Zamburugʻlar



Download 159,69 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.01.2022
Hajmi159,69 Kb.
#380782
Bog'liq
Zamburugʻlar - Vikipediya



Zamburugʻlar

Zamburugʻlar (Fungi yoki Mycetes) — eukariot organizmlar dunyosi (bulimi). Tayyor organik

moddalar hisobiga yashaydi, yaʼni geterotrof organizm hisoblanadi. Odatda oʻsimliklarda,

tuproqda, suvda, hayvonlarda yoki ularning qoldiqlarida hayot kechiradi. Oziqlanish usuliga

qarab parazit va saprofitga boʻlinadi. Ularning odamlar va hayvonlar uchun zararli va foydali

yuz mingdan ortiq turi uchraydi. Z. haqidagi fan mikologiya deb ataladi. Tuzilishi. Ko'pchilik

Z.ning (baʼzi hujayra ichki parazitlaridan tashqari) vegetativ tanasi mitseliy kurinishida, yaʼni

oziklanish substrati sirtiga yoki ichiga taralib, uchidan oʻsadigan ingichka ipcha — gifalardan

iborat. Koʻpayishi. vegetativ va reproduktiv (jinssiz va jinsiy) koʻpayadi. Vegetativ koʻpayish

mitseliy ipchalarining boʻlinishi yoki sklerotsiyalar bilan amalga oshadi. Bu boʻlakchalar har xil

yoʻl bilan tarqalib, qulay sharoitga tushganda yangi mitseliysi hosil boʻladi. Jinssiz koʻpayish

mitseliyning maxsus shoxchalarida xreil boʻladigan sporalar orqali roʻy beradi. Sporalar hosil

boʻlishiga qarab endogen va ekzogen buladi. Endogen sporalar odatda gifa (sporangiy yoki

zoosporangiy)ning sharsimon uchlarida kup miqdorda rivojlanadi. Ekzogen sporalar

(konidiyalar) mitseliyning maxsus shoxlarida yakka, guruh bulib, kupincha zanjirsimon

rivojlanadi. Jinsiy koʻpayish ikkita har xil jinsiy hujayraning qoʻshilishidan hosil boʻladigan

zigotalar orqali roʻy beradi. hamma joyda keng tarqalgan. Aksari Z.ning tabiatda umri kiska.

Ularning mitseliysi bir necha sutkada rivojlanib, spora hosil qilgach, oʻsishdan toʻxtab, nobud

boʻladi. Mitseliysi koʻp yil yashaydigan 3. ham bor. Jumladan, patogen va parazit 3. mitseliysi

bir necha yillab yashaydi. Shuningdek, sklerotsiylari va turlituman sporalari bilan uzoq

vaqggacha saqlanadigan 3. ham boʻladi. Koʻp sporalar quruq holatda hayotchanligini oʻn

yillab saklashi mumkin. Muhim fiziologik xususiyatlari. 3. rivojlanishi uchun kislorod zarur

boʻlib, aerob organizm hisoblanadi. Lekin ayrim 3., mas, achitqi 3. iga ozgina kislorod ham

yetarli. Koʻp 3. turli xil (spirtli, limonli) achitish xususiyatiga ega. 3. 20—25° da yaxshi oʻsadi,

baʼzilari 2—4° da ham oʻsaveradi. Z.ning oʻsishi uchun yorugʻlik zarur emas, lekin quyosh nuri

ularning oʻsishi va spora hosil qilishiga salbiy taʼsir etadi. Tabiat va inson hayotidagi

ahamiyati. Tuproqda yashaydigan 3. oʻsimlik qoldiqlari (jumladan qiyin parchalanadigan

sellyuloza va lignin)ni yemiradi va minerallashtiradi. Yogʻochlarni, asosan, poʻkak 3. yemiradi.



Koʻpchilik 3. oʻsimliklarda turli kasalliklarni qoʻzgʻatadi. Odamlardagi qator kasalliklar: kal,

qirma temiratki va boshqalarni 3. qoʻzgʻatadi. Foydali 3. ham koʻp. Penicullium va Aspergillus

turkumiga mansub Z.dan vitaminlar, antibiotiklar, limon kislota va steroid preparatlar olishda

foydalaniladi. Achitqi 3. vino, non, pivo tayyorlashda ishlatiladi. Z.dan koʻnchilik,

toʻqimachilikda va sanoatning b. tarmoqlarida qoʻllaniladigan turli xil fermentlar olinadi.

Dunyoning koʻpgina mamlakatlarida 3. ovqatga ishlatiladi; isteʼmol qilinadigan Z.ning turi 100

dan ortadi. Bulardan kuplari qimmatli boʻlib, tarkibida oqsil moddalari, vitaminlar va

fermentlar bor. 3., asosan, konservalab (quritib, tuzlab, ziralab) isteʼmol qilinadi. 3. tasnifi: I

sinf — tuban zamburugʻlar yoki fikomitsetlar (Phycomycetes); II sinf — xaltali zamburugʻlar

yoki aksotsimetlar (Ascomycetes); III sinf — bazidiomitsetlar (Basidiomycetes); IV sinf —

takomillashmagan zamburugʻlar (Deuteromycetes yoki Fungi imperfecti). 3. oʻsimlik, hayvon

va odamlarda kasallik qoʻzgʻatish xususiyatiga ega, oziqovqat mahsulotlarini buzadi.

Gʻoʻzada vilt va chirish kasalliklarini paydo qiladi (yana q. 

Zamburugʻli kasalliklar

). Baʼzi 3.

hasharotlar sonini hamda kasallik tugʻdiruvchi (patogen) 3. rivojini susaytirishda ijobiy

ahamiyatga ega. Vertitsillyoz soʻlishni qoʻzgʻatuvchi 3. kushandasi (3. — antagonist)ga

Trichoderma Iignoram Hars., Aspergilius sp., Penicillim sp. va b. kiradi.

3. tuprokda bakteriyalar, aktinomitsetlar va mikroorganizmlar bilan birgalikda organik

moddalarni parchalab, sanitarlik vazifasini bajaradi va tabiatda moddalar aylanishida ishtirok

etadi. Shu bilan birga tuprokda usimlik kasalliklarini qoʻzgʻatuvchi 3. toʻplanib ham qoladi.



Monokultura natijasida oʻsimliklarning maʼlum turlarigagina ixtisoslashgan 3. yigʻiladi.

Aspergilius, Penicillium, Mucor, Trichothecium, Rhizopus va b. turkumga mansub baʼzi tur 3.

urugʻlik materialning mogʻorlashiga sabab boʻlib, ularning unuvchanligini pasaytiradi.

Koʻpgina mogʻor 3. xom ashyoni saklash davrida paxta tolasi sifatini buzadi. Baʼzi turlari

isteʼmol qilinadi (jumladan, qoʻziqorin). Z.ning fermentativ, antibiotik, toksik va parazit lik

xususiyatlaridan veterinariyada hamda oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya

qilishda, shuningdek, yengil sanoatda, oziqovqat va farmatsevtika sanoatida foydalaniladi.

[1]


1. 

OʻzME

. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

 

Ko‘proq o‘rganish



Ushbu maqolada 

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

 (2000-2005)

maʼlumotlaridan foydalanilgan.

 

 



Ushbu maqola 

chaladir

. Siz uni 

boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Zambur

ug%CA%BBlar&action=edit)

 

Vikipediyaga

 yordam berishingiz mumkin. 

Bu andozani 

aniqrogʻiga

 almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Zamburug lar&oldid=2351033

" dan olindi 

Manbalar



 

Soʻnggi tahrir 2 oylar avval 185.163.27.82 tomonidan amalga oshirildi  

Download 159,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish