Boot defrag (Windows XP) Boot defrag mazmuni, operatsion tizimi o‘z ishini boshlash uchun kerakli bo‘lgan fayllarni defragmentatsiyalashdan iboratdir. Bu funksiyani o‘chirish esa yuklanish vaqtini kamaytiradi, lekin, vaqt o‘tgan sari u sekinlashaveradi. Agarda funksiyani o‘chirmoqchi bo‘lsangiz, unda
HKEY_LOCAL_MACHINE\SOFTWARE\Microsoft\Dfrg\BootOptimizeFunction bo‘limidagi Enable parametr quymatini “N” ga o‘zgartiramiz. Yoqish uchun esa “Y” dan foydalanamiz.
DLL ni avtomatik ravishda qayta chaqirish (Windows 2000/XP). Windows qobig‘i ishlatilmagan DLLlarni tezda chiqara olmaydi, uning uchun ancha vaqt zarur. Bu vaqt esa ba’zi bir hollarda katta oraliqga teng bo‘lishi mumkin. Hamma DLLlarni chiqarish uchun
HKEY_LOCAL_MASHINE\SOFTWARE\Microsoft\Windows\CurrentVersion\Explorer bo‘limida AlwaysUnloadDLL satrli parametrning qiymatini “1” ga tenglashtiring.
MS-DOS MS-DOS buyruq satrni man etish. Buning uchun
HKEY_CURRENT_USER\Software\Microsoft\Windows\CurrentVersion\Policies\
WinOldApp bo‘limda DWORD tipdagi Disabled parametrini qiymati “1” ga tenglashtiring.
DOS-ilovasini yuklashda yoki “MS-DOS buyruq satrni” darcha orqali aktivatsiyalash jarayonida Windows administrator orqali yuklash man etilgani haqida xabar beradi.
Bajarilgan o‘zgarishlar shu vaqtdayoq kuchga kiradi.
MS-DOS ilovasining monopol rejimida ham yuklanish man etiladi. Windowsdan MS-DOS monopol rejimiga o‘tish yoki qayta yuklashni man etish imkoniyati mavjud ("Single Mode"). Bu man etilish MS-DOS buyruq satridan foydalanishga yoki Windows qobig‘idan MS-DOS ilovalarni yuklashga ta’sir qilmaydi. Man etilishni o‘rnatish uchun
HKEY_CURRENT_USER\Software\Microsoft\Windows\CurrentVersion\Policies\WinOldApp bo‘limida DWORD tipdagi NoRealMode parametrini qiymati “1” ga tenglashtiring.
Parametrning qiymati (ko‘zda tutilgan holda) “0” ga teng bo‘lsa yoki umuman yo‘q bo‘lsa MS-DOS monopol rejimini man etilishini olib tashlaydi. Windows 95/98 da "Завершение работы" ("Shut Down") muloqot darchasida "Перезагрузить компьютер в режиме MS-DOS" ("Restart in MS DOS mode") punkti olib tashlansin. Bu esa MS-DOS monopol rejimini umuman man etish degani emas, Windowsning yuklanishida F8 tugmachani bosib, buyruq qatorida tegishli punktni tanlang.