Õzbekistonda psixalogiyaning rivojlanishi: muammo va yechim



Download 21,51 Kb.
Sana28.06.2021
Hajmi21,51 Kb.
#103510
Bog'liq
maqola Muhayyo


ÕZBEKISTONDA PSIXALOGIYANING RIVOJLANISHI: MUAMMO VA YECHIM

Õzbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti psixalogiya yõnalishi 2-bosqich talabasi Mamitaliyeva Muhayyo

Psixologik xizmat ijtimoiy-psixologik muammo sifatida talqin qilinar ekan. Barcha rivojlangan mamlakatlardagi kabi , Õzbekistonda ham mazkur psixologik xizmat muammosining qay tariqa va qanday ilmiy-tashkiliy asoslarda bartaraf etilayotganligini õrganish , tahlil qilish va talqin qilish muhim ahamiyatkasb etadi. Chunki respublikada psixologik xizmatga oid olib borilayotgan nazariy-ilmiy va amaliy-uslubiy tadqiqotlar kõlamiga baho bermay turib , Õzbekistonda psixologik xizmatni yanada takomillashtirish va rivojlantirish masalasi haqida fikr yuritib bõlmaydi.

Õzbekistonda psixologik xizmat tarkib topishining dastlabki ildizlari XX asrning 30-yillaridagi pedologiya fani pedologik xizmat faoliyatiga borib taqaladi.Shu õrinda chet mamlakatlarda psixologik xizmatning tashkil etilishiga bir na’zar tashlaymiz:

Fransuz maktab psixologiyasining otasi Alfred Bine 1894-yilda bu sohada ish boshlagan. 1909-yilda Fransiyada maktab psixologik xizmati tashkil etilgan.Sobiq Sovet Ittifoqida birinchi bõlib Estoniyada 1975-yilda maktabda psixologik xizmat tashkil etildi. Rossiyada esa 1982-yilda maktablarda psixolog shtati ochildi Bugungi kunda vatanimizda psixologiyaning yanada rivojlanishi uchun quyidagi muammolar tõsqinlik qilmoqda deb hisoblash mumkin:


  1. Kõpchilikning psixolog va uning faoliyati haqida tushunchaga ega emasligi, tushunchaga ega bõlishni ham istamasligi.

  2. Ushbu sohada faoliyat yurituvchi olimlarning barmoq bilan sanarli darajada ekanligi.

  3. Sohaga oid ma’lumot beruvchi kitoblarning kõpgina qismi rus hamda ingliz tilida ekanligi.

  4. Psixologik xizmatlar respublikamizning viloyat va tumanlarida rivojlantirilmayotganligi va rivojlantirishga yetarli sharoit yaratilmayotganligi.

Õzbekistonda psixologiyani rivojlantirishning yechimi sifatidaquyidagilarni tavsiya qilish mumkin:

  1. Ushbu yõnalishda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi talabalarga tadqiqot va izlanishlar olib borishlari uchun yetarli sharoitlar yaratish. Hamda ta’lim sifatiga alohida e’tibor berish.

  2. Kerakli bõlgan chet tillardagi adabiyotlarni õzbek tiliga tõģri va tõliq, ma’nolarini buzmagan holda tushunarli qilib tarjima qilish.

  3. Ommaviy axborot vositalari orqali ham xalqning e’tiborini ushbu sohaga qaratish. Soha haqidagi birlamchi ma’lumotlarni ommaga yetkazish.

  4. Eng muhimi OTMlar shu yõnalishda ta’lim olishga haqiqatan ishtiyoqi bõlgan talabalarni saralab olishi.

Õzbekiston Respublikasi huquqiy-demokratik davlatdan fuqaroviy jamiyatga bosqichma-bosqich õtayotgan davrda oliy ta’lim muassasalari oldiga ulkan, bunyodkor vazifalarni amalga oshirishni talab qilmoqda. Xolbuki shunday ekan, mazkur voqelik ijtimoiy masala sifatida kun tartibiga kiritilishi oliy ta’lim psixologiyasi sohasi tadqiqot predmeti oldiga dolzarb vazifalarni intensiv ravishda bajarishni taqozo etadi. Qõyilgan vazifalardan kelib chiqqan holda oliy ta’lim muassasalari bilan oliy maktab psixologiyasi õrtasida jips aloqani hamkorlikni õrnatish bir qator muammolar yechimini topishga puxta negiz yaratadi.

Shu o’rinda oily maktab psixalogiyasi haqida ham to’xtalib o’tamiz. Odatda oliy maktab ta’limi ikkiyoqlama (õzaro ta’sir õtkazishga) yõnalgan aqliy jarayon (obye’kt bilan subye’kt, subye’kt-subye’kt teng huquqli munosabatlaridan iborat) bõlib saboq oluvchi(talaba) bilan saboq beruvchi (õqituvchilarning) faol qatnashuvida õz ifodasini topuvchi hamkorlik faoliyati va shaxslar muomalasidan iboratdir. Buning natijasida talaba õzaro psixologik ta’sir orqali muayyan kõlamdagi bilimlar, kasbiy kõnikmalar, malakalar, odatlar, uquvlar hosil bõladi.

Oliy maktab õqituvchisining talabaga psixologik ta’sir õtkazishi natijasidagina mazkur narsalar (bilim, kõnikma, malaka, odat) tafakkur yordamida aql-idrokning shakllanishi tufayli amalga oshishi mumkin. Bu esa õz navbatida ruhiy zõriqish, asosiy tanglik, jiddiylik, faollik va intilishi vujudga keltiradi.

Oliy maktab psixologiyasining dolzarb muammolari quyidagilar;



  1. Oliy maktab tuzilishining etnik, etnopsixologik va hududiy xususiyatlariga asoslangan holda uni qayta kõrib chiqish maqsadga molik. Chunki jahon hamjamiyati ta’lim standartlariga yaqinlashish, ularga moslashish orqali yangi mutaxassislarni joriy qilish va ularni tayyorlashni mahalliy ehtiyojlardan , kadrlarni tayyorlovchi professor-õqituvchilarning mavjudligidan kelib chiqqan holda rejalashtirish lozim. ( Ba’zan yuqori malakali kadrlar yetishmasligiga qaramay mutaxassilar tayyorlashga ruxsat berish hollari uchrab turadi.)

  2. Oliy õquv yurtlarida talabalarni õqitish, ularni shaxs sifatida shakllantirish jarayoni hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan metodlar , vositalar , usullar yangi mazmun bilan boyitilishi, milliy qiyofa, xarakter, his-tuyğularni hisobga olgan holda sa’y-harakatlaramalga oshirilishi joiz. Asta sekin monologik õqitish tizimidan diologik, innovatsion hamkorlik singari ta’limning yangi turlariga õtish õqitish samaradorligini oshirdi.

  3. Oliy maktabning õquv rejasi , dasturi va ularga asoslanib chop qilinadigan darsliklar , qõllanmalar, ishlanmalar, ma’ruza matnlarini qaytadan kõrib chiqish takomillashtirish, mukamallashtirish, mutaxassislikka bevosita aloqasi bõlmagan õquv fanlarini oqilona qisqartirish inson omilini hisobga olish demakdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1)Z.T.Nishanova, Sh.T.Alimboyeva, M.M.Sulaymanov “ Psixologik xizmat” kitobi.

2)Na’zariya v amaliyot mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.

Tayyorlovchi:



Õzbekiton Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti psixologiya yõnalishi 2-bosqich talabasi Mamitaliyeva Muhayyo Shuhratjon qizi.
Download 21,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish