Zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy tuzumining asosi



Download 22,15 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi22,15 Kb.
#84659
Bog'liq
4-MAVZU
AutoPlay Media Studio , oila huquqi, organizovannaya-prestupnost, vdocuments.mx jinoyat-huquqining-maxsus-qismidan-amaliy-masalalar, 1-topshiriq dinshunoslik, A K, 52buyruq25022020, tizes, 1-mavzu, 1-mavzu, Қум 1-сон КХМ рус тили, Қум 1-сон КХМ рус тили, Arastuning ritorika haqidagi ta’limoti, Arastuning ritorika haqidagi ta’limoti

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING

KONSTITUTSIYAVIY TUZUMINING ASOSI

Davlat suvereniteti va uning konstitutsiyaviy asoslari. Suverenitet tushunchasiO‘zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi birinchibo‘limi “Asosiy prinsiplar” deb atalib, unda davlatning asoslariva konstitutsiyaviy tuzumning prinsiplari mustakamlangan. Maz-kur bo‘lim 4 ta bobining har biri alohida konstitutsiyaviy tuzumasoslarini, ularning prinsiplarini mustahkamlagan. Shuning uchun“Davlat suvereniteti”, “Xalq hokimiyatchiligi”, “Konstitutsiya vaqonunning ustunligi” va “Tashqi siyosat” konstitutsiyaning prin-siplari emas, konstitsiyaviy prinsiplar yoki boshqacha aytganda,davlating asoslari hisobalanib, ularning har biri ma’lum prinpsiplarasosida tashkil qilinadi. Bu prinsiplar esa, shu boblarning tegishli moddalarida mustahkamlangan.

Konstitutsiyaning birinchi bo‘limi 1-bobi “Davlat suvereniteti”deb atalgan. Davlat suvereniteti, ayrim mualliflar qayd qilganidek,prinsip emas, davlatning asosi (tayanchi) hisoblanuvchi davlat-huquqiy institutdir. Ya’ni, u prinsipdan keng, boshqacha qilib ayt-ganda o‘zining prinsiplariga ega. Prinsipni konstitutsiyaning bir-gina moddasida mustahkamlab qo‘yish mumkin bo‘lsa, masalan,davlat hokimiyati tizimining bo‘linishi prinsipi (11-modda), davlathuquqiy institutlari bir nechta moddalarda mustahkamlanadi.“Davlat suvereniteti”ga taalluqli konstitutsiyaning 6 ta moddasimavjud. Shunday qilib, suverenitet institut bo‘lib, suverenitetnihurmat qilish esa, prinsip hisoblanadi.Umuman, suverenitet atamasi baynalmilal so‘z, atama, u fran-suzcha so‘zdan kelib chiqib, “oliy hokimiyat” degan ma’noni beradi.Suverenitet atamasi XVI asrdan beri shu ma’noda ishlatilib kelin-73moqda. Suverenitetning “oliy hokimiyat, mustaqillik” degan tushun-chasi fransiyalik J. Boden tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib  1 , uhozirgacha shu ma’noda barcha xalqlar davlatchiligida ishlatilib ke-linadi. Ozodlik, mustaqillik uchun kurashlar “suverenitet” uchunkurash bilan mustahkamlanib, xalqaro ahamiyat kasb etgan.Suverenitet so‘zi davlat-huquqiy masalalarda xalqqa, millat-ga va davlatga nisbatan ishlatiladi. Davlat va mamlakat so‘zlariko‘pincha aynan bir ma’noda ishlatilgani uchun davlat suvereniteti-ni mamlakat suvereniteti deb ham tushunish mumkin. Bu yerdaaynan mamlakat suvereniteti haqida gap ketib, u davlat suvere-niteti orqali ifodalanadi.Suverenitet – davlat hokimiyatining mamlakat ichkarisidaoliyligi va davlatning tashqi munosabatlarda ustaqilligidir.

Davlat faqat haqiqiy suverenitetga ega bo‘lgan taqdirdagina,xalqning rasmiy vakili sifatida xalq irodasini ifoda eta oladi vafuqarolarning huquqlarini, manfaatlarini to‘la hajmda ta’minlashimkoniyatiga ega bo‘ladi. Aks holda O‘zbekistonning sobiq Itti-foq tarkibidagi holati vujudga keladi. Shu paytda rasmiy suverendavlat hisoblanuvchi O‘zbekiston 80-yillarning oxirida Ittifoq vakil-larining zo‘ravonliklaridan o‘z fuqarolarini himoya qila olmagan.Faqat O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘nggina ha-qiqiy davlat suverenitetiga tom ma’noda ega bo‘ldi. Konstitutsi-yamizning 1-moddasida “O‘zbekiston – suveren demokratik res-publika” deb belgilanishi davlat suverenitetining huquqiy asosihisoblanadi. 2-moddada davlat xalq irodasini ifoda etishi, 3-mod-dada, O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariningtizimini belgilashi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishi,davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmasligining belgilani-shi davlat suvereniteti real voqelik ekanligini ko‘rsatadi. Hatto



4-moddada belgilangan mamlakatda davlat tili o‘zbek tili ekanligiham davlat suverenitetining amaliy ifodasidir.Davlat suverenitetining muhim belgisi davlat hokimiyatiningmamlakatning Konstitutsiyasi va qonunlaridan boshqa hech narsa1 Bu haqda qarang: Azizxo‘jaev A. va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasining Kons-titutsiyasiga sharh. – T.: TDYuI, 2008. – 19-bet.74bilan cheklanmasligidir. Davlat suvereniteti o‘rnatilgan mamlakathududida boshqa hech qanday hokimiyat tuzilmalari bo‘lmasligikerak. Davlat suvereniteti amal qiladigan mustaqil davlatda qo-nuniy davlat organlarining hech qanday vakolatlariga boshqa hechqanday siyosiy va boshqa kuchlar tajovuz qilmasligi kerak.Konstitutsiyaning 10-moddasida belgilanishicha O‘zbekistonxalqi nomidan faqat u saylagan respublika Oliy Majlisi va Prezi-denti ish olib borishi mumkin. Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiypartiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida shaxsO‘zbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emasligi davlatsuverenitetining natijasidir.Davlat suvereniteti mustaqil davlatning ajralmas xususiyatibo‘lib, davlatning xalqaro huquq subyekti sifatidagi o‘rnini bel-gilovchi shart hamdir.O‘zbekiston mustaqil mamlakat va davlat suverenitetiga egabo‘lganligi uning xalqaro munosabatlardagi teng asosda ishtiro-kini ta’minlaydi. O‘zbekistonni BMTga va boshqa xalqaro tashki-lotlarga a’zo bo‘lishi, xalqaro shartnomalarda ishtirok etishi, shu-ningdek, xalqaro jarayonlarning rivojlanishiga ma’lum ta’sir qilishidavlat suverenitetiga egaligi sharofatidir.Davlat suvereniteti, mamlakatning kelajagini belgilashda kattaahamiyatga ega. Mamlakat har jihatdan to‘la mustaqil bo‘lsagina,uni suverenitetga ega davlat hisoblash mumkin. Mustaqillik nati-jasida davlatning suverenitetga xos jihatlari namoyon bo‘ladi.1991-yil 31-avgustda respublikamiz o‘z mustaqilligini e’lonqilgach, davlat suverenitetiga ega bo‘ladi. Ya’ni, mamlakat ichka-risida ham, tashqarisida ham (tashqi faoliyatda) hech kimning ro-ziligisiz, ishtirokisiz, ko‘rsatmasisiz har qanday masalalarni halqilish imkoniyati tug‘ildi. Bunga, eng avvalo, o‘zimiz xohlagancha,o‘zimizga mos va milliy an’analarimiz aks etgan konstitutsiyaniqabul qilganimiz misol bo‘ladi.Konstitutsiya, eng avvalo, suverenitetning huquqiy asosi bo‘-lib, davlat suverenitetini qonuniy mustahkamladi. Konstitutsiya-ning birinchi bobi “Davlat suvereniteti” deb atalishi ham suvereni-tetning O‘zbekiston uchun ahamiyati yuqori ekanligini ko‘rsatadi.75Konstitutsiyaning 1-moddasidagi “O‘zbekiston – suverendemokratik Respublika” degan prinsip normani O‘zbekistonningkelajak hayotini belgilovchi asos deyish mumkin. Bu qoidaO‘zbekistonning mustaqilligini o‘rnatadi, mustaqillikning oliymaqsadi esa, eng avvalo, o‘zbek xalqining izzatini joyiga qo‘yishdir.Mustaqillik, suverenitet natijasida davlat faoliyatini yangichaqurish, xalq manfaati yo‘lida xizmat qildirish imkoniyati vujud-ga keldi. Konstiutsiyaning 2-moddasida bu shunday ifodalanadi:“Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qila-di. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolaroldida mas’uldirlar”. Davlatning xalq manfaatlariga xizmat qilishi-ga erishish demokratik jamiyat qurishda eng muhim shartdir.Suverenitet natijasida O‘zbekiston o‘zining milliy davlat vama’muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv or-ganlarining tizimini belgiladi, ichki va tashqi siyosatni amalgaoshirish imkoniyati vujudga keldi (Konstiutsiyaning 3-moddasi).Ana shu imkoniyat tufayli O‘zbekiston davlat boshqaruv shakli-ning demokratik ko‘rinishi – respublika shaklini o‘rnatdi. Davlatvakillik hokimiyati organlari tizimi: Oliy Majlis va xalq deputatlarimahalliy Kengashlari tizimini, sud hokimiyati tizimini, ijro hokimi-yati tizimini o‘rnatdi. Natijada birinchi marta sud hokimiyatningmustaqil tarmog‘i sifatida e’tirof etildi.Prezidentlik boshqaruv shakli qonuniy mustahkamlandi, ma-halliy miqyosda “hokim” lavozimi joriy qilindi.Keyingi vaqtlarda davlat qurilishi va boshqaruvi sohasidaerkinlashtirish siyosati olib borilayotganligi, Parlament instituti-ning rivojlantirilganligi, ikki palatali parlamentga o‘tilganligi,hukumatning vakolatlari kengayayotganligi, O‘zbekistonning su-verenitetga egaligi, uning natijasida ichki va tashqi masalalarnimustaqil hal qilish huquqiga egaligi natijasidir.Mustaqillik va suverenitetning mazmun-mohiyati o‘xshashbo‘lsa-da, ular to‘g‘risida turli ta’riflar mavjud. Lekin eng lo‘nda,

ishonarli va tushunarli ta’rif Prezident tomonidan berilgan ta’rifdir.O‘zbekiston Prezidenti mustaqillikni har tomonlama his qilganholda “Mustaqillik bu huquqdir” deb ta’rif bergan. Haqiqatan ham,mustaqillik O‘zbekistonga, uning xalqiga keng imkoniyatlar va va-76kolatlar berdi. Endigi masala ana shu vakolat va imkoniyatlardanto‘g‘ri, vaqtida foydalana bilish hisoblanadi.
Download 22,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti