“ ” 2022 yil Mavzu: Yangi tovar tushunchasi, firma “imidji” va tovar belgisi haqida



Download 223 Kb.
bet3/5
Sana27.06.2022
Hajmi223 Kb.
#711364
1   2   3   4   5
Bog'liq
ra\'no

Tovarning raqobatbardoshligi.

Har bir xaridor o’ziga yoqqan tovarni sotib oladi, sotuvchilar esa raqiblar tovariga nisbatan ko’proq ijtimoiy ehtiyojlarga mos keluvchilarini tanlashadi. Raqobatbardoshlik nisbiy tushuncha, aniq bozorga va unga kirish vaqtiga bog’liqdir.



Bo’lajak xaridorlar
ehtiyojini o’rganish


1-rasm. Tovar raqobatbardoshligini aniqlash bosqichlari.2
Xaridorlarning tovar va xizmatlar sotib olishlari uchun qilgan sarf-xarajatlari ikki qismdan iborat. Birinchisi, tovarga to’langan baho va uni topish uchun ketgan vaqt va ishlatish xarajatlaridir. Ularning hammasi jamiyat uchun iste’mol xarajatlarini, ya’ni bahosini tashkil etadi. Iste’mol bahosi tovarning xarid qilib olish narxidan ancha ko’p. Masalan: yuk mashinasining xarid narxi umumiy iste’mol bahosining 15 foizini, samolyotniki 11 foizini, sovitgichniki 10 foizini, traktorniki 19 foizini tashkil etadi. Shu sababli tovarlar ichida eng raqobatbardoshi bo’lib, boshlang’ich bahosi pasti emas, balki iste’molchi qo’lida ishlatilishi qulayligi, kam sarfligi va umumiy xarajati kamroqligi bilan farqlanadigani hisoblanadi.
Xaridorlar tovarlarni taqqoslashda, qaysinisini ishlatish samaradorligi (R) sotib olish xarajatlariga (S) nisbatan yuqori bo’lsa, o’sha tovarni ko’proq tanlashadi. Demak, tovarni raqobatbardoshligi (K) umumiy ko’rinishda K=R/S bo’ladi. Tovarning raqobatbardoshligini baholash quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
- bozorni tahlil qilib, korxonada ishlab chiqarilayotgan tovarga o’xshash tovar namunasini topib olish;
- korxonada ishlab chiqarilayotgan tovar bilan solishtiriladigan tovarlardagi asosiy ko’rsatkichlarni belgilash;
- korxonada ishlab chiqarilayotgan tovardagi integral raqobatbardoshlik xususiyatini aniqlash.
Raqobatda quyidagi narsalarga alohida e’tibor berish kerak:
- tovarning texnik jihatdan yangiligi;
- o’xshash tovarlarga nisbatan ishlab chiqarilayotgan tovarning chidamli, ishonchliligi, sifatining yuqorilik darajasi;
- tovarlarning yangidan-yangi ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari;
- tovarlarni sotib olgan xaridorlarga ko’rsatiladigan xizmatlarning xilma-xilligi, holati;
- tovarlarning tejamliligi, ixcham, foydalanishdagi samarasi;

  • atrof-muhit uchun ekologik toza bo’lishi va hokazolar.

Tovarni sotib olishda insonlar ma’lum ehtiyojlarini qondirishni nazarda tutadilar. Shu sababli tovarning sifat ko’rsatkichlari to’g’risidagi axborot zarur. Bozorga kirish firma uchun mas’uliyatli davr, uning tovarlari haqida hali ma’lumotlar berilmagan. Bo’lajak iste’molchi quyidagi axborotlarni olishi shart:
- tovarning borligi va sotilish joyi;
- qaysi ehtiyojlarni qondirishga qaratilganligi;
- iste’mol qiymatining asosiy ko’rsatkichlari;
- xaridorlarni qoniqtirmay qolgan holda ularning himoya qilish kafolatlari.
Bo’lg’usi xaridorlarga axborot etkazish usullari:
-Reklamalar
-Ko’rgazmalar o’tkazish.
-Yig’ilishlar, anjumanlar va filmlar orqali.
Raqobat ning asosiy quroli bo’lib, talabni shakllantirish va sotishni ragbatlantirish vositalari xizmat qiladi. Asosiy axborotni xaridorlar tovar ishlab chiqaruvchilardan olishadi. Xaridorlarni asosan tovarning iste’mol qiymati qiziqtiradi.
Raqobat asosan quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin: 
tovarlarning xizmatlari bo’yicha, bir xil ehtiyojni qondirishga qaratilgan raqobat , bir xil tovarni har xil firmalar ishlab chiqarishi orqali bo’ladigan raqobat ,
yoki bir xil firma tomonidan har xil modifikatsiyada tovar ishlab chiqarish.
Narxlar orqali raqobatlashish eng keng tarqalgan. Hozirgi davrda raqobat o’ziga xos qiyofa kasb etmoqda. Narxlar sohasida raqobat ishlab chiqarishni 
xarajatlar eng kam bo’ladigan mamlakatlarda yo’lga qo’yishni talab qiladi.
Narx bilan raqobat o’tmishda erkin bozor raqobati bo’lgan, bozorda bir xil tovarlar xar xil narxlar bilan sotilgan davrlarda paydo bo’lgan edi.
Ishlab chiqaruvchi narxni pasaytirish bilan o’z tovarini ajratib ko’rsatishga, unga e’tiborni qaratishga va pirovard natijada o’zi istagan bozor xissasini egallashga erishgan. Hozirgi zamon bozor sharoitlarida narx bilan ochiq raqobat amal qilmaydi, chunki ishlab chiqaruvchilardan biri narxni pasaytirishi bilan uning raqibi ham shu ishni qiladi, bu esa firmaning bozordagi mavqeini o’zgartirmaydi, balki, umuman tarmoqdagi foydaning pasayishiga, asosiy fondlarni yangilash va kengaytirish uchun investitsiyalarning kamayishiga olib keladi. Natijada kutilgan zafar va raqiblarni surib chiqarish o’rniga kutilmagan xonavayronlik va sinish yuz beradi. Shu sababli sanoat monopoliyalari narxlarni iloji boricha uzoqroq ushlab 
turishga, tannarxni hamda marketing xarajatlarini tobora pasaytirib, foydani ko’paytirishga intiladi. Fan-texnika tarakkiyoti yutuqlari
tufayli raqobatning narx bilan bog’lik bo’lmagan usullaridan foydalanishning 
qulay sharoitlari yuzaga keldi.
Narxsiz raqobat da tovarning narxi emas, balki uning yuqori sifat, past iste’mol narxi, zamonaviy dizayn, servis xizmati, ishlab chiqargan firma shuxrati raqobat kurashining asosiy omiliga aylanadi.
Narxni pasaytirib bozorni egallash strategiyasini o’rganishda quyidagi savollarga javob topiladi:

  • -boshqa tovarlarni raqobat bardoshligini belgilovchi omillar qaysilar?

  • -raqobatchi firmalarning reklama vositalari 

  • va sotishni rag’batlantirish usullari qanday? 

  • -qaysi savdo belgilari ishlatilmoqda?

  • -raqobatchilar tovarlarining o’ramasi bezaklari, 

  • dizaynida nimalar ko’zga tashlanmoqda?

  • tovarni kafolatli va undan keyingi ishlatish davrlarida qanday servis taklif qilinmoqda?

  • milliy savdo tarmoqlari orqali tovar sotilmoqdami? yoki firma o’z shaxobchasini

ochganmi?

  • raqobatchilar qo’llayotgan tovar xarakati (transport, zaxiralar xajmi, omborlari va ularning joylanishi. Natijada raqobatchi shunday harakat qilyapti? Boshqacha yo’li yo’qmi? ,degan savollarga javob topiladi. P.S.Zavgyalov fikricha

«Raqobatbardoshlik deganda, tovarning bozorda xaridorgirligini ta’min-laydigan iste’mol va qiymat tavsiflari majmuini, ya’ni o’xshash raqobatchi tovarlarni ayirboshlashga taklif katta bo’lgan 
sharoitlarda xuddi shu tovarni pulga ayirboshlanish qobiliyatini tushunmoq 
lozim». Xaridorning xarajatlari ikki qismdan tashkil topadi, uning bir qismini xarid xarajatlari (tovar narxi), ikkinchi qismini uni iste’mol etish bilan bog’liq xarajatlar tashkil etadi. Raqobat bardoshlik keng tushuncha bo’lib, unga ko’plab omillar ta’sir etadi. 
Firmaning raqobatbardoshligi darajasini baholashda tarmoq bozorida raqobat ko’ra jadalligini belgilaydigan omillar tahlil uchun asos sifatida xizmat qiladi. 
Bu omillarga quyidagilar kiradi:
1. Raqobatchi firmalar soni, va ularni qiyosiy quvvati;
2. Raqiblar xarakatlarining diversifikatsiyalashuvi darajasi;
3. Bozordagi talab hajmini o’rganish;
4. Mahsulotni tabaqalashuvi darajasi;
5. Iste’molchining bir ishlab chiqaruvchidan boshqasiga ko’chish harakatlari;
6. Bozordan chiqib ketish to’siqlari va ularning darajasi.
7. Bozorga kirib kelish va uning darajasi.
8. Yondosh tarmoq bozorlaridagi vaziyat.
9. Raqiblar strategiyasidagi farqlar.
10. Ushbu bozorda raqobat uchun alohida sabablarning bo’lishi, raqobat darajasi bozorning alohida jalb etuvchanlik yoki aksincha bezdiruvchanlik 
xususiyatlari bilan ham belgilanadi.
J.J.Lamben raqobatni afzalliklari ikkita keng kategoriyalarga guruhlaydi – tashqi va ichki raqobatli afzalliklar, yani firma va tovarni raqobatdoshligini tavsiflovchi raqobatli afzalliklardir. 
Tashki raqobatli afzallik tovarni «bozor kuchini ifodalaydi, ya’ni u bozorni 
imtiyozli raqobatchidagiga nisbatan yuqoriroq sotish narxlarini qabul qilishga majbur qila oladi va mavjud tovarlardan norozi bo’lgan xaridorlarning istaklarini aniqlash va qondirishdagi afzalliklarga tayanadi. Ichki raqobatli afzallik firma-ning ishlab chiqarish xarajatlari, raqobatchidan ko’ra kamroq tannarxga erishishga imkon beruvchi va ishlab chiqaruvchi uchun qiymat hosil qiluvchi 
tovarga asoslangan hamda sotish narxlarining bozor yoki raqobat tomonidan pasaytirilishiga ko’proq darajada bardoshli qiluvchi yuqoriroq unumdorlik
oqibatidir. 
Tovarni jalb etuvchanligi va raqobatbardoshligini ifodalovchi omillar klassifikat-siyasi sxemasini zanjir ko’rinishida ko’rsatish mumkin: narx – sifat – servis – marketing muhiti.
Raqobatbardoshlik sifat va qiymat omillari bilan bog’liqdir. Ular sifat, iqtisodiyot va marketing ko’rsatkichlari yordami bilan to’liq tavsiflanishi mumkin.




  1. Download 223 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish