“ ” 2020 yil Mavzu: Birja faoliyatini tashkil qilishda strategik menejment asoslari


Birja faoliyatini tashkil qilish nazariy asoslari (mavzuga oid adabiyotlar sharxi



Download 1,57 Mb.
bet3/7
Sana01.06.2022
Hajmi1,57 Mb.
#628117
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi. I.Saminov tahrir

2. Birja faoliyatini tashkil qilish nazariy asoslari (mavzuga oid adabiyotlar sharxi).
Birja, bir tomondan, foyda olish maqsadida o'z mahsulotlarini sotish uchun, boshqa tomondan, o'z talabini qondirish uchun mustaqil xo'jalik subyektlari uchrashadigan bozor elementi hisoblanadi (1-chizma). Birjada xaridor va sotuvchi bir-biri bilan bog'liq emas. Oldi-sotdi jarayoni vositachilar (brokerlar, dilerlar, treyderlar) orqali amalga oshiriladi. Narx talab va taklifga bog'liq bo'ladi. Agar ishlab chiqaruvchi birjada sifati yaxshilangan yangi tovar taklif etadigan bo'lsa, u oshirilgan narx qo'yishga haqli. Iste'molchilarning bunga javobi ijobiy bo'lgan holatda ishlab chiqaruvchi tarmoq bo'yicha o'rtacha darajadan yuqori foyda oladi. Bu boshqa tadbirkorlarni ishlab chiqarishni qayta yo'naltirish va o'zini yaxshi ko'rsatgan tovar ishlab chiqarishga majbur qiladi.



1-chizma. Birjada mustaqil xo'jalik subyektlarining o'zaro munosabatlari.3

Birja haqida so’z borilganda K. Z. Xomitov va F. A. Hamidovaning “Birja ishi” kitobida: “Birjada asosiy faoliyat birja bitimlari bitish uchun barcha sharoitlar yaratishni avvalo, boshqaruv strategiyasining bosh masalasi sifatida belgilash lozim”.- deb alohida ta’kidlab o’tiladi. Bunga muvofiq birinchi navbatda birja faoliyatini tashkil etishda asosiy e’tibor mijozlar bilan tuziladigan bitimlar uchun zarur “atmosfera”, ya’ni muhim hisoblangan har bitta “detal”ga qaratilishi kerak. Chunki ushbu jarayonga hech qanday ichki va tashqi omil ta’sir etmasligi zarur.


Tovar birjasi bozor iqtisodiyotining klassik instituti bo‘lib, tashkiliy rasmiylashtirilgan, rasmiy narx kotirovkasi namunalari va standartlar bo‘yicha bitimlar tuzish vaqti va doimiy joyiga ega bo‘lgan muntazam faoliyat ko‘rsatuvchi tovarlar ulgurji bozori hisoblanadi. Birja bozor mexanizmining tarkibiy qismi bo‘lib, u talab va taklif real nisbatini aniqlaydi, muvozanatli narxlarni shakllantiradi va ularga ulgurji bozorni yo‘naltiradi, tovar massasini tovar muomlasi sohasiga jalb etishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, birja xedjlash orqali narxni barqarorlashtirish vositasi, narxlar farqida tijorat chayqovlari vositasi va shu asosda investitsiyalashning jalb etuvchan sohasi hisoblanadi.
Ermatov T.Sh. va Ma’murov S.I.ning “ Birja va yarmarka faoliyatini boshqarish” fanidan o’quv uslubiy majmuasiga ko’ra: “ Birja savdosida operatsiyalar zaliga faqat savdo qatnashchilari kiritiladilar . Ularga birja ish tajribasiga ega, shu ishga maxsus yollab olingan xodimlar va hamda birja komitetlari vakillaridan iborat kishilar bo‘lishlari mumkin. Ular o‘z navbatida brokerlar, diller-dallol, treyderlar, klerk va maklerlardan iborat. Bulardan tashqari operatsiyalar zaliga birja xodimlari; bosh ijrochi rais, Boshqaruv raisi, birja kengashining ma‘sul a‘zosi va davlat komissari hamda birja kengashi tomonidan ruxsat etilgan boshqa kishilar kiritilishlari mumkin”. Bu talab birjaning o’ziga xos xususiyatlaridan biri. Birja ham bozor. Lekin odatdagi bozordan farq qiladi. Operatsiyalar zaliga faqat savdo qatnashchilarining kiritilishi oldi-sotdi jarayonini tashqi ta’sirlardan himoyalash demakdir. Ya’ni har qanday salbiy omil ( tovar haqida kimningdir salbiy fikri yoki boshqa sabablar) mijoz-xaridor fikrini o’zgartirib qo’yishi hech gap emas. Tovar sotilmay qoldimi? U sotilgunch yana vaqt kerak. Vaqt esa puldir.
Birjada savdo tarmog'i o'tkazishda, odatda, ko'p odamlar ishtirok etadi. U yerda ishlayotganlar aniq soni har kuni, ba'zida esa har soat o'zgarib turadi. Kimdir savdo halqasida bir necha soat bo'lib, so'ng tanaffusga chiqishi va yana savdoning oxirlarida qaytishi mumkin. Bozor favqulodda faollik holatida bo'lganda zal to'lib ketishi ham mumkin. Savdo zaliga kirish cheklangan. Birja vositachilari savdo zalida ishtirok etadiganlardan biri sanaladi. Birja tovarlarni sotish, sotib olish va yoki ularni boshqa tovarlar bilan almashtirish operatsiyalari faqat birja vositachilari tomonidangina amalga oshiriladi.
Ularga quyidagilar kiradilar:
Brokerlar - o‘z xizmatlari uchun chegirma xaq oluvchi birja a‘zolari bo‘lib, ular mijozlar buyurtmalari bo‘yicha tovar sotish va xarid qilish bo‘yicha savdo kontraktlarini tuzadi.
Dallol yoki diller, o‘z hisobi yoki o‘z nomidan birja vositachsiga olib beruvchi, birja a‘zosi. Ular birjada o‘z joylariga ea bo‘lib kotirovka ishlarini amalga
oshiradilar. Ularni daromadari sotib olish va sotish narxlari tafovutidan va hamda valyuta va qimmatli qog‘ozlar kurslarini o‘zgarishidan iboratdir.
Treyderlar - bu birja a‘zolari bo‘lib, o‘zlari uchun savdo qiladilar.
Maklerlar (jobberlar)- bokerlardan farqli ularok faqat o‘z hisobidan va faqat o‘zi uchun tovar sotadi va sotib oladi. Birjada savdoni boshqarib boruvchi xizmatchi ham, makler deb ataladi.
Klerklar - birja alida turli majburiyatlarni bajarib yuruvchi xizmatchi.
Butun savdo bitimi birja zalida amalga oshiriladi. Birja zaliga hamma ishtirokchilar sigishi kerak . Xorijiy birjalar operatsiyalar zaliga 2-3 ming kishi bemalol sigadigan bo‘lib har-bir savdo qatnashchisi uchun kulay ish sharoiti yaratilgan. U kabina yoki sektsiyalarga bo‘lingan bo‘ladi.
Dunyoning ko‘pchilik birjalarida birja savdosi bir necha tovarar bilan bir vaqtda turli sektsiyalarda birdaniga olib boriladi. Bitimlar imzolash uchun har bir sektsiyalar katta zal saxnidan, pastroq bo‘lgan, nisbatan kichik maydoncha ajratiladi.
Birja a‘zolarining har bir qatnashchisi uchun bir xil imkoniyat yaratilgan qilib joylashtiriladi. Shuning uchun ham ko‘pgina xorijiy birjalar zallari amfiteatr yoki sirk sahnasiga juda o‘xshash bo‘lib, savdo qatnashchilari bir-birlarini va operatsiya olib boruvchi boshqaruvchini yaxshi kurishlari, bir-birlarini imo-ishorali harakatlarini yaxshi tushunishlari zarur. Rossiyada Chelyabinsk unversal birjasi yuqoridagi talablarga javob beruvchi birjalardan biri. Birja xalqasining markazi va chekkalarida biroz balandlikda birja xodimlari va birja faoliyatini olib boruvchi va bitimlar imzolansa, ularni ro‘yxatga oluvchi xodimlar egallashadi.
Jahon amaliyotida tovar birjalari faoliyati asosan xomashyo va qishloq xo‘jalik tovarlari oldi-sotdisi bilan cheklanadi.
Birja tovarlari, qoidaga ko‘ra bu - xomashyo, mahsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayoni boshlanishiga aloqador. Shu sababli ular ko‘p jihatdan ulardan olinadigan tovarlar narxini belgilab beradi. Klassik birja tovari hajmi va sifati bo‘yicha bir xillashtirilgan, qat‘iy belgilangan, oson muayyanlashtiriladigan, barqaror xususiyatlarga ega bo‘lgan ommaviy mahsulotdir. Ular urfdan chiqib qolmasligi va ma‘naviy eskirmasligi lozim.
Bu birja tovari birjaga yetkazib berilmasligi mumkinligini anglatadi. Sotuvchi kim, tovar qaysi partiyadan olingan, muddatli bitimni amalga oshirish uchun nima zarur - xaridorga buning farqi yo‘q bo‘lishi lozim. Eng mashhur birja tovarlari: neft va neft mahsulotlari, rangli va qimmatbaho metall, o‘rmon, paxta, kauchuk, kofe, shakar, don. Bitta tovarning o‘zi bir mamlakatda birja tovari bo‘lishi, boshqa mamlakatda esa bo‘lmasligi mumkin.
Birja tovarlariga talablar.
Tovar ommaviy bo‘lishi va katta hajmda chiqarilishi lozim (ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar soni katta). Bu talab va taklifni aniqlashga imkon beradi. Muvozanatli narx o‘rnatiladi. Yagona ishlab chiqaruvchining ijro etish usuli bo‘yicha o‘ziga xos mahsulotlari birja savdosi ob‘ekti bo‘la olmaydi.
Sifat, saqlash shartlari, transport vositasida tashish va o‘lchash bo‘yicha talablar. Bu tovar namunalar yoki texnik tavsiflar bo‘yicha ko‘rib chiqmasdan sotish mumkin bo‘lishi uchun oson standartlashtiriladigan bo‘lishi lozim. Birja ishi amaliyotida standartlashtirish asl birja tovarining belgisini tashkil qiladi.
Oldi-sotdi uchun taklif etiladigan tovar soni. Tovar birjada qat‘iy belgilangan miqdorda sotiladi va sotib olinadi. Bu hajmlar birja birliklari, partiya, lot deb ataladi va yoki transport vositalari sig‘imiga, yoki joyi, hajmi va vazniga mos keladi. Partiya yoki lot birja birligiga karra bo‘lishi lozim.
Birjada muomalada bo‘ladigan barcha tovarlarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin:
Birinchi guruhni qishloq xo‘jalik mahsulotlari tashkil qiladi, bu erda moy olinadigan ekinlarning ulushi katta. Xuddi shu guruhga don ekinlari, chorva mahsulotlari, shakar, kofe, kakao, yog‘och materiallar kiradi.
Ikkinchi guruhga sanoat xomashyosi va uni qayta ishlash mahsulotlari kiradi.
Bu erga energiya vositalari, qimmatbaho va rangli metall kiradi.
Ta‘kidlab o‘tish joizki, tovar birjasiga odiy tovarlarga shartnomalar bilan bir qatorda qimmatli qog‘ozlarga shartnomalar, jumladan, davlat obligatsiyalari, aksiyadorlik banklarining aksiyalari, ishlab chiqarish aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari, depozitli bank sertifikatlari ham kiradi.
“Birja tovari sifat bo‘yicha ham, son bo‘yicha ham standartlashtiriladi. Sotilishi lozim bo‘lgan minimal miqdor birja birligi deb ataladi. U qoidaga ko‘ra, bitta transport vositasi yoki o‘rinning sig‘imiga mos keladi. Tovar yetkazib berishning amaldagi sig‘imi standart ko‘rsatkichi lot, ya‘ni birlikka karra bo‘lgan, belgilangan tovar miqdori hisoblanadi (masalan, ming birlik yoki tonna, yoki 100 o‘ram va h.k.).”4 Ushbu qoidaga Дегтярева О.И. ning “Биржевое дело” o’quv qo’llanmasida alohida e’tibor qaratilgan. Buning samarasi juda yuqori. Chunki mijozlar bilan shartnomalar tuzish jarayonida miqdor, hajm, sifat darajalari kabi ko’rsatkichlar borasida hech qanday muammolarga duch kelinmaydi. Misol uchun har bir davlatning o’z pul birligi kabi turli birliklarda mavjud tafovutlar birja “hududi”da o’z ta’sirini yo’qotadi. Chunki bu “hudud” da barcha birliklar birja qoidalariga muvofiq standartlashtirilgan.
Birja yetkazib berish vaqti va joyi aniqlanib, standart talablariga muvofiq guruhlanadi, ya‘ni joy o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha bir xillashtiradi yoki boshqacha qilib aytganda biron – bir belgi asosida belgilanadi. Vaqtni bir xillashtirish tovar faqat pozitsiya deb nomlangan, belgilangan vaqt oralig‘ida yetkazib beriladi. Har bir tovarga o‘zining yetkazib berish davri xos. Xususan, qishloq xo‘jalik mahsulotlari bozorida yetkazib berish davri ishlab chiqarishning mavsumiyligi bilan belgilanadi.
Yetkazib berish joyini bir xillashtirish ombor va elevatorlar mos keluvchi ro‘yxati bilan belgilanadi. Ba‘zida tovarni temiryo‘l stantsiyasiga vagonlarda keltirishga ruxsat beriladi. Bir xillashtirish tovarlarning taqqoslanuvchanligini ta‘minlash uchun zarur. Birja yoki uning vakolatlagan firmasi sotuvchiga ombor guvohnomasi – varrant beradi. Sotuvchi uni xaridorga chekka almashtiradi.
Xorijiy birjalar elektron tablo devorlarida faqat bitim narxlarini aks ettiribgina kolmay birjadagi boshqa mollar, boshqa tovar, valyuta va fond birjalaridagi ma‘lumotlar, xatto narx harakatlariga ta‘sir etuvchi ob-xavo, tovar ortirilishi, siyosiy ahvol voqealari va boshqalar haqidagi ma‘lumotlar berib boriladi. Brokerlar odatda savdo zaliga odatda savdo boshlanishiga 30 dakika kolganda yigiladilar. Ularni har birini qo‘lida savdodagi tovarlar ro‘yxati, narxi, buyurtma xajmi, idora yoki ombor joylashgan joy, tovar yetkazib berish haqidagi ma‘lumotlar yozilgan maxsus varakalar bilan ta‘minlangan bo‘ladilar. Har bir tovar sektsiyasida uch marotaba bong urilib savdo boshlanganligi e‘lon qilinadi.
Birja savdosi oshkora tashkil etiladi. Takliflarni oxirgi ma‘qullagan savdo qatnashchisi, birjada savdo bitimi tomoni hisoblanadi, ya‘ni taklif talab narxi bilan mos kelganini tovar esa sotilganini bildiradi.
Forvard va qo‘shimcha shartlar bilan tuziladigan bitimlar tomonlar kelishuvi asosida amalga oshiriladi.

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish