Dasturiy optimallash. Videoadapterlarning barcha hossalaridan foydalanishda bu funksiyalarni aktivlashtiradigan mahsus dasturiy ta’minotdan foydalanish lozim. Hozirgi vaqtda uch o‘lchivli grafikaning bir nechta dasturiy standartlari mavjud bo‘lganligi uchun (OpenGL, Glide va Direct 3D), videoadapterlarni ishlab chiquvchilar ko‘rsatilgan standartlarni qopllaydigan vidodrayverlarni yaratmoqdalar.
Nazorat savollari:
1. Videoadapterning funcsiyasi nimadan iborat?
2. SVGA va VGA bir biridan nima bilan farq qiladi?
3. SVGA adapterning avzalliklari nimadan iborat?
4. Videotizimning komponentalarini keltiring.
5. Videoadapterlarning qanday arxitekturasi mavjud?
42- Mavzu: Operatsion tizimni o’rnatish va sozlash.
Reja
Operasion tizimlar UNIX operacion tizimi OS/2 operacion tizimi
Windows 95 grafikli interfeysi
Windows oynalari
Tayanch so’z va iboralar: MS DOS, Windows, OS/2, UNIX.
Foydalanuvchini grafikli interfeysi, menyu tizimlari, oynalar tizimi, instrumentlar paneli, klavishalar kombinasiyasi ,andazalar, to’liq еkranli.
SHK lar uchun quyidagi OT turlari keng tarqalgan:
• MS DOS - IBM PC AT va XT SHK lari uchun;
• OS/2 - IBM PS/2 va 80386 va undan yuqori MP li PC AT SHKlari uchun;
• UNIX — 32 razryadli IBM PS/2 va 80386 va undan yuqori MP li IBM PC AT SHK lari uchun;
• Windows 95 — 32 razryadli, 80386 va undan yuqori MP li IBM PC AT SHK lari uchun;
• Windows NT — 32 razryadli, 80486 va undan yuqori MP li IBM PC AT SHK lari uchun.
MS DOS va Windows 95 operacion tizimlari to’g’risidagi asosiy ma’lumotlar keyingi bobda beriladi.
OS/2 operacion tizimi
OS/2 (Operating Sistem/2) bitta foydalanuvchili ko’p masalali OT dir, bir tomonlama (MS DOS -> OS/2) MS DOS bilan dasturli kelishadigan hamda 80286 va undan yuqori MP bilan ishlash uchun (IBM PC AT va PS/2 SHK) mo’ljallangan. OS bir vaqtning o’zida 16 tagacha dasto’rni bajarishi mumkin (ularning har biri o’zining xotira segmentida), lekin ularning ichida faqat bittasi MS DOS uchun tayyorlangan bo’ladi.
OS/2 ning muhim xususiyatlari quyidagilardir:
• foydalanuvchining ko’p oynachalik interfeysining borligi;
• qiymatlar bazasi tizimi bilan ishlash uchun dasturli interfeyslarning borligi;
• lokal hisoblash tarmoqlarida ishlash uchun samarali dasturli interfeyslarning borligi.
OS/2 sig’imi 16 Mbayt gacha bo’lgan tabiiy TX ni va har bir masalaga 512 Mbayt gacha bo’lgan virtual xotirani qo’llab-quvvatlaydi. OS/2 ning kamchiliklariga birinchi navbatda quyidagilar xosdir:
• yuqori resurslar sig’imi: 80286 va undan yuqori MP, 1,5 Mbaytdan kam bo’lmagan sig’imli tezkor xotira, qattiq diskdagi yig’uvchi;
• hozirgi vaqtga kelib ishlab chiqilgan dasturli ilovalar (ADT) hajmining nisbatan katta еmasligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |