Yozuvlar haqida umumiy ma`lumot. Yozuv turlari. O`zbek yozuvi tarixidan ma’lumot



Download 45,68 Kb.
bet1/9
Sana21.07.2022
Hajmi45,68 Kb.
#833321
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-maruza


4-Mavzu:Yozuvlar tarixidan ma’lumot.Yozuv turlari. O’zbek yozuvi tarixi.
Reja:

  1. Yozuvlar haqida umumiy ma`lumot.

  2. Yozuv turlari.

  3. O`zbek yozuvi tarixidan ma’lumot

  4. Yozuvning gigiyenik talablari.

  5. Yozuv qurollari va uning turlari.

  6. Sharikli va peroli avtoruchkalar bilan yozish malakasini shakllantirish

  7. O’quv qurollari bilan ishlashning gigiyenik talablari.


Tayanch so`z va iboralar: Tayanch iboralar: yozuv, til va yozuv, piktografik yozuv, ideografik yozub, fonografik yozuv, frazeogramma, yozuv qurollari, materiallari,daftarni yuritishga talablar, sharikli ruchka, siyohli ruchka,borushlash, gigiyenik talab, yozuv turlari, daftar turlari, bir chiziqli daftar, ikki chiziqli daftar, 65 gradus qiyalik, parta qiyaligi, parta turlari, bosma va yozma shakl, yozuv talablari
I.YOZUVLAR HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT.
Yozuv – biror tilda qabul qilingan maxsus belgilar yig`indisi.Yozuv 5-6 ming yil avval Misr,Mesopotamiya, Hindiston va Xitoyda kashf etilgan.
Shumerda (Mesopotamiya) mil.avv. IV – ming yillikda mixsimon ieroglif yozuvi kashf qilingan. Shumer yozuvlari suratli yozuvlar bo`lib, aytmoqchi bo`lgan fikr surat shaklida aks ettirilgan.Lekin suratli so`zlar bilan ko`p narsani ifoda etib bo`lmagan va bu soddalashtirilib, ponasimon mixxat yozuvi kashf etilgan. Mixxat belgili yozuvlar 600 dan ortiq bo`lgan.Bu yozuv 3 ming yillikda Shumerda ixtiro qilingan. Mesopotamiyaning Ur,Bobil,Ashur kabi shaharlarida kutubxonalar mavjud bo`lgan. Mixxat yozuvi Old Osiyoga, keyinchalik Evropa davlatlariga keng tarqalgan.
Misrda bundan 6-7 ming yil avval 750 belgidan iborat – rasmli ieroglif kashf etilgan. Misr yozuvida narsa va xodisalar turli xil rasm va belgilar bilan ifoda etilgan bo`lib, zamonlar o`tishi bilan bu belgilar Alifbo belgilariga aylangan. Qadimgi podsholik (m.a.2800-2250 y.y.) davrida 24 ta tovushni bildiradigan alifbo paydo bo`lgan.1822 – yil Jak Fransua Shampalon Rozetta shahri yaqinida toshga o`yilgan bir xil mazmundagi Misr va Yunon yozuvlarini o`qishga muvaffaq bo`lgan (Rozetta tosh hozirgi kunda Londondagi “Britaniya” muzeyida saqlanadi). Misrliklar yozuvi o`ngdan chapga qarab yozilgan,Shumerliklar yozuvi esa chapdan o`ngga qarab yozilgan.
Hind yozuvi – mil.avv. 3 – 2 ming yillikda 700 ga yaqin belgi – rasmdan iborat yozuv bo`lgan. Xind va Panjob viloyatlarida 700 belgidan iborat alifbo topilib, olimlarning fikricha bu yozuvlar Shumer va Misr yozuvlari asosida vujudga kelganligi aniqlangan. Xindlar birinchi bo`lib er.avv.3-2 ming yillikda hisob soniga «0» raqamini kiritgan. Hind yozuvi taxminan 400 yoki 250 – 300 belgi – rasmdan iborat bo`lgan, Shumer va Xett yozuviga o`xshatiladi. Mil.avv. V asrdan boshlab braxmi , kxaroshtxi , aramey , gupta yozuvidan foydalanganlar.
Xitoy yozuvi – bundan 3,5 – 4 ming yil avval kashf etilgan , Xitoy ieroglifi dastlab Shan In davrida mil.avv. 2 – ming yillikda kashf etilgan , shunda yozuvlarning turi 2 mingga yaqin bo`lgan. Xan davrida ierogliflar soni 18 mingtaga yetgan.Hozirgacha qisman o`zgarishsiz saqlangan. Dastlab, Xitoyliklar suyak , yog`och , cho`p , teri va bambuk daraxtidan tayyorlangan taxtachalarga yozishgan , V asrdan boshlab ipak shoyi parchasiga yozganlar.
Krit – Mikenda mil.avv. 3 – 2 ming yilliklarda – chiziqli yozuv mavjud bo`lgan, “A” va “B” chiziqli xatga ega bo`lgan. Bu yozuvni 1953 yilda ingliz olimlari Ventris va Chadvik “B” chiziqli Krit yozuvlarini o`qishga muvaffaq bo`lgan.
Etrusk,Osk,Lotin yozuvlari mil.avv. VIII – VII asrlarda yaratilgan.
Finikiyada mil.avv.IX asr oxiri VIII asr (X asr) boshlarida 25 ta belgidan iborat yozuv kashf etildi. Yozuv isloh qilinib, 22 ta belgiga tushirildi.Bu Finikiya yozuvi deb ataldi. Er.avv.2 ming yillik oxirlarida Suriyada 29 belgidan iborat, Finikiyada esa 22 harfdan iborat alifbo kashf etilgan, dunyo alifbolari asosan Finikiya alifbosidan kelib chiqqan.Finikiya alifbosi asosida Oromiy yozuvi, Eron Ahamoniylari yozuvi va Parfiya yozuvi G`arbiy Osiyoda kelib chiqqan.

Download 45,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish