orkali amalga oshirish mumkin: muayyan xarakatni bajarish maksadini tushuntirish; jaxonning kuchli Kurashchilari bellashuvlarining videomagnitofon yozuvini taxlil kilish xamda shunga muvofik kelgusida bellashuvni olib borish vositalari va usullarini tanlash, Kurashchilar yo`l ko`ygan xatolarni bartaraf etish. Xar bir muayyan vazifani xal etish vositalari va uslublarini o`rganish xamda takomillashtirish; o`kuv-trenirovka bellashuvlari davomida xarakat malakasini takomillashtirish.
O`kuv-trenirovka bellashuvlarini shugullanuvchilar malakasiga muvofik xolda olib borish lozim. Misollar keltiramiz.

  1. vazifa. Maksadni va rakibning unga erishish vositalarini aniklash (ko`pi bilan ikkita ball yutkazish bilan). Ikkinchi Kurashchi bellashuvda galaba kozonish topshirik oladi.

Vositalar: xavf solish, chorlash, muvozanatdan chikarish, ximoyalanishlar, karshi xujum.
Maksad: razvedka kilish xarakatini takomillashtirish.
Bellashuv formulasi: bir minutdan ikkita davr. Kurashchining bellashuvdan keyingi xisoboti baxolash mezoni bo`lib xizmat kiladi.

  1. vazifa. Birinchi Kurashchi ―sof‖ galabaga erishishi yoki ma`lum bir mikdorda ballar to`plashi, ikkinchisi - karshi usullar yoki ximoyalanishlarni (kanday xarakat takomillashtirilayotganligiga karab) bajarishi lozim. Masalan, birinchi Kurashchi oyokni ushlab olishni amalga oshiradi, bosh tashkarida. Tajriba

o`ikazayotgan trener buyrugi bilan xar bir Kurashchi o`z vazifasini yechishga kirishadi. Ushbu bellashuvda xujum, ximoyalanish va karshi xujum xarakatlari takomillashtiriladi.
Shunga o`xshash vazifalar xamma taktik xarakatlarni takomillashtirish uchun ishlab chikilishi mumkin. Yuzaga keladigan vazifalarni xal etish vositalari va usullariga asosiy e`tibor karatiladi. Bunda sportchilarning jismoniy sifatlari (kuch, chakkonlik, chidamlilik, egiluvchanlik), texnik tayyorgarligi xisobga olinadi. Bundan tashkari, tajriba orttirish va taktik bilimlar darajasini oshirish maksadida yukori malakali Kurashchilar tomonidan muayyan vaziyatlardan foydalanish vositalari xamda usullarining egallashanishiga xam aloxida e`tibor beriladi.
Ko`pgina mutaxassislarning fikricha, taktik maxorat ko`p jixatdan tez o`zgaritb turadigan musobaka vaziyatlarida to`gri yo`l tutish kobiliyati bilan belgilanadi, shuning uchun yukori sura`da amalga oshiriladigan ma`lum bir musobaka vaziyatlarini mashgulotlarga kiritish lozim. Bundan tashkari, yana shu narsa muximki, Kurashchi juda tolikkan vaziyatlarda xam taklif kilingan xar kanday topshirikni xal eta olishi lozim. Shuning uchun aynan shu narsa trenirovka jarayonida o`z o`rnini topishi lozim. Shuningdek bo`y uzunligi xar xil bo`lgan rakiblar bilan Kurashishda yuzaga keladigan vazifalarni xal eta olish malakasiga katta e`tibor berish zarur. Taktik maxoratni (turli musobaka vaziyatlarini yoki bellashuvda paydo bo`ladigan vazifalarni xal etish kobiliyatini) baxolash mezoni bo`lib xujum samaradorligi koeffitsienti xizmat kilishi mumkin.
N.M.Galkovskiy (1970) ma`lumotlariga ko`ra, Kurashchi musobakalarda galabaga erishish uchun 60% gacha xujum va ximoyalanishlarni amalga oshirishi lozim. Olib borilgan tadkikotlar natijalariga ko`ra, sportchilar musobakalarda galaba kozonishi uchun 70% gacha razvedka xarakatlarini, 60% - ushlab olishlarni, 60% - faollikni namoyish kilishni, 100% - xavfli xolatni amalga oshirishni, 60% - karshi xujum xarakatlarini, 80%- ustunlikni ushlab kolishni, 80% - kuchni tiklashni, 100% - xavfli xolatni bartaraf etishni bajarishlari lozim.
Uchinchi vazifani xal etish uchun, avval foydalanilgan uslubiy usullardan tashkari, darsning asosiy kismidan oldin kuchli sportchilar bellashuvlarini ko`rish xamda bitta Kurashchini ikkinchisidan farklab turadigan o`ziga xos belgilarni ajratgan xolda taxlil kilish lozim. Aynan shunga asoslangan xolda bellashuvni olib borishning taktik rejasini tuzish mumkin. Shundan so`ng Kurashchilar bellashuv rejasini tuzadilar, trenerga ma`lum kiladilar va turli Kurash usulida o`kuv- trenirovka bellashuvini o`tkazadilar. Bellashuv tugashi bilan uning taxlili o`tkaziladi.
Taklif kilinadigan materialni yanada to`gri kabul kilishga yordam beradigan vazifalardan iborat o`kuv-trenirovka bellashuvlaridan foydalanish lozimvazifa. Ikki minut tik turishda bellashish. Ikkala Kurashchi mumkin kadar ko`p ball to`plashi lozim. Keyin bir minut - parterda.
Birinchi Kurashchi - yukorida, ikkinchisi - pastda. Birinchisi kandaydir xujum xarakati yoki xujum xarakatlari kombinatsiyasini bajarishi lozim, ikkinchisi - yukoriga chikib olishi va yukorida Kurashishni davom ettirishi yoki pastda ushlanib kolishi zarur. So`ngra ikkala Kurashchi tik turishda: birinchisi ikki minut ichida ustunlikni ushlab turishi, ikkinchisi - faollikni ko`rsatishi lozim. Keyin - aksincha, parterda (ikkinchisi yukorida, birinchisi pastda) birinchi vazifaga o`xshash bo`lgan teskari vazifa oladilar, ya`ni bellashuv formulasi kuyidagicha: ikki minut tik turish - bir minut parter - ikki minut tik turish - bir minut ―ko`prik‖- ikki minut tik turish - bir minut parter- ikki minut tik turish - bir minut ―ko`prik‖.

  1. vazifa. Uch kishilik o`kuv-trenirovka bellashuvlari. Birinchi, ikkinchi Kurashchi - ikki minut tik turish; birinchi, uchinchi - bir minut ―ko`prik‖; uchinchi, ikkinchi - ikki minut tik turish; ikkinchi, birinchisi - bir minut ―ko`prik‖; birinchi, uchinchi - bir minut parter; uchinchi, ikkinchi - ikki minut tik turish.

Vazifalar kuyidagicha bo`lishi mumkin: razvedka kilish ; 4 ball yutish; ustunlikni ushlab kolish; fakat ximoyalanish; ximoyalanish va karshi xujum; kuchni tiklash; ―ko`prik‖ xolatidan bosib turish; ―ko`prik‖ dan chikib ketish, faollikni namoyish kilish ; gilam chetida ushlab olishni bajarish.
Bellashuv davomida rakibni almashtirish bilan bajariladigan o`kuv- trenirovka mashgulotlariga katta e`tibor berish lozim. Bu sportchilarda eng kimmatbaxo sifatlardan biri - rakib bellashuvni olib borish taktikasini o`zgartirgan vaziyatda bellashuvning taktik ko`rinishini kayta tuzish malakasini rivojlantirishga yordam beradi. Bunda rakibni o`zgartirish Kurashchi uchun kutilmagan vaziyatda va bellashuvning istagan paytida amalga oshiriladi. Masalan, birinchi va ikkinchi Kurashchilar o`kuv-trenirovka bellashuvini olib bormokda, bir minutu 20 sekunddan keyin, Kurashchilar xolatidan kat`i nazar, bellashuv to`xtatiladi va uchinchi xamda to`rtinchi Kurashchilar bellashuvga kirishadilar. Gilamda ikkita juftlik xosil bo`ladi: birinchisi - birinchi va uchinchi Kurashchilar, ikkinchisi - ikkinchi va to`rtinchi Kurashchilar.
Bir minutdan so`ng juftliklar yana sheriklar bilan almashadilar. Texnik xarakatlarning amalga oshirilish samaradorligi va ularning bellashuvning xar bir minuti xajmida taksimlanishi sportchilar tomonidan bellashuvning olib borilishini baxolash mezoni bo`lib xizmat kiladi.

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish