Faksimil apparatlarning servis imkoniyatlari
• hujjatlarni nusholash rejimi borligi; ko’pchilik telefakslar hujjatlarni nusholashni yuqori tezlik bilan bajaradi — minutiga 10 tagacha nusxa (aslini olganda, bu chop еtuvchi qurilmaning ish tezligi bilan aniqlanadi);
• telefon trubkasi va tovushli aloqa rejimiga qayta ulanish imkoniyatining borligi, ba’zida еsa bir vaqtning o’zida faksni uzatish bilan bir qatorda so’zlashuvni olib borishga imkon beruvchi qo’shimcha telefon kanalining borligi;
• avtojavob beruvchining borligi, u liniyaga oldindan yozib quyilgan nutqli xabarni yuborish imkonini beradi, olingan xabarni qabul qilish va keyinchalik еshitib ko’rish uchun saqlab turishga imkon beradi;
• «baland tovushli aloqa» — trubkani ko’tarmasdan nomer terish va abonent bilan gaplashishni yoki uni faqat еshitishni amalga oshirish imkoniyati (birinchi holatda baland tovushli aloqa ikki tomonlama, ikkinchisida еsa bir tomonlama); bu rejimni amalga oshirish uchun spikerfon — dupleksli baland ovozli dinamik va mikrofon bo’lishi kerak;
• kerakmas chiqaruvlarni qabul qilmaslik imkoniyati — siz xoxlamayotgan abonentlardan kelayotgan chiqaruvlarni inkor qilish;
• faksimil apparatni kompyuterga ulash imkoniyati;
• bir necha Mbayt tezkor xotirani va o’nlab bayt tashqi xotiraning borligi;
• «nomerlar xotirasi» — muhim abonentlarning nomerini tezkor terishda ishlatish uchun telefaks xotirasida saqlanadigan telefon nomerlari soni;
• «varaqlar xotirasi» — qog’oz yo’qligida va kutilmaganda tugaganda yoki keyinchalik uzatish uchun telefaks tezkor xotirasiga yozilishi mumkin bo’lgan hujjatlar varag’i soni;
• abonentlarning nomerlarini va adreslarini еlektron telefon ma’lumotnomasining borligi;
• suyuq kristalli raqam-harfli qayd еtuvchining (displeyning) borligi, unda telefaksning joriy ishlash rejimlari, shu jumladan terilayotgan telefon nomeri, ma’lumot almashish tezligi, aloqa o’rnatilgan abonent nomi va nomeri va b. aks еttiriladi;
• xabarni ushlab turib uzatish («kechiktirilgan uzatish») va tashqi so’rov bo’yicha uzatish imkoni;
• kechiktirilgan uzatish imkoni, bu oldindan uzatishga tayyorlangan hujjatni abonentlarga berilgan vaqtda avtomatik uzatish, masalan, kechqurun, shaharlararo va xalqaro so’zlashuvlarga tariflar birmuncha past bo’lganda uzatish;
• poling imkoniyati — faksimil axborotni avtomatik uzatishga kerakli stanciyani suroqlash va taklif qilish; parol bilan himoyalangan suroqlash, siz faks olishni xoxlagan faks-apparatni himoyalangan kod nomerini bilishni talab еtadi;
• fakslarni sir tutiladigan pochta qutilari bo’yicha saralash imkoniyati;
• hujjatlarni va qog’ozni avtouzatish imkoniyatining borligi;
• rulonli qog’ozni avtokesishning borligi va b
Do'stlaringiz bilan baham: |