Кўк турк ҳоқонлиги(552-743 йй) Оқ хун ҳоқонлиги (420-562 йй)
~ ~
TURK XOQONLIGINING TAShKIL TOPIShI
(mustaqil mahalliy davlatlar tarixi)
Reja:
VI asrning I yarmida siyosiy vaziyat.
Markaziy Osiyo hududida Turk xoqonligining tashkil topishi.
Mustaqil mahalliy davlatlar: Sug’d, Tohariston, Choch, Iloq, Farg’ona.
Turk xoqonligi va mahalliy davlatlar o’rtasidagi iqtisodiy va siyosiy aloqalar.
Tayanch tushunchalar:
Turk xoqonligi, mahalliy davlatlar, Sug’d, Tohariston, Choch, Iloq, Farg’ona,
iqtisodiy va siyosiy aloqa, siyosiy vaziyat, Sosoniylar, yabg’u.
Nazorat uchun savollar:
Markaziy Osiyoda VI asrning I yarmidagi siyosiy vaziyat.
Markaziy Osiyo hududida Turk xoqonligining tashkil topishi.
Sug’d mahalliy davlatining tashkil topishi.
Tohariston mahalliy davlatining tashkil topishi.
Choch mahalliy davlatining tashkil topishi.
Iloq mahalliy davlatining tashkil topishi.
Farg’ona mahalliy davlatining tashkil topishi.
Turk xoqonligi va mahalliy davlatlar o’rtasidagi iqtisodiy va siyosiy aloqalar.
Adabiyotlar:
1. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. Toshkent, 2000.
2. Buryakov Ya. F. Eloqning o’rta asr konchiligi va metallurgiyasi (V-XIII asr
boshi) M, 1974.
3. Gumilov L. N. Qadimgi turklar. M. 1961.
4. Rahmon Nasimxon. Turk xoqonligi. Toshkent, 1993.
5. Muhammadjonov. A. O’zbekiston tarixi, Toshkent, 1994.
6. Karimov Sh., Shamsutdinov R. Vatan tarixi, Toshkent, 1997.
7. O’zbekiston SSR tarixi 1-jild. Toshkent, 1970.
8. Samarqand tarixi. 1-jild, Toshkent, 1971.
9. Is’hoqov M. Sug’diyona tarix chorraxasida, Toshkent, 1990.
Turk xoqonligi — Markaziy Osiyo mintaqasi va unga tutash bir necha o’lkalarni o’z ichiga
olgan yirik saltanat (6-8-a.lar). Turk xoqonligiga doir ma’lumotlar Urxun-Yenisey bitiktoshlari,
Xitoy yilnomalari, yunon (Vizantiya), arman, suryoniy, sug’d, arab, fors, tibet, baqtriy, manbalarida
saqlanib qolgan.
6-a.ning 2-yarmida Turk xoqonligi vujudga kelgunga qadar mintaqada 2 yirik davlat:
Eftaliylar va Jo’janlar davlati hukm surardi. Turk xoqonligining asoschilari bo’lmish turkiy ashina
kabilasi esa bu paytda Oltoy tog’larining jan. yon bag’irlarida istiqomat qilar va Jo’janlar davlatiga
tobe edi. Jo’janlar qo’l ostidagi ashina turklari kuchayib 545 y. tele qabilalarini, 551 y. esa
jo’janlarni yengadilar. Shu tariqa og’a ini Bumin Va Istami 552 y. Turk xoqonligiga asos soladilar.
Bumin o’zini xoqon deb e’lon qiladi (q. Bumin xoqon, Istami xoqon 555 y.ga kelib, Markaziy
Osiyoning shim.-sharqidagi qabilalar, uzov Sharvdagi kidan (qoraxitoy), tatabi, shivey kabi
manchjur va Mug’ul qabilalari, Yenisey buyidagi turkiy qabilalar ham Turk xoqonligi qo’shinlari
~ ~
tomonidan tobe etilib, 555 y.dayoq Sharqiy Turkistonning katta qismi Turk xoqonligi qo’l ostiga
o’tadi. Turk xoqoni Mug’on (553—572) Xitoyga 556—557 y.larda yurishlar qilib, bu yerdagi
G’arbiy Vey (Toba) sulolasi o’rnini egallagan Shim. Shim. Si (550—577) va Chjou (577—581)
sulolalarini o’z ta’sir doirasiga oladi. Turk xoqonligi 565 y. eftaliylarga Naxshab sh. (hoz. Qarshi
sh. yaqinidagi Yerqo’rg’on harobasi) atrofida og’ir zarba beradi. Turk xoqonligi eftaliylarga
qarashli Choch, Farg’ona, Ustrushona, Samarqand, Xorazm. Buxoro, Kesh va Nasafni qo’lga
kiritgan bir paytda xoqonlikning eftaliylarga qarshi ittifoqchisi Sosoniylar Eroni hukmdori Xusrav I
Anushirvon esa Eftaliylar tarkibida bo’lgan Tohariston, Qobuliston, Zobuliston (Shim. Afg’oniston)
viloyatlarini egallaydi. Sosoniylar bilan bevosita qo’shni bo’lib qolgan xoqonlikning Eronga
yuborilgan elchilarining o’ldiriligai va sug’diy Maniax boshchiligida ipak tijoratini yo’lga qo’yish
maqsadida yo’llangan elchilarga Eron shohining qo’pol munosabatda bo’lishi hatto ular keltirgan
ipak matolarni yokishga buyurishi Turk xoqonligi va Sosoniylar o’rtasidagi ittifoqqa raxna soladi.
Turk xoqonligi Eron bilan orani uzib, Vizantiya imperiyasiga yaqinlashish u bilan savdo sotik,
asosan, ipak tijoratini rivojlantirio’ uchun unga 567 y. mazkur Maniax boshchiligida elchilik
hay’atini yuboradi. Shu paytdan boshlab ikki davdat o’rtasida ittifoq vujudga keladi. Eron —
Vizantiya o’rtasida 571 y. jang boshlangach g’arbga yurishni davom ettirayotgan Istami shu yyli
Shim. Kavkazdagi Kuban daryosi havzasi na Ozarbayjonni qo’lga kiritadi. Boshqa tarafdan esa 567
y.danoq Sosoniylarga qarshi Amudaryo yo’nalishi buylab yurish uyushtira boshlagan. Istami bu
jabhada katta muvaffaqiyatlar qozonib, Toxaristonni olgach, Turk xoqonligining jan.-g’arbiy
chegarasi Amudaryo bo’lib qoladi. 6-a.ning so’ngi choragida Qobuliston (Qobul), Zobuliston va
Xurosonniig katta qismi xoqonlik tarkibiga o’tadi. 576 y.da Turk xoqonligi bilan Vizantiya orasida
ixtilof paydo bo’ladi va xoqonlik shu yili Qrimdagi Bospor (Kerchь)ni bosib oladi va 581 y.da
Xersonesni qamal qiladi. Sharqiy Yevropada xoqonlik hududi bu paytga kelib qora dengiz sohillari,
sharqda Koreya bo’g’ozi shim.da O’ral tog’lari, Yenisey va Baykalbuyi, jan.da Afg’oniston va
Shim. Hindiston hududlarini o’z ichiga olar edi.
580-y.larga kelib xoqonlikda ichki nizolar, taxt talashuvlar avj oladi. Bu ishga Xitoyning Suy
sulolasi ham aralashadi. Shundan so’ng xoqonlik bir muddat Oltoy tog’larining sharqidan to uzoq
Sharqqacha bo’lgan hududni, ya’ni Jan. Sibirь, Urxun havzalari (Mug’uliston), Shim. Xitoy
hududlarini o’z ichiga oluvchi Sharqiy Turk xoqonligi va Oltoy tog’larining g’arbidagi xoqonlikka
qaram O’lkalarni o’z ichiga oluvchi markazi Yetti suv bo’lgan G’arbiy Turk xoqonligi ga bo’linib
ketadi.
Markazi Utukan vodiysi (Mug’uliston) bo’lgan Sharqiy Turk xoqonligi Shibixoqon (609—
619) lavrida Xitoy (Suy) imperiyasiga qarshi jang olib boradi. U 615 y.da Xitoyga yurish qilib
Yaymin (Ordos) viloyatida imperator Yandini qurshovga oladi. Yaymindagi 41 qal’adan 39 tasi
Turk xoqonligi qo’liga o’tadi. 618 y.da Suy sulolasini ag’darib, uning o’rnini egallagan Tan
sulolasining ishlariga ham Shibi xoqon aralashadii. U bu paytgacha sharqda kidan va
shivey qabilalarini, Jan.-G’arbda Tuguxun (Togon) davlati hamda Turfon o’lkasini
bo’ysundirgach Xuanxe daryosini kechib o’tib, Xitoy hududiga kirgan vaqtda vafot etadi. Taxtga
El-xoqon (xitoy manbalarida Xyyelixan; 620—630) o’tirali va 10 yil davomida, asosan, Xitoy bilan
kurash olib boradi. 2 marta, 624—626 y.larda poytaxt Chan’anni qurshab oladi. Uniig o’limidan
so’ng Sharqiy Turk xoqonligi 50 yilga yaqin Xitoyga qaram bo’lib qolali.
O’z davrida “O’n O’k xoqonligi” deb yuritilgan G’arbiy Turk xoqonligi Istamining o’g’li
Tardu xoqon (576—603) Soso niylar Eroniga qarshi janglar olib borib, g’arbda o’z hokimiyatini
kuchaytirdi. Uniig o’g’li Sheguy xoqon (610— 618) davrida xoqonlik qo’shinlari jan.-garbiy
hududlarda faol harakat yurita boshlaydi. U Eronning shim. sharqiy viloyatlariga xujum uyushtirib,
sosoniylar ustidan yirik g’alabaga erishadi va Isfahon, Ray kabi shaharlarni qo’lga kiritadi. Uning
~ ~
inisi Tun yabg’u (Tun-shexu; 618—630) xoqonlikning g’arbdagi nufuzini yanada mustahkamlaydi.
U hukmronlik qilgan davrda Turk xoqonligi ning chegarasi g’arb va jan.-g’arbda, Jan.- Sharqiy
Yevropa dashtlari, Kavkaz, Volgabbo’yi, Gurgop, Marv, Hind daryosining yuqori havzalari, Shim.
Hindiston va Afg’onistonning aksariyat viloyatlarini o’z ichiga olardi. Uning shad unvonli o’g’li
boshchiligidagi xoqonlik ko’shinlari Vizantiya imperatori Irakliy bilan birgalikda 627—628 y.larda
Jan. Kavkazga safar uyushtiradi va bu yerdagi sosoniylar qo’shinini yengib, Tbilisi sh.ni qo’lga
kiritadi. Tun yabg’u g’arbiy hududlarda hokimiyatni mustahkamlash maqsadida qarorgohini Shosh
vohasining shimdagi Mingbuloq (x toycha Syanь-syuanь) mavzesiga ko’chi radi va boshqaruvda
islohotlar o’tkazib qaram o’lkalarga turkiy tudun va eltabar unvonli vakillar jo’natadi.
630-y.larga kelib G’arbiy Turk xoqonligi ham bir muddat Xitoyga qaram bo’lib qoladi. Biroq
tez orada o’z qudratini tiklab oladi. Xitoy manbalarida qayd etilishicha, El-bilga Ishbara yabg’u
(630—641) ning qo’l ostida Sharqiy Turkistondagi Kucha, Shanshan, Cherchen, Xarashar
(Qorashahar) hokimliklari va Shi (Shosh), Shi’ (Kesh), Xe (Kushoniya-Kattaqo’rg’on) Mu (Marv),
Kan (Sug’d) va Toxariston o’lkalari bo’lgan. Xoqonlik Istamining beshinchi bo’g’in avlodi
bo’lmish Ulug’ Ishbara (Xelu Shabolo; 651—657) xokon hukmronligi davrida Xitoyga qarshi bir
necha yil kura olib boradi.
Kapag’an xoqon (691—716) davrida xoqonlik mintaqadagi eng yirik davlatga aylanadi. U
jiyanlari Kutlug’ Eltarish xoqonning o’g’illari Bilga va Kultegin hamda To’yuquq bilan birgalikda
Xitoydagi Xuanxe daryosi havzalari hamda Shanьdun o’lkasiga yurish qilib, 23 ta shaharni qo’lga
kiritadi, 699 y.da jan.-g’arbga, sobiq G’arbiy Turk xoqonligi hokimiyatini qo’lga kiritgan
turgashlarga va Toxariston ulkasiga yurish qiladi. Qapag’an hoqon 700 y. Tangut o’lkasiga, 701 y.
Xitoyning shim.-g’arbidagi “Oltu Chub Sug’daq o’lkasiga, 703 y.da basmillarga, 705—706 y.larda
bayirqularga, 709 y.da chik va azlarga, 710 y.da qirg’izlar va turgashlarga qarshi qo’shin tortib
ularni kaytadan o’z tarkibiga ko’shib oladi. Turk xoqonligi Movarounnahrga bostirib kirgan arab
istilochilariga qarshi 710 y.da qo’shin yuboradi va Sug’d, Shosh, Farg’ona hokimlarining arablarga
qarshi kurashida qatnashadi. Bilga xoqon (716— 734) xukmronligi davrida Turk xoqonligi
mintaqaning eng qudratli davlatlaridan biriga aylanadi. 716 y.da Selenga daryosi havzasida
istiqomat qiluvchi uyg’urlarga, 717 y.da o’g’uzlarga, 718 y.da qarluqlarga qarshi jang qilib, ularni
xoqonlikka bo’ysundiradi. Bu davrda xoqonlik hududlari sharqda Sirdaryoning sharqidan to g’arbda
Xingan tog’lari yonbag’irlari (Manjuriya), Shanьdun o’lkasi (Xitoyning shim. sharqi Sariq
dengizdagi Boxay ko’rfazigacha bo’lgan yerlar)ni, janubda Tibetning shimoli, Sharqiy Turkiston,
Xitoyniig shim. viloyatlaridan to shim.da Yenisey daryosi va Baykalbuyini o’uz ichiga olganligi
ma’lum bo’ladi. 740.y.larga kelib Turk xoqonligi ham ichki, ham tashqi ziddiyatlarga duch keladi.
Bilga xoqonning o’g’illari hukmronligi davrida xoqonlik zaiflashadi. 742—744 y.larda uyg’ur,
qarluq va basmil qabilalari birlashib, xoqonlikka xujum uyushtirishadi. 745 y.da ittifoqchilar Turk
xoqonligining so’nggi hukmdori Baymey xoqonni uldirishadi va xoqonlik taxti uyg’urlar quliga
o’tadi.
Turk xoqonligini dunyoning eng yirik davlatlari qatoriga qo’shishda xoqonlar Bumin (551—
552), Muqan (553—572), Taspar (572—581), Tunga Turov (588— 600), Shibi (609—619), El-
xoqon (620—630), Qutlug’ Eltarish (680— 691), Bekchur Qapag’an (691—716), Bil- ga (716—
734) va bosh vazir Tunyuquq (680—726), shahzoda Kultegin (Qo’l Tegin) (684—73 1) hamda O’n
O’k boshqaruvi hukmdorlari Istami yabg’u (552—576), Tardu (576—603), Tun yabg’u (618—630)
kabilar mu rolь o’ynadilar. Ular davrida Turk xoqonligi tomonidan Xitoy, Sosoniylar Eroni,
Vizantiya kabi dunyoning kuchli davlatlariga qarshi yurish uyushtiriladi.
Turk xoqonligining boshqaruvida 2 xil tizim mavjud edi: bo’ysundirilgan ba’zi o’lka va
viloyatlarda mavjud mahalliy sulolalar saqlanib qolgan va ular xoqonlikka o’lpon to’lab turganlar;
~ ~
tobe o’lka va viloyatlarning ayrimlari boshqaruviga tayinlangan hukmdor xonadonga mansub
vakillar hokimiyati.
Bu paytda Sirdaryo va Amudaryo oralig’i hamda tutash hududlar Turk xoqonligi tarkibida
bo’lib, bu yerdagi Shoshda tudunlar, Farg’onada ixshidlar, Ustrushonada afshinlar, Sug’dda
ixshidlar, Buxoroda buxorxudotlar, Xorazmla afrig’iylar, Toxaristonda yabg’ular hokimiyati
mavjud edi. Ularning ba’zilarinig kelib chiqishi Turk xoqonligi hukmdor sulolasiga mansub
bo’lishgan. Jumladan, Shosh tudunlari, Toxariston yabg’ulari va h.k.
Eramizning 551 yilida Oltoyda yangi davlat - Turk xoqonligi yuzaga keldi. Turk xoqonligi
hukmdori Muqanxoqon (554-576 yy.) va uning amakisi Istami Yabg’ularning O’rta Osiyoga
yurishlari VI asrning 50-yillari oxiri va 60-yillarida ayniqsa kuchaydi. 568 yili O’rta Osiyo
batamom ular qo’liga o’tdi. Ular avval ko’proq o’zlashtirilmagan yerlarga, asta-sekin mahalliy aholi
yashaydigan qishloqlarga, yerli xalq madaniy-xo’jalik yutuqlari ta’sirida yarim o’troq va ko’p
hollarda o’troq turmush kechirishga, ular bilan iqtisodiy va madaniy alokani kuchaytirishga
muyassar bo’ldilar. Natijada Xorazm, Farg’ona, So’g’dning katta qismi yashovchi turkiy qabilalar
ular bilan aralashib ketdi.
VI asrning 60-70 yillarida xoqonlik qabilalari Buxoro vohasi va hatto Shimoliy Afg’oniston
hududlariga ham borib o’rnasha boshladilar. Buning natijasida mahalliy aholi bilan o’zaro
yaqinlashuv va qon-qarindoshchilik alokalarining rivojlanish jarayoni sodir bo’la boshladi. 603
yilga kelib Turk xoqonligi uzil-kesil 2 qismga: Sharqiy va g’arbiy qismlarga bo’linib ketadi. O’rta
Osiyodagi bir nechta kichik yarim mustaqil davlatlar g’arbiy Turk xoqonligi tarkibida edi.
Yangi yer egaligi munosabatlari rivojlanayotgan G’arb xoqonligining ijtimoiy tarkibi ham,
siyosiy boshqaruvi ham ancha-muncha murakkab edi. Yarim asrlik hukmronlik jarayoni turklarning
bir qismi o’troqlashadi, qolganlari yerli chorvadorlar bilan aralashib ketadi. O’troq hayotning
an’anaviy-ma’muriy udumlari ta’sirida boshqaruv tarkiblari asta-sekin o’zgarib xoqonlik
qabilalarining ijtimoiy-siyosiy mavqei mustahkamlanib boradi. Turklar etnik-siyosiy hayotda
faollar O’rta Osiyo jamiyatining barcha jabhalarida teng qatnasha boshlaydilar. Xoqon Sheguy
vafotidan keyin (618 y.) hokimiyatta kelgan Tun Yabgu (Tun baxodir) davrida g’arbiy xoqonlik
yanada kuchaydi.
Bu jarayonni to’xtatish uchun xech bir siyosiy kuch maydonga chiqmadi. Aksincha, maxalliy
aslzodalar, ayniqsa, so’g’d zodagonlari turk xoqonlari ximoyasida o’z savdo-sotiq ishlarini
rivojlantirib, bu ishlardan juda katta daromad olar edilar. Turkiy aholi son jixatdan ko’payib,
ularning maxalliy aholi o’rtasida etnik qatlami tobora qalinlashib bordi. Ayniqsa, turkiy qatlam VII-
VIII-asrlarda Shosh va Farg’onada ustun darajaga ega edi. Garchi g’arbiy Turk xoqonligi 659 yilga
kelib parchalanib ketsa-da uning etnik ta’siri o’lkada saqlanib qoldi.
VIII asr boshida arablarning O’rta Osiyoga bostirib kirishi maxalliy aholi etnogeneziga
deyarli ta’sir ko’rsatmadi. Arablar ulardan siyosiy xukmronlikni tortib olib, turkiy xalklarning O’rta
Osiyoga kirib kelish jarayoniga chek qo’ya boshladilar. Xoqonlik qabilalarining maxalliy aholi
bilan aralashib ketishi, ularning tobora o’troq hayot tarziga o’tishi xolati yuz berdi. Turkiy til tobora
keng tarqala boshladi. Arablar turkiy ta’sirini sindirish maqsadida Movarounnahrni eronliklarga
yaqinlashtirish siyosatini tutdilar. Shu maqsadda O’rta Osiyoga VIII-IX asrlarda arabiy va eroniy
oilalarni ko’chirib keltirib joylashtirish siyosatini yurg’izdilar. Bu davrga kelib turklar ta’sirlarida
Yettisuvni saqlab qoldilar xolos.
VI—VSh asrlarda Movarounahrning ilk mahalliy davlatlari. Feodal munosabatlar rivoj topib
mamlakatning siyosiy jihatdan zaiflashuvi oqibatida u bir qancha mayda ilk feodal malakatlarga
bo’linib ketadi. V-VI asrlardayoq O’rta Osiyoning ayrim viloyat va vohalarida yirik shaharlarga
tayangan 15 dan ortiq mustaqil davlatlar tashkil topgan edi. Bunday davlatlarning eng yiriklaridan
~ ~
Sug’dda ixshitlar, Toharistonda malikshohlar, Xorazmda xorazmshohlar, Choch va Eloqda budun
va dehqonlar, Farg’onada ixshitlar hukmronlik qiladi.
V-VII asrlarda bum ayda ilk feodal davlatlar, avval eftaliylar, so’ngra Turk xoqonligi
bo’ysundirilgan bo’lsada, ammo eftaliylar ham, turklar ham ularning ichki hayotiga
aralashmaydilar. Markaziy hokimiyatga boj to’lab turish bilan ular o’z mustaqilliklarini ma’lum
darajada saqdab qoladilar. Bu davlatlarning hukmdorlari o’z atrofidagi mulkdor zodagon dehqonlar
va ularning harbiy chokarlariga tayanardilar. Chunki ular o’zaro bir-birlari bilan dushmanlik
kayfiyatida bo’lib, shu boisdan biri ikkinchisidan cho’chigan holda yashar edilar.
Ular orasida eng yirigi Sug’dning ilk feodal davlatlar konfederatsiyasi edi. Bu ittifoqqa
Zarafshon va Qashaqadaryo vodiylarida joylashgan Samarqand, Maymurg’, Ishtixon, Kushoniya,
Vardona, Buxoro, Kesh va Naxshob mulklari birlashgan edi. Bu mulklarning har biri o’z xokimligi
va harbiy chokarlariga ega edi. Ularning ko’pchiligi Samarqand ixshidiga tobe bo’lsada ammo
Buxoro, Kesh va Naxshoblar deyarli mustaqil edi. Xatto ular o’z tanga pullarini zarb qilardilar.
Samarqand ixshidi saroyida ajdodlar ro’xiga atab qurbonlik qilish uchun maxsus ibodatxona bino
qilingan. Unda o’tkaziladigan har yilgi diniy marosimlarda viloyat hukmdorlarining barchasi
qatnashardi. Yozma va arxeologik manbalardan ma’lum bo’lishicha, Sug’d hukmdorlari O’rta
Osiyo va chet el davlatlari bilan elchilik aloqalari olib borardilar. Masalan afrosiyobda ochilgan
devoriy rasmlarda Sug’d hokimi Varxumaning Chog’aniyon, Choch va Xitoydan kelgan elchilarni
qabul qilish marosimi tasvirlanadi.
Sug’da aholi juda gavjum yashardi. Sug’diylar hunarmandchilik, savdo-sotiq, dehqonchilik va
bog’dorchilik, ayniqsa uzumchilikda nihoyatda omilkor edilar. Darg’om, Nahripoy, Harkon kabi
yirik anhorlardan sug’orilgan Sug’d yerlari juda hosildor edi. Sug’orma dehqonchilik rivoj topgan
bu diyorda g’alladan tashqari, paxta va sholi ekilardi. Uning paxtasidan to’qilgan surp va bo’z
matolaridan faqat so’g’diylar emas balki dasht aholisi kiyinardi. Sug’dning sharbatli uzumlaridan
musallas tayyorlangan. Samarqandning zarg’aldoq shaftolisi Xitoy poytaxtida “Samarqandnning
oltin shaftolisi” nomi bilan dong’i ketgan edi. Chorvachilikda mayda va yerik shohli hayvonlar
bilan bir qatorda ot, xachir, eshak va tuyalar boqilar edi. Ayniqsa Sug’dning xisori qo’ylari va
tulporlari juda mashhur edi. Buxoro, Kesh va Maymurg’ yaylovlaridan uyur-uyur yilqilar muttasi
Xitoyga xaydab borilardi.
Sug’d shaharlari bu davrda hunarmandchilikning markaziga aylandi. Ularda to’qimachilik,
kulolchilik, ko’nchilik, chilangarlik, temirchilik va zargarlik rivoj topadi. Temirdan xo’jalik
asboblari va uy-ro’zg’or buyumlaridan tashqari qurol yarog’lar: shamshir, xanjar, tabar, guzi, sovut,
qalqon va dubulg’alar yasalar edi. Hatto 718 y. da Sug’diylar hadiya tarifasida yuborgan
dubulg’adan nus’ha olib Xitoy qurolsozlari o’z qo’shinlarini dubulg’alar bilan taьminlaydilar.
Sug’d tog’laridan oltin, jez, novshadil va yalama tuzlar kovlab olinardi. Shaharlarda
hunarmandchilikning taraqqiyoti o’z navbatida ichki va tashqi savdo aloqlarining kengayishiga
imkon beradi. Sug’ddan Markaziy Osiyo va Xitoyga qimmatbaho toshlar va ulardan yasalgan zeb-
ziynatlardan tortib turli tuman matolar va dorivorlargacha olib chiqilardi. O’sha zamondda Sug’dda
bola besh yoshga to’lgach uni o’qish yozishga hisobga o’rgatar, balog’atga yetgach, uni savdo
karvonlariga qo’shib tijorat safarlariga yuborardilar.
Ilk feodal davlatlaridan ya’ni biri Toxariston edi. U hozirgi Surxondaryo viloyati, janubiy
Tojikston va shimoliy Afg’oniston hududlarida joylashgan. Bu mustaqil davlat Xuttalon,
Chag’oniyon, Termiz, Badaxshon, Qabodiyon, Vaxsh, Shuman, Shug’non, Vaxon kabi 27 ta tog’li
va tog’ oldi viloyatlarining birlashtirgan. Ular har birining o’z hokimi va chokarlari bo’lga Masalan,
Chag’aniyon viloyatining hokimi “chag’onxudot”, Termizning hukmdori “termizshoh”,
Xuttalonniki - ,,malik” yoki “sheri xuttalon” deb yuritiladi. Mahalliy hukmdorlarning eng kuchla va
~ ~
nufuzlisi Xuttalon, Shuman, Qabodiyon, Shug’non va Vaxon viloyatlarining hokimlari bo’lib, ular
harbiy kuchlar zarur paytlarda 50 minggacha chokar to’play olardilar.
Toxariston avval eftaliylar, so’ngra Turk xoqonligi tomonidan bo’ysundiriladi. Manbalarda
ta’rif etilishicha, VII—VIII asrlarda Toxaraston aholisining yarmi mahalliy yarmi esa turklar
bo’lgan. Uning bir qismi toxar, ikkinchisi turk, uchinchisi esa mahalliy tilda so’zlashgan. Podshoh,
zodagonlar va fuqarolar budda diniga sig’inganlar, qator ibodatxonalar va kohinlar bo’lgan. 25
harfli yozuvi ko’ndalangiga chapdan o’ngga qarab bitilgan. Aholisi ip va ipak matolardan kiyingan.
Tog’liklari po’stin va jun chakmon kiyishgan. Erkaklar soch va soqollarini qirtishlab, ayollari esa
uzun soch qo’yib yurishgan.
Toxariston aholisining asosiy qismi o’troq dehqonchilik bilan shug’ullangan. Asosan g’alla va
dukkakla ekinlar, qisman sholi va paxta ekilgan. Tog’oldi va tog’li joylarda asa bahorikorlik va
uzumchilik rivoj topgan. Arxeologik topilmalar orasida pista, bodom, yong’oq hamda o’rik, shaftoli
va olcha danaklari, shuningdek qovun va tarvuz urug’lari qayd etilgan Shunga qaraganda
Toxariston aholisi bog’dorchilik va polizchilik bilan ham shug’ullangan. Chorvachkilikda mayda va
yirik shohla hayvonlardan tashqari ot, xachir, tuya va eshak boqilgan. Ilk o’rta asrlarda
Toxaristonda bo’lgan sayyohlar uning pastak otlarining masofalarga qatnashda nihoyatda chidamli
ekanini maqtab yozishgan.
Toxariston noyob tabiiy boyliklarga serob edi. U yerda qadimdan konchilik taraqqiy topgan.
Birgina Badaxshonning o’zidan lal, lojuvar, aqiq, kabi qimmatbaho toshlar va oltin, temir va jez
kovlab alingan. Serjilo toshlar va madanlar zargarlik, chilangarlik va temirchilik ishlatilgan. Bu
o’lkada ayniqsa qurolsozlik yuksalgan edi. Chokarlar kamon, gurzi, cho’qmor, xanjar va shamshir
bilan qurollangan. Ularning qo’lida ajoyib to’qima Balx sovutlari bo’lardi. Toxaristonda
shishasozlik ham ancha rivoj topgan edi. Rangdor shishalardan surmadonlar marjon va
munchoqlardan tashqari xilma-xil buyumlar yasalgan. VIII asr boshlarida Toxaritondan Xitoyga
olib chitqilgan qizil va zumrad rangli shishlalar xitoyliklarni lol qoldirgan. Toxaristonda ayniqcha
to’qimachilik yuksak darajada edi. Ip, jun va ipakdan rangli, guldor ta yo’l-yo’l matolar to’qilgan.
Qimmatbaho ipak va jun matolardan eso asosa zodagon dehqonlaru hukmdorlar kiyinishgan.
Toxariston juda ko’p mamlakatlarga elchilar yubortb ular bilan savda aloqalari olib barilgan.
Chetga ko’plab qimmatbaho toshlar chiqarilgan. Mashhur Badaxshon la’li esa jahon bozorlarid
nihoyatda yuqori baholangan. Xuttalondaye uyur-uyur zotlar, yilqilar olib chiqilgan. Toxariston
dori-darmonlari esa Xitoyda juda qadrlangan. Bu ilk feodal davlat viloyatilarida Sug’d tangalariga
taqlidan so’qilgan o’z pullari ichki savdo muomalasida yurgan. Toxaristonning poytaxti qadimdan
Balx bo’lgan.
Xullas, Toxariston mustaqil ilk feodal davlatlar qatorida tursa ham, lekan hali bir oz bo’lsa-
da, markazlashmagan edi. Chunkt uniig har bir viloyati o’zining vrisiyo sulolasiga mansub
hokimlari tomonidan boshqarilgan. Ular alohida-alohida davlatchadarni eslatardi. Hatto ularning
har biri o’zga yurtlarga elchilar yuborardi. Shunday qilib, Toxariston ilk o’rta asrlarda tashkil
topgan mayda davlatchalar konfederatsiyasini tashkil etardi.
Bu davrda Farg’ona vodiysida yana b ilk feodal davlat xukm surardi. Qadida bu mamlakat
Davan va Fragona deb yuritilgan. Uning podsholari “ixshid” deb atalgan poytaxti Koson va Axsikat
shaharlarida joylashgan. Davan shimol tomondan Yettisuv, g’arbdan Choch va Eloq, janubi-
g’arbdan Sug’d, janubdan Toxaristo va sharqdan Sharqiy
Turkiston viloyatlari bilai chegaradosh bo’lgan. Xitoy manbalarida tariflanishicha Farg’ona
yerlarib juda hosildor bo’lib aholisi dehqonchilik bilan kun kechirgan, paxta
va shali ekkan. Unda bog’u bo’stonlar va gulzorlar mo’l bo’lga. Koson, Axsikat va Kubo kabi
yirik markaziy shaharlarida hunarmandchilikning turli sohalari rivoj topib uning mahsulotlari ichki
~ ~
va tashqi bozorlarda juda haridorgir bo’lgan. Qo’shni mamlakatlarga arg’umoqlar, bo’yoqlar, rang-
barang shisha buyumlar va dori-darmonlar chiqarilgan.
Farg’ona vodiysida o’troq aholi bilan bir qatorda tog’ va tog’oldi yaylovlarida ko’chmanchi
va yarim ko’chmanchi chorvadorlar yashagan. Qurama va Qarmazor tog’lari yon bag’irlarida
qaidan yilqichilik bilan shug’ullanilgan. Bu diyorda ko’paytirilgan tulpor otlarning dong’i jahonga
taralgan. Farg’onada qo’y, xachir va tuyalar boqilgan.
Shunday qilib VI-VIII asrlarda Farg’onada dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik,
xo’jalilklari va ichki hamda tashqi savdo rivoj topgan. U mustahkam iqtisodiy poydevorli o’lka edi.
Strategik jihatdan qulay geografik o’rni, mustahkam mudofaa inshootlari bilan ta’milangan Koson,
Axsikat, Kubo kabi yirik shaharlari, tog’ qal’alari, vodiy bo’ylab joylashgan qator-qator istehkomli
qo’rg’onlari tufayli bu diyor kuchli harbiy imkoniyatga ham ega edi. Ilk o’rta asrlarda Farg’ona
O’rta Osiyoni siyosiy hayotida muhim ahamiyat kasb etgan qudratli davlat bo’lgan.
V-VII asrlarda Chirchiq va Ohangaron vodiylarida ikkita mustaqil ilk feodal davlatlari
hukmronlik qilgan. Manbalarda ulardan biri Choch davlati, ikkinchis Eloq mulki nomlari bilan tilga
olinadi. Chochning poytaxti Chochkat shahri bo’lib, podshohi “tudun” deb yuritilgan. Xitoy
manbalarida Choch viloyati Shi va Chje-Shi nomlari bilan tariflanadi. Eloqning poytaxti Tunkat
bo’lgan, hokimlari “dehqon” deb atalgan. V asrda Choch viloyati Eftaliylar davlatiga, VI asrda esa
g’arbiy turk hoqanligiga bo’ysundiriladi. VIII asrda Choch va Eloq birlashib yagona davlatga
aylanadi va o’z mustaqilligini tiklab oladi. Choch va Eloq shimol va g’arb tomondan G’arbiy Turk
xoqonligi, sharqdan Farg’ona va janubdan Ustrushona bilan chenaradosh edi.
Choch va Eloq sertarmoq xo’jalikka ega mamlakat edi. Unda sug’orma dehqonchilik,
chorvachilik, hunarmandchilik ayniqsa konchilik, ichki va tashqi savdo yuksak darajada
rivojlangan. Ilk o’rta asrlarda Chirchiq daryosidan Zog’ariq, Bo’zsuv, Anhor va Kalkovuz kabi
yirik sug’orish tarmoqlari qazib chiqarilib, Chochning ekin maydonlari nihoyatda kengaygan. Bu
davrda Choch vohasi uzul-kesil shakllanib u 50 ga yaqin sug’orish shahobchalari vositasida
sug’orilgan. Dehqonchilikda ko’proq arpa, bug’doy va tariq ekilgan. Ayniqsa Chochning poytaxt
shahri atroflari obod edi. Unda 50 dan ortiq katta-kichik istehkomlar, feodalar qo’rg’onlari va
ko’shklari, obod qishloqlar qad ko’targan.
Choch va Eloq tog’lari oltin, kumush rangli maьdanlar temir va jilvador Choqmoq toshlarga
boy edi. Bu tabiiy boyliklar tufayli qadimda bu o’lkada konchilik va unga asoslangan
hunarmandchilik rivoj topadi. Oltin va kumushlar qazib olishda ayniqsa Eloq O’rta Sharq
mamlakatlarida shuhrat topadi. Chotqol va qurama tog’larida joylashgan Ko’hisim, Lashkarak va
Koni Mansurdan kumush Qo’shbuloq va Qizil olmasoy konlaridan oltin, Ungurlikon va Oqturpoq
konlaridan esa feruza kovlab olingan.
Rangli va nodir maьdan konlarining o’zaro yaqinligi ayirbosh savdo bozori bo’lgan
ko’chmachi chorvadorlar dashtining Choch va Eloqqa tutashib ketgani mamlakatlararo tashqi savdo
aloqalarnini bog’lovchi karvon yo’lining o’lka orqali o’tish bu viloyatlarda ichki va tashqi savdo
satiqning kengayib, shaharlarning govjumlashuviga imkon beradi.
Chochning mohir ustlari metallarda qurol-yaroq, uy-ro’zg’or buyumlari oltin va
kumushlardan turli xildagi zeb-ziynatlar yasaganlar, teri oshlab, charm pishirib, paxta va jundan
mato to’qiganlar, sopol va shisha idishlar yasab, ichka va tashqi bozorni hunarmandchilik
mahsulotlari bilan ta’minlaganlar. Chochdan oltin, kumush, qimmatbaho toshlar, g’alla, quruq meva
va yilqilar chetga chiqarilgan.
Shahar aholisining bir qismi savdo bilan mashg’ul bo’lgan, VI-VIII asrlarda Sharqiy
Turkiston bilan savdo-sotiq qilishda chochliklar Samarqand va Buxoro savdogarlaridan keyin
uchinchi o’rinda turgan. Choch poytaxti toshqi savdo munosabatlarining markazi edi.
~ ~
VII-VIII asrlarda Chochda kumush va mis tangalar yasaydigan zarbxona bo’lgan. VIII asrda
kumush dirhamlar hatto Eloqning kumush konlarida ham so’qilgan. Choch tudunlari old tomoniga
mulkdorning rasmi, orqasiga gajak dumli sher yoki qoplon tasviri, ba’zan sulolaviy ayri tamg’a
tushirilgan chaqa tangalar zarb etganlar. Shu davrda so’qilgan Chochning ayrim tanga pullari
orasida podshoh bilan yonma-yon malika rasmi tushirilgan pullar ham uchraydi. Bu, shubxasiz, ilk
o’rta asrlarda Chochning ijtimoiy va iqtisodiy, ayniqsa siyosiy hayotida hukmdor tabaqa
ayollarining birmuncha nufuzga ega bo’lganligidan guvohlik beradi.
Bu davrda turkiy qabilalar o’troqlashuvining kuchayishi, chochliklar bilan olib borilgan
doimiy iqtisodiy aloqalar tufayli Choch vohasi o’zaro madaniy muloqotlarning markaziga aylanida.
Chochda turkcha va sug’d tillarida so’zlashuvchi aholining safi kengayib boradi. Bioq choch o’lkasi
bu davrda Turk xoqonligiga tobe bo’lishiga qaramay, hali o’zining tili, yozuvi va qadimiy
madaniyati an’analarini saqdab qolgan edi. Bu yerda hali so’g’d tili rasmiy til sifatida yuritilib,
davlat ishlariga oid xujjatlar, chaqa va tangalar zarb etish ishlari, hukmdorlar nomidan bitiladigan
yozuvlar mazkur xatda ifodalanardi.
Chochning ijtimoiy tarkibi ham ilk feodal jamiyatigaxos edi. U mulkdor tabaqa-zodogon
dehqonlar, mexnatkash tabaqa-erkin jamoa a’zolari – ozolar; mulkdor tabaqaga mute-kadivarlar
hamda erksiz qul va cho’rilardan iborat edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |