Men sevgan adabiy qahramon
Reja:
1. Men sevgan adabiy qahramon O‘tkir Hoshimov.
2. Õtkir Hoshimov - “Õzbekiston xalq yozuvchisi”.
3. Mening qahramonim - mening faxrim.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi va jamoat arbobi O‘tkir Hoshimovdir (1941 - 2013). U qariyb qirq yildan buyon o‘zining ajoyib publitsistik maqolalari, hikoya, qissa va romanlari bilan adabiyotimiz taraqqiyotiga munosib ulush qo‘shib keldi. O‘tkir Hoshimovga samarali ijodiy mehnati uchun 1991 yili «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» faxriy unvoni berilgan.Noyob iste’dod sohibi O‘tkir Hoshimov adabiyotga Abdulla Oripov, Omon Muhtorov, Shukur Holmirzaev singari bir qator tengdoshlari bilan birga kirib keldi. O‘sha paytda adabiyotimizning Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla Kahhor, Maksud Shayhzoda singari ulkan yozuvchilari hayot bo‘lib, ularning nazariga tushish hammaga ham nasib qilavermasdi. O‘tkir Hoshimov esa Abdulla Qahhordek mashhur san’atkor e’tiborini jalb qilgan yoshlardan edi.O‘tkir Hoshimov 1941 yilning 5 avgustida Toshkent viloyatining Zangiota tumani Do‘mbirobod mavzeida tavallud topdi. Bolaligi urush qiyinchiliklari, muhtojliklari davrida kechgan.1958 yilda o‘rta maktabni bitirib, Toshkent Davlat universiteti jurnalistika bo‘limining avval sirtqi, so‘ngra kunduzgi bo‘limida o‘qib, 1964 yilda tugatadi. 1959-1960 yillarda «Temir yo‘lchi», 1960 yilda hozirgi «O‘zbekiston ovozi», 1960-1982 yillarda «Toshkent haqiqati», «Toshkent oqshomi», 1982-1983 yillarda G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, 1985-1995 yillarda «Sharq yulduzi» jurnaliga bosh muharrir bo‘lib faoliyat yuritdi.
"Ikki eshik orasi" romani adibning eng salmoqli asarlaridan biri hisoblanadi. Romanda o‘zbek xalqining fazilatlari - jo‘mardligi, har qanday vaziyatda ham imonini yo‘qotmasligi, mehridaryoligi, teran tuyg‘ular, yorqin bo‘yoqlarda tasvirlangan.
Asarda adib qariyb qirq yillik davrni o‘z ichiga olgan bir qancha murakkab taqdirlar misolida o‘zbek xalqining urush davridagi hayoti, umr yo‘lidagi chigalliklarni mahorat bilan qalamga olgan. Asarda zamonning tuganmas azob toshlariga uchragan, insoniy qadr-qimmatini yo‘qotmagan insonlar, o‘z taqdirini Vatan taqdiri bilan bog‘lagan xalq qismati tasvirlangan. Asarni o‘qigan kitobxon ijodkorning o‘sha davr ruhini asarda to‘liq mujassam ettira olganligiga guvoh bo‘ladi.
Õtkir Hoshimov adabiyotimizning namayonda yozuvchilaridan biridir.
Õz asar va romanlari bilan adabiyotimizga o‘z hissasini qo‘sha olgan shaxsdir.Menga yoqqan romani "Ikki eshik orasi". Bu roman har bir õquvchi ko‘nglidan munosib õrin egallay olgan, ayniqsa, urush davrida Vatan taqdiri, odamlar qismati mukkammal ravishda tasvirlangan, har bir o‘quvchini ko‘nglidan munosib õrin egallay olgan.
ADABIYOT VAQTI
📚📚📚📚📚📚📚
O'tkir Hoshimov
📓1941-yil Toshkentning Do'mbirobod mahallasida tug'ilgan
📙<> qissasi bilan Abdulla Qahhor nazariga tushgan
📘5-sinfda she'r nashq qila boshlagan
📗xat tashuvchi, musahhih, gazetada bo'lim mudiri,nashriyotda va jurnalda bosh muharrir bo'lib ishlagan
📕Hikoyalari:
<>
<>
📒Romanlari:
<>
<>
<>
📘Qissalari:
<>
<>
<>
<>
<>
📕Dramalari:
<>
<>
<>
📓O'tkir nafasli jurnalist
📗<> bo'yicha Said Ahmadning fikri<>
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
📚 Filologlar uchun metodik yordam!
👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFHrFnnW46W-Re0zlg
Do'stlaringiz bilan baham: |