1.2 Sovet totalitar davlatchiligi genezisida asosiy omillar xamda inqilobiy g’oya va amaliyotning tutgan o’rni, ularning o’zaro aloqadorligi
Tarixni oldindan belgilab qo’yilgan va dasturlashtirilgan jarayon tarzida emas, balki voqealarning dialektik rivojlanishi tarzida tushunish muhim. Tarixiy jarayonlar tasvirlangan tarixiy xaqiqatning o’zida muqobil yo’llar va ularni tanlash imkoniyati bor. Shuning uchun xam tarixchi ma’lum bir tarixiy jarayonlarni tahlil qilganda ana shu real imkoniyatlarning xammasini ko’rishga majbur, bunda u o’z e’tiborini nafaqat bo’lib o’tgan xodisalarga, balki boy berilgan imkoniyatlarga xam qaratishi, qanday sabablar tufayli ana shunday voqealar yuz berganligi yoxud yuz bermaganligini tushuntirib berishi kerak. Jamiyatni tubdan o’zgartiruvchi ana shunday ijtimoiy inqiloblar (sotsial revolyusiyalar) qonuniyatlari xam mavhum, jonsiz sxemalar tarzida emas, balki turli ijtimoiy guruhlar, sinflar va partiyalarning o’z manfaatlariga javob beradigan imkoniyatlarni tanlash va ruyobga chiqarish uchun ayovsiz kurashi bilan turmushda namoyon bo’lishi tarzida gavdalanadi.
Kurash natijasi teng ta’sir etishda o’z ifodasini topadi.
Shu jixatdan olib qaraganda 1917 yildagi konkret tarixiy vaziyat odatdan tashqari murakkabligi, o’zgaruvchanligi va keskin burilishlari, ziddiyatli jarayonlari va ulkan yo’qotishlari, muxtasar aytganda, katta fojeasi bilan taraqqiyotning xilmaxil va tez almashinib turgan turli imkoniyatlariga ega bo’lganligini tarixiy dalillar asosida xolis yoritish va tahlil qilish lozim1. Tarixiy jarayonlar ko’p o’lchovlidir, u turli ijtimoiy-iqtisodiy shakllarga asoslanadi, o’n va yuz millionlab odamlarni o’ziga qamrab oladi, binobarin, u xech qachon bir xilda bo’lmaydi. Shuning uchun tarixiy shahslar va xodisalarga baxo berishda bir xil pozitsiyadan turib yondashish mumkin emas, bu jarayonlarda faqat ijobiy yoki salbiy, zararli yohud fojiali tomonlarni ko’rmaslik kerak.
Tarixchi Y.A. Polyakov yozadi: «Biz tarixiy jarayonga baxo berishda ko’p o’lchov bilan yondashishimiz kerak deb o’ylayman. Sovet jamiyatining butun tarixi davomida turli yo’llar rivojlandi, xar xil xolatlar ta’sir qildi. Jarayonning ko’p o’lchovliligi, bu jarayonni tashkil etgan oqimlarning ziddiyatli va xatto qaramaqarshi turishi biz anglab yetmagan ajib bir kuch bilan sovet jamiyati tarixida xam aniqlandi. Bu ziddiyatlilikni ko’rmay biz mushkul axvoldan va chalkashliklardan chiqa olmaymiz». «Revolyusiya - bu siyosiy kallakesarlar o’z gunoxlarini yuvadigan qonli xavza», - deb yozganida mashxur nemis faylasufi Fridrix Nitsshe xaq ed2i. «Inqilobni daholar o’ylab topadi, mutaassiblar amalga oshiradi, xuzur-xalovatini luttibozlar ko’radi», deganida Germaniya davlat arbobi Ottofon Bismark (18151898) zarracha mubolag’a qilmagan. So’nggi yillarda Oktabr tuntarishi, uning mohiyati, bolsheviklarning xokimiyat tepasiga kelishi, sovet Xokimiyatining zo’ravonlik yo’li bilan o’rnatilishi xaqida yaratilgan ayrim tadqiqotlarda (bu tadqiqotlarning aksariyat mualliflari Rossiya Federatsiyasi tarixchilari, faylasuflari
va politologlari xisoblanadi) xamon qat’iy isbot talab qilmaydigan tayyor xulosalarga duch kelinadi. Bu xulosalarda utkir muammolar chetlab 5™ ladi yoki ular silliklanadi, uxshash sxema va andozalarga moyillik seziladn, kupincha kuruk va jonsiz faktik materiallar ma’lum kolipga joylashtiriladi. Vaxolanki butun insoniyat tarixini XX asrda jiddiy ravishda o’zgartirib yuborgan va katga okibatlarga olib kelgan voqealar ibtidosi aynan Rossiyada bo’lgan 1917 yilgi Fevral inqilobi, xususan, Oktabr tuntarishi bilan boglik. Oktabr tuntarishining konli tarixi - XX asrning buyuk fojiasi, o’zbek xalqi boshiga solingan kulfatlarning ibtidosidir. Bu tuntarish tarixi odamlar, partiyalar, sinflar urtasidagi ashaddiy olishuvlar bilan tula, insoniy xissiyotlar jush urgan suronli o’zgarishlar yo’z bergan, xatolar, ukubatlar, urushlar bilan tulgan butun bir xalqlar, ijtimoiy tabak,alar va sinflar uchun fojiaviy natijalar keltirgan o’zgarishlardan iborat. Rossiyada 1917 yilning atigi 8 oyi ichida bo’lgan ikkita inkdlob, Oktabr tuntarishi (sovet adabiyotlarida Ulug Oktabr sotsialistik revolyusiyasi deb ulutlangan) vujudga kelishining ijtimoky-psixologik omillari xususida so’z yuritilar ekan, ushbu o’rinda rossiyalik tarixchi olim B.N. Zemsovning kuyidagi fikrlariga tuxtalib o’tishni maksadga muvofik deb bildik:
«Rossiyada revolyusiyani keltirib chsh aruvchi muxim omil bu xosh miyatning xar tomonlama obrusizlanishi edi.
Xukumatga qarshi tashviqot va targ’ibot, turli mish-mishlarning ommaviy tarkalishi o’z kuchini ko’rsatdi. Xokimiyatning o’zi kishilarni qaltiratmay qo’ydi. Podshohning o’zi xalq qulluq qilmay qo’yganini e’tirof etgandi. 1917 yilgi inqilob tizimli imperiya inqirozining mantiqiy yakuni sifatida emas, siyosiy va psixologik vaziyatning yagona tarixiy nuqtaga jamlanib qolishi bilan belgilanadi». 1917 yil inqilobini qishloqlarda ijtimoiy kelishmovchilikni vujudga keltirgan pomeshchik yer egaligi gomonidan mujiklar (dehqonlar) yerlarining egallab olinishi va turli yo’llar bilan ekinzorlarini qo’shib olishga intilishi boshlab berdi1. Keng tarqalgan ijtimoiy noroziliklar chergov tomonidan tashviqot qilinadigan rasmiy mafkuraga qari bo’ldi. 1917 yil inqlobining muhim sabablaridan biri ma’lum bir aholi qatlamlarining cherkovdan, diniy ta’limotlardan sovib borishi xisoblanadi. Bu Muqaddas Sinodga yozilgan barcha cherkov iyerarxiyasi xisobotlarida qayd etilgan Ommaviy yoshlar bezorshshgi sotsial norozilikning bir uchquni sifatida ko’rina boshladi. Mahalliy yoshlar bezoriligiga mahalliy xokimiyat tomonidan siyosiy oppozitsiya sifatida ahamiyat berilmadi.
SHunday bo’lishiga qaramay, muhit chorizm uchun xavfli ediki, xalqning salmoqli qismini yoshlar tashkil etardi. Jamiyat normalaridan nafratlanish ma’lum sharoitda tez va osonlik bilan vayron kiluvchi inqilobiy vayronagarchilik va qo’zgolonga aylanishi mumkin edi. Birinchi jahon urushi arafasida yuqori darajadagi zo’riqish proletariatga xam aloqador edi. Mayda va o’rta korxonalarning ishchilari o’z noroziliklarini mayda-chuyda iqtisodiy talablar qo’yish va biror talab qo’yib o’tirmay ishni tuxtatib qo’yish bilan bildirdilar. Bu bir tomondan asabiy
alamzadalikdan bo’lsa, ikkinchidan, zabastovkalar biror natijaga ega bo’lishidan umid yukligidan edi. Yirik zavodlar ishchilarining maoshi boshka sotsial guruhlar (savdogarlar, hunarmandlar, kichik ofitser va amaldorlar, boshlovchi aktyorlar, gubernya o’qituvchilari va vrachlari) maoshidan ancha yuqori edi. Ammo sotsial munosabatlarda ularga nisbatan ikkinchi toifadek munosabatda bo’lishlari bu ishchilarni g’azabga keltirardi. Ishchilarning sotsial faolligi oshishiga oiladan uzilib qolganlik, o’zining «issiq o’rni»ga ega bo’lmaslik xam ta’sir qildi. Darbadar xayot tarzi ularning kupchiligiga xos edi. Urush soldatlar aksariyat qismining siyosiy madaniyatini oshirmaganligi barobarida kiprik qoqmay o’ldira oladigan zuravon kishilarning sonini orttirdi. Xarbiy qismlarda o’z g’azablarini va xokimiyatga bepisandlik bilan qarashlarini ko’rsata olmagan soldatlar ta’til vaqtida barchadan o’zlariga izzattalab bo’lib qolishdi. Ular urushgacha joriy qilingan normalarga chiday olishmasdi.
Urush kechib qon ko’rgan soldatlarda avvalgi chinovniklar, jandarm, uryadnik, pristav singari politsiya xodimlariga bo’lgan extirom va xayiqish xissi yo’qolib bordi. Soldatning jamnyatdagi mavqei endilikda ularni qanoatlantira olmasdi. Armiyadagi ofitserlar masalasiga kelganda, ular dunyoqarashida xam omma psixologiyasida kechayotgan evolyusiya aks eta boshladi. Urushning birinchi kunlarida Vatan uchun qahramonona jangga kirilgan bo’lsa, tez orada ofitserlar bu ishonchdan ayrila boshladilar. Ammo 1916 yilning oxirigacha xam armiyadagi noroziliklar siyosiy xarakterga ega emasdi. Non iste’mol qiluvchi xududlarda ijtimoiy norozilikning asosini g’alla ta’minotidagi uzilishlar tashkil qiladi. G’alla yetishtiruvchi xududlar ahvoli bundan xam og’ir edi. Nihoyat, ishchilar xarakatining borishiga revolyusionerlar (inqilobchilar) faoliyatining ta’siri sunggi omil bo’ldi. Revolyusionerlarning xatti-xarakatlari birmuncha murakkab xususiyatga ega bo’lib, ularning chorizmga qarshi pozitsiyada turishlariga sababchi bir necha omillar mavjud edi va ular inqilobchilarning sinfiy kelib chiqishlari, mavqelaridan qat’i nazar xal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.
Birinchi omil usmiRlik edi. Revolyusionerlarning asosiy kismi 25 yoshgacha bo’lgan . Ikkinchidan, ularda doimiy turar joy mavjud emas edi. Chunki sayok va chala proletariatning noroziligi o’z uyida, oilasi davrasida bo’lgan larga nisbatan yukori edi. Mayda xalqlar va elatlar (yaxudiy, polyak va b.)ning kamsitilishi natijasida paydo bo’lgan rus bulmagan revolyusionerlarning vujudga kelganligi xam ma’lum ax,amiyatga ega bo’ldi. Revolyusionerlarni siyosiy kurashga olib kelgan sotsial sabablar asosiy sotsial katlamlarga mansub bulmay, okibatda revolyusionerlar tinchlik paytida yetarlicha sotsial tayanchga ega emasdi. X,okimiyatning falaj bulishida sezilarli mas’uliyat ziyolilar zimmasiga tushadi. Ziyolilar o’z imkoniyatlarini yagona nuktaga jamlay oldilar, umumlashtirdilar va bu bilan jamiyatning kolgan-kutgan shon-shavkatini pastga tushirib tashladilar. 1916 yilning ko’ziga kelib tushku nlik, k orozilik kayfiyati xatto armiyadagi generalitetni xam kamrab oldi. 1915-1916 yillardagi siyosiy shshiroz sababli kelib chikkan 1916 yilning oxiri va 1917 yilning boshlaridagi xokimiyatning falajlik xolati shidsatli vokqeliklar tufoniga qarshi tura olmadi. Bunda pod nyux va Davlat Dumasi vakillari boshchiligidagi ziyolilarning ayblari teng kuchga ega bo’ldi. Rossiya talabalarining «inqilobiy» taranglik xolatidagi, tanazzul arafasidagi o’nlab talablari sirasiga ukuvchilar uchun majburiy ukuv rejalarini bekor kilish, xar bir talabaga o’z shaxsiy rejasini erkin go’zish, oliy ukuv yurtlarini xech kanday moneliksiz yo’lga qo’yish o’qish va ta’lim olish, so’z va fikrda to’la erkinlik berish, universitet o’quv tizimiga barcha ilmiy va ijtimoiy qarashlarning erkin kirib bora olishi va boshqalar kiradi. Moskvadagi neft maktab o’quvchilarining bir guruhi o’z mustaqil ish yuritishlari xuquqini qo’lga kiritish uchun «ota-onalar va o’qituvchilar» bilan kurash olib borishga chaqirdi. Oktabr tuntarishi Turkistonda yevropalik aholi va mahalliy aholi o’rtasidagi munosabatni keskinlashtirib yubordi.
Oktabr to’ntarishi xaqida zamonaviy tarixshunoslik o’zida ko’plab ziddiyatli, qarama-qarshi qarashlarni jamlagan. Keyingi davrlarda yaratilgan aksariyat tadqiqotlarda 1917 yil voqealari davlat tuntarishi ekanligini aks ettiruvchi nuktai nazarlar ko’prok uchraydi. Tarixiy publitsistika yanada chuqurlashib, Oktabr to’ntarishi «dunyo masonchiligining agentlari fitnasi» yohud «Kayzer Germaniyasining Bosh shtabi tomonidan sotib olingan qo’poruvchilar xarakati» deb baxolanmoqda. 1917 yil Oktabr tuntarishini sovet mafkurasi an’anaviy markscha formula bilan tushuntirishga xarakat qildi: «yuqori boshqara olmay qoldi - quyi buysunishni xoxlamadi». Aslida esa vokelik juda chalkash omillar majmuidan iborat bo’ldi. Bu omillarni quyidagicha izoxlash mumkin: Birinchidan, o’sha paytda Rossiyada demokratik an’analar xali qaror topmaganligi sababli ko’p xollarda inqilob taraqqiyoti o’ziga xos xususiyatlarni shart qilib qo’ydi. Tarixiy adabiyotlarda keltirilishicha, «Fevral inqilobi paytida politsiyaning faol qarshiligi va boshka kuchlar kurashi natijasida 1600 kishi xalok bo’lgan bo’lsa, Oktabr qo’zg’oloni kunlarida Petrogradda atigi 6 kishi xalok bo’ldi»1.
Ikkinchidan, Yevropadagi demokratik an’analar tugrisida gapirganda Vengriya, Germaniya (Bavariya va Prussiya)dagi inqilobiy qo’zg’olonlar qat’iy usullar yordamida bostirilganligini unutmaslik lozim. Inqilobiy to’s-tupolonlariing asosiy sababi Butunrossiya sotsial-iqtisodiy va davlat-siyosiy inqirozi ekanini tan olmaslik mumkin emas. Birinchi jahon urushining faol ishtirokchisi bo’lgan Rossiyaning uch yillik urush xarakatlarim 1917 yilning baxrriga kelib misli ko’rilmagan iqtisodiy vayronagarchilikka olib keldi va davlat zaxirasining sillasini quritdi. 1916 yilga nisbatan (urushgacha bo’lgan iqtisod xaqida gapirmasa xam bo’ladi) ishlab chiqarish sektori 36,5 foizga qisqarib ketdi. 1917 yil martdan oktabrgacha 800 ta tashkilot yopildiki, natijada ommaviy ishsizlik paydo bo’ldi. Moliyaviy tizim butkul ishdan chiqdi. «Kerenka» deb nomlanadigan pulning ulkan oqimi iqtisodiyotni to’ldirib, misli ko’rilmagan inflyatsiyani keltirib chiqardi. Iqtisodiy falokatlarga siyosiy inqirozlar qo’shimcha
bo’ldi. Muvaqqat xukumat mamlakatni boshqara olmasligini ko’rsatdi. O’rta Osiyoning milliy tarkibi orasida xokimiyatni qo’lida tutib turadigan qatlam yo’q edi. Mahalliy ishchilar sinfi shakllanmaganligi sababli Rossiyaning Yevropa qismidan kelgan ishchilar Oktabrning ximoyachisi ro’lini o’ynadilar. Ular Markazdagi ishchi va dehqonlar bilan fikrdosh bo’lib, u yerda xam, o’lkada xam bir vaqtda inqilobni amalga oshirdilar». Xulosa kilib aytganda, sovet totalitar davlatchiligi o’z taraqqiyotida murakkab yo’lni bosib o’tdi. Bolsheviklar xokimiyatni egallagach (1917 yil oktabr), dastlab qisqa muddat davomida so’l eserlar bilan kelishgan xolatda yangi sovet xokimiyati muassasalarini tashkil qildilar. Biroq oradan ko’p o’tmasdan so’l eserlar va boshqa siyosiy partiyalarning oz sonli vakillari xukumat tarkibidan chiqarildi, sovet va xo’jalik organlaridagi vazifalaridan ozod qilindi.
Bolsheviklar sovet Rossiyasi va uning tarkibida bo’lgan Turkiston o’lkasida yakka xukmron partiya va yagona siyosiy kuchga aylandilar. Mensheviklar, eserlar, jadidlar, boshqa siyosiy partiyalar xamda ularning nafaqat rahbarlari, balki oddiy a’zolari va ularga xayrixoxlik bildirgan barcha odamlar tazyiqqa uchradi va qatag’on qilindi. Sovet totalitar davlatchiligi genezisiga to’xtalib o’tar ekanmiz, eng avvalo uning mustabid xarakterga ega ekanligini aloxida ta’kidlab o’tish lozim. Bolsheviklar va sovet xokimiyatining barcha rasmiy vakillari xalq nomidan ish ko’rishlarini doimiy ravishda ta’kidlashgan bo’lishsa xam, aslida bu xokimiyat yagona partiyaga (kommunistik partiyaga) va bir guruh siyosiy elitaga xizmat qildi. V.I. Lenin va I.V. Stalin davrida xam, sovet xokimiyati taraqqiyotining keyingi bosqichlarida xam oliy siyosiy xokimiyat tepasida o’tirgan va partiya nomidan ish ko’rgan Politbyuro
(Siyosiy byuro) a’zolari butun xokimiyatni to’la ravishda nazorat qildilar va barcha jabxalarni o’z qullarida tutib turdilar.
Markazda faoliyat ko’rsatgan Politbyuro va uning ittifoqdosh respublikalardagi gumashtalari «sovet xalqi» nomi bilan yuritilgan yuzdan millatni qattiq iskanjada ushlab turishdi. SSSRda, xususan, O’zbekistonda yetmish besh yil amalda bo’lib kelgan davlatning moxiyati proletariat diktaturasi kanday edi, degan savolga beriladigan javobga boglik; xisoblanadi1. O’z davrida proletariat diktaturasi shunday tushunilgan: diktator — cheksiz xuquq va vakolatlarga ega xamda davlat, ma’lum sinf, guruh va xaqlarning butun kuchiga tayanadigan shaxs. Rossiyada 1917 yil ko’zidagi diktator ishchilar sinfi bo’lib, u o’z sinfining barcha kuchi va vositasini o’z qo’lida jamlagan. Xullas, SSSRda kazarma sotsializmining eng ashaddiy shakli qurildi.