1917-1990 yillar davri fani mamlakatimiz tarixida o’z o’rni bor. Arxeologiya fanining boshqa fanlar singari bir qator yutuqlarni qo’lga kiritganligini inkor qilib bo’lmaydi, albatta. O’rta Osiyo arxeologiyasi sho’ro hukmronligi yillarida ma’lum muvoffaqiyatlarga erishdi, albatta. Ammo, etmish yildan ortiq daar mobaynida biz yosh avlodga o’tmishimiz tarixini o’rganishda juda ko’p chalkashlik va xatoliklarga yo’l qo’ydik. Jumladan, asrlar davomida ajdodlarimiz yaratgan madaniyat tariximiz «buyuk og’alar», qolaversa turli bosqinchi va kelgindi xalqlarning bevosita ta’siri ostida rivojlanganligini «e’tirof» qilib, tariximiz g’uborli va yuzaki bitildi. Xalqimiz yaratgan asl tariximiz, madaniyatimiz ildizlari adolatli ochib berilmasdan kelindi. Shunga qaramasdan, 1919 yilda hamma uchun «umumiy» bo’lgan mamlakatda moddiy madaniyat tarixi Akademiyasining ta’sis qilinishi bir qator ijobiy rol o’ynadi. Arxeologiya fani endilikda mehnatkash xalqqa xizmat qilishi rejalashtirildi. Arxeologiya tadqiqotlarning yangi tekshirish tamoillari ishlab chiqildi.
Yuqorida nomi zikr etilgai akademiya barcha arxeologik ishlarni tashkil etish va rahbarlik qilish vazifasini bajarishi lozim edi. Barcha arxeologik, san’at, madaniyat va me’morchilik qurilish yodgordiklarini hisobga olish, ularni himoyalash borasida ma’lum ishlar bajarildi. Sobiq jo’rolar hokimiyati yillarida arxeologik yodgorliklarni o’rganish va muhofaza qilish sohalarda ham aytarli ishlar qilindi. Arxeologik ishlarni olib borish uchun olimlarga ma’lum imkoniyatlar yaratildi. Shuningdek, barcha ilmiy muassasalar, tashabbuskor olimlar Akademiya atrofiga jipslashtirildi. O’rta Osiyoda ham arxeologiyaga bo’lgan ishtiyoq tobora kuchaya bordi va uni o’rganishga bir qadar imkoniyatlar vujudga keldi.
O’lkashunoslik harakati O’rta Osiyo arxeologiya fanining tashkil qilinishi va rivojlantirishda o’z vaqtida ma’lum rol o’ynadi. Arxeologik tadqiqot ishlarga, muzeylar, oliy o’quv yurtlari va yangi tashkil etilgan ilmiy jamiyatlar safarbar qilindi. Rossiya Akademiyasi bilan bir vaqtda mahalliy o’lkalarda mustaqil yangi ilmiy muassasalar tashkil qilina boshlandi, ular ham o’z navbatida bir qator tashkiliy va ilmiy ishlarni bajarishga kirishdilar. Jumladan, 1920 yilning 27 noyabrida Toshkentda muzeylar, qadimgi yodgorliklarni asrash, san’at va tabiatni muhofaza qilish Turkiston Komitetining tashkil qilinishi (Turkkomstaris) O’rta Osiyo arxeologiyasining shakllanishi va rivojlanishida muhim omillardan bo’ldi. Bu komitetga yodgordiklarni saqlash, muqofaza qilish va ta’mirlash vazifalari yuklangan edi.
Keyinchalik uning tarkibida fanning turli sohalari bo’yicha shu’balar, jumladan, arxeologiya shu’basi ham tashkil qilindi. Kelajakda bajarilinadigan ilmiy ishlarning ko’lami belgilandi. Yodgorliklarni qazish ishlari yangi usullari ishlab chiqildi. Bu usullar tarix sahifalarini odilona o’rganishga qaratilgan bo’lib, aslda bu sohadagi ishlarda jiddiy kamchiliklar bor edi. 1917 yilga qadargi bajarilgan arxeologik ishlarning ko’lami va ahamiyati ko’rsatilib, uning O’rta Osiyo arxeologiyasining shakllanishidagi o’rni ta’kidlanishi kerak edi. Ammo, bu ilmiy uslubiy kamchiliklarning o’z davriga xos xususiyatlaridan edi. O’rta Osiyo arxeologiya fanining shakllanishida progressiv rus sharqshunoslarining tajriba va ilmiy faoliyatlari o’z zamonida ma’lum ijobiy rol o’ynadi.
Arxeologik yodgorliklarni o’rganishning yangi uslublari ishlab chiqildi. Bu uslublar avvalgi havaskor o’lkashunoslarning uslublaridan tubdan farq qilib, qazish tekshirni ishlarini keng ko’lamda, rejali asosda olib borish, har bir topilmaga ilmiy yondashish, asoslash kabi usullar kiritilindi. Xullas, faqat yaxshi, chiroyli buyumlarni yig’ib olish, ya’ni buyumshunoslik singari eski uslubiyatlardan voz kechish, har bir topilmani esa tarixni «so’zlab» berishga xizmat qildirish kabi tamoillar ishlab chiqildi.
Ma’lumki, O’rta Osiyoda tarixchiligimiz rivoj topganga qadar, birinchidan, tarixni ishlab chiqarish usullariga ko’ra davrlarga bo’lish yo’q edi. Ikkinchidan, aholi O’rta Osiyoga Eron va Shimoliy Hindiston hududlaridan kirib kelgan, deb taxmin qilinar edi. O’rta Osiyoda quldorlik davri ham guyo bo’lmagan, umuman «Eng qadimgi zamonlardan tortib, so’nggi Buxoro amirlari zamonigacha» O’rta Osiyo xalqlarining hayotida o’zgarish bo’lmagani kabi tuhmat fikrlar aytilinib kelinar edi. Ammo, bu kabi tarixni xaspo’shlovchi ta’limotlarga katta arxeologik manbalar asosida xotima berildi.
Asrimizning 30-yillariga kelib, tarixni haqqoniy davrlashtirish masalasi arxeologlar oldidagi muhim vazifalardan biri bo’lib turar edi. Shu maqsadda keng ko’lamda arxeologik tekshiruv ishlarini olib borish taqoza qilinar edi. Bu borada O’rta Osiyo arxeolog olimlari, xususan, A.Yu.Yakubovskiy, G.V.Grigorev, S.P.Tolstov, M.E.Masson, Ya.G’.G’ulomov, V.A.Shishkinlar katta tadqiqot ishlarli amalga oshirdilar. Ular, dastlab O’rta Osiyoning bir necha tumanlarida jiddiy arxeologik qidiruv ishlari olib bordilar. Aytish o’rinliki, o’sha yillari Sankt-Peterburg, Moskva olimlarining maxalliy arxeologlar bilan hamkorlikda bajargan ishlari yaxshi ilmiy samara berdi. Bu ilmiy ishlarning hammasi O’rta Osiyo xalqlarining boshqa xalqlar singari ibtidoiy davrlardan buyon mustaqil tarix yaratib kelayotgan va mustaqil ma’naviy, madaniy an’analarga ega bo’lgan xalqlar ekanini asoslab berishga qaratilgan ishlar edi.
20-30 yillarda O’rta Osiyoning katta xududlarida qator muhim arxeologik tadqiqot ishlari olib borildi. Jumladan, Turkmaniston madaniyat instituti qoshida tashkil qilingan arxeologik sektsiya tomonidan uyushtirilgan ekspeditsiya Janubiy Turkmanistonda, Katta Balxan tumanlarida dastlabki qidiruv ishlarini boshlab yubordi. Xususan, A.A.Marushenko va S.E.Ershovlar Kaspiy bo’ylaridan to Amudaryogacha bo’lgan hududlarda tekshiruv ishlari olib bordilar va ko’ngina ibtidoiy davr yodgorliklarini hisobga oldilar. E.M.Masson raqbarligidagi Termez arxeologiya ekspeditsiyasi Surxondaryo viloyatining bir necha joylaridan turli davrlarga, ayniqsa, tosh asri makonlarini topishga erishdilar. A.N.Bernshtam rahbarligida uyushtirilgan Ettisuv eksneditsiyasi ham ko’pgina arxeologik yangiliklarni qo’lga kiritdi.
O’rta Osiyo qadimgi tarixini, xususan, ibtidoiy davr arxeologiyasini o’rganishda S.P.Tolstov va keyinchalik uning shogirdlari Ya.G’.G’ulomov, A.V.Vinogradov singari olimlarning bajargan tadqiqotlari samarali bo’ldi. Jumladan, Xorazm arxeologik, etnografik kompleks eksleditsiyasi katta kashfiyotlar qilib, O’rta Osiyo xalqlarining jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotidagi munosib o’rnini oydinlashtirib berdi.
Katta Farg’ona kanali qurilishi munosabati bilan tashkil qilingan E.M.Masson rahbarligidagi zkspeditsiya, hamda V.A.Shishkin rahbariligidagi Quyi Zarafshon ekspeditsiyalarining ish samaralari aytarli edi. Bu ekspeditsiyalar ibtidoiy, qadimgi va O’rta asrlar tarixini ifodalab beruvchi boy manbalarni qo’lga kiritishga erishildi.
1939 yildan boshlab arxeolog ilmiy kadrlarni aspirantura orqali tayyorlash boshlandi. Shu yilning o’zida 26 ta ilmiy tadqiqot institutlari tashkil qilingan edi. 1940 yilda O’zbekistonda Fanlar Akademiyasining bo’limi ochildi. Bunday bo’limlar boshqa qardosh respublikalarida ham tashkil qilingan edi. Keyinchalik, shu asosda O’rta Osiyo respublikalari fanlar akademiyalari vujudga keldi. Fanlar akademiyalari qoshida ochilgan tarix institutlari tarkibida arxeologiya bo’limlari tashkil topdilar. 1940 yilda O’zbekiston Milliy Universiteti tarix fakulteti qoshida arxeologiya kafedrasi tashkil qilinib, kadrlar tayyorlash borasida bu markaz muhim rol o’ynadi. Ko’pgina muzeylar arxeologiya ishlariga jalb qilindi. Turli ilmiy markazlarda ishlovchi olimlarning hamkorlik ishlari yo’lga qo’yildi. Jumladan, Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Kiev singari ilmiy markazlardan olimlar O’rta Osiyoga kelib ishlab ketadigan bo’ldilar. Arxeolog olimlarning o’zaro hamkorligi yaxshi samara beraboshladi. Taklif qilingan olimlar yirik ekspeditsiyalar tarkiblarida ishtirok qilishib, fan yutuqlaridan bahramand bo’lish ishlari yo’lga qo’yildi. Bu kabi tadbirlar arxeologik dala qidiruv ishlarini ancha jonlantirdi, ilmiy, uslubiy tajribalar orta bordi. Masalan, 40-yillarning boshlariga kelib, yangi qurilish joylarda 8 ta arxeologik kuzatuv eksneditsiyalari faoliyat ko’rsatdi. Xullas, bu eksneditsiyalar ishlari yaxshi natijalar berdi. Xususan, O’rta Osiyo xalqlarining ilk davr tarixidan O’rta asrlargacha bo’lgan tarixiy jarayonni ifodalab beruvchi boy manbalar qo’lga kiritilindi. Bu vaqtga kelib, ilmiy ekspeditsiyalarning diqqat e’tibori ibtidoiy tarixni o’rganish, O’rta Osiyo xalqlarining madaniyat tarixini davrlashtirish, xronologiyasini belgilash va etnogenez kabi muammolarga qaratildi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida garchi yirik arxeologik ekspeditsiyalar deyarli to’xtab qolgan bo’lsada, ammo, Urush ortida faoliyat ko’rsattan olimlar ma’lum tadqiqot ishlarini bajardilar. Aslida, Urushdan keyingi davrda o’z dala tadqiqot ishlari bilan O’rta Osiyoning deyarli barcha vohalarini qamrab olgan bir necha yirik ekspeditsiyalar tashkil qilindi. Masalan, 1945 yildan boshlab Xorazm arxeologik - etnotrafik kompleks eksneditsiyasi yana qayta ishga tushdi. Shu yildan e’tiboran Janubiy Turkmaniston arxeologik ekspeditsiyasi va uning A.P.Okladnikov rahbarligidagi IX-otryadi muhim tadqiqot ishlarni bajardi, qidiruv ishlarining ko’lami bir muncha kengaytirildi.
1946 yilda so’g’d-tojik ekspeditsiyasi keng ko’lamda ish boshladi. 1946-1949 va 1950-1952 yillarda A.N.Bernshtam rahbarligida Pomir-Oloy va Pomir-Farg’ona ekspeditsiyalari Farg’ona vohasi arxeologiyasini o’rgandi. Bu ekspeditsiya ishlarida O’zbekiston va Qirg’iziston olimlari faol ishtirok etishdilar va xalqlar tarixiga doir serob yangi manbalarni qo’lga kiritishga erishildi.
1947 yildan boshlab Samarqand Davlat Universiteti arxeologiya otryadi ish boshladi va Omonquton, Takalisoy, kabi Paleolit makonlarini o’rgandi.
Ya.G’.G’ulomov va V.A.Shishkinlar rahbarligida O’zbekiston Fanlar Akademiyasining eksneditsiyasi faol ish olib bordi. Bu eksneditsiyaning ko’p sonli otryadlari Surxondaryo, Samarqand, Buxoro va Toshkent vohalarida hamda Farg’ona vodiysida katta arxeologik tadqiqotlazr o’tkazdi.
Xullas, keng ko’lamda bajarilgan arxeologik tekshirishlar tufayli O’rta Osiyoning qadimgi madaniyat markazlaridan biri ekanligi isbotlandi. O’rta Osiyo xalqlari tarixining turli bosqichlariga, jumladan, ibtidoiy davrga oid juda nodir moddiy madaniyat yodgorliklari topilib, tekshirildi. Arxeologik yodgorliklarni muntazam ravishda o’rganish, ularning davrini aniqlab olish imkonini beribgina qolmay, balki O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy tarixi bilan bog’liq bo’lgan juda ko’p masalalarni echib berdi. Bu fakt va ma’lumotlar O’rta Osiyo arxeologiyasining mustaqil fan darajasida shakllanishini ko’rsatuvchi omillar edi.
Takroran bo’lsa ham aytish zarurki, bu borada A.P.Okladnikov, S.P.Tolstov, V.A.Shishkin, Ya.G’.G’ulomov, M.E.Masson, V.M.Masson, D.N.Lev, V.A.Ranov, A.Asqarov, U.N.Islomov, R.X.Sulaymonov, M.Qosimov singari mahalliy arxeolog olimlarning ilmiy va tashkilotchilik ishlari o’z ijobiy samarasini berdi. Jumladan, O’rta Osiyoning ibtidoiy, qadimgi va ilk O’rta asrlar tarixining uzliksiz rivojlanishda bo’lganligini ifodalovchi boy manbalar qo’lga kiritildi. Bu masalalarni biz atroflicha yoritishni O’rta Osiyo arxeologiya fani yutuqlarini zikr qilganda batafsil tuxtalish ko’zda tutilgan.
Arxeologik tadqiqot ishlarining miqyosi birmuncha osha bordi. Ayniqsa, 1970 yilda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi qoshida maxsus arxeologiya institutining tashkil qilinishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Institut Samarqand shahrida faoliyat ko’satadigan bo’ldi. 1971 yilda esa Samarqand Davlat Universiteti tarix fakulteti qoshida arxeologiya kafedrasi tashkil qilinib, milliy kadrlar tayyorlashga kirishildi. Ayni vaqtda bu kafedra Markaziy Osiyo hududidagi yirik ilmiy markazlardan biriga aylandi. Keng miqyosdagi ilmiy tadqiqot ishlari yo’lga qo’yildi, boy manbalar qo’lga kiritildi. Arxeologiya kafedrasi qoshida tashkil qilingan arxeologiya muzeyi ilmiy ishlarni bajarish, o’quv tarbiyaviy jarayonni rivojlantirish va keng ko’lamda ma’rifat ishlarini amalga oshirishning markazi sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Arxeologik yodgorliklarni har tomonlama chuqur va muntazam o’rganish sohasida O’rta Osiyo arxeologiyasi ma’lum yutuqlarga erishdi. Jumladan, radiokarbon analizi yo’li bilan yodgorliklar ma’dan qatlamlaridan topilgan buyumlarning yoshini va tarkibini aniqlash, kuchaytirilgan mikroskoplar yordamida ibtidoiy qurol-aslohalarning turmushda qo’llanish funktsiyalarini aniqlash kabi ilmiy usdublar ishlab chiqildi va bu sohada Markaziy Osiyo arxeologlari ma’lum yutuqlarga erishdilar.
Shunday qilib, O’rta Osiyo arxeologiyasi mamlakatimiz taraqqiyoti bilan bir jarayonda pog’onama-pog’ona kamol topib bordi va jahon arxeologiya fanining etakchi sohasiga aylandi. To’g’ri, arxeologik tadqiqotlar borasida, fanning shakllanib borishi jarayonida qator kamchiliklar ham mavjud edi. Bu haqda alohida so’z yuritish lozim deb o’ylayman.
Tadqiqot ishlari uchun ma’lum mablag’ ham ajratilinadigan bo’ldi. Ammo, bu sarf xarajatlar Markazdan emas, respublikalar byudjetlaridan belgilanar edi. Shu asosda xalq xo’jaligining boshqa sohalari singari arxeologik tadqiqot ishlari ham davlat rejasiga kiritildi. Yangi qurilish ishlari bajarilishi lozim bo’lgan hududlarda arxeologik tekshirish ishlari yo’lga qo’yildi, yodgorliklarni izlab topish, o’rganish, targ’ibot qilish va asrash yuzasidan qonun-qoidalar tadbiq qilindi. Kadrlar tayyorlash borasida ham aytarli ishlar bajarildi. Shuningdek, ilmiy tadqiqot institutlari ta’sis qilindi, o’lka muzeylarining ilmiy qamrovi kengaytirildi. Universitetlarda arxeologiya fanining o’tilishi ta’minlandi, kafedralar ochildi, aspirantura orqali kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi, qator arxeologik otryadlar, kompleks eksneditsiyalar tashkillashtirildi, ilmiy tadqiqot natijalarini hisobga olish bo’yicha mavzuli to’plamlar hamda jurnallar tashkil qilindi. Arxeologiya yo’nalishida ish olib borgan olimlar eng qadimgi, qadimgi va O’rta asrlar tarixini o’rganish yuzasidan yirik kashfiyotlar qilishdilar. Jumladan, O’rta Osiyo xududi ilk paleolit davridan (mil.avv.1 mln. yillar) boshlab inson shakllangan mintaqaga kirishi haqidagi muommalar echimini topdi. O’rta Osiyoning turli vohalarida bronza davriga, xususan, sug’orma dexqonchilikka doir madaniyat majmualari kashf qilindi. Ayniqsa, bu borada Janubiy O’zbekiston, Turkmaniston erlarida bundan 4 ming yillar avval dastlabki tsivilizatsiyaning vujudga kelganligi isbotlandi. Xullaski, Markaziy Osiyo erlarida madaniyat ilk paleolit davridan boshlab barcha tarixiy taraqqiyot bosqichlarida o’zliksiz rivojlanganligi, shuningdek, ajdodlarimiz o’z davrlariga nisbatan yuksak madaniyat yaratib, insoniyat tsivilizatsiyasita munosib hissa qo’shganligi manbalar asosida isbotlandi. Bu tadqiqotlar natijalariga bag’ishlangan yuzlab monografiyalar, minglab ilmiy maqolalar e’lon qilindi. Markaziy Osiyo arxeologiyasi yutuqlari xalqaro, jahon miqyosida o’z nufuzini egalladi, xorijiy mamlakatlar tadqiqotchilar bu erda hamkordikda ilmiy ish olib borishni taklif qilishlari ham bejiz emas edi, albatta. Jahonning ko’pgina mamlakatlaridan kelgan progressiv dunyoqarashga ega bo’lgan olimlar bilan ilmiy hamkorliklar yo’lga qo’yildi.
Agar eslaydigan bo’lsak, azim Samarqand shahrining tashkil bulgan sanasiga 3 ming yil bo’lganligi haqidagi ma’lumotlar asosli tasdiqlanayotgan bir vaqtda Ovrupada bunday sanaga ega shaxarlar yo’qligi va Rossiyaning eng qadimgi shaxarlaridan keksasining sanasi milodiy IX-XI asrdan oshmasligi haqiqatdir. Ovrupada tosh asri hukm surib turgan bir vaqtda O’rta Osiyo, jumladan O’zbekistonda urbonik, ya’ni shahar madaniyati shakllangan edi. Bu haqda istibdod davri darslik va boshqa asrlarda aytishga «qo’rqishardi»lar. Xullas, ko’pgina nodir ilmiy kashfiyotlar mamlakatimiz farzandlariga ataylab tanishtirilmadi, yoyinki, aniq fikrlar bildirilmadi.
Xullas, markaziy Osiyo arxeologiyasi nufuzli fan sifatida tarix fani qoshidan munosib o’rin egallashga erishdi.
Ammo, tariximizni o’rganish yuzasidan yirik kamchililarga ham yo’l qo’yildi. Masalan, 1917 yilgacha faoliyat ko’rsatgan taniqli sharqshunos olimlar, mahalliy tarixchilarning o’lkani o’rganishga bag’ishlangan asarlari,| xizmatlari unitildi, hatto kamsitildi, ham. O’lka tarixi, milliy madaniyati bilan shug’ullangan olimlar millatchilik tamg’asiga duchor bo’ldi. Shuningdek, Artsixovskiyning «Arxeologiya asoslari» (1970) darsligida Markaziy Osiyo arxeologiyasi haqida qisqagina sharh berilishi so’ngra, Sobiq sho’rolar davrida oliy o’quv yurtlari tarix fakultetlari uchun tavsiya etilgan «SSSR tarixi» (1-tom, eng qadimgi zamonlardan 1861 yilgacha, hajmn 70,71 bosma toboq) darsligida «O’rta Osiyo va Qozog’iston» degan mavzu uchun atigi yarim varaq joy berilganligi taajubli xolatdir.
Qadriyatimiz o’z o’lkamiz tarixini o’rganish va bilishdan boshlanishi hech kimga sir emas. Ma’lumki, IX-XII asrlardayoq O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekiston shahrining eng madaniyatli o’lkalaridan biri bo’lgan. Bu davrda yashab, ijod qilgan, fanimiz va madaniyatimizni rivojiga katta hissa qo’shgan buyuk allomalarimiz haqida yuqori satirlarda ham eslagan edik.
1917-1990 yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan qator aytarli ishlarni inkor qilinmagan holda, zikr etish lozimki katta kamchiliklarga ham yo’l qo’yildi. Xususan, turli fanlarning rivojiga hissa qo’shgan ko’pgina kishilarning nomlari mutloqa unitildi. Masalan: ular, o’lkamizda asori-atiqalarni to’plash, o’rganish, qadimgi zamon yodgorliklarini asrash, targ’ibot qilish, foydali qazilmalarni izlab topish kabi ibratli talaygina ishlarni bajarganlar. Shunday odamlardan biri Xo’jandlik Mulla Sanin bo’lib, Chimkentda o’lkada dastlabki rus-tuzem maktabini ochishda faollik ko’rsatgan. «Turkiston viloyatining gazetasi»da ma’sul muxarrir bo’lgan, Turkiston muallimlar seminariyasida o’zbek va fors tillarida dars bergan. Shunday kishilardan yana biri, Sattarxon Abdug’afforov bo’lib, u 1876 yilda Peterburgda orientalistlarning Sh-halqora kongressida ma’ruza qilgan dastlabki Turkistonliklardan edi. Sattorxon, o’lkadagi tub joy aholisi orasida birichilardan bo’lib, dunviy bilimlarni tarqalishiga katta hissa qo’shgan kishi edi. So’ngra, o’zbek arxeologiyasi rivojiga katta hissa qo’shgan boy kollektsiyalar yiqqan va Davlat Ermitajiga topshirib, nomlari unitilgan Samarqandlik Mirzo Buxoriy, Mirzo Abdullolarning ham xizmatdari qayta tilga olinmadi. Bulardan tashqari, boshqa fanimizga hissa qo’shgan insonlar ham yoddan chiqarildi. Jumladan, ajoyib iste’dod egasi san’atkor – xattot Mirzo Barot Mullo Qosimov nomi ham unitildi. Mirzo Barot Samarqand va uning atrofidagi qator qadimgi davr yodgorliklarining suratini chizgan, Ulug’bek madrasining g’oyat aniq chizmasini tayyorlagan kishi edi. Mirzo Abdullo Abduraxmon A.L.Kunnnng Iskandarko’l ilmiy safarida qatnashib, fanga qadimgi toshlarga va daxma toshlarga yozilgan xatlar qayd qilingan juda qiziqarli kundalik qoldirgan. Bu inson haqida so’nggi yillardagi darslik va boshqa asarlarda lom-mim deyilmadi. Yuqori satrlarda zikr etilganidek, Akram polvon Asqarovning arxeologiya sohasidagi xizmatlari kattadir. Bu inson, o’zbek arxeologiyasining dastlabki vakillaridan edi, katta kollektsiyalar to’plagan. Uning to’plagan kollektsiyasi 15 ming nusxadan ziyod edi. Bu noyob kollektsiyalar Rossiya markazi shaharlari muzey fondlarida saqlanmoqda va vaqt keldiki, ularni milliy muzeylarimizga qaytarish hamda, yangi talab asosida o’rganib chiqish, joy-joyiga qo’yish lozim. Istebdod yillarida yig’ilgan ko’pgina qadimiyot kollektsiyalari dunyoni ko’rmay ayrim havoskor kollektsionerlar qo’lida qolib ketganligidan shubha yo’q.
Mamlakatimiz hududidan qadimgi va O’rta asrlarga doir tanga pullarni asrashning ahamiyati kattadir. Bu topilmalar tufayli qadimgi shaharlar sanasini bilib olish mumkin.
Temuriylar va boshqa podsholiklarning iqtisodiy hamda siyosiy tarixini, xususan, bu davlatlardagi pul hamda tashqi va ichki savdo munosabatlarni o’rganishda juda qimmatli manba bo’lib xizmat qiladi. Yana shuni aytish nihoyatda o’rinliki, 1917 yildan to mustaqillikka erishganimizga qadar fan mamlakatimiz tarixini davrma-davr o’rganishdan iborat o’z vazifasini bajarmay, ko’proq Rossiyaning Ovrupa qismidagi o’lkalarni o’rganishga katta e’tibor berib, qaram o’lkalar tarixi o’z holiga tashlab qo’yildi, yokim mensinilmadi. Xususan, paxta yakka hokimligi tufayli qanchadan qancha qadimgi tariximnzni ifodalab beruvchi qishloqlar, saroylar, qal’alar, ilk shaharlar payxon qilindi. Bizning mutasaddiy odimlarimiz esa bu haqda biron ochiq fikr bildirishga jur’at qilisholmadilar. O’rta Osiyo xalqlaridan tashqari deyarli barcha xalqlar o’z tarixini ozmi-ko’pmi biladilar. Bu davrda O’rta Osiyoda ijod qilgan olimlarimiz esa, ayniqsa rusiyzabon tadqiqotchilar odatda rus podsholarini, knyazlarini, rus davlatini, uning madaniyatini oshkor bo’rttirib yozishardilar. Ammo, o’z ona diyorimizda mil.avv.1 minginchi yillardayoq tashkil topgan Xorazm, So’g’d, Baktriya davlatlari hamda milloddan avvalgi III asrda Grek-Baktriya davlatiga asos solib, birinchi tanga puli zarb etgan Diodor va boshqalar haqida fikr ham yuritilgai emas. Xalq qaxramonlarimiz ham deyarli unitilgan edi. Jumladan, ona diyoryamizni arab bosqichlaridai himoya qilishda qahramonlik jasoratini ko’rsatgan Hoshim ibn Hakim (Muqanna), Xorazmda arablarga qahshgatgich zarba bergan ajoyib qahramon Xorazm joxi, Samarqand hokimi Gurakning arab bosqinchisi Qutayba ibn Muslimga qarshi olib borgan shiddatli janglari, hamda afsonaviy qaxramonlarimiz haqidagi haqqoniy ma’lumotlar xalq zehniga etkazilmadi. Shuniigdek, IX-X asrlarda jahonga mashhur bo’lgan ona diyorimizda etishib chiqqan va komol topgan ilm-fan darg’alariyu, o’z she’riyati bilan jahonni lol qoldirgan Rudakiy, Firdavsiy, Sa’diy, Hofiz singari zarbadast daholar haqida deyarli biron fikr bildirilmadi. O’sha davr ilm-fanini jahonga taratgan Muhmmad ibn Muso Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Abu Ali ibn Sino va Abu Rayhon Beruniy singari mutafakkir olimlar hayoti va ijodi taraqqiyparvar insoniyat tomonidan o’rganilgan bo’lsada, ammo, darslik va o’quv vositalari tufayli yosh avlodga bu haqdagi ma’lumotlar deyarli etkazilmadi. Shuningdek, mamlakatimizda o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganda o’zbek tilining qadimgi til ekanligini isbotlab berishda asosiy manba Maxmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asarining nihoyatda katta ahamiyati borligi ozmi-ko’pmi ma’lum bo’lsada-da ammo, maktablarda bu haqda ta’lim berilmadi. So’ngra, bu matafakkir olim erning dumoloqligini isbotlab, dunyo xaritasini chizib qoldirganligi haqidagi ma’lumotlar ham o’rganilmadi. Mustaqilligimiz bergan imkoniyatlardan foydalanib zikr etilgan boralarda tadqiqot ishlarini yo’lga qo’yishning imkoniyati vujudga keldi.
Hozirga vaqtda arxeologiya fani oldida muhim vazifalarni bajarish ishlari turibdi. Shulardan, eng muhimi va zaruri arxeologik tadqiqotlar tufayli mamlakatimiz tarixini yangi talab asosida yaratishdir.
Xullaski, arxeologiya xalqimiz, millatimiz manfaatlarini beg’ubor ifodalovchi fan sifatida istiqlol yo’lida xizmat qilishga chorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |