Chiziqli-interfaol UPS (Line-Interactive). Chiziqli-interfaol UPSga kuchlanishni barqarorlashtirish funksiyasini kiritish uchun o'chirib-yoqish shaxobchali transformator yoki avtotransformatordan (A/T) foydalaniladi (11.7-rasm). Kirish tarmoq kuchlanishi bosqich-ma-bosqich muntazamlashtiriladi, bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o'tish vaqti 4-5 ms dan oshmaydi. Bu sinfga ARS firmasining UPS Smart va Matrix modeli hamda Invensys firmasining Back-UPS va Powerware 5119 manbayilari (quvvati 100 V/A, quvvatlash vaqti 100 foiz, yuklamasi 5,5 min) kiradi.
MurakkabUPS lar gohida On-Line atamasi bilan nomlanuvchi, kuchlanishni ikki barobar o'zgartirish sxemasi bo'yicha bajariladi Bunday sxemotexnikada kompyuter liar iloim kuchlanishning ikkilamchi o'zgartirgichidan o/iqlanadi. Ikkilamchi o'zgartirgichlar elektr energiyani tarmoqdan o/iqlanuvchi yoki akkumulatordan yoki birlamchi o'zgartirgichclan olacli. Huiulay HI'S lar kompyuterga nisbatan barqarorkuchlanish ta'niiiiolini ufminlaytli. Shuningdek, ularda bevosita kompyuterdan o/.iqlanishga o'lr.h \a akkumulator «issiq» almashtirish imkoni ko'/da tulilgan. Ul'Snim.', bu sinfiga EXIDE firmasining Prestige seriyasi kiradi. ARS firmasi tomonidan 500 V-A quvvatga ega bo'lgan Matrix-UPS uzluksiz ta'minotning modulli tizimlari ishlab chiqariladi.
Hozirgi vaqtda UPS ning deyarli hamma modeliga uning ish tartibini boshqarish sxemasi hamda kuchlanishni nazorat qilish datchigi kiritilgan. UPS ni kompyuterga ulash uchun RS-232 yoki USB interfeysidan foydalaniladi va bunday UPS larga nisbatan Smart-UPS termini qo'llaniladi. Eng intellektual uzluksiz elektr ta'minoti manbayida lokal tarmoq orqali boshqarish funksiyasi mavjud.
Shaxsiy kompyuterlar va uning tashqi qurilmalari ofis binolarini yalpisiga qoplagani uchun kompyuter va telekommunikatsiya qurilmalarini elektr ta'minoti va yerga ulash muammosi yuqori professional darajada hal qilinishi kerak.
Nazorat savollari 1. ShKning barqaror va xavfsiz ishlashiga qanday tahdidlar bo'lishi mumkin?
2. ShKni xavfsiz ishlashi uchun qanday qurilmalartavsiya etiladi?
3. Kompyuter tizimlarining quvvatini himoyalash qurilmasining vazifasi
nimadan iborat?
4Tarmoq filtrlari -- stabilizatorlarning va/ifasi.
5. SPS va UPS qurilmalarining bir-biridan farqini tushuntiring.
6. UPS qurilmasining qanday turlarini bilasiz? Ularning bir-biridan farqi nimada?