Zarari yuqori risklar
Yangi hamkor bilan ishlash:
Yangi hamkor bilan ishlash, har qancha tekshiruvlardan o`tgandan keyin ham yuqori riskligicha qoladi. Bunda to`lov qilingan pulni to`liqligicha yo`qotilishi, mahsulot sifatsiz kelishi, umuman boshqa mahsulot kelishi kabi risklarga olib keladi.
Monopol kompaniyalar bilan ishlash:
Monopol kompaniyalar bilan ishlash, har doim katta risk bo`lib qoladi. Istalgan vaqtda mahsulot berishni to`xtatishi, narxni oshirishi, turli xildagi shartlarni qo`shish, Yirik bozorlar(Yevropa va Xitoy)da talb oshganda miqdorni kamaytirish va shunga o`xshash boshqa risklarni olib keladi.
Yetkazib berish(Transport) riski.
2021-yildagi eng katta muammo bo`lgan risk, uzoq muddatda va qimmat narxlarda kelishi. Mahsulotning bozor talabi yuqori vaqtda olib kelish imkoniyatining deyarli yo`qligi transport riski yuqorida darajada ushlab turadi.
To`lovlarning o`z vaqtida chiqmasligi.
Hamkorlar bilan kelishilgan to`lovlar(oldindan va muddatli) o`z vaqtida to`lanmasligi, mahsulot narxini yuqori bo`lishi, valuta kurslar o`zgarishida yo`qotishlarimiz, transport narxining keskin oshishi, hamkorlarimiz bilan kelishilgan muddatli to`lov turini oldindan to`lov turiga o`zgartirish, yangi buyurtmalarni berish va yuklashda kechishlarga olib keladi
Zarari o`rta risklar
Valuta risklari.
Rubl, yevro, yuan va boshqa valuta turlarida to`lov qilishda doim kurs farqi mahsulot tannarxiga to`g`ridan-to`g`ri ta`sir ko`rsatadi. Ayniqsa rubl va yevro kurslari oxirgi paytlar juda tez o`zgarish fonida, bu valutalar orqali to`lovda risklar mavjudligini ko`rsatib turipti.
Multimodal transport turi.
Mahsulotlar tashishda bir necha turdagi transport turini tanlashda mahsulot qadoqlariga va sifatlariga jiddiy zarar yetishi, dokumentlarda turli chalkashliklar yuzaga kelishi va transport ta`qib ma`lumotlari o`z vaqtida olinmasligiga olib keladi. Ayniqsa mahsulot narxi qimmat bo`lgandan zarar miqdori anchagina katta bo`ladi.
Yuk hujjatlari to`liq bo`lmasligi(bojxonada rasmiylashtirish).
Yuk hujjatlari o`z vaqtida to`liq va to`g`ri taqdim etilmaganda bojxona rasmiylashtirishda qo`shimcha to`lovlarning mavjud bo`lishiga olib keladi. Lekin ba`zi hollarda yuk hujjatlari to`liq bo`lganda ham bojxona inspektorlar tomonidan asossiz va mantiqqa to`g`ri kelmaydigan hujjatlarni so`rashi oqibatida yukni bojxona rasmiylashtirishida uzoq qolib ketishi, transport to`lovida qo`shimcha to`lovlar va bojxona to`lovida qo`shimcha to`lovlarga olib keladi.
Kamomadlar.
Mahsulotni omborxonaga qabul qilinganidan keyin aniqlanadigan kamomadlar, Hamkor tomonidan kam yuklanishi, omborxonadagi texnikalarda ma`lumotlarning farqlari , multimodal transport turidan foydalanish, suyuq holatdagi mahsulotlarda kamomadlar chiqishi yuqori bo`ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |