~ ~
Neolit-yangi tosh davrida (mil.avv.6-4 m.yy) Janubiy Turkmaniston hududlarida
dexqonchilikka o’tish boshlandi. Xo’jalikning ishlab chiqarish shakliga o’tilishi insoniyat tarixida,
kishilik jamiyatida inqilob yuz berishiga olib keldi.
Eneolit-mis-tosh davrida (mil.avv. 4-3 m.yy) odamlar metallni kashf etdilar va shu davrlardan
boshlab O’rta Osiyo kishilik jamiyati tarixida yangi madaniy va iqtisodiy o’zgarishlar sodir bo’ldi.
Kulolchilik, to’quvchilik vujudga keldi, paxsadan uylar qurila boshlandi. Qurilishda xom g’ishtdan
ham foydalanildi hamda ko’p xonali turar joylar barpo etildi.
Miloddan avvalgi 4 ming yillikda O’rta Osiyo janubida sug’orma dexqonchilik yuzaga keldi,
ko’plab sug’orish tarmoqlari vujudga keltirildi, unumdorlik asta sekin oshib bordi.
Bronza davri boshlanishi bilan (miloddan avvalgi 3-ming yillik o’rtalari) jamiyatda otaning
mavqei oshdi va patriarxat yuzaga keldi. Bu davrda O’zbekiston hududlarida dexqonchilik keng
tarqaldi. Ishlab chiqarish munosabatlari rivojlandi va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar taraqqiy etdi.
O’rta Osiyo hududida ibtidoiy jamoa tuzumi. Antropogenez jarayonlari. Ibtidoiy jamoa
tuzumi kishilik jamiyati taraqqiyotidagi eng uzoq davom etgan va eng qadimga davridir. Bu davrni
yozma manbalar asosida o’rganib bo’lmadi. Shuning uchun ham bu davrni chuqur o’rganshda
arxeologiya, etnografiya, antropologiya kabi fanlarning ahamiyati beqiyosdir. Kadimgi odamlar o’z
faoliyati davrida atrof-muhitga ta’sir ko’rsatib, kundalik hayotda o’ziga zarur bo’ladigan mehnat
qurollari yasagan, yashash uchun makonlar tanlagan, keyinchalik esa boshpanalar qurganlar. O’z
navbatida bu jarayonlar inson faoliyatiga ta’sir ko’rsatgan.
Hozirgi paytda O’rta Osiyo hududida ibtidoiy jamiyat rivojlanishning alohida bosqichlari
quyidagi davrlarga bo’linadi:
1. Paleolit («palayos»-qadimgi, «litos»-tosh) davri; bundan taxminan 800 ming yil ilgari
boshlanib, 15-12
ming yil ilgari tugaydi; o’z navbatida bu davr uchga bo’linadi;
a) ilk paleolit-Ashelь davri, 800-100 ming yilni o’z ichiga oladi;
b) o’rta
paleolit-Mustьye davri, miloddan avvalgi 100-40 ming yilliklar;
v) so’ngga paleolit-miloddan avvalgi 40-12 ming yillik.
2. Mezolit («mezos»-o’rta, «litos»-tosh) miloddan avvalgi 12-7 ming yilliklar.
3. Neolit («neos»-yangi tosh) miloddan avvalgi 6-4 ming yilliklar.
4. Eneolit (mis-tosh davri) miloddan avvalgi 4 ming yillikning oxiri 3 ming yillikning boshi.
5. Bronza davri-miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklar.
6. Temir davri-miloddan avvalgi 1 ming yillikning boshlaridan.
O’zbekiston hududlaridagi eng qadimgi odamlarning manzilgohlari Farg’ona vodiysidagi
Selung’ur, Toshkent viloyatidaga Ko’lbuloq, Buxorodagi Uchtut makonlaridan topilgan. Bu davr
odamlari toshlardan qo’pol qurollar (chopperlar) yasab, termachilik va jamoa bo’lib ov qilish bilan
shug’ullanishgan. Ilk paleolit davri odamlari jismoniy jihatdan ham, aqliy jihatdan ham hozirga
odamlardan farq qilishgan. Ular tabiat oldida ojiz bo’lib, unda tayyor bo’lgan mahsulotlarni
o’zlashtirganlar.
Ular na diniy tushunchani, na dehqonchilikni va na chorvachilikni bilganlar.
O’rta paleolit davri makonlari Toshkent vohasidagi Obirahmat, Xo’jakent, Samarqanddagi
Omonqo’ton, Boysun tog’laridagi Teshiktosh kabi ko’pgina makonlardan aniqlangan bo’lib,
ulardan shu davrga oid ko’pgina turli-tuman toshdan yasalgan mehnat qurollari topilgan. Obirahmat
makoni yoysimon shaklda bo’lib, bu yerda 10 m qalinlikdagi 21 ta madaniy qatlam aniqlangan.
Topilmalar orasida nukleuslar, parrakchalar, o’tkir uchli sixchalar, qirg’ichlar uchraydi,
shuningdek, turli hayvonlar suyaklari ham ko’pchilikni tashkil etadi. Yana bir mashhur yodgorlik
Teshiktosh g’or makoni bo’lib, bu yerdan turli-tuman qurollar va hayvon suyaklaridan tashqari, 9-
10 yashar bolaning qabri qazib ochilgan. Qabrdagi murdaning yoniga turli tosh qurollar va arxar
shohi qadab qo’yilgan.
~ ~
O’rta paleolit davriga kelib ibtidoiy jamiyat odamlarining mehnat qurollari takomillashib,
turmushida yangi unsurlar paydo bo’la boshlaydi. Eng muhimi, ibtidoiy to’dadan urug’chilik
jamoasiga o’tish boshlanadi. Shimoldan ulkan muzlik siljib kelishi natijasida olov kashf etiladi.
Odamlar o’choqlar atroflarida to’planib, ibtidoiy turar-joylarga asos soldilar. Jamoa bo’lib ov qilish
paydo bo’ldi.
So’nggi paleolit qadimga tosh asrining so’nggi bosqichidir. Bu davrga oid makonlar
Ohangarondagi Ko’lbuloq, Toshkentning g’arbidaga Bo’zsuv 1 hamda Samarqand shahridan
topilgan. Ulardan topilgan topilmalar orasida kirg’ichlar, kesgichlar, sixchalar, pichoqlar, boltalar
kabi qurollar bor. Bu davrga kelib odamlar faqat tog’li hududlarga emas, tekisliklarga ham tarqala
boshlaydilar. Bu davrning eng katga yutug’i urug’chilik tuzumiga (matriarxat) o’tilishidir.
Paleolit davriga xulosa yasab shuni aytish mumkinki, bu davrda ibtidoiy odamlar xo’jalik
yuritishning eng oddiy yo’llaridan (terib-termachlab) murakkabroq ko’rinishlariga (ovchilik,
baliqchilik) ga o’tdilar.Olov kashf etildi. Ibtidoiy turar-joylar o’zlashtirildi. Insoniyat ibtidoiy poda
davridan urug’chilik tuzumiga o’tdi. Mehnat qurollari takomillashib, ularining turlari ko’paya bordi.
Shuningdek, bu davr ibtidoiy odamlari orasida dastlabki diniy qarashlar paydo bo’ldi.
Mezolit davri yodgorliklari Surxandaryodagi Machoy g’or makonidan, Markaziy
Farg’onaning ko’pgina yodgorliklardan topib o’rganilgan. Bu davrga kelib muzlik yana shimolga
qaytadi. Xayvonot va o’simlik dunyosida katta o’zgarishlar sodir bo’ladi. Insoniyat o’z tarixidagi
dastlabki murakkab moslama-o’q-yoyni kashf etadi.
Mezolit davri qurollari paleolitga nisbatan ixchamligi va sifatliligi bilan farq qiladi. Mezolit
davri qabilalari asosan ovchilik va termachilik xo’jaligi yuritganlar. Bu davrning oxirlariga kelib,
dastlabki uy chorvachiligi yoki hayvonlarni xonakilashtirish boshlanadi.
Neolit davriga kelib, qadimgi qabilalar hayotida katta-katta o’zgarishlar sodir bo’ladi.
Bu davr
odamlari aksariyat hollarda daryo sohillari va tarmoqlari yoqasida, ko’llar bo’ylarida yashab, tabiiy
imkoniyatlardan kelib chiqib baliqchilik va ovchilik yoki dehqonchilik va chorvachilik hamdi
qisman hunarmandchilik bilan shug’ullanganlar. Bu davrning eng katta yutuqlardan biri
kulolchilikning paydo bo’lishidir. Shuningdek, bu davrga kelib to’qimachilik va qayiqsozlik ham
paydo bo’ladi. Neolit davri qabilalari xo’jalik shakllariga qarab quyidagi madaniyatlariga bo’linadi:
Joytun madaniyati,
Kaltaminor madaniyati, Hisor madaniyati.
Do'stlaringiz bilan baham: