``` `1Kirish



Download 24,89 Mb.
bet63/158
Sana14.07.2022
Hajmi24,89 Mb.
#796510
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   158
Bog'liq
shk fani ma\'ruza matni

Eng asosiy plata. Tizim platasining ichida kompyuterning asosiy ichki qismlari, tashqi qurilmalar, elektr ta’minot bloki uchun ulanish joylari joylashgan. Ayrim mutaxassislar tizim platasini asosiy plata deb nomlaydilar.
Gorizontal korpusda (desktop) tizim plata ShKning ichki va tashqi qurilmalar tagida joylashgan. Vertikal korpusda (tower) tizim platasining korpusi tomonlarining biriga qotiriladi, qo‘shimcha platalar esa gorizontal joylashgan bo‘ladi.
Boshqa turdagi korpuslarning tizim platasining ulanish joylariga vertikal platalar bitta yoki ikkita tomoniga qo‘yiladi. Bunday hollar past profilli korpuslarda ishlatiladi. Ushbu plata uncha katta bo‘lmagan korpuslar uchun zarur.
ShK korpusining konstruksiyasini yaxshilab o‘rganing, tashqi qurilmalarni qo‘yish, tizim plata, xotira, uyalar, protsessor uchun ulanish joylar borligini aniqlash.
Ba’zi bir korpuslarda disklar uchun bo‘limni yechish kerak bo‘ladi, chunki tizim platasini yechish va o‘rnatish jaryoni oson kechadi. Kompakt kompyuterlarda esa elektr ta’minot blokini yechish ham kerak bo‘ladi.
Savol va topshiriqlar

  1. Standart kompyuter tizimini yig‘ishni tushuntiring.

  2. Korpusni yopish.

  3. Korpus va qopqoqni tekshirish bosqichlarini sanang.

  4. Eng asosiy plata qanday qurilmalardan iborat.



34- Mavzu: Shaxsiy kompyuterni yig’ishda kerakli qismlarini jamlash.
Reja

  1. Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari

  2. Korpusni tanlash va tekshirish

  3. Shaxsiy kompyuterni yig’ishda kerakli qismlarini jamlash.

Tayanch so’z va iboralar: Videoadapter, mikroprotsessor, Taktli generator., VESA lokal shinasi.
Tizim platasining tashkiliy qismlari
Barcha tizim platalar quyidagi tarkibiy qismlardan tuzilgan bo‘ladi:

  • Protsessor (markaziy yoki mikroprotsessor). Qolgan hamma qurilmalarning ishini boshqaradi;

  • BIOS (ROM BIOS) tizimining TXQ(Tezkor xotira qurilmasi) mikrosxemasi. Apparatli ta’minotining asosiy funktsiyalari boshqaruvi haqidagi yo‘riqnomalar to‘plami;

  • Mikrosxemalar to‘plami. Kompyuter ishi uchun zarur bo‘lgan turli funktsiyalarga javob beruvchi tizimli platadagi bir nechta mikrosxemalar. Protsessor va mikrosxemalar to‘plami bilan boshqa qolgan tizim plataning komponentlari bir-biriga mos tushishi lozim;

  • TXQ (Tezkor xotira qurilmasi). Protsessor va dastur ta’minoti ishida ishlatiladigan ma’lumotlarni saqlash qurilmasi. Zamonaviy kompyuterlarda, xususan DDIM, DDR DIM yoki RIMM xotira modullari uchun ulanish joylari bo‘ladi. Eskirgan kompyuterlarda kam hajmli SIMM xotira modullari qo‘yiladi. Eng eski kompyuterlarning tizim platalarida alohida xotira mikrosxemalarini qo‘yish uchun maxsus joylar mavjud.

  • Kengayish shinasi. Tizimga qurilmani ulovchi magistral. PCI shinasining 32 razryadi asosan zamonaviy kompyuterlarda ishlatiladi. Ayrim tizim platalarida, eski qurilmalarni ulash uchun ISA ulanish joyli shinalarning 16 razryadi qo‘shimcha sifatida qo‘yiladi. Zamonaviy tizim platalarida ko‘pincha eng kuchli va zamonaviy videoadapterlarni qo‘yish uchun AGP(Accelerated Graphics Port) ulanish joylaridan foydalaniladi.

  • IRQ liniyasi. To‘xtatish nazoratchisi bilan tashqi qurilmalarni birlashtiruvchi. Tashqi qurilmalar qayta ishlashini tizimga eslatish uchun IRQ liniyasi ishlatiladi.

  • DMA xotira qurilmasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish kanallari. Protsessorning yordamisiz, kanallar to‘plami bo‘yicha ma’lumotlar qurilmalar orasidan o‘tadi.

  • Lokal shina yoki Xotira Shinasi. Protsessor va xotira orasidagi alohida magistral. Shuningdek, shinalarni ulanishini ta’minlaydi. Oldinlari unga boshqa qurilmalarni ulash mumkin edi. Ayrim hollarda esa, ishlamaydigan qurilmalarni ulash uchun maxsus ko‘prik ishlatilgan (bunday ko‘prikka ulangan qurilmalar ulangan yoki lokal deb atalgan);

  • Kirish portlari. Tizim platasi va kirish qurilmalari, ya’ni klaviatura, sichqoncha, skaner, kamera bilan ulanish;

  • Chiqish portlari. Tizim platasi va chiqish qurilmalari, ya’ni printer, tashqi eslab qolish qurilmasi, qattiq disk, modem bilan ulanish;

  • Videoadapterlar. Monitor ekranida ko‘rinadigan ma’lumotlarni matn yoki grafika ko‘rinishiga o‘zgartiruvchi moslama. Videoadapter shinaga ulangan kengayish platasi bo‘lishi mumkin, yoki bo‘lmasa tizim platasida joylashgan bo‘ladi;

  • Eslab qoluvchi qurilmalar bilan ulanish. Ko‘pgina tizim platalarida kirish-chiqish nazoratchilari joylashgan. IDE yoki SCSI kirish-chiqish nazoratchilar, CD-ROM to‘plovchilar, qattiq disklar, disk yurituvchilar uchun ulanish joylari mavjud. Eskirgan yoki ayrim zamonaviy maxsus kompyuterlarda nazoratchilar kengaytirilgan plata ko‘rinishida bo‘ladi

  • Sozlash vositalari. Yoqib/o‘chiruvchilar va dasturlar yordamida ShK ishini sozlash vositalari. Dastur yordamida berilgan parametrlar xotirada saqlanadi.

  • Taktli generator. Mikrosxema yoki taktli generatorning kristali impuls hosil qilib, shina bo‘yicha ma’lumotlarni sinxronizatsiya qiladi;

  • Real vaqt soatlari - batareya. Kompyuterdan foydalaniladigan sana, vaqt va konfiguratsiya haqidagi ma’lumotlarni saqlaydigan mikrosxema. Manbaadan o‘chgan paytda ham ma’lumotni saqlaydigan uncha katta bo‘lmagan akkumulyator.

Eskirgan kompyuterlarda esa quyidagilar mavjud bo‘lishi mumkin:

  • VESA lokal shinasi(VL-bus). Xotira shinasining kengayishi. Asosan grafik adapterlar uchun ishlatiladi. Bunday adapterlar kengayishi oddiy shinasiga ulangan adapterlarda tezroq ishlaydi.

  • Matematik soprotsessor yoki shunday mikrosxema uchun bo‘sh uya. Soprotsessor asosiy protsessorga nisbatan murakkab matematik operatsiyalarni tez bajaradi va uni keyingi operatsiya uchun tezda bo‘shatadi.

  • OverDrive uyasi. Ayrim eskirgan kompyuterlarning tizim platalarida boshqa yangi model yordamida protsessorning modernizatsiyasi uchun maxsus uya bo‘ladi.

Protsessor yoki mikroprotsessor kompyuterning miyasidir. Shu yerda ma’lumotlar qayta ishlanadi. 6.3-jadvalda ularning qisqa ta’rifi keltirilgan.

Download 24,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish