Akademiya : - fanning muayyan sohalari va tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha oliy va oliy ta’lim muassasasini tugatgandan keyingi ta’lim-kasb dasturini amalga oshiradi;
bilimning muayyan sohalari va tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha
mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiradi;
fan, texnika yoki san’atning biror sohasida nazariy va amaliy tadqiqotlar olib boradi;
o‘z faoliyatini sohasida etakchi ilmiy va metodik markaz hisoblanadi. Institut:
oliy va oliy ta’lim muassasasini tugatgandan keyingi ta’lim-kasb dasturini, qoidaga ko‘ra bilimning bir sohasidagi tayyorlov yo‘nalishi bo‘yicha amalga
oshiradi;
iqtisodiyotning muayyan sohalari uchun mutaxassislarni qayta tayyorlaydi va malakasini oshiradi;
amaliy ilmiy tadqiqotlar va tajriba konstruktorlik ishlari olib boradi.
Fuqarorlar ikkinchi oliy ma’lumotni bitim asosida olish huquqiga egadir. O‘zbekistonda 60 ta oliy o‘quv yurti bor. Jumladan, 16 universitet, 7 tibbiyot, 6 pedagogika, 4 qishloq xo‘jaligi, 3 madaniyat, 1 temiryo‘l, 1 aloqa va b.
Iqtisodietdagi barcha isloxotlarning samarali bajarilishi kadrlar saloxiyatiga ularning bilimiga malakasiga tajribasiga boglikdir. Respublikamizdagi ta’lim soxasidagi isloxotlar avvlambor «Ta’lim to’g’risdagi» va «Kadrlar tayyorlash tugrisidagi milliy dastur tugrisidagi» konunlarga asoslangan xolda olib borilmokda. 1997 yil 29 avgustda kabul kilingan ushbu konunlar respublikamiz ta’lim tizimini tub islox kilishning maksad va vazifalarini aniklab berdi.
Bozor iktisodiyoti sharoitida ta’lim tizimining samaradorligi uning rakobatbardosh bulishi juda kup omillarga bogllik bulib ular ichida boshkaruv funksiyalari aloxida axamiyat kasb etadi. YUkoridagi fikrlardan kelib chikkan xolda “Oliy ta’lim iqtisodiyoti va menejmenti” fanining maksadi kuyidagilardan iborat:
Ta’lim tizimdagi isloxotlarni “Ta’lim to’grisidagi” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’grisidagi” konularda belgilangan vazifalar asosida bajarish uchun malakali kadrlarni tayyorlash;
Ta’lim tizimini boshkarishning nazariy va amaliy asoslarini urgshanish va amliyotga tadbik etish;
Ta’lim soxasi boshkaruv stukturasini ,boshkaruv buginlari va boshkaruv zvenolarini vakolatlari ,xamda funksiyalarini urganish;
Jaxon oliy ta’limi tajribalaridan kelib chikkan xolda ularning ilgor usullarini boshkaruv tizimiga joriy etish va ta’lim tizimini rakobatbardoshligini ta’minlash;
Oliy ta’lim tizimi va urta maxsus kasb xunari ta’lim tayyorlayotgan yukori va urta bugin kadrlarini mexnat bozorida rakobat bardoshligini ta’minlash va talabga ega bulishini muvofiklashtirish;
Ta’lim tizimi sifatini xalkaro standartlaga mos kelishini belgilaydigan me’zonlarni ishlab chikish va ular asosida Davlat ta’lim standartlarini ishlab chikish;
Talim menejmentini takomillashtirish asosida kadrlar mobilligi va rakobatbardoshligini oshirishga yunaltirilgan vazifalarni izchil amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |