Yuridik yordam ko`rsatishni tashkil qilish



Download 9,87 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi9,87 Kb.
#343686
Bog'liq
YuRIDIK YoRDAM KO`RSATIShNI TAShKIL QILISh


YuRIDIK YoRDAM KO`RSATIShNI TAShKIL QILISh

1. Advokatura tushunchasi, uning vazifalari va advokatlik faoliyatining turlari

Inson va fuqaroning huquq va erkinliklari malakali ravishda himoya qilingandagina to`la ravishda amalga oshirilishi mumkin. Buning uchun qonun hujjatlarini faqat o`qiy bilishgina emas, balki ularni tushuna bilish ham, shuningdek, yuzaga kelgan muammoni hal qilish uchun kerak bo`lgan aktni topish bo`yicha mahorat, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishni yuritish bo`yicha tajriba hamda shunga o`xshashlar talab etiladi. Boshqacha aytganda, samarali yordamni ta`minlash uchun yuridik ma`lumotga ega bo`lgan mutaxassis kerak. Bunday mutaxassis esa advokatdir.

"Advokat" so`zi lotin tilidan olingan bo`lib, ikki ma`noga ega: a)sud ishlari bo`yicha ishonchli vakil, sudda himoyachi; b) biror shaxsni yoki biror narsani yozma yoki oQzaki ravishda himoya qiladigan shaxs. Rus so`zlashuv tilida ham bu so`z ikki ma`noni bildiradi. Birinchidan, advokat deganda, sudda boshqa shaxslarni himoya qilish uchun ish yuritishdan iborat faoliyat, kasb tushunilsa, ikkinchidan, oldin mazkur kasbga o`zini baQishlagan shaxslarning katta guruhi, ya`ni advokatlar tabaqasining o`zi ham advokatura deb atalgan.

Sud hokimiyati sud jarayonida taraflar o`zlarining protsessual huquq va majburiyatlarini to`la anglagan holda ishtirok etishlaridan manfaatdordir. Shu munosabat bilan advokatura instituti taraflarning manfaatlarini himoya qilish uchungina ulkan ahamiyatga ega bo`lib qolmay, balki odil sudlovni tegishlicha amalga oshirish uchun zarur bo`lgan umumiy vazifalarni bajarish uchun ham zarurdir.

Biroq, advokaturaga nisbatan munosabat har doim ham ijobiy bo`lmagan. Advokaturaga nisbatan salbiy munosabatning yuzaga kelishiga qisman advokaturaning o`zining etarlicha mukammal bo`lmaganligi, qisman jamiyatning sud shakllariga odatlanmaganligi sabab bo`lgan. Masalan, Germaniyada Buyuk Fridrix advokatlarni "zuluklar va xavfli ilonlar" deb atab, 1780 yilda advokaturani butunlay yo`q qilishga farmon bergan edi. Mazkur farmon 1878 yil 3 iyuldagina o`z kuchini yo`qotgan va advokatura tiklangan edi. Napoleon esa Kambaseresga: "O`zining tilidan hukumatga qarshi foydalangan advokatning tilini kesib tashlash imkoniyati bo`lishini xohlar edim", - deb yozadi. Ammo ozod mamlakatlarda advokatura doimo yuqori maqomga ega bo`lib kelgan.1 Sekin-asta advokaturaga bo`lgan salbiy munosabat advokaturaning zimmasidagi ulkan ahamiyatga ega bo`lgan ijtimoiy vazifani anglab etish hamda uning naqadar zarurligiga ishonch bilan o`rin almashdi.

Advokatura ko`p asrlar muqaddam yuzaga kelgan bo`lib, eng ko`hna protsessual institutlardan hisoblanadi. Sudda taraflarga vakillik qilish G`oyasi sekinlik bilan davom etgan tarixiy jarayon natijasida rivojlandi. XIX asrda advokatura deganda, tor ma`noda huquqni yoqlash (tarafdorlik) tushunilsa, keng ma`noda — huquqni yoqlash (tarafdorlik) va sudda vakillik qilishning birligi tushunilgan. Huquqni yoqlash (tarafdorlik) deganda qonunlarni o`rganish bilan maxsus shuQullanuvchi odamlarning yuridik yordamga muhtoj odamlarga ko`rsatadigan shunday yordamlarini tushunish lozim.

Sudda vakillik qilish — sud jarayonida bir shaxsning ikkinchi shaxsga o`z vakolatlarini berishi, bunda vakilning suddagi faoliyatidan kelib chiquvchi barcha oqibatlar bevosita manfaati vakil tomonidan himoya qilinayotgan shaxsga tegishli bo`ladi.2 Huquqni yoqlash (tarafdorlik) va sudda vakillik qilish turlicha talablar natijasida yuzaga kelgan bo`lib, ularning faoliyat doirasi ham turlicha edi. evropaning ko`p mamlakatlarida advokatura va sudda vakillik qilish ikkita institut sifatida mustaqil rivojlangan. Farbiy evropada huquqni yoqlovchilar advokat nomini olganlar.

2. O`zbekistonda advokaturaning rivojlanish bosqichlari

Revolyutsiyagacha Turkistonda chor sudlarida jinoyat va fuqarolik ishlarini ko`rishda, Rossiyaning boshqa o`lkalaridagi kabi, advokatlar — hakam vakolat berilganlar va ularning yordamchilari ishtirok etganlar. 25 yoshga to`lgan, sud idorasida chinovnik sifatida yoki prisyajniy vakolat berilganlarning yordamchisi sifatida 5 yillik sud amaliyotiga ega bo`lgan shaxslargina advokat bo`la olgan. O`akam vakolat berilganlarning ayrim kengashlarida nomzod-larning amaliy tayyorgarligini tekshirish maqsadida ular imtihondan o`tkazilgan. O`akam vakolat berilganlarning yordamchisi bu — yuridik ma`lumotga ega bo`lgan, biroq hech qaerda xizmat qilmagan shaxsdir.

Rossiyada professional advokaturaning vujudga kelishi 1864 yilda o`tkazilgan sud islohoti bilan bog`liqdir. Sud ustavlarida qonun yo`li bilan mustahkamlanib qo`yilgach, advokatura Rossiyaning yangi yuridik muassasasiga aylandi. Reformagacha bo`lgan davrda asrlar davomida advokatlik vazifasini xususiy shaxslar — ish bo`yicha stryapchiylar yoki xodataylar bajarib kelganlar. Ularning vazifalari qonun yo`li bilan tartibga solinmagan, ularga (maxsus ma`lumotning mavjudligi va shu kabi) talablar qo`yilmagan. Odatda, ularning vazifasiga ayrim hujjatlarni (qoQozlarni) rasmiylashtirish, ularni taqdim qilish va shu kabilar kirgan. O`atto, 1832 yilda prisyajniy stryapchiylar institutining ta`sis etilishi ham ularning faoliyati tabaqaviy xususiyatga ega bo`lganligi bois, Rossiyaning yangi ijtimoiy qatlamlariga sudda va boshqa muassasalarda o`z manfaatlarini himoya qilishni kafolatlay olmas edi.

1864 yildagi sud ustavlariga ko`ra, advokatlar ikki kategoriyaga bo`linar edi — prisyajniy vakolat berilganlar va xususiy vakolat berilganlar. Prisyajniy vakolat berilganlar (yoki qasamyod qabul qilgan vakolat berilganlar) alohida korporatsiyaga - prisyajniy vakolat berilganlar tabaqasiga birlashganlar, bu tabaqa ichki o`z-o`zini boshqaruvga asoslangan bo`lib, bu boshqaruv saylanadigan organlar ko`rinishida bo`lib, bu organlarning faoliyati ustidan sud organlari va adliya organlarining nazorati o`rnatilgan. Turkiston o`lkasida, Buxoro amirligida va Xiva xonligida esa qozilar va biylarning shariat (musulmon huquqi) va odatga asoslangan feodal sudlari jinoyat va fuqarolik ishlarini advokat ishtirokisiz ko`rib hal qilar edilar.

Mahalliy aholining aksariyati Qur`on oyatlarini erkin sharhlashdan kelib chiqqan, murakkab va chigal tizimga ega bo`lgan shariatning va ko`pincha o`zaro zid va aniq shaklga ega bo`lmagan odatning yozilmagan me`yorlarining ikir-chikirlarini mustaqil tushunib etmas edi. Bunday sharoitda qozilar va biylarning sudiga tortilgan yoki o`z tashabbusi bilan murojaat qilgan shaxslar muftilar, fikhshunos mirzalarning yordamiga muhtojlik sezar edilar. Muftilar va fikhshunos mirzalar jamoat joylarida, bozorlarda, choyxonalar va qozixonalar atrofida joylashib, xususiy amaliyot bilan shuQullanar edilar.

3. Advokatlik faoliyatining tashkiliy shakllari

O`zR "Advokatura to`g`risida"gi Qonunining 4-moddasiga muvofiq, advokatlik faoliyati bilan shuQullanish huquqini beruvchi litsenziyani belgilangan tartibda olgan shaxs advokatlik faoliyati bilan o`z advokatlik byurosini ochib, yakka tartibda faoliyat ko`rsatishga yoxud ixtiyoriylik asosida boshqa advokatlar (sheriklar) bilan hay`atlar va firmalar tuzishga haqlidir. Advokatlik byurolari, hay`atlari va firmalarini, shuningdek, advokatlik birlashmalarini ro`yxatdan o`tkazish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 13 martdagi 139-Qarori bilan belgilangan tartibda Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Advokatlar byurolari, hay`atlari va firmalarini tuzish, ularning tuzilishi, shtatlari, vazifalari, mablaQlarni sarflash tartibi, rahbar organlarning vakolatlari, ularni saylash tartibi hamda advokatlar byurolari, hay`atlari va firmalarining faoliyatiga doir boshqa masalalar ularning ustavlari (nizomlari) bilan tartibga solib turiladi. Shunday qilib, advokatlik faoliyatining tashkiliy shakllariga advokatlar byurolari, hay`atlari va firmalari kiradi.

Advokatlar hay`atlari va ularni tashkil qilish. Advokatlar hay`atlari - bu advokatlik faoliyati bilan shuQullanuvchi shaxslarning ixtiyoriy birlashmalaridir. Ular oliy yuridik ma`lumotga ega bo`lgan shaxslardan tarkib topgan ta`sischilar (muassis) guruhining arizasiga binoan ixtiyoriylik asosida tashkil etiladi. Advokaturani tashkil qilishning ixtiyoriyligi printsipi advokatlik faoliyatining jamoa shakli bilan chambarchas bog`liqdir. Shu sababli advokatlar hay`ati birlashma deb hisoblanishi bejiz emas, chunki advokatlik faoliyatining tarixan tarkib topgan jamoa shakli qulayroq va xalqchilroqdir.

Advokatlar hay`ati organlariga quyidagilar kiradi: umumiy yiQilish (konferentsiya), advokatlar hay`ati rayosati, taftish komissiyasi. Shuningdek, yuridik maslahatxonalar ham tashkiliy vazifalarni bajaradi. Advokatlar hay`ati a`zolarining umumiy yiQilishi uning oliy organi hisoblanadi.



Umumiy yiQilish hay`at a`zolarining kamida 50% ishtirok etganida vakolatli hisoblanadi. Advokatlar hay`ati a`zolarining konferentsiyasi advokatlar hay`ati rayosati belgilagan vakolat me`yorlaridan kelib chiqqan holda chaqiriladi va unda yuridik maslahatxonalardan saylangan delegatlarning 50% qatnashganida vakolatli hisoblanadi. Umumiy yiQilishda (konferentsiyada) ko`rilayotgan masalalar ovoz berishda ishtirok etayotgan advokatlarning ko`pchilik ovozi bilan hal etiladi. Umumiy yiQilish (konferentsiya) keng vakolatlarga ega bo`lib, advokatlar hay`ati faoliyatiga tegishli bo`lgan har qanday masalani hal qilishi mumkin. U advokatlar hay`ati faoliyatini nazorat qilish va doimiy rahbarlik uchun rayosatni va taftish komissiyasini saylaydi. Bu organlar saylanib bo`lingach, umumiy yiQilish ularning ustidan nazoratni amalga oshirishga haqli bo`ladi. Shu maqsadda umumiy yiQilish rayosat va taftish komissiyasining faoliyati to`g`risidagi hisobotlarini tinglaydi va tasdiqlaydi
Download 9,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish