~ ~ O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/55
Sana30.12.2021
Hajmi3,95 Mb.
#96167
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55
Bog'liq
ozbekiston tarixi fani predmeti nazariy-uslubiy asoslari va uni organishning ahamiyati

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Кўк турк ҳоқонлиги(552-743 йй)        Оқ хун ҳоқонлиги (420-562 йй)  
 


~  ~ 
 
TURK XOQONLIGINING TAShKIL TOPIShI 
(mustaqil mahalliy davlatlar tarixi) 
 
 
Reja: 
VI asrning I yarmida siyosiy vaziyat. 
Markaziy Osiyo hududida Turk xoqonligining tashkil topishi. 
Mustaqil mahalliy davlatlar: Sug’d, Tohariston, Choch, Iloq, Farg’ona. 
Turk xoqonligi va mahalliy davlatlar o’rtasidagi iqtisodiy va siyosiy aloqalar. 
 
Tayanch tushunchalar: 
Turk xoqonligi, mahalliy davlatlar, Sug’d, Tohariston, Choch, Iloq, Farg’ona, 
iqtisodiy va siyosiy aloqa, siyosiy vaziyat, Sosoniylar, yabg’u. 
 
 
Nazorat uchun savollar: 
Markaziy Osiyoda VI asrning I yarmidagi siyosiy vaziyat. 
Markaziy Osiyo hududida Turk xoqonligining tashkil topishi. 
Sug’d mahalliy davlatining tashkil topishi. 
Tohariston mahalliy davlatining tashkil topishi. 
Choch mahalliy davlatining tashkil topishi. 
Iloq mahalliy davlatining tashkil topishi. 
Farg’ona mahalliy davlatining tashkil topishi. 
Turk xoqonligi va mahalliy davlatlar o’rtasidagi iqtisodiy va siyosiy aloqalar. 
 
 
Adabiyotlar: 
1. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. Toshkent, 2000. 
2. Buryakov Ya. F. Eloqning o’rta asr konchiligi va metallurgiyasi (V-XIII asr 
boshi) M, 1974. 
3. Gumilov L. N. Qadimgi turklar. M. 1961. 
4. Rahmon Nasimxon. Turk xoqonligi. Toshkent, 1993. 
5. Muhammadjonov. A. O’zbekiston tarixi, Toshkent, 1994. 
6. Karimov Sh., Shamsutdinov R. Vatan tarixi, Toshkent, 1997.  
7. O’zbekiston SSR tarixi 1-jild. Toshkent, 1970. 
8. Samarqand tarixi. 1-jild, Toshkent, 1971. 
9. Is’hoqov M. Sug’diyona tarix chorraxasida, Toshkent, 1990. 
 
 
Turk  xoqonligi  —  Markaziy  Osiyo  mintaqasi  va  unga  tutash  bir  necha  o’lkalarni  o’z  ichiga 
olgan  yirik  saltanat  (6-8-a.lar).  Turk  xoqonligiga  doir  ma’lumotlar  Urxun-Yenisey  bitiktoshlari, 
Xitoy yilnomalari, yunon (Vizantiya), arman, suryoniy, sug’d, arab, fors, tibet, baqtriy, manbalarida 
saqlanib qolgan. 
6-a.ning  2-yarmida  Turk  xoqonligi  vujudga  kelgunga  qadar  mintaqada  2  yirik  davlat: 
Eftaliylar va Jo’janlar davlati hukm surardi. Turk xoqonligining asoschilari bo’lmish turkiy ashina 
kabilasi esa bu paytda Oltoy tog’larining jan. yon bag’irlarida istiqomat qilar va Jo’janlar davlatiga 
tobe  edi.  Jo’janlar  qo’l  ostidagi  ashina  turklari  kuchayib  545  y.  tele    qabilalarini,  551  y.  esa 
jo’janlarni yengadilar. Shu tariqa og’a ini Bumin Va Istami 552 y. Turk xoqonligiga asos soladilar. 
Bumin  o’zini  xoqon  deb  e’lon  qiladi  (q.  Bumin  xoqon,  Istami  xoqon  555  y.ga  kelib,  Markaziy 
Osiyoning  shim.-sharqidagi  qabilalar,  uzov  Sharvdagi  kidan  (qoraxitoy),  tatabi,  shivey  kabi 
manchjur  va  Mug’ul  qabilalari,  Yenisey  buyidagi  turkiy  qabilalar  ham  Turk  xoqonligi  qo’shinlari 


~  ~ 
 
tomonidan  tobe  etilib,  555  y.dayoq  Sharqiy  Turkistonning  katta  qismi  Turk  xoqonligi  qo’l  ostiga 
o’tadi.  Turk  xoqoni  Mug’on  (553—572)  Xitoyga  556—557  y.larda  yurishlar  qilib,  bu  yerdagi 
G’arbiy  Vey  (Toba)  sulolasi  o’rnini  egallagan  Shim.  Shim.  Si  (550—577)  va  Chjou  (577—581) 
sulolalarini o’z ta’sir doirasiga oladi. Turk xoqonligi 565 y. eftaliylarga Naxshab sh. (hoz. Qarshi 
sh.  yaqinidagi  Yerqo’rg’on  harobasi)  atrofida  og’ir  zarba  beradi.  Turk  xoqonligi  eftaliylarga 
qarashli  Choch,  Farg’ona,  Ustrushona,  Samarqand,  Xorazm.  Buxoro,  Kesh  va  Nasafni  qo’lga 
kiritgan bir paytda xoqonlikning eftaliylarga qarshi ittifoqchisi Sosoniylar Eroni hukmdori Xusrav I 
Anushirvon esa Eftaliylar tarkibida bo’lgan Tohariston, Qobuliston, Zobuliston (Shim. Afg’oniston) 
viloyatlarini  egallaydi.  Sosoniylar  bilan  bevosita  qo’shni  bo’lib  qolgan  xoqonlikning  Eronga 
yuborilgan elchilarining o’ldiriligai va sug’diy Maniax boshchiligida ipak tijoratini yo’lga qo’yish 
maqsadida  yo’llangan  elchilarga  Eron  shohining  qo’pol  munosabatda  bo’lishi  hatto  ular  keltirgan 
ipak matolarni yokishga buyurishi Turk xoqonligi va Sosoniylar o’rtasidagi ittifoqqa raxna soladi. 
Turk  xoqonligi  Eron  bilan  orani  uzib,  Vizantiya  imperiyasiga  yaqinlashish  u  bilan  savdo  sotik, 
asosan,  ipak  tijoratini  rivojlantirio’  uchun  unga  567  y.  mazkur  Maniax  boshchiligida  elchilik 
hay’atini  yuboradi.  Shu  paytdan  boshlab  ikki  davdat  o’rtasida  ittifoq  vujudga  keladi.  Eron  — 
Vizantiya  o’rtasida  571  y.  jang  boshlangach  g’arbga  yurishni  davom  ettirayotgan  Istami  shu  yyli 
Shim. Kavkazdagi Kuban daryosi havzasi na Ozarbayjonni qo’lga kiritadi. Boshqa tarafdan esa 567 
y.danoq  Sosoniylarga  qarshi  Amudaryo  yo’nalishi  buylab  yurish  uyushtira  boshlagan.  Istami  bu 
jabhada  katta  muvaffaqiyatlar  qozonib,  Toxaristonni  olgach,  Turk  xoqonligining  jan.-g’arbiy 
chegarasi  Amudaryo  bo’lib  qoladi.  6-a.ning  so’ngi  choragida  Qobuliston  (Qobul),  Zobuliston  va 
Xurosonniig katta qismi xoqonlik tarkibiga o’tadi. 576 y.da Turk xoqonligi bilan Vizantiya orasida 
ixtilof  paydo  bo’ladi  va  xoqonlik  shu  yili  Qrimdagi  Bospor  (Kerchь)ni  bosib  oladi  va  581  y.da 
Xersonesni qamal qiladi. Sharqiy Yevropada xoqonlik hududi bu paytga kelib qora dengiz sohillari, 
sharqda  Koreya  bo’g’ozi  shim.da  O’ral  tog’lari,  Yenisey  va  Baykalbuyi,  jan.da  Afg’oniston  va 
Shim. Hindiston hududlarini o’z ichiga olar edi. 
580-y.larga kelib xoqonlikda ichki nizolar, taxt talashuvlar avj oladi. Bu ishga Xitoyning Suy 
sulolasi ham aralashadi. Shundan so’ng xoqonlik bir muddat Oltoy tog’larining sharqidan to uzoq 
Sharqqacha  bo’lgan  hududni,  ya’ni  Jan.  Sibirь,  Urxun  havzalari  (Mug’uliston),  Shim.  Xitoy 
hududlarini o’z ichiga oluvchi Sharqiy Turk xoqonligi va Oltoy tog’larining g’arbidagi xoqonlikka 
qaram O’lkalarni o’z ichiga oluvchi markazi Yetti suv bo’lgan G’arbiy Turk xoqonligi ga bo’linib 
ketadi. 
Markazi  Utukan  vodiysi  (Mug’uliston)  bo’lgan  Sharqiy  Turk  xoqonligi  Shibixoqon  (609—
619)  lavrida  Xitoy  (Suy)  imperiyasiga  qarshi  jang  olib  boradi.  U  615  y.da  Xitoyga  yurish  qilib 
Yaymin  (Ordos)  viloyatida  imperator  Yandini  qurshovga  oladi.  Yaymindagi  41  qal’adan  39  tasi 
Turk  xoqonligi  qo’liga  o’tadi.  618  y.da  Suy  sulolasini  ag’darib,  uning  o’rnini  egallagan  Tan 
sulolasining ishlariga ham Shibi xoqon aralashadii. U bu paytgacha sharqda kidan va 
shivey  qabilalarini,  Jan.-G’arbda  Tuguxun  (Togon)  davlati  hamda  Turfon  o’lkasini 
bo’ysundirgach  Xuanxe  daryosini  kechib  o’tib,  Xitoy  hududiga  kirgan  vaqtda  vafot  etadi.  Taxtga 
El-xoqon (xitoy manbalarida Xyyelixan; 620—630) o’tirali va 10 yil davomida, asosan, Xitoy bilan 
kurash  olib  boradi.  2  marta,  624—626  y.larda  poytaxt  Chan’anni  qurshab  oladi.  Uniig  o’limidan 
so’ng Sharqiy Turk xoqonligi 50 yilga yaqin Xitoyga qaram bo’lib qolali. 
O’z  davrida  “O’n  O’k  xoqonligi”  deb  yuritilgan  G’arbiy  Turk  xoqonligi  Istamining  o’g’li 
Tardu  xoqon  (576—603)  Soso  niylar  Eroniga  qarshi  janglar  olib  borib,  g’arbda  o’z  hokimiyatini 
kuchaytirdi.  Uniig  o’g’li  Sheguy  xoqon  (610—  618)  davrida  xoqonlik  qo’shinlari  jan.-garbiy 
hududlarda faol harakat yurita boshlaydi. U Eronning shim. sharqiy viloyatlariga xujum uyushtirib, 
sosoniylar ustidan yirik g’alabaga erishadi va Isfahon, Ray kabi shaharlarni qo’lga kiritadi. Uning 


~  ~ 
 
inisi Tun yabg’u (Tun-shexu; 618—630) xoqonlikning g’arbdagi nufuzini yanada mustahkamlaydi. 
U  hukmronlik  qilgan  davrda  Turk  xoqonligi  ning  chegarasi  g’arb  va  jan.-g’arbda,  Jan.-  Sharqiy 
Yevropa dashtlari, Kavkaz, Volgabbo’yi, Gurgop, Marv, Hind daryosining yuqori havzalari, Shim. 
Hindiston  va  Afg’onistonning  aksariyat  viloyatlarini  o’z  ichiga  olardi.  Uning  shad  unvonli  o’g’li 
boshchiligidagi xoqonlik ko’shinlari Vizantiya imperatori Irakliy bilan birgalikda 627—628 y.larda 
Jan.  Kavkazga  safar  uyushtiradi  va  bu  yerdagi  sosoniylar  qo’shinini  yengib,  Tbilisi  sh.ni  qo’lga 
kiritadi. Tun yabg’u g’arbiy hududlarda hokimiyatni mustahkamlash maqsadida qarorgohini Shosh 
vohasining  shimdagi  Mingbuloq  (x  toycha  Syanь-syuanь)  mavzesiga  ko’chi  radi  va  boshqaruvda 
islohotlar o’tkazib qaram o’lkalarga turkiy tudun va eltabar unvonli vakillar jo’natadi. 
630-y.larga kelib G’arbiy Turk xoqonligi ham bir muddat Xitoyga qaram bo’lib qoladi. Biroq 
tez  orada  o’z  qudratini  tiklab  oladi.  Xitoy  manbalarida  qayd  etilishicha,  El-bilga  Ishbara  yabg’u 
(630—641)  ning  qo’l  ostida  Sharqiy  Turkistondagi  Kucha,  Shanshan,  Cherchen,  Xarashar 
(Qorashahar) hokimliklari va Shi (Shosh), Shi’ (Kesh), Xe (Kushoniya-Kattaqo’rg’on) Mu (Marv), 
Kan  (Sug’d)  va  Toxariston  o’lkalari  bo’lgan.  Xoqonlik  Istamining  beshinchi  bo’g’in  avlodi 
bo’lmish  Ulug’  Ishbara (Xelu Shabolo; 651—657)  xokon hukmronligi davrida  Xitoyga qarshi bir 
necha yil kura olib boradi. 
Kapag’an  xoqon  (691—716)  davrida  xoqonlik  mintaqadagi  eng  yirik  davlatga  aylanadi.  U 
jiyanlari Kutlug’ Eltarish xoqonning o’g’illari Bilga va Kultegin hamda To’yuquq bilan birgalikda 
Xitoydagi Xuanxe daryosi havzalari hamda Shanьdun o’lkasiga yurish qilib, 23 ta shaharni qo’lga 
kiritadi,  699  y.da  jan.-g’arbga,  sobiq  G’arbiy  Turk  xoqonligi  hokimiyatini  qo’lga  kiritgan 
turgashlarga va Toxariston ulkasiga yurish qiladi. Qapag’an hoqon 700 y. Tangut o’lkasiga, 701 y. 
Xitoyning shim.-g’arbidagi “Oltu Chub Sug’daq o’lkasiga, 703 y.da basmillarga, 705—706 y.larda 
bayirqularga,  709  y.da  chik  va  azlarga,  710  y.da  qirg’izlar  va  turgashlarga  qarshi  qo’shin  tortib 
ularni  kaytadan  o’z  tarkibiga  ko’shib  oladi.  Turk  xoqonligi  Movarounnahrga  bostirib  kirgan  arab 
istilochilariga qarshi 710 y.da qo’shin yuboradi va Sug’d, Shosh, Farg’ona hokimlarining arablarga 
qarshi  kurashida  qatnashadi.  Bilga  xoqon  (716—  734)  xukmronligi  davrida  Turk  xoqonligi 
mintaqaning  eng  qudratli  davlatlaridan  biriga  aylanadi.  716  y.da  Selenga  daryosi  havzasida 
istiqomat qiluvchi uyg’urlarga, 717 y.da o’g’uzlarga, 718 y.da qarluqlarga qarshi jang qilib, ularni 
xoqonlikka bo’ysundiradi. Bu davrda xoqonlik hududlari sharqda Sirdaryoning sharqidan to g’arbda 
Xingan  tog’lari  yonbag’irlari  (Manjuriya),  Shanьdun  o’lkasi  (Xitoyning  shim.  sharqi  Sariq 
dengizdagi  Boxay  ko’rfazigacha  bo’lgan  yerlar)ni,  janubda  Tibetning  shimoli,  Sharqiy  Turkiston, 
Xitoyniig  shim.  viloyatlaridan  to  shim.da  Yenisey  daryosi  va  Baykalbuyini  o’uz  ichiga  olganligi 
ma’lum bo’ladi. 740.y.larga kelib Turk xoqonligi ham ichki, ham tashqi ziddiyatlarga duch keladi. 
Bilga  xoqonning  o’g’illari  hukmronligi  davrida  xoqonlik  zaiflashadi.  742—744  y.larda  uyg’ur, 
qarluq va basmil qabilalari birlashib, xoqonlikka xujum uyushtirishadi. 745 y.da ittifoqchilar Turk 
xoqonligining  so’nggi  hukmdori  Baymey  xoqonni  uldirishadi  va  xoqonlik  taxti  uyg’urlar  quliga 
o’tadi. 
Turk xoqonligini dunyoning eng yirik davlatlari qatoriga qo’shishda xoqonlar Bumin (551—
552),  Muqan  (553—572),  Taspar  (572—581),  Tunga  Turov  (588—  600),  Shibi  (609—619),  El-
xoqon  (620—630),  Qutlug’  Eltarish  (680—  691),  Bekchur  Qapag’an  (691—716),  Bil-  ga  (716—
734) va bosh vazir Tunyuquq (680—726), shahzoda Kultegin (Qo’l Tegin) (684—73 1) hamda O’n 
O’k boshqaruvi hukmdorlari Istami yabg’u (552—576), Tardu (576—603), Tun yabg’u (618—630) 
kabilar  mu  rolь  o’ynadilar.  Ular  davrida  Turk  xoqonligi  tomonidan  Xitoy,  Sosoniylar  Eroni, 
Vizantiya kabi dunyoning kuchli davlatlariga qarshi yurish uyushtiriladi. 
Turk  xoqonligining  boshqaruvida  2  xil  tizim  mavjud  edi:  bo’ysundirilgan  ba’zi  o’lka  va 
viloyatlarda mavjud mahalliy sulolalar saqlanib qolgan va ular xoqonlikka o’lpon to’lab turganlar; 


~  ~ 
 
tobe  o’lka  va  viloyatlarning  ayrimlari  boshqaruviga  tayinlangan  hukmdor  xonadonga  mansub 
vakillar hokimiyati. 
Bu  paytda  Sirdaryo  va  Amudaryo  oralig’i  hamda  tutash  hududlar  Turk  xoqonligi  tarkibida 
bo’lib,  bu  yerdagi  Shoshda  tudunlar,  Farg’onada  ixshidlar,  Ustrushonada  afshinlar,  Sug’dda 
ixshidlar,  Buxoroda  buxorxudotlar,  Xorazmla  afrig’iylar,  Toxaristonda  yabg’ular  hokimiyati 
mavjud  edi.  Ularning  ba’zilarinig  kelib  chiqishi  Turk  xoqonligi  hukmdor  sulolasiga  mansub 
bo’lishgan. Jumladan, Shosh tudunlari, Toxariston yabg’ulari va h.k. 
Eramizning  551  yilida  Oltoyda  yangi  davlat  -  Turk  xoqonligi  yuzaga  keldi.  Turk  xoqonligi 
hukmdori  Muqanxoqon  (554-576  yy.)  va  uning  amakisi  Istami  Yabg’ularning  O’rta  Osiyoga 
yurishlari  VI  asrning  50-yillari  oxiri  va  60-yillarida  ayniqsa  kuchaydi.  568  yili  O’rta  Osiyo 
batamom ular qo’liga o’tdi. Ular avval ko’proq o’zlashtirilmagan yerlarga, asta-sekin mahalliy aholi 
yashaydigan  qishloqlarga,  yerli  xalq  madaniy-xo’jalik  yutuqlari  ta’sirida  yarim  o’troq  va  ko’p 
hollarda  o’troq  turmush  kechirishga,  ular  bilan    iqtisodiy    va      madaniy    alokani    kuchaytirishga   
muyassar bo’ldilar. Natijada Xorazm, Farg’ona, So’g’dning katta qismi yashovchi turkiy qabilalar 
ular bilan aralashib ketdi. 
VI asrning 60-70 yillarida  xoqonlik qabilalari Buxoro vohasi va  hatto Shimoliy Afg’oniston 
hududlariga  ham  borib  o’rnasha  boshladilar.  Buning  natijasida  mahalliy  aholi  bilan  o’zaro 
yaqinlashuv  va  qon-qarindoshchilik  alokalarining  rivojlanish  jarayoni  sodir  bo’la  boshladi.  603 
yilga kelib Turk xoqonligi uzil-kesil 2 qismga: Sharqiy va g’arbiy qismlarga bo’linib ketadi. O’rta 
Osiyodagi bir nechta kichik yarim mustaqil davlatlar g’arbiy Turk xoqonligi tarkibida edi. 
Yangi  yer  egaligi  munosabatlari  rivojlanayotgan  G’arb  xoqonligining  ijtimoiy  tarkibi  ham, 
siyosiy boshqaruvi ham ancha-muncha murakkab edi. Yarim asrlik hukmronlik jarayoni turklarning 
bir  qismi  o’troqlashadi,  qolganlari  yerli  chorvadorlar  bilan  aralashib  ketadi.  O’troq  hayotning 
an’anaviy-ma’muriy  udumlari  ta’sirida  boshqaruv  tarkiblari  asta-sekin    o’zgarib  xoqonlik 
qabilalarining  ijtimoiy-siyosiy  mavqei  mustahkamlanib  boradi.  Turklar  etnik-siyosiy  hayotda 
faollar  O’rta  Osiyo  jamiyatining  barcha  jabhalarida  teng  qatnasha  boshlaydilar.  Xoqon  Sheguy 
vafotidan  keyin  (618  y.)  hokimiyatta  kelgan  Tun  Yabgu  (Tun  baxodir)  davrida  g’arbiy  xoqonlik 
yanada kuchaydi. 
Bu jarayonni to’xtatish uchun xech bir siyosiy kuch maydonga chiqmadi. Aksincha, maxalliy 
aslzodalar,  ayniqsa,  so’g’d  zodagonlari  turk  xoqonlari  ximoyasida  o’z  savdo-sotiq  ishlarini 
rivojlantirib,  bu  ishlardan  juda  katta  daromad  olar  edilar.  Turkiy  aholi  son  jixatdan  ko’payib, 
ularning maxalliy aholi o’rtasida etnik qatlami tobora qalinlashib bordi. Ayniqsa, turkiy qatlam VII-
VIII-asrlarda Shosh va Farg’onada ustun darajaga ega edi. Garchi g’arbiy Turk xoqonligi 659 yilga 
kelib parchalanib ketsa-da uning etnik ta’siri o’lkada saqlanib qoldi. 
  VIII  asr  boshida  arablarning  O’rta  Osiyoga  bostirib  kirishi  maxalliy  aholi  etnogeneziga 
deyarli ta’sir ko’rsatmadi. Arablar ulardan siyosiy xukmronlikni tortib olib, turkiy xalklarning O’rta 
Osiyoga  kirib  kelish  jarayoniga  chek  qo’ya  boshladilar.  Xoqonlik  qabilalarining  maxalliy  aholi 
bilan aralashib ketishi, ularning tobora o’troq hayot tarziga o’tishi xolati yuz berdi. Turkiy til tobora 
keng  tarqala  boshladi.  Arablar  turkiy  ta’sirini  sindirish  maqsadida  Movarounnahrni  eronliklarga 
yaqinlashtirish  siyosatini  tutdilar.  Shu  maqsadda  O’rta  Osiyoga  VIII-IX  asrlarda  arabiy  va  eroniy 
oilalarni  ko’chirib  keltirib  joylashtirish  siyosatini  yurg’izdilar.  Bu  davrga  kelib  turklar  ta’sirlarida 
Yettisuvni saqlab qoldilar xolos. 
VI—VSh asrlarda Movarounahrning ilk mahalliy davlatlari. Feodal munosabatlar rivoj topib 
mamlakatning  siyosiy  jihatdan  zaiflashuvi  oqibatida  u  bir  qancha  mayda  ilk  feodal  malakatlarga 
bo’linib  ketadi.  V-VI  asrlardayoq  O’rta  Osiyoning  ayrim  viloyat  va  vohalarida  yirik  shaharlarga 
tayangan 15 dan ortiq mustaqil davlatlar tashkil topgan edi. Bunday davlatlarning eng yiriklaridan 


~  ~ 
 
Sug’dda  ixshitlar,  Toharistonda  malikshohlar,  Xorazmda  xorazmshohlar,  Choch  va  Eloqda  budun 
va dehqonlar, Farg’onada ixshitlar hukmronlik qiladi.  
  V-VII  asrlarda  bum  ayda  ilk  feodal  davlatlar,  avval  eftaliylar,  so’ngra  Turk  xoqonligi 
bo’ysundirilgan  bo’lsada,  ammo  eftaliylar  ham,  turklar  ham  ularning  ichki  hayotiga 
aralashmaydilar.  Markaziy  hokimiyatga  boj  to’lab  turish  bilan  ular  o’z  mustaqilliklarini  ma’lum 
darajada saqdab qoladilar. Bu davlatlarning hukmdorlari o’z atrofidagi mulkdor zodagon dehqonlar 
va  ularning  harbiy  chokarlariga  tayanardilar.  Chunki  ular  o’zaro  bir-birlari  bilan  dushmanlik 
kayfiyatida bo’lib, shu boisdan biri ikkinchisidan cho’chigan holda yashar edilar. 
  Ular  orasida  eng  yirigi  Sug’dning  ilk  feodal  davlatlar  konfederatsiyasi  edi.  Bu  ittifoqqa 
Zarafshon  va  Qashaqadaryo  vodiylarida  joylashgan  Samarqand,  Maymurg’,  Ishtixon,  Kushoniya, 
Vardona, Buxoro, Kesh va Naxshob mulklari birlashgan edi. Bu mulklarning har biri o’z xokimligi 
va  harbiy  chokarlariga  ega  edi.  Ularning  ko’pchiligi  Samarqand  ixshidiga  tobe  bo’lsada  ammo 
Buxoro,  Kesh  va  Naxshoblar  deyarli  mustaqil  edi.  Xatto  ular  o’z  tanga  pullarini  zarb  qilardilar. 
Samarqand  ixshidi  saroyida  ajdodlar  ro’xiga  atab  qurbonlik  qilish  uchun  maxsus  ibodatxona  bino 
qilingan.  Unda  o’tkaziladigan  har  yilgi  diniy  marosimlarda  viloyat  hukmdorlarining  barchasi 
qatnashardi.  Yozma  va  arxeologik  manbalardan  ma’lum  bo’lishicha,  Sug’d  hukmdorlari  O’rta 
Osiyo  va  chet  el  davlatlari  bilan  elchilik  aloqalari  olib  borardilar.  Masalan  afrosiyobda  ochilgan 
devoriy rasmlarda Sug’d hokimi Varxumaning Chog’aniyon, Choch va Xitoydan kelgan elchilarni 
qabul qilish marosimi tasvirlanadi.  
Sug’da aholi juda gavjum yashardi. Sug’diylar hunarmandchilik, savdo-sotiq, dehqonchilik va 
bog’dorchilik,  ayniqsa  uzumchilikda  nihoyatda  omilkor  edilar.  Darg’om,  Nahripoy,  Harkon  kabi 
yirik anhorlardan sug’orilgan Sug’d yerlari juda hosildor edi. Sug’orma dehqonchilik rivoj topgan 
bu  diyorda  g’alladan  tashqari,  paxta  va  sholi  ekilardi.  Uning  paxtasidan  to’qilgan  surp  va  bo’z 
matolaridan  faqat  so’g’diylar  emas  balki  dasht  aholisi  kiyinardi.  Sug’dning  sharbatli  uzumlaridan 
musallas  tayyorlangan.  Samarqandning  zarg’aldoq  shaftolisi  Xitoy  poytaxtida  “Samarqandnning 
oltin  shaftolisi”  nomi  bilan  dong’i  ketgan  edi.  Chorvachilikda  mayda  va  yerik  shohli  hayvonlar 
bilan  bir  qatorda  ot,  xachir,  eshak  va  tuyalar  boqilar  edi.  Ayniqsa  Sug’dning  xisori  qo’ylari  va 
tulporlari  juda  mashhur  edi.  Buxoro,  Kesh  va  Maymurg’  yaylovlaridan  uyur-uyur  yilqilar  muttasi 
Xitoyga xaydab borilardi.  
Sug’d  shaharlari  bu  davrda  hunarmandchilikning  markaziga  aylandi.  Ularda  to’qimachilik, 
kulolchilik,  ko’nchilik,  chilangarlik,  temirchilik  va  zargarlik  rivoj  topadi.  Temirdan  xo’jalik 
asboblari va uy-ro’zg’or buyumlaridan tashqari qurol yarog’lar: shamshir, xanjar, tabar, guzi, sovut, 
qalqon  va  dubulg’alar  yasalar  edi.  Hatto  718  y.  da  Sug’diylar  hadiya  tarifasida  yuborgan 
dubulg’adan  nus’ha  olib  Xitoy  qurolsozlari  o’z  qo’shinlarini  dubulg’alar  bilan  taьminlaydilar. 
Sug’d  tog’laridan  oltin,  jez,  novshadil  va  yalama  tuzlar  kovlab  olinardi.  Shaharlarda 
hunarmandchilikning  taraqqiyoti  o’z  navbatida  ichki  va  tashqi  savdo  aloqlarining  kengayishiga 
imkon beradi. Sug’ddan Markaziy Osiyo va Xitoyga qimmatbaho toshlar va ulardan yasalgan zeb-
ziynatlardan tortib turli tuman matolar va dorivorlargacha olib chiqilardi. O’sha zamondda Sug’dda 
bola  besh  yoshga  to’lgach  uni  o’qish  yozishga  hisobga  o’rgatar,  balog’atga  yetgach,  uni  savdo 
karvonlariga qo’shib tijorat safarlariga yuborardilar. 
Ilk  feodal  davlatlaridan  ya’ni  biri  Toxariston  edi.  U  hozirgi  Surxondaryo  viloyati,  janubiy 
Tojikston  va  shimoliy  Afg’oniston  hududlarida  joylashgan.    Bu  mustaqil  davlat  Xuttalon, 
Chag’oniyon, Termiz, Badaxshon, Qabodiyon, Vaxsh, Shuman, Shug’non, Vaxon kabi 27 ta tog’li 
va tog’ oldi viloyatlarining birlashtirgan. Ular har birining o’z hokimi va chokarlari bo’lga Masalan, 
Chag’aniyon  viloyatining  hokimi  “chag’onxudot”,  Termizning  hukmdori  “termizshoh”, 
Xuttalonniki - ,,malik” yoki “sheri xuttalon” deb yuritiladi. Mahalliy hukmdorlarning eng kuchla va 


~  ~ 
 
nufuzlisi Xuttalon, Shuman, Qabodiyon, Shug’non va Vaxon viloyatlarining hokimlari bo’lib, ular 
harbiy kuchlar zarur paytlarda 50 minggacha chokar to’play olardilar. 
Toxariston  avval  eftaliylar,  so’ngra  Turk  xoqonligi  tomonidan  bo’ysundiriladi.  Manbalarda 
ta’rif  etilishicha,  VII—VIII  asrlarda  Toxaraston  aholisining  yarmi  mahalliy  yarmi  esa  turklar 
bo’lgan. Uning bir qismi toxar, ikkinchisi turk, uchinchisi esa mahalliy tilda so’zlashgan. Podshoh, 
zodagonlar  va  fuqarolar  budda  diniga  sig’inganlar,  qator  ibodatxonalar  va  kohinlar  bo’lgan.  25 
harfli yozuvi ko’ndalangiga chapdan o’ngga qarab bitilgan. Aholisi ip va ipak matolardan kiyingan. 
Tog’liklari po’stin va jun chakmon kiyishgan. Erkaklar soch va soqollarini qirtishlab, ayollari esa 
uzun soch qo’yib yurishgan. 
Toxariston aholisining asosiy qismi o’troq dehqonchilik bilan shug’ullangan. Asosan g’alla va 
dukkakla  ekinlar,  qisman  sholi  va  paxta  ekilgan.  Tog’oldi  va  tog’li  joylarda  asa  bahorikorlik  va 
uzumchilik rivoj topgan. Arxeologik topilmalar orasida pista, bodom, yong’oq hamda o’rik, shaftoli 
va  olcha  danaklari,  shuningdek  qovun  va    tarvuz  urug’lari  qayd  etilgan  Shunga  qaraganda 
Toxariston aholisi bog’dorchilik va polizchilik bilan ham shug’ullangan. Chorvachkilikda mayda va 
yirik  shohla  hayvonlardan  tashqari  ot,  xachir,  tuya  va  eshak  boqilgan.  Ilk  o’rta  asrlarda 
Toxaristonda bo’lgan sayyohlar uning pastak otlarining masofalarga qatnashda nihoyatda chidamli 
ekanini maqtab yozishgan. 
Toxariston noyob tabiiy boyliklarga serob edi. U yerda qadimdan konchilik taraqqiy topgan. 
Birgina  Badaxshonning  o’zidan  lal,  lojuvar,  aqiq,  kabi  qimmatbaho  toshlar  va  oltin,  temir  va  jez 
kovlab  alingan.  Serjilo  toshlar  va  madanlar  zargarlik,  chilangarlik  va  temirchilik  ishlatilgan.  Bu 
o’lkada ayniqsa qurolsozlik yuksalgan edi. Chokarlar kamon, gurzi, cho’qmor, xanjar va shamshir 
bilan  qurollangan.  Ularning  qo’lida  ajoyib  to’qima  Balx  sovutlari  bo’lardi.  Toxaristonda 
shishasozlik  ham  ancha  rivoj  topgan  edi.  Rangdor  shishalardan  surmadonlar  marjon  va 
munchoqlardan  tashqari  xilma-xil  buyumlar  yasalgan.    VIII  asr  boshlarida  Toxaritondan  Xitoyga 
olib chitqilgan  qizil va zumrad rangli shishlalar xitoyliklarni lol qoldirgan. Toxaristonda ayniqcha 
to’qimachilik yuksak darajada edi. Ip, jun va ipakdan rangli, guldor ta yo’l-yo’l matolar to’qilgan. 
Qimmatbaho ipak va jun matolardan eso asosa zodagon dehqonlaru hukmdorlar kiyinishgan. 
Toxariston juda ko’p mamlakatlarga elchilar yubortb ular bilan savda aloqalari olib barilgan. 
Chetga  ko’plab  qimmatbaho  toshlar  chiqarilgan.  Mashhur  Badaxshon  la’li  esa  jahon  bozorlarid 
nihoyatda  yuqori  baholangan.  Xuttalondaye  uyur-uyur  zotlar,  yilqilar  olib  chiqilgan.  Toxariston 
dori-darmonlari esa Xitoyda juda qadrlangan. Bu ilk feodal davlat viloyatilarida Sug’d tangalariga 
taqlidan so’qilgan o’z pullari ichki savdo muomalasida yurgan. Toxaristonning poytaxti qadimdan 
Balx bo’lgan. 
Xullas, Toxariston mustaqil ilk feodal davlatlar qatorida tursa ham, lekan hali  bir oz bo’lsa-
da,  markazlashmagan  edi.  Chunkt  uniig  har  bir  viloyati  o’zining  vrisiyo  sulolasiga  mansub 
hokimlari  tomonidan  boshqarilgan.  Ular  alohida-alohida    davlatchadarni  eslatardi.  Hatto  ularning 
har  biri  o’zga  yurtlarga  elchilar  yuborardi.  Shunday  qilib,  Toxariston  ilk  o’rta  asrlarda  tashkil 
topgan mayda davlatchalar konfederatsiyasini tashkil etardi.  
Bu  davrda  Farg’ona  vodiysida  yana  b  ilk  feodal  davlat  xukm  surardi.  Qadida  bu  mamlakat 
Davan va Fragona deb yuritilgan. Uning podsholari “ixshid” deb atalgan poytaxti Koson va Axsikat 
shaharlarida  joylashgan.  Davan  shimol  tomondan  Yettisuv,  g’arbdan  Choch  va  Eloq,  janubi-
g’arbdan Sug’d, janubdan Toxaristo va sharqdan Sharqiy 
Turkiston  viloyatlari  bilai  chegaradosh  bo’lgan.  Xitoy  manbalarida  tariflanishicha  Farg’ona 
yerlarib juda hosildor bo’lib aholisi dehqonchilik bilan kun kechirgan, paxta 
va shali ekkan. Unda bog’u bo’stonlar va gulzorlar mo’l bo’lga. Koson, Axsikat va Kubo kabi 
yirik markaziy shaharlarida hunarmandchilikning turli sohalari rivoj topib uning mahsulotlari ichki 


~  ~ 
 
va tashqi bozorlarda juda haridorgir bo’lgan. Qo’shni mamlakatlarga arg’umoqlar, bo’yoqlar, rang-
barang shisha buyumlar va dori-darmonlar chiqarilgan.  
  Farg’ona vodiysida o’troq aholi bilan bir qatorda tog’ va tog’oldi yaylovlarida ko’chmanchi 
va  yarim  ko’chmanchi  chorvadorlar  yashagan.  Qurama  va  Qarmazor  tog’lari  yon  bag’irlarida 
qaidan yilqichilik bilan shug’ullanilgan. Bu diyorda ko’paytirilgan tulpor otlarning dong’i jahonga 
taralgan. Farg’onada qo’y, xachir va tuyalar boqilgan. 
  Shunday  qilib  VI-VIII  asrlarda  Farg’onada  dehqonchilik,  chorvachilik,  hunarmandchilik, 
xo’jalilklari va ichki hamda tashqi savdo rivoj topgan. U mustahkam iqtisodiy poydevorli o’lka edi. 
Strategik jihatdan qulay geografik o’rni, mustahkam mudofaa inshootlari bilan ta’milangan Koson, 
Axsikat, Kubo kabi yirik shaharlari, tog’ qal’alari, vodiy bo’ylab joylashgan qator-qator istehkomli 
qo’rg’onlari  tufayli  bu  diyor  kuchli  harbiy  imkoniyatga  ham  ega  edi.  Ilk  o’rta  asrlarda  Farg’ona 
O’rta Osiyoni siyosiy hayotida muhim ahamiyat kasb etgan qudratli davlat bo’lgan.  
  V-VII  asrlarda  Chirchiq  va  Ohangaron  vodiylarida  ikkita  mustaqil  ilk  feodal  davlatlari 
hukmronlik qilgan. Manbalarda ulardan biri Choch davlati, ikkinchis Eloq mulki nomlari bilan tilga 
olinadi.  Chochning  poytaxti  Chochkat  shahri  bo’lib,  podshohi  “tudun”  deb  yuritilgan.  Xitoy 
manbalarida  Choch  viloyati  Shi  va  Chje-Shi  nomlari  bilan  tariflanadi.  Eloqning  poytaxti  Tunkat 
bo’lgan, hokimlari “dehqon” deb atalgan. V asrda Choch viloyati Eftaliylar davlatiga, VI asrda esa 
g’arbiy  turk  hoqanligiga  bo’ysundiriladi.  VIII  asrda  Choch  va  Eloq  birlashib  yagona  davlatga 
aylanadi va o’z mustaqilligini tiklab oladi. Choch va Eloq shimol va g’arb tomondan G’arbiy Turk 
xoqonligi, sharqdan Farg’ona va janubdan Ustrushona bilan chenaradosh edi.  
  Choch  va  Eloq  sertarmoq  xo’jalikka  ega  mamlakat  edi.  Unda  sug’orma  dehqonchilik, 
chorvachilik,  hunarmandchilik  ayniqsa  konchilik,  ichki  va  tashqi  savdo  yuksak  darajada 
rivojlangan.  Ilk  o’rta  asrlarda  Chirchiq  daryosidan  Zog’ariq,  Bo’zsuv,  Anhor  va  Kalkovuz  kabi 
yirik  sug’orish  tarmoqlari  qazib  chiqarilib,  Chochning  ekin  maydonlari  nihoyatda  kengaygan.  Bu 
davrda  Choch  vohasi  uzul-kesil  shakllanib  u  50  ga  yaqin  sug’orish  shahobchalari  vositasida 
sug’orilgan.  Dehqonchilikda  ko’proq  arpa,  bug’doy  va  tariq  ekilgan.  Ayniqsa  Chochning  poytaxt 
shahri  atroflari  obod  edi.  Unda  50  dan  ortiq  katta-kichik  istehkomlar,  feodalar  qo’rg’onlari  va 
ko’shklari, obod qishloqlar qad ko’targan.   
  Choch va Eloq tog’lari oltin, kumush rangli maьdanlar temir va jilvador Choqmoq toshlarga 
boy  edi.  Bu  tabiiy  boyliklar  tufayli  qadimda  bu  o’lkada  konchilik  va  unga  asoslangan 
hunarmandchilik  rivoj  topadi.  Oltin  va  kumushlar  qazib  olishda  ayniqsa  Eloq  O’rta  Sharq 
mamlakatlarida  shuhrat  topadi.  Chotqol  va  qurama  tog’larida  joylashgan  Ko’hisim,  Lashkarak  va 
Koni Mansurdan kumush Qo’shbuloq va Qizil olmasoy konlaridan oltin, Ungurlikon va Oqturpoq 
konlaridan esa feruza kovlab olingan. 
  Rangli  va  nodir  maьdan  konlarining  o’zaro  yaqinligi  ayirbosh  savdo  bozori  bo’lgan 
ko’chmachi chorvadorlar dashtining Choch va Eloqqa tutashib ketgani mamlakatlararo tashqi savdo 
aloqalarnini  bog’lovchi  karvon  yo’lining  o’lka  orqali  o’tish  bu  viloyatlarda  ichki  va  tashqi  savdo 
satiqning kengayib, shaharlarning govjumlashuviga imkon beradi.  
  Chochning  mohir  ustlari  metallarda  qurol-yaroq,  uy-ro’zg’or  buyumlari  oltin  va 
kumushlardan  turli  xildagi  zeb-ziynatlar  yasaganlar,  teri  oshlab,  charm  pishirib,  paxta  va  jundan 
mato  to’qiganlar,  sopol  va  shisha  idishlar  yasab,  ichka  va  tashqi  bozorni  hunarmandchilik 
mahsulotlari bilan ta’minlaganlar. Chochdan oltin, kumush, qimmatbaho toshlar, g’alla, quruq meva 
va yilqilar chetga chiqarilgan. 
  Shahar  aholisining  bir  qismi  savdo  bilan  mashg’ul  bo’lgan,  VI-VIII  asrlarda  Sharqiy 
Turkiston  bilan  savdo-sotiq  qilishda  chochliklar  Samarqand  va  Buxoro  savdogarlaridan  keyin 
uchinchi o’rinda turgan. Choch poytaxti toshqi savdo munosabatlarining markazi edi.  


~  ~ 
 
  VII-VIII asrlarda Chochda kumush va mis tangalar yasaydigan zarbxona bo’lgan. VIII asrda 
kumush dirhamlar hatto Eloqning kumush konlarida ham so’qilgan. Choch tudunlari old tomoniga 
mulkdorning  rasmi,  orqasiga  gajak  dumli  sher  yoki  qoplon  tasviri,  ba’zan  sulolaviy  ayri  tamg’a 
tushirilgan  chaqa  tangalar  zarb  etganlar.  Shu  davrda  so’qilgan  Chochning  ayrim  tanga  pullari 
orasida podshoh bilan yonma-yon malika rasmi tushirilgan pullar ham uchraydi. Bu, shubxasiz, ilk 
o’rta  asrlarda  Chochning  ijtimoiy  va  iqtisodiy,  ayniqsa  siyosiy  hayotida  hukmdor  tabaqa 
ayollarining birmuncha nufuzga ega bo’lganligidan guvohlik beradi.  
  Bu  davrda  turkiy  qabilalar  o’troqlashuvining  kuchayishi,  chochliklar  bilan  olib  borilgan 
doimiy iqtisodiy aloqalar tufayli Choch vohasi o’zaro madaniy muloqotlarning markaziga aylanida. 
Chochda turkcha va sug’d tillarida so’zlashuvchi aholining safi kengayib boradi. Bioq choch o’lkasi 
bu  davrda  Turk  xoqonligiga  tobe  bo’lishiga  qaramay,  hali  o’zining  tili,  yozuvi  va  qadimiy 
madaniyati  an’analarini  saqdab  qolgan  edi.  Bu  yerda  hali  so’g’d  tili  rasmiy  til  sifatida  yuritilib, 
davlat  ishlariga  oid  xujjatlar,  chaqa  va  tangalar  zarb etish ishlari,  hukmdorlar  nomidan  bitiladigan 
yozuvlar mazkur xatda ifodalanardi. 
  Chochning  ijtimoiy  tarkibi  ham  ilk  feodal  jamiyatigaxos  edi.  U  mulkdor  tabaqa-zodogon 
dehqonlar,  mexnatkash  tabaqa-erkin  jamoa  a’zolari  –  ozolar;  mulkdor  tabaqaga  mute-kadivarlar 
hamda erksiz qul va cho’rilardan iborat edi.   



Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish