Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanidagi 15 - umumiy o’rta ta’lim maktabining oliy toifali boshlang’ich sinf o‘qituvchisi Xolboyeva Marifat Ergashevnaning II sinfda o‘qish fanidan o’tgan “Zumrad bahor bahridiling ochar” bo’lim yuzasidan takrorlash mavzusida o’tgan 1 soatlik ochiq darsining amaliyotda qo’llanishi yuzasidan aprobatsiyasi
Termiz shahri 07.06.2021.
Taklif etilganlar:
“Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi mudiri: p.f.n dots. A.Salomov,“Pedagogika” kafedrasi katta o’qituvchisi B.X.Karimova.
Qatnashdi:
Surxondaryo viloyati Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakalarini oshirish xududiy markazi “Boshlag’ich ta’lim” yo’nalishining birinchi guruh tinglovchilari, Qiziriq tumanidagi 15-umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi M. Xolboyeva.
Qiziriq tumanidagi 15 - umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi Xolboyeva Marifat Ergashevnaning II sinfda o‘qish fanidan o’tgan “Zumrad bahor bahridiling ochar” bo’lim yuzasidan takrorlash mavzusida o`tgan mahorat darsida o‘qish darslarini tashkil qilish shakillari, o`quvchilarni ta’limga o’rgatishda , boshlang’ich sinf darslarida innovatsion texnologiyalar, turli o’yin metodlari orqali bolalarga qiziqarli ta’lim berish, yosh bolalarga ta’lim berishda bolalar sevgan turli o‘yinlar, ranglardan foydalanishning ahamiyati haqida tushuncha berdi.
Xolboyeva Marifat Ergashevnaning II sinfda o‘qish fanidan o’tgan “Zumrad bahor bahridiling ochar” bo’lim yuzasidan takrorlash mavzusida o`tgan mahorat darsi jarayoni bilan tanishtirdi. Darsni besh muhim tashabbus doirasida tashkil qilish, o’quvchilarni san’atga, adabiyotga, kitobxonlikga qiziqtirish maqsadida o’z darsida turli o’yin musobaqalar, bellashuvlar tashkil qilganligi bunda qanday o’yin metodlaridan foydalanganligi haqida dars taqdimoti orqaliko’rsatib berdi.
Darsda foydalanilgan “Oltin mikrofon” tanlovi, “Bilimdonlar mamlakati qiroli yoki qirolichasi”, “Jarangli va jarangsiz undoshlar”, “Ko‘paytirish jadvali”, “Saylov uchastkasi” o’yin metodlari bo’yicha abrobatsiya o’tkazildi.
Darsida foydalangan yangi o’yin metodlaridan foydalanish tartibi, o’yinning ahamiyati haqida slaydlarda ko’rsatdi.
Darsda besh muhim tashabbusning birinchi yo’nalishi o’quvchilarni sa’nat va adabiyotga qiziqishini yanada oshirish maqsadida o’qish fanidan ”Oltin mikrofon” tanlovi e’lon qilinib bolalar mayin musiqa bilan birga bo’limdagi sherlarni ifodali o’qish tashkil qilingan. Bu orqali bolalarni san’atga bo’lgan qiziqishlarini yanada qiziqtirish ishlari olib borilgan. Ta’limning maqsadi bolalarni komil inson deb tarbiyalash ekan insonni ezgulik sari boshlovchi yo’l bu ezgulikdir. Ezgulik esa o’quvchilar qalbiga go’zallik orqali kirib boradi. Darslarni tashkil etishda musobaqalar orqali turli bellashuvlar uyishtirish qiziqishlarni ortishiga sabab bo’ladi.
O‘qituvchi Xolboyeva Marifat o‘zi yaratgan o‘yin uslublari haqida tushuncha berdi.
“Bilimdonlar mamlakati qiroli” o‘yin metodi boshlang‘ich sinfdagi barcha fanlardan foydalansa bo‘ladi. Bunda bilimdonlar mamlakatiga kirish uchun 5 ta savoldan 5 tasiga ham to‘g‘ri javob bergan yoki zinalardagi misollarni, topshiriqlarni bajarishi talab etiladi. Eng a’lochi o‘quvchi yoki musobaqa g‘olibi taxtga qo‘yilgan toj egasi ya’ni, bilimdonlar qiroli yoki qirolichasi deb e’lon qilinadi va sinfda maxsus bezatilgan partaga toj kiydirib o‘tirg‘iziladi.
Xolboyeva Marifat Ergashevna boshlang’ich sinflarda foydalanish uchun tavsiya sifatida amaliyotga joriy etilgan tajribalarini ijobiy deb bilaman va ilg’or ish tajribasini respublika miqyosida ommalshtirishga tavsiya etaman.
Surxondaryo viloyati Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakalarini oshirish xududiy markazi
“Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim
metodikalari” kafedrasi mudiri: p.f.n dots. A.Salomov
Do'stlaringiz bilan baham: |