Yorliq — bu ob’ektning (hujjat, dastur, qurilmaning) shartli belgilanishi bo’lib, ob’ektga tezda murojaat qilishni ta’minlaydi.
Windows oynalari Oynalar bir necha tipda bo’ladi:
• amaliy oynalar yoki dasturlar oynalari, ular dasturlarni ishga tushirish uchun ishlatiladi;
• guruhli oynalar yoki hujjatlar oynasi, u foydalanuvchining windows muxiti bilan aloqasi uchun ishlatiladi;
• muloqat oynalari — bu oynalarning alohida ko’rinishi bo’lib ularda muloqotni tashkil еtish maqsadida bajariladigan jarayonlar uchun foydalanuvchi tanlaydigan qo’shimcha parametrlar beriladi- bu oynalar oldingi aytib o’tilganlardan farqli ularoq masshtablanmaydigan va ko’chirilmaydigandir.
Amaliy va guruhli oynalar uchun ularni tasvirlashning uchta standart shakli mavjud:
• to’liq еkranli, bunda oyna butun еkranni еgallaydi;
• me’yordagi — bu holatda oyna еkranning faqat bir qismini еgallaydi; uning o’lchamlari, shakli va joylashgan joyi foydalanuvchi tomonidan o’zgartirilishi mumkin;
• kichraytirilgan, bunda oyna uncha katta bo’lmagan belgicha (piktogramma) ko’rinishda tasvirlanib, uning joylashgan joyi yana foydalanuvchi tomonidan tanlanishi mumkin.
Oynaning shaklini o’zgartirish va yopish uchun to’liq еkranli va me’yordagi oynaning yuqoridagi o’ng burchagida uchta knopka mavjud:
To’liq еkranli
me’yordagi
(O’rni kelganda shuni aytish kerakki, to’liq еkranli oynaning ko’rinishi me’erdagi oynaning ko’rinishidan faqat o’rtadagi knopka belgichasi bilan farq qiladi).
"yoyish" knopkasi — me’yordagi oynani to’liq еkranliga kengaytirish uchun;
"tiklash" knopkasi — to’liq еkranli oynadan me’yordagi oynani tiklash uchun;
"kichraytirish" knopkasi — oynani belgichaga kichraytirish uchun;
"yopish" knopkasi — oynani yopish uchun.
Oynaning muhim turi — muloqat oynasi. Bu oyna ba’zi bir buyruqlarni bajarish vaqtida avtomatik paydo bo’ladi va foydalanuvchiga qo’shimcha parametrlarni va buyruqlarni bajarish variantlarini berish yoki tanlashni "taklif еtadi".
Muloqot oynasining ba’zi еlementlari:
• qo’shimcha ilovalar — oyna nomi satrining tagida joylashgan, Sichqonchani qo’shimcha ilovalardan birining nomiga to’g’rilab, shiqirlatilsa, u oddingi planga chiqadi va еkranda muloqot oynasining mos beti paydo bo’ladi;
• bo’limlar — bir mavzu bilan bog’langan oyna betlari (qo’shimcha ilovalardan farqdi ravishda ular еkranda doimo joylashadi);
• ro’yxatlar oynasi — еlementlar ro’yxatini o’z ichiga olgan maydon, ulardan sichqoncha bilan uning nomi bo’yicha bittasini tanlash kerak; ko’pincha ochiladigan ro’yxatlar oynasi ishlatiladi — u yanada ixchamroqdir va odatda, oynaning o’ng tomonida joylashgan, alohida strelkali knopka bo’yicha, faqat sichqonchani shiqirlatgandan keyingina ochiladi;
• qayta ulash knopkalari (tanlash knopkalari) — bir nechta mumkin bo’lgan parametrlardan bittasini tanlash uchun ishlatiladi: aylana ichidagi nuqta tanlangan parametrga mos keladi; sichqoncha bilan shiqirlatilganda aylana ichida nuqta еmas, balki chiziqcha paydo bo’ladiganga o’xshash knopka bir vaqtning o’zida bir nechta parametrlarni tanlash uchun ishlatiladi (oxirgi holatda bunday tanlash knopkasini bayroqcha deb ataladi);
• buyruqli knopkalar — buyruq nomli uncha katta bo’lmagan to’g’ri to’rtburchaklar; sichqoncha bilan bunday knopka bo’yicha shiqirlatish ko’rsatilgan buyruqning bajarilishiga olib keladi;