“ ” fanidan


Partiya organlarining o’zaro va Markaz bilan bog’liq siyosati (1936-



Download 143,59 Kb.
bet4/6
Sana04.06.2022
Hajmi143,59 Kb.
#636939
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi Tj

2.1 Partiya organlarining o’zaro va Markaz bilan bog’liq siyosati (1936-
1941 yillar)
O’zbekiston SSR Sovet Ittifoqi tarkibidagi suveren respublika xisoblansa xam, SSSR o’z mohiyati bilan unitar (birlashgan, qo’shma) davlat edi, O’zbekiston SSR rahbariyati Ittifoq partiya va sovet organlariga to’la qaram bo’lib, Markazdan yuborilgan ko’rsatma va direktivalarni, shu jumladan, respublikaning ichki ijtimoiysiyosiy xayotiga talluqli ko’rsatmalarni og’ishmay bajarishga majbur edi. 1936 yil 5 dekabrda SSSRning yangi Konstitusiyasi (o’sha davr rasmiy adabiyotlarida Stalin Konstitusiyasi) va unga mos ravishda 1937 yil 12 fevralda O’zbekiston SSRning yangi Konstitusiyasi qabul qilingach bu xolat kuchaya boshladi. Ayniqsa, 1937-1938 yillardagi katta terror natijasida bir necha marta O’zbekiston SSRning siyosiy rahbariyati va taniqli madaniyat arboblari qatag’on qilingach, respublikaning o’sha paytdagi yangi rahbariyati (Usmon Yusupov, A. Abduraxmonov ) o’ta extiyotkorlik va xatto bir oz xadiksirash bilan ish yuritdilar. Bundan tashqari, Sovet Ittifoqi boshlanib ketgan Ikkinchi jahon urushiga tortilishi aniq bo’lib qolgach, ulkan mamlakatni yangi sharoitga moslashtirish uchun Markaz talablari xam kuchayayotgan edi.
Ana shunday murakkab bir siyosiy vaziyatda O’zbekistondagi partiya organlarining o’zaro va Markaz bilan bog’liq siyosati muhim ahamiyat kasb etadi. XX asr 30-yillari o’rtalariga kelganda sovet rejimi mustahkamlanib, jamiyatda mustabid tuzum qaror topdi. Bu paytda nafakat ziyolilar, siyosiy arboblar, dehqonlar, balki ishchilar sinfi vakillarini xam kommunistlar rahbarlik qilayotgan sovet rejimi zug’umga olib qatag’on qila boshladi. Bu xolat o’zining butun daxshatlarini
O’zbekistonda xam namoyon qildi. 1937 yil 12 dekabrda yangi sovet
Konstitusiyasiga binoan SSSR Oliy Sovetiga birinchi saylovlar o’tkazildi1. 1938 yil 25 iyunda esa O’zbekiston SSR va Qoraqalpog’iston ASSR Oliy Sovetiga xam dastlabki saylovlar bo’lib o’tdi2. Butun sovet xokimiyati yillarida bu an’ana o’zgarishsiz xolatda xar 4-5 yilda takrorlanib turdi. (Sunggi marta SSSR Oliy Sovetiga saylovlar 1984 yilda, O’zbekiston SSR Oliy Sovetiga saylovlar esa 1990 yilda bo’lib o’tgan edi).
1939 yil kuzida O’zbekiston SSRda Mahalliy Sovetlarga saylovlar xam bo’lib o’tdi. Mehnatkashlar deputatlarining barcha Mahalliy Sovetlariga 41000 kishidan ko’proq deputat saylandi. O’zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi Yuldosh Oxunboboyevning yozishicha, saylov paytida «Sovet O’zbekistonida besh oblast, bir ma’muriy Surxondaryo okrugi, 104 rayon, 30 shahar va shahar rayoni, 1308 qishloq, posyolka va ovul Sovetlari bo’lgan ». Bu davrda O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi SSSRda boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi o’zining barcha salbiy ko’rinishlari bilan qaror topishi va mustahkamlanishi sharoitida sodir bo’ldi.

Nixoyat, respublikaning butun ijtimoiy-siyosiy xayotiga salbiy ta’sir kursatgan shunday jiddiy omil mavjud ediki, u xam bo’lsa, sovet mustabid davlati siyosiy tizimida sinfiy mafkuraga ega bo’lgan kommunistik partiyaning muglak xukmronligi edi. Kompartiya O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni ma’muriy buyruqbozlik usullari bilan sun’iy ravishda tezlashtirib, respublikadagi xaqiqiy ahvolni esa nazar-pisand qilmadi. Ishdagi kolhozbozlik, byurokratizm, sansalorlik va parallelizm, mas’uliyatsizlik bilan bir qatorda ishchilarning asosiy omma (dehqonlar)dan o’zilib kolishi, respublika partiya va kasaba uyushmalaridagi kamchiliklar xam asosiy nuqsonlardan bo’lgan. Bu nuqsonlar bilan yana uzoq vaqt kurashishga to’g’ri kelgan.
Samarkand okrugi partiya tashkilotlaridagi byurokratiya, sansalorlik va boshqa kamchiliklar to’g’risida tekshirish natijalari asosida kuyidagicha xulosaga kelingan: 1) byurokratiyaga qarshi kurash xamda boshqa qaltis xolatlarga qarshi partiya yacheykalarining kurashi yetarli emas; 2) umumiy yigilishlarda byurokratizmning zararli illatlari xaqida masalalar qo’yish va xalqaro mikyosda gapirib, jo’shkinlik bilan bu illatga qarshi kurashga va’dalar berilib, uzundan uzoq; rezolyusiyalar qabul qilindi, biroq amaliy soxada bir qadam xam oldinga siljish bo’lmadi; 3) ma’muriyat tomonidan byurokratiyani tugatishga jiddiy kirishilmadi, partiya yacheykalari bu xolatga arzimas narsaga qaragandek munosabatda bo’ldilar; 4) o’z-o’zini tanqid masalasida xam ahvol shunday. Yigilishlarda qizginlik bilan birbirlarini o’zaro tanqid qilishadi. Bu xolat rezolyusiyalarda aks etadi va arxivga topshiriladi, xolos.
O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti III plenumining 5-chaqiriq yig’ilishi (1931 yil 17 sentabr)da byurokratizm masalasiga alohida to’xtalib o’tilgan. SSSR MIK Prezidiuminint Tashkiliy bo’limi 1936 yil 20 dekabrda barcha ittifoqdosh va avtonom respublikalar Markaziy Ijroiya qo’mitalariga «Mehnatkashlarni qabul qilish va yozgan shikoyatlarini xal etishning ahvoli xaqida» ma’lumot tarqatadi1. Unda boshka respublikalar qatorida O’zbekiston SSRdagi ahvol xam )o’nganilib, salbiy xolatlar e’tirof etilgan. Andijon, Denov, Shahrisabz, Yakkabog’ rayon ijroiya qo’mitalarida mehnatkashlarning shikoyatlari xatto o’rganib xam chiqilmaganligi, bir necha o’nlab shikoyatlar xal etilmasdan, turli qog’ozlar orasida qalashib yotganligi ma’lum qilinadi. O’zbekistonda o’rganilgan 15 ta rayon ijro qo’mitalari orasida nisbatan olganda Termiz rayon ijroiya qo’mitasida ahvol qoniqarli ekanligi qayd etiladi. Qo’qon shahrida xatto shikoyatlarni topib bera olishmagan. Toshkent shahri Kuybishev rayonining kommunal xo’jaligi boshlig’i Dementyevning stolida 1933-1936 yillar davomida o’z taqdirini kutib yotgan 400 ta shikoyat arznomasi bo’lgan.
O’zbekiston Kompartiyasi iloji boricha ko’proq korxonalar va tashkilotlarni o’zining bevosita ta’siri bilan qamrab olishga, ularda partiya yacheykalari va

tashkilotlarini joriy qilishga, shu yul bilan bu tashkilotlarni bevosita boshqarishga intildi. Ma’lumotlarga qaraganda, 1941 yil boshlarida O’zbekiston Kompartiyasi tarkibida. 132 ta partiya tashkiloti mavjud bo’lgan. Bu vaatga kelib 6 ta oblast partiya komiteti (obkom), 10 ta shahar partiya komiteti (gorkom), 116 ta tuman partiya komiteglari (raykomlar) orqali O’zbekistonda xududiy partiya tuzulmalarining keng tarmogi tashkil etildi. O’zbekiston Kompartiyasi o’zining rahbarlik ta’siri bilan butun respublika xududini, undagi barcha korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni bamisoli urgimchak uyasi kabi kamrab olgan edi.
VKP(b)ning tarkibiy va ajralmas kismi bo’lgan xamda respublika partiya tashkiloti xuquqida ish olib boradigan O’zbekiston Kompartiyasi Moskvada - Kreml kabinetlarida Markaz rahbarlari tomonidan ishlab chiqariladigan qarorlarni amalga oshirishga majbur edi. Ko’pincha bu qarorlar O’zbekiston va o’zbek xalqi manfaatlariga zid bo’lgan. Keyinchalik O’zbekiston Kompartiyasining XXII syezdida (1990 yil 4 iyun) maruza qilgan O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti birinchi sekretari va O’zbekiston SSR Prezidenti I.A. Karimov sovet xokimiyati yillaridagi xalqimiz tarixi to’g’risida so’z yuritib, uni xaqqoniy yoritish to’g’risida quyidagi fikrlarni bildirgan edi: «Biz o’z tariximizni yo’qqa chiqara olmaymiz. Bu tariximizda xam qahramonona, xam fojiali sahifalar ko’p bo’ldi. Axir keksa avlodlarning, ota-bobolarimizning kurashi va mexnatini inkor etib bo’ladimi? Ular yarim feodal xolidagi qoloq mamlakatni ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy jihatdan taraqqiy etgan zamonaviy darajaga ko’tardilar. Bu aniq-ravshan dalilni xech kim rad qila olmaydi. Ayni vaktda sotsialistik qurilishning ko’pgina bosqichlarida qo’pol xatolar va buzilishlarga yo’l qo’yilganini xam xech kim, xech narsa shubxa ostiga qo’ya olmaydi... Biz o’tmishdagi xamma buzilishlar, xato va jinoyatlarni qatiyan qoralaymiz va ulardan keskin voz kechamiz. Biz o’tmishimizni va xozirgi kunimizni xaqqoniy, xolisona tanqidiy tahlil etishning qatiy tarafdorimiz. Biz bosmachilik xarakati xaqida bo’lsin, kollektivlashtirish, repressiyalar, turg’unlik davriga oid buzilishlar xaqida bo’lsin - «oq dog’» larning butunlay tugatilishi tarafdorimiz. Ammo, albatta xar bir voqeani, anik tarixiy sharoitni xisobga olib, bizning tariximiz, undagi xar bir kadam, keksa avlodlarning peshona teri bilan zakoni bilan sug’orilganini nazarda tutib shunday qilishimiz kerak. O’tmishimizni boshdan-oyoq qoralash ota-bobolarimiz xotirasi oldida, farzandlarimiz va nabiralarimizning ma’naviy tarbiyasi oldida kechirilmas xato bo’lur edi». Ma’lumki, sovet davlati dastlab proletar davlati bo’lgan . SSSR esa Sovetlarning ishchi va dehqonlar xokimiyatini o’zida mujassamlashtiruvchi yagona davlat tizimidan iborat bo’lgan . Ittifoq davlatining oliy organi dastlab Butunittifoq Sovetlarining Markaziy Ijroiya Qo’mitasi, 1937 yildan boshlab SSSR Oliy Soveti Prezidiumi xisoblangan. Ular asosiy qonun chiqaruvchi va ijro organlari bo’lgan. O’zbekiston SSR tashkil qilinganidan so’ng respublika davlat boshqaruvi organlari ittifoq organlari tarkibida va ular andozasida tuzilgan. Bu ittifoqdosh respublikalarni markazdan turib boshqarishning eng oson va oddiy, shu bilan birga takomillashgan, mustahkam shakli edi. O’zbekiston SSRda Mahalliy xokimiyat organlari va ularning apparati vujudga keltirildi, yangi ma’muriy xududiy bo’linish amalga oshirldi. Avval resp-ublikaning viloyat bo’linishi tashkil qilindi, so’ngra viloyatdan okrug bo’linishiga o’tildi, keyin yana viloyat (oblast) bo’linishiga qaytildi, tumanlar va qishloq shurolarining keng tarmogi takllantirildi. O’zbekistondagi ma’muriy-xududiy isloxotlar Sovetlarni mustahkamlash va ularni aholiga yaqinlashtirish bahonasida o’tkazilgan. Aslida esa ular kommunistik mafkura tomonidan partiya-davlat apparatining cheksiz xukmronligini mustahkamlash maqsadida amalga oshirilar edi. Ikkinchi jahon urushi arafasida O’zbekistonda xam ma’muriy-buyruqbozlik tizimi va shahsga sig’inish chuqur qaror topdi. Sovetlar rahbariyati va tarkibi, ayniqsa, respublika siyosatini belgilovchi yuqori va o’rta pog’onadagi o’rinlarning aksariyat qismi O’zbekistonda xam partiya-sovet apparata qo’lida, aniqroq aytganda, partiya amaldorlari elitasi qo’lida to’plandi. Partiya nomenklaturasidan tashkil topgan davlat xokimiyati apparata tobora byurokratlashib bordi, respublika siyosiy elitasi xalqdan uzoqlashib, kommunistik mafkuraga sidqidildan xizmat qildi. Bu xolat O’zbekiston SSRda asosan XX asr 90-yillari boshlarigacha, to respublika davlat mustaqilligiga erishgan davrgacha davom etdi. XX asr 30-yillari o’rtalarida iqtisodiyotda ro’y bergan ayrim ijobiy o’zgarishlar qishloq aholisiga nisbatan shaharliklarning moddiy ta’minotini bir oz yaxshilagan bo’lsa xam, ularning ahvoli murakkabligicha qolayotgan edi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda1, O’zbekiston SSRda 1933 yili ishchi va xizmatchilarning o’rtacha yillik ish xaqi 1929 yilga nisbatan 168%, 1937 yilda esa 280% ga oshd. Bu o’rinda sovet rublining qadrsizlanganligini xam e’tiborga olish lozim. Shu bilan birga, ijtimoiy extiyojlar uchun qilinadigan xarajatlarning miqdori xam ortib bordi.
Agar 1937 yilda O’zbekistondagi ijtimoiy-madaniy tadbirlarga davlat byudjetidan 188,4 mln rubl ajratilgan bo’lsa, 1938 yilda bu mablag 824,3 mln rublni tashkil qildi. 1939 yil bahoriga kelganda dunyoda xalqaro vaziyat keskinlashdi. Bu xolat eng avvalo fashistik xukumat tomonidan boshqarilayotgan Germaniyaning tajovuzkor siyosati natijasida kelib chiqdi. O’zbekistonda ham 1939-1941 yillarda xalq xo’jaligining butun tarmokdarini bo’lajak urush xavfiga moslashtirishga xarakat qilindi. Tarixdan ma’lumki, 1939 yil 1 sentabrda Ikkinchi jahon urushi boshlandi. Adolf Gitler rahbarlik qilayotgan Germaniya davlati Polshaga xujum qildi. Tez orada qariyb butun G’arbiy va Sharqiy Yevropa xududini Germaniya bosib oldi. Biroq nemis qo’shinlari bu bilan cheklanmay, 1939 yil 23 avgustda SSSR va Germaniya o’rtasida xujum qilmaslik to’g’risida 10 yil muddatga tuzilgan bitimni xoinlarcha buzib, 1941 yil 22 iyuida Sovet Ittifoqi xududiga bostirib kirdi. O’zbekiston bu paytda SSSR tarkibida edi. O’zbekiston xududi sovet-german fronti chiziqlaridan bir necha ming km olisda bo’lishnga qaramay, o’zbek o’g’lonlari frontga jo’nab ketishdi va fashizmga qarshi kurashda jonbozlik ko’rsatishdi. 1941 yil iyundan O’zbekiston tarixida muhim bir davr tugab, yangi bosqich boshlandi.

Shunday qilib, O’zbekiston SSRda bu davrda partiya organlarining o’zaro va Markaz bilan bog’liq xoldagi siyosati ziddiyatli rivojlandi. Bu ziddiyatlar eng avvalo sotsialistik jamiyatning xususiyatidan kelib chiqdi. Kommunistlar xalq ommasining jo’shqinligi va tashabbuskorligidan qo’rqib, ular faoliyatini ma’lum bir qolipda ushlab turdilar. Sovet va xujalik organlari faoliyatiga doimiy ravishda aralashib turishdi. Markaz manfaatlariga xizmat qilish, yuqoridan yuborilgan xar qanday buyruklarni so’zsiz bajarish, xalqni qo’rquv va asoratda ushlab turish, milliy rahbar xodimlar va ziyolilarning o’z fikriga ega qismini qatag’on qilish oddiy xolga aylandi. Qishloq xo’jaligini majburan kollektivlashtirish davrida qishloq axolisining o’ziga to’q badavlat qismi quloq sifatida qatag’on qilindi. Sanoatni industrlashtirish jarayonida esa asosiy etibor og’ir sanoatni rivojlantirishga qaratilib, xalqning ehtiyoji xisobga olinmadi. Faqat ziyolilar va dehqonlar emas, balki ishchilarning katta qismi xam sovet xokimiyatidan norozi edi.
Xususan, Toshkent shahri va boshqa sanoat markazlarida bu davrda ishchilarning sovet xokimiyatiga qarshi kuchli noroziliklari bo’lib o’tdi. Xulosa qilib aytganda, O’zbekiston SSR tashkil topgach, uning boshqaruv tizimi shakllantirildi. Siyosiy boshqaruv avvalo kommunistik partiya nazorati ostida bo’ldi va Markazning xar qanday topshiriqlari so’zsiz bajarildi. Bu xolat siyosiy repressiya sharoitida amalga oshirildi. 1925-1941 yillarda sovet davlati, uning totalitar va avtoritar rejimi turmushning barcha tomonlarini to’liq nazorat ostiga olgan sharoitda, partiya apparata va byurokratiyaning cheksiz xukmronligi davrida O’zbekiston aholisi xayotining ijtimoiy va madaniy jihatlarini risoladagidek isloh qilish to’g’risida xam bo’lishi mumkin emas edi. Bu davrda yangi ijtimoiy qatlam - xokimiyat tepasida turgan oliy partiya va sovet nomenklaturasi to’liq shakllandi. Tadqiq qilinayotgan yillardan tashqari, sovet xokimiyatining butun davrida sovet jamiyatini aynan ushbu siyosiy elita boshqardi.
Mustabid sovet xokimiyati yillarida bolsheviklar davriy matbuot va madaniyokarguv muassasalari faoliyatiga katta e’tibor karatdi. Chunki boy madaniyat va qadim tarixga ega bo’lgan o’zbek xalqini uning uchun begona bo’lgan marksizmleninizm g’oyalari asosida tarbiyalashdek muhim siyosiy vazifa aynan shu «madaniy uchoqlar» zimmasida edi. Bolsheviklar partiyasing madaniy jabhada katta mablag’ni ayamasdan sarflab, bu yulda targ’ibot va tashviqot ishlaridan unumli foydalanib, aynan bir avlod umri davomida bu sohada o’z maqsadiga qisman bo’lsada erisha oldi. XX asr 30- yillarining oxiriga kelganda O’zbekistonda xam o’zgacha fikrlovchi xar qanday kishilar yo’qotildi xamda yangi sovet kishilarining dastlabki avlodi shakllantirildi. O’zbekistondagi partiya tashkilotlari va Mahalliy sovet idoralari xokimiyat organlaridagi guruhbozlik, byurokratiya, turachilik, poraxo’rlik, o’z xizmat vazifasini suiste’mol qilish kabi illatlarga o’z vaqtida munosib zarba berilmadi. Bu soxadagi tadbirlar samarasiz kechdi. Jamiyatda mavjud bo’lgan ishsizlik, ocharchilik, qimmatchilik, qahatchilik, uy-joy yetishmasligi kabi ijtimoiy muammolar xamda ulug’ davlatchilik shovinizmi va mustamlakachilik siyosati yuqoridagi illatlar o’zok yillar davomida mavjud bo’lishiga zamin yaratdi. Sovet xokimiyatida so’z bilan ish birligining yo’qligi, demokratiya quruq safsatabozlikka aylantirilganligi, tanqid va o’z-o’zini tanqid tamoyiliga faqat boshkaruvning quyi bo’g’inlarida amal qilinishi salbiy oqibatlarni yana ham kuchaytirdi. Buning ustiga, partiya boshqaruvida o’ziga xos siyosiy elita shakllanganligi, bolsheviklar partiyasining oliy siyosiy rahbariyati Markazda turib barcha respublikalar ustidan sergaklik bilan nazorat olib borganligi va xokimiyat jilovini o’z qo’lida mahkam ushlaganligini ta’kidlab o’tish joiz. Masalaning yana ham fojiali tomoni shundan iboratki, bolsheviklarning butun boshli tarkibi xam, siyosiy elita ham Markaziy Komitetning izmida edi. Markaziy Komitet esa Siyosiy byuroning, oxir-oqibat partiya Bosh kotibining yakka xukmronligiga buysunar edi.

Download 143,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish