Abonementli xizmat ko‘rsatish ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasida shartnoma tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lib, bunga ko‘ra doimiy ravishda unchalik katta bo‘lmagan to‘lovlar o‘tkazib turilganda, iste’molchiga tezkor xizmat olish, rejali profilaktik protseduralarni o‘tkazish huquqi beriladi. Bunday xizmat ko‘rsatish shakli maishiy texnikani ta’mirlashda, hammom – yuvish korxonalari, sartaroshxona va boshqa xizmatlarida keng foydalaniladi.
Kontaktsiz xizmat ko‘rsatish quyidagi operatsiyalarni taqozo qiladi: servis korxonasi uy yoki yotoqxonalar pod’ezdlarida konteyner-to‘plagichlar o‘rnatadi. Buyurtmachilar konteynerga to‘ldirilgan kvitansiya bilan birgalikda yuvish uchun mo‘ljallangan choyshablarni yoki kimyoviy tozalash uchun kiyimlarni joylashtirishadi. Toza choyshablar yoki kiyimlar kelishilgan vaqtda buyurtmachini uyiga olib kelinadi va xizmat haqi olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |