Kasbga oid asboblar. Mutaxassisga, tok kuchini o‘lchash uchun multimetrdek asbob kerak. Eski uskunalarda strelkali indikator, yangilarda esa elektron indikator ishlatiladi. Bu moslama kontaktdagi kuchlanish darajasini va elektr ta’minotiga chiquvchi kuchlanishni o‘lchaydi. Ayrim qurilmalar kabelni tekshirish uchun mo‘ljallangan. Multimetrni ishlatishdan oldin, uning yo‘riqnomasi bilan tanishib chiqing. Undan foydalanayotganingizda tizim platasining kontaktlari va yo‘lakchalarini yoping va juda ehtiyot bo‘ling.
Yana ketma-ket, uzluksiz, parallel, tarmoqli, USB va FireWire kabellari tekshiradigan universal moslamani sotib olish mumkin, unda ulanish joylar va sxemalar bo‘ladi.
Agar siz o‘zingizning kabellaringizdan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, u holda, payalnik, simni tozalash uchun asboblar to‘plami, siquvchi asbob va uncha katta bo‘lmagan ombir kerak bo‘ladi. Shuningdek kabellar va kabel uchun ulanish joylar to‘plami kerak bo‘ladi.
Korpus va qopqoqni tekshirish. Agar korpus yaxshi ko‘rinishga ega bo‘lsa, u yaxshi ishlashi kerak.
Yomon konstruksiyalangan korpus qisqa tutashuvlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shunday korpuslar borki, ularning past qismi, (yoki yon qismi) qalaylab ulangan komponentlarga yaqin joylashgan bo‘ladi. Ayrim hollarda plata korpusga tegib turgan bo‘ladi. Bunday holda ertami-kechmi disklarning va ventilyatorlarning vibratsiyasi tufayli tizim platasi metal panelga tegadi, natijada, qisqa tutashuv bo‘ladi yoki biror bir qurilma ishdan chiqadi.
Yana bir misol. Radioto‘lqinlardan himoyalanish uchun uncha katta bo‘lmagan metalldan qilingan plastinkalar qimmat kompyuterda bor edi. Qopqoqning ochib yopilishi tufayli ular sinib, tizim plataning ustida qisqa tutashuv bo‘lgunicha yotadi . Agar sizning kompyuteringizda ham bunday plastinkalar bo‘lsa ehtiyot bo‘ling.
Odatda radioto‘lqinlarning nurlanishi foydalanuvchi uchun muammo emas edi, ammo ular ofis yoki uydagi elektron qurilmalarga shovqin berishi mumkin. Buni ShKni TV yoki radioning oldiga olib kelib bilish mumkin. Agar TV ekranida yo‘l-yo‘l chiziqlar paydo bo‘lsa yoki radiodagi ovozlar bilan shovqin ham bo‘lsa, sizda nurlanish bilan bog‘liq muammo bor.
Shunga e’tibor beringki, radioto‘lqinlardan himoyalash qattiq disk, disk yurituvchi, CD-ROM privodlari uchun ajratilgan bo‘limlardagi qopqoqlar yordamida bajarilgan. Metalli plastinalarni olib tashlash mumkin. Korpuslar bilan old plastik panel ham birgalikda sotiladi. Ular korpusning tashqi ko‘rinishini yaxshilaydi.
O‘rtacha hajmdagi yangi vertikal korpus, CD-ROM uchun disk yurituvchi va qattiq disklar uchun radio to‘lqinlardan himoya qiluvchi qopqoqlar qo‘yilgan. Korpusning tashqi ko‘rinishini yaxshilash maqsadida plastik panellar qo‘yiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |