Zamonaviy axborot tarmoqlari va din omili



Download 21,4 Kb.
Sana25.01.2022
Hajmi21,4 Kb.
#409317
Bog'liq
1 мавзу


Zamonaviy axborot tarmoqlari va din omili

Radio, televideniye, telefon, internet kabi axborot tarmoqlari orqali uzatilayotgan ma’lumotlar turli ko‘rinishga ega. Ular orasida matn, surat, video, turli belgilar tizimi va boshqalar mavjud. Kinematografiya bugungi kunda ma’lumot uzatishning eng intensiv usuliga aylandi. Kino nafaqat ma’lumot uzatish, balki tarbiyalash, mafkura, dunyoqarash va e’tiqodni shakllantirish vazifasini bajarmoqda. Yurtimizda mustaqillik yillarida yosh avlodni yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan ko‘plab filmlar yaratildi. Ular, asosan, alloma ajdodlarimiz hayoti, ilmiy faoliyati, fikriy-ma’rifiy merosini xalqimizga yetkazib berishga, zamondoshlarimizning o‘z Vatani, xalqi, insoniy qadriyatlarini himoya qilishdagi ko‘rsatgan qahramonliklarini yoritib berishga bag‘ishlangan. Mazkur kinofilmlarni ko‘rgan tomoshabinlar ulardan estetik zavq, ilm-ma’rifat bilan birga xayrli ishlarga shijoat va kuch-g‘ayrat oladilar. Ammo guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, barcha kinofilmlar har doim ham insonlarga ilm-ma’rifat tarqatish, yaxshi ishlarga undash, umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib etishga xizmat qilmayapti.

Bugungi kunda kino olami va ularning insonlar ongiga ta’siri ortib bormoqda. Kinoning odamlarga ijobiy ta’siri bisyor. Ammo «parda ortida» ular bilan bog‘liq bo‘lgan qator salbiy jihatlar ham mavjud. Chunki tomoshabin kinoni ko‘rib o‘tirar ekan, uning umumiy ma’nosini tushunishdan tashqari, botiniy ma’no ham kasb etishini, to‘g‘risi, ko‘pchiligimiz tasavvur qilmaymiz. Eng qizig‘i, voqea va hodisalar tomoshabinning ongiga xuddi real voqelikda bo‘layotgan hodisalardek kirib keladi. Asta-sekin, ya’ni kino voqealarining davomida tomoshabin xayoliga ham kelmaydigan holatlarni shunaqa ideallikda gavdalantiradiki, natijada u kinodagi voqelikka ishonib ketadi. Agar 3D formatidagi filmlar bo‘lsa, filmning ishtirokchisiga aylanadi. Texnika taraqqiyotidan salbiy maqsadlarda foydalanadigan kimsalar ham bor. Ular hali dunyoqarashi to‘liq shakllanmagan bolalarning ongini zaharlashga urinishadi. Masalan, ayrim multfilmlarning asosiy mazmuni yovuz hislatga ega pastkash, xudbin odamning to‘g‘ri yo‘lga qaytishi, mehribon odamga aylanishi haqida bo‘lsa-da, lekin tub ma’nosida bolada buzg‘unchilik, hayosizlik, yovuzlik qilishga osongina kirishib ketishga moyil bir qancha jihatlar bo‘lishi ko‘zga tashlanadi. Yana shunaqangi filmlar borki, ularni ko‘rgan bolalarda suitsidga moyillik kuchayadi,

ular xayolparast bo‘lib qoladilar.

Hozir g‘oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan kuchliroq bo‘lib borayotgan davrdir. Yuzdan ortiq xalqaro kanallar oynayi jahon hamda global tarmoq orqali mafkuraviy xurujlar bilan tahdid solib turgan davrda yashamoqdamiz. Internet virtual, ammo obyektiv hodisadir. Uning hayotimizga kirib kelishiga to‘siq qo‘yib bo‘lmaydi. Shuningdek, virtual messenjerlar orqali tarqatiladigan mafkuraviy tahdidlarga hech qanday chegara to‘sqinlik qila olmaydi. Internet orqali ijobiy ma’lumotlar bilan birga inson xulq-odobiga salbiy ta’sir etuvchi axborotlar ham uzatilayotgani aniq. Axborot vositalaridan g‘arazli maqsadda foydalanish, aholi ongiga salbiy ta’sir o‘tkazish orqali siyosiy va iqtisodiy hukmronlikka erishishga urinish axborotlar urushi deyiladi. Axborotlar urushi shaxs yoki mamlakatning tinchligiga tahdid solgan holda, unga bosim o‘tkazishda namoyon bo‘ladi. Axborotlar urushi ijtimoiy, siyosiy, etnik va boshqa tizimlarning o‘z manfaatlari yo‘lida bir-birlariga ochiq va yashirin maqsadli ta’sirlarini ham qamrab oladi. Masalan, jangarilar o‘zlarining qabih maqsadi yo‘lida internetdan ustalik bilan foydalanmoqda. Buzg‘unchi guruhlar tomonidan amalga oshirilayotgan insoniyatga qarshi jinoyatlar ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, internet orqali ko‘p namoyish etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-yanvardagi «Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 10-sonli qarori bilan «O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi hamda «Diniy mazmundagi materiallarni davlat dinshunoslik ekspertizasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizomlar tasdiqlandi. Ushbu nizomlar O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish tartibini, diniy mazmundagi materiallarni davlat dinshunoslik ekspertizasidan o‘tkazish tartibi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish va tarqatishga mo‘ljallangan diniy mazmundagi materiallarning davlat dinshunoslik ekspertizasini amalga oshirishda ishtirok etuvchi tomonlarning huquq va majburiyatlarini belgilaydi.


Savol va topshiriqlar

1. Axborot deganda nimani tuhundingiz? Axborotning qanday salbiy va ijobiy tomonlari mavjud?

2. Inson ongi uchun kurashda axborotlarning o‘rni nimada?

3. Nima deb o‘ylaysiz, inson axborot iste’moli madaniyatiga ega bo‘lishi shartmi?

4. Kinofilmlarning inson hayotiga ta’siri qanday?

5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-yanvardagi «Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 10-sonli qarori bilan «O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi hamda «Diniy mazmundagi materiallarni davlat dinshunoslik ekspertizasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizomlar qanday harakatlarni tartibga solar ekan? Mazkur nizomlarning matnlarini olib o‘qing va mazmunini tushuntirib bering.

1. «Kibermakon» tushunchasi va uning mazmun-mohiyati. XXI asr axborot asri deb e'tirof etilayotgani bejiz emas. Insoniyat tarixida ma'lumotning muhimlik darajasi bu kabi yuqori cho‘qqilarni zabt etmagan edi. Insonlarni yangi bilimlarni egallashga qiziqishi tobora ortib borayotgan globallashuv jarayonida ijtimoiy ongni zaharlashga qaratilgan tajovuzlar, mamlakatning axborot boshqaruvini izdan chiqarishga urinishlar tobora ortib bormoqda. Bunda yoshlarning axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali ularda turli mafkuraviy tahdidlarga, xususan, diniy ekstremizm, terrorizm, «ommaviy madaniyat» va boshqa yot g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday jarayonlarni amalga oshirishda esa kibermakon qulay muhit manbaiga aylanib ulgurgan.

Kibermakon dunyo komp'yuter tarmoqlarining «virtual» umumiy majmui. Ushbu atama 1984 yilda Uilyam Gibsonning «Neyromant» («Neuromancer») romanida qo‘llanilgan, hozir esa global axborot makonini ifodalash uchun ishlatiladi. Telefon suhbatlari, «chatlar», turli onlayn bahslar, komp'yuter aloqasi kibermakonda amalga oshirilmoqda. Virtual voqelikka kirib borishning zamonaviy vositalari sifatida quyidagilarni aytish mumkin: internetga chiqish imkoniyati mavjud mobil telefonlar; onlayn pul'tli o‘yinlar; video qurilmalar; tarmoqdan tashqarida foydalanish imkonini beruvchi dasturiy ta'minotlar. Bu kabi vositalar kibermakondan erkin foydalanish imkonini yaratish bilan bir vaqtda, mazkur makondagi xavf-xatarlarning ko‘z ilg‘amas darajada yuqoriligini anglatadi.

Qayd etish lozimki, kibermakonda diniy jarayonlar ko‘rinishlari quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: muloqot, ma'lumot, ta'lim, tajriba, amaliyot, missionerlik, marketing, shifo va boshqalar.

Internet imkoniyatlari insonlarning muloqotga kirishish va muayyan maqsaddagi fikrlar almashinuvidagi ijtimoiy tarmoqlarga bog‘lana olish imkonini beradi. Dastlab tashkil etilgan jamoalar orasida Vikkanlar va neomajusiylar kabi noan'anaviy internet guruhlar bo‘lgan. Xaydi Kempbell tomonidan xristian jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, insonlar onlayn jamoalarga muloqotga kirishish maqsadida a'zo bo‘ladilar. Bir qator olimlar virtual muloqotning xarakteriga bog‘liq muhim masalalarni ko‘targanlar. Uni shunchaki «ijtimoiy hayotning illyuziyasi» yoki «offlayn» dunyoda jamoalarning yaxshilanishiga olib keluvchi vosita sifatida e'tirof etganlar.

Yetakchi diniy tashkilotlar ham hozirgi kunda a'zolar va a'zo bo‘lmaganlar orasida komp'yuterlashtirilgan ma'lumot olishga ehtiyojning ortganini ta'kidlamoqda. Diniy ma'lumotlarni tarqatishda elektron diniy ma'lumot tarqatuvchi «bloggerlar» yoki «bloglar» komp'yuterlashtirilgan muloqotning muhim jihati hisoblanadi. Jadal suratlarda «podkastlar», veb-saytdan MR3 pleer, «i-Pod»larga yuklanayotgan audiodasturlar, xususan, ma'ruzalar ommalashmoqda.

Avvallari tanqis, keng tarqalmagan muqaddas matnlar va undan keyingi o‘rinlarda turuvchi ma'lumotlar endilikda omma e'tiboridagina emas, balki istalgan kishi uchun veb saytlardan yuklab, ta'lim olish imkoniyati mavjud.

Internetning «liminal makon»i ma'naviy yoki diniy tajribaga (absorbsiya, asketlik, eskapizm, yagonalik, muloqot) yangi imkoniyatlar ochib bermoqda. Hozirgi kunda ofisda faoliyat yurituvchilar hayot tarziga monand 10 daqiqali ma'naviy mashqlar tajriba orttirishga imkon beradi. Zamonaviy sufiylar internet orqali bunday aloqalar vositasida murshid va murid o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar yaxshilanayotganini e'tirof etadilar. Internet-radio kabi yangi texnologik imkoniyatlar yordamida tinglovchilarni «psixonavigasion sayohatga» chorlaydilar.

Komp'yuter-media vositalari diniy amaliyotga chuqur singib ketishi natijasida kibermakon muhim rituallar maydoniga hamda muayyan dinga targ‘ib qilish manbai va vositasiga aylangan. Bundan tashqari jamiyatdan uzoqlashgan ma'lum bir yoshlar va ayollarni kiber-ma'naviyat rasmiy ibodatxonalardan ko‘ra ko‘proq o‘ziga jalb etadi. Amaliy so‘rovlar esa mazkur jarayonlar kelajakda yoshlarni qamrab olishini ko‘rsatgan. Ammo ba'zilar internet jonli, ta'sirchan ma'ruza bilan bellasha olmasligini ta'kidlaydi. Shuningdek, onlayn-jamoalar tez suratlar bilan o‘zgarayotgan dunyoda «to‘g‘ri yo‘l»da bo‘lishning amaliyoti qanday bo‘lishiga oid savol va mulohazalarni muhokama qiluvchi muhim «maydon»ga aylandi.

Umumiy olganda kibermakon vaqt va makon chegarasini bosib o‘tish imkoniyatini kengaytiradi. Bu esa o‘z navbatida moliyaviy qiyinchiligi yoki jismoniy kamchiligi mavjud bo‘lgan ma'lum diniy amallarni amalga oshirish imkoniyatini oshiradi.

Muloqotga kirishishning yana bir ko‘rinishi bo‘lgan missionerlik, ma'lum diniy ta'limning o‘sishi va ta'siri doirasining kengligi bois alohida ko‘rib o‘tish zarur. Bugungi kunda din va e'tiqod erkinligi huquqi eng bahsli masaladir. Muammoli jihati shundaki, yangi murojaat qilganlarni dinga targ‘ib qilinishi agressiv ruhda amalga oshirilayotgani bilan belgilanadi.

Muqaddas matnlarning marketingi internet orqali katta biznesga aylandi. Diniy va ma'naviy ehtiyojga mos keladigan barcha narsani sotib olish mumkin. Diniy tanishuv saytlarida esa qalban mos insonni topish oddiy bosqichlarda amalga oshiriladi.



Komp'yuter media vositalarida kasalliklarga davo va muammolarga yechim topish keng rivojlanmoqda. Guru, yevangelistlar, maslahatchi ekstrasenslarga duoli so‘rov yuborish yoki diniy va amaliy muammolarga javob topish mumkin. Bunga ko‘pchilikni murojaatning anonimligi va kuchli diniy yetakchining ishtiroki jalb etadi.

Yuqorida ko‘rib o‘tilgan jarayonlar internet bugungi kundalik turmushimizga qay darajada chuqur singib borganini namoyon qilmoqda. Tobora kuchayib borayotgan globallashuv jarayonida ma'lumotning mazmuni va strategiyasini tahlil qilish muhim. Chunki, bunday xurujlar yoshlarning ma'naviy-axloqiy, psixologik dunyoqarashini, siyosiy nuqtai-nazari va e'tiqodini maqsadli ravishda o‘zgartirishga qaratilganligi hech kimga sir emas. Axborot xurujlari va kiber tahdidlardan himoyalanish, o‘z navbatida, ularga qarshi kurashish uchun har bir kishi hushyor va ogoh bo‘lishi, axborotni tahlil qila bilishi lozimligini davrning o‘zi talab etadi. Axborotlar oqimidan foydalanish bo‘yicha yoshlarda sog‘lom immunitetni hosil qilish, ijobiy tomonlarini o‘rgatish bilan birga, salbiy oqibatlaridan xabardor etish muhim.
Download 21,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish