” 2021yil jismoniy madaniyat


Sambo Kurashining rivojlanish tarixi



Download 2,17 Mb.
bet6/159
Sana26.02.2022
Hajmi2,17 Mb.
#471467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159
Bog'liq
КУРАШ МАЖМУА 2021 расмлиги

2. Sambo Kurashining rivojlanish tarixi
ʼSambo (rus. — qurolsiz o`zini himoya qilish) — sport Kurashi turi. Unga Kurashning turlaridagi eng samarali usullar asos kilib olingan. 20-asrning 30y.larida SSSRda paydo bo`lgan. S.ning sport (Kurash) va jangovar turlari mavjud. S Kurashida Kurashchilar maxsus belbog`li kalta yaktak kiyadilar. S.da rakibining ko`l va oyoqlaridan olish, oyoqlar bilan oyoqlariga, qo`liga va gavdasiga qarshi harakatlar qilish ruxsat etilgan. S.da o`z oyog`ida tik turib raqib kuragini yerga tekkizsa yoki og`rituvchi usul qo`llanganda raqib o`zini mag`lubiyatga uchraganligini tan olsa, shuningdek, ballar bo`yicha farq 12 taga yetsa, rakib man etilgan usulni qo`llab jazolansa sof g`alaba qayd qilinadi. Rakiblardan biri sof g`alabaga erisha olmasa, olishuv natijasi sportchilarning to`plagan ballariga karab aniklanadi. Jangovar S.da Kurashchilar boshga shlem, qo`llariga barmoqlari ochiq qo`lqop kiyib, og`izga kapa (tishni himoya qilish uchun) solib musobakalashadilar. Jangovar S.da tepish, urish, og`rituvchi usullar ko`llash va bo`g`ish mumkin. Kurash 10x 10 m dan 13x13 m gacha kattalikdagi gilamda o`tkaziladi. Kurashchilarning olishuv maydoni 6x9 diametrli bo`lishi kerak.Kurash tanaffussiz 4—5 min. davom etadi. S.ning sport turida: yoshlar (20 yoshgacha) va erkaklar: 52, 57, 62, 68, 78, 82, 90, 100, 100 kg dan ortik: kizlar (20 yoshgacha) va ayollar: 48, 52, 56, 60, 64, 68, 72, 80, 80 kg dan ortiq; o`smir o`g`il bolalar (16—18 yosh): 48, 52, 56, 60, 65, 70, 75, 81, 87, 87 kg dan ortik; o`smir kizlar (16—18 yosh): 40, 44, 48, 52, 56, 60, 65, 70, 75, 75 kg dan ortiq vaznlarda bellashadilar. Faxriylar (35 yoshdan yuqori) va S. ning jangovar turida esa 62, 68, 74, 82, 90, 100, 100 kg dan yuqori vazn toifasida musobaqalashadilar. S. bo`yicha Xalqaro havaskorlik federatsiyasi (FIAS; 1985 y. tashkil etilgan)ga 80 ga yaqin mamlakat a’zo. 1980 yildan Olimpiada o`yinlari dasturiga kiritilgan. 1973 yildan S.ning sport turi bo`yicha, 2001 yildan jangovar S. bo`yicha jahon chempionati o`tkaziladi. O`zbekiston S. federatsiyasi 1964 y. tuzilgan. Ayol S.chilarning federatsiyasi dunyoda faqat O`zbekistonda tashkil etilgan (1996) va u ham Jahon hamda Osiyo federatsiyasiga a’zo bo`lib kirgan. 1971 y. Toshkentda xalqaro turnir, 1972 y. 1Yevropa chempionati, 1998, 2001 va 2002 yilda esa o`smirlar, yoshlar va erkaklar o`rtasida Osiyo chempionati, 2001 va 2003 yillarda ilk bor ayollar S. yulduzlarining jahon chempionati musobaqalari o`tkazilgan. O`zbekiston S. terma jamoasi jahon chempionatida 1-o`rinni egalladi (1993, Omsk), Osiyo chempionatida bir necha marta jamoa hisobida (ayollar va erkaklar, qizlar va o`smirlar) g`oliblikni qo`lga kiritdi. S. bo`yicha sport ustasi J. Sharapatov Osiyo S. federatsiyasining prezidenti (2001 yildan), xalqaro toifadagi sport ustasi Fazliddin Po`latov vitseprezidenti va Osiyoda S.
Kurashini rivojlantirish qo`mitasi raisi (2003 yildan) hisoblanadi. Sobir Kurbonov, Sayfiddin Xodiyev, Bobomurod Fayziyev (2 martadan), Shuhrat Xo`jayev, Akobir Qurbonov, faxriylar o`rtasida esa Fazliddin Po`latov, O`rol Jumaniyozov, Oston Cho`liyev (2 martadan) jahon chempioni bo`lishgan. O`zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida bolalar va qizlar S. bilan muntazam shug`ullanadilar. Respublika oliy sport mahorati maktabi, viloyatlar sport mahorati maktablari, shuningdek, Olimpiya zaxiralari kollejlarida S. Kurashi bo`limlari bor. Yangi Kurash turida V.Oshchepkov Kurashchilar kiyimini o'zgartirdi. U yaponcha Kurashdagi an'anaviy shim va kimonodan voz kechdi, ularni sport kalta shimi xamda maxsus kurtka bilan o'zgartirdi. V.Oshchepkov sport oyok kiyimini xam o'zgatirib, yunon-rumKurashidagi kabi, lekin kirgogi yumshok botinkalarni kiritdi. Texnik xarakatlardan tashlashlar va oyoklardan ushlab olib kokish xamda oyoklarga ogrik beruvchi usullarni kiritdi. Shu bilan birga bo'gib ushlab olish usullarini bekor kildi. Yangi Kurash turi 1938 yilda tan olindi. Ushbu Kurash turining nomi bir kator o'zgartirishlardan so'ng (“erkin usul”, “erkin Kurash”) 1947 yilga kelib rasmiy ravishda “Sambo” deb nomlandi. U so'zlarning kiskartimasidan xosil kilingan bo'lib, “samozaщita bez orujiya” - “kurolsiz o'z-o'zini ximoya kilish” demakdir. Sambo jaxonning bir kator mamlakalarida keng tarkaldi. U bilan Mongoliya, Bolgariya, Yaponiya, Angliya, Ispaniya, AKSh, Frantsiya, Italiya va boshka davlatlarda kizikib koldilar. 1966 yilda Xalkaro xavaskorlar Kurash federatsiyasi Kongressi sambo Kurashini xalkaro sport turi deb tan olish xamda yunon-rum, erkin Kurash bo'yicha chempionatlarning o'tkazilish muddatlarida jaxon va Yevropa chempionatlarini tashkil kilish to'grisida karor chikardi. Sambo bo'yicha birinchi jaxon chempionati 1973 yilda Texronda bo'lib o'tdi. Xozirgi paytda musobakalar xam erkaklar, xam ayollar o'rtasida (1983 yildan) o'tkazib kelinadi. 1979 yilda Xalkaro sambo Kurashi federatsiyasi tashkil kilingan. Sambo Kurashi o'zbek Kurashiga (buxorocha usul) yakin. Va, extimol, shuning uchun bizning sportchilarimiz sambo Kurashida yukori natijalarga erishganlar. Sayfuddin Xodiev, Sobir Qurbonov, Bobomurod Fayziev, Vyacheslav Yelistratovlar jaxon chempionlari bo'lishgan. Harxil Kurash turlarini paydo bo'lishining tarixiy manbalari. Sport Kurashi eng kadimgi sport turlaridan biri bo'lib, juda kizikarli va yorkin tarixga ega. Kadimgi inson ko'p ming yillar davomida instinktli xujum va ximoyalanish xarakatlaridan to zamonaviy Kurash turlari usullariga yakin bo'lgan koordinatsiyalashgan xarakatlargacha kiyin yo'lni bosib o'tgan. O'trok xayot boshlanishi bilan xalklarning jismoniy tarbiyasida jangovar tayyorgarlikka xos bo'lgan va, birinchi navbatda, xar xil yakkaKurash turlari oldingi katorga ko'yilgan. Kadimgi insonning muntazam yashash joylarida ov kilish saxnalari bilan bir katorda Kurashayotgan kishilarning tasviri paydo bo'la boshladi. Misr exromlari devorlarida ko'rinishiga karaganda mukammal texnikaga ega bo'lgan Kurashchilarning tasvirlari topilgan. Taxminan e.a. 2800 yilda tayyorlangan bronzali xaykal belbogli Kurashning eng kadimgi yodgorligi xisoblanadi. Uning asosida rakibni chirmab olishning ogrik beruvchi usul yotadi. Kadimgi
Xindistonda xar xil yakkaKurash turlari keng tarkalgan. Maxalliy axoli soglomlashtirish gimnastikasi, raks va kurolsiz o'z-o'zini ximoya kilish soxasida kimmatbaxo an'analarni extiyotlik bilan saklab kelgan. Qadimiy xind ko'lyozmalarida bellashuv va yakka Kurashning shunday shakllari xakida ta'kidlanadiki, bunday bellashuvlarning uslubi rakibga ko'l yoki oyok bilan kulatuvchi kattik zarba berish, shuningdek bo'gish usullarini ko'llash bilan tavsiflanadi. Qadimgi Xitoyda jismoniy tarbiyaning birinchi paydo bo'lishi e.a. 3 ming yillikning boshiga to'gri keladi. Taxminan e.a. 2698 yilda “KUNFU”, deb nomlangan kitob yozilgan, unda birinchi bor xalklar o'rtasida keng tarkalgan davolovchi gimnastika, massaj, kasalliklardan forig etuvchi rakslar, shuningdek jangovar rakslarning tasnifiy ta'riflari tizimlashtirilgan. Shuni ta'kidlash muximki, Kadimgi Xitoy jamiyati, o'sha davrning falsafiy karashlariga asoslanib, o'sib kelayotgan avlodning axlokiy tarbiyasiga, yoshlarning irodasi xamda xarakterini shakllantirishga katta e'tibor karatgan. Agar bellashuv jarayonida biron bir Kurashchi ko'pollik kilsa yoki koida buzsa, unda xakamlar va tomoshabinlar bu Kurashchini “syao szanь” deb koralaganlar. Bu so'z jamiyatning yukori darajada nafratlanishini anglatadi. Xamma davrlar xamda xalklarning dostonlari Kurashning jismoniy tarbiyaning muxim elementi, jismoniy mashklarning eng ommabop xalk turlari sifatida keng tarkalganligi to'grisida guvoxlik beradi. Jismoniy tarbiya va Kurashning rivojlanishida Kadimgi Yunoniston aloxida o'rin tutadi. Eramizdan avvalgi IX-VIII asrlarda Kadimgi Yunonistonda jismoniy tarbiya tizimi yaratildi va u xozircha o'z axamiyatini yo'kotmagan. Maxsus maktablarda tajribali o'kituvchilar Kurash, shuningdek kiska masofalarga yugurish, uzunlikka sakrash, nayza va disk uloktirishlardan tashkil topgan dastur bo'yicha bolalar tayyorgarligiga aloxida e'tibor berganlar. Shu bilan birga shugullanuvchilar ko'l jangini olib borish, toshlar uloktirish malakasini egallab borganlar. Qadimgi Yunonistondagi Kurash texnikasi va uning rivojlanishi to'grisida ko'p sonli xaykallar, amforalar xamda vazalardagi tasvirlar, kadimiy shoirlar asarlari, tarixchilar, faylasuflar - Gomer, Pindar, Platon va boshk. ishlari guvoxlik beradi. Masalan, Gomerning “Iliada” sida (eramizdan avvalgi IX-VIII asrlarda) Ayaks va Odissey o'rtasidagi bellashuv shunday bayon etiladi: “Kurashchilar belboglarini takib, maydon o'rtasiga chikdilar xamda ko'llari bilan maxkam chirmashib, bir-birlarini o'rab oldilar. Kuchli kuchoklashish ostida kaxramonlarning gavdalari kirsilladi, zo'rikdi va ulardan ter kuyila boshladi. Kurashchilar gavdasidan konlar sizib chika boshladi, lekin ular olishishni davom ettiraverdilar”. Kurashning boshka jismoniy mashklar bilan bir katorda san'atga tenglashtirilishi o'sha davrning o'ziga xususiyati edi. Kurash bilan o'sha davrning yirik vakillari - olimlar, shoirlar, davlat arboblari, sarkardalar shugullangan. Qadimgi Yunoniston Olimpiya o'yinlari vataniga aylandi (eramizdan avvalgi 766 y.). Birinchi Olimpiya o'yinlari dasturiga Kurash mustakil sport turi (eramizdan avvalgi 708 y.), shuningdek maxsus beshKurashning tarkibiy kismi sifatida (eramizdan avvalgi 708 y.dan boshlab) kiritilgan.
O'sha davrdagi ko'pgina tanikli arboblar - matematik Pifagor, faylasuf Yevripid va Platon, Pindar xamda boshkalar Olimpiya o'yinlari goliblari bo'lishgan. Yunonlarning xar tomonlama jismoniy tarbiyalash tizimi o'rnini Kadimgi Rimdagi anik ifodalangan xarbiy-jismoniy tarbiya egalladi. Bunda jangovar o'yinlar va safdagi tayyogarlikka katta e'tibor karatildi. Gladiatorlar jangi va jangovar aravachalarda musobakalashish kabi tomoshabop o'yinlar katta o'rinni egallay boshladi. Evropada feodalizmning gurkirashi davrida (XI-XV asrlar) ritsarlar jismoniy tarbiyasi tizimi paydo bo'ldi. Xar xil yakkaKurash turlari (jumladan kurolsiz) uning ajralmas kismiga aylandi. Talьxofferning (1443-1467) Kurash bo'yicha birinchi kitoblaridan biridagi o'kuv rasmlarida tasvirlangan xarakatlar va kurolsiz o'z-o'zini ximoya kilish usullari (ular Yaponiya samuraylarining “djiu-djitsu” Kurashi texnikasini eslatadi) shu xakda dalolat beradiki, XV asrdan boshlab ritsarlarning juftlik xarbiy mashklari oddiy xalkning bizning kunlarimizgacha saklanib kolgan an'anaviy Kurash shakllaridan muxim darajada fark kilgan. O'rta asrlar yilnomasi, ko'lyozmalaridan ma'lumki, xamma yarmarkalar, to'ylar, diniy bayramlarda boshka ko'ngilochar tomoshalar bilan bir katorda albatta Kurash musobakalari o'tkazilgan. Yunonlar jismoniy tarbiya tizimiga kaytish Uygonish davriga xosdir. Ushbu davrning ideali - bu xar tomonlama rivojlangan, xayotning xamma soxalarida yukori natijalarga erisha oladigan inson obrazidir. Buning natijasida italiyalik va nemis insonparvarlari yunonlar gimnastikasiga yana bir bor murojaat kilganlar. Italiyalik vrach X.Merkurialis o'zining “Gimnastika san'ati to'grisida” deb nomlangan olti jildlik kitobida (1569 y.) kadimiy gimnastika ta'rifini bayon etgan. Shu davrning o'zida Fabian fon Auersvaldning “Kurash san'ati” (1539 y.) kitobi paydo bo'ldi. XVIII - XIX asrlarda lik xususiyati yorkin ifodalangan jismoniy tarbiya tizimlari yuzaga kela boshladi. Ulardan - nemis jismoniy tarbiya tizimi Guni-Muts (1759-1838) Vits (1763-1836) va Yan (1778-1852); shved jismoniy tarbiya tizimi - Ling (1776-1839); chex jismoniy tarbiya tizimi - Tirsh (1832-1884); daniya jismoniy tarbiya tizimi - Naxtegall (1777-1847); frantsuz jismoniy tarbiya tizimi - F.Amoros (1770-1847) va boshk. tomonidan yaratilgan. Xamma tizimlar tamoyillari va maksadlari turlicha bo'lishiga karamasdan, boshka jismoniy mashklar bilan bir katorda xalk orasida eng ommabop bo'lgan Kurash, kilichbozlik, yugurish, suzish, o'yinlarni o'z ichiga olgan.

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish