Buyrak
yetishmovchiligi
deganda, buyrakni
ekskretor va inkretor
faoliyatining buzlishi
natijasida
rivojlanadigan klinik
labaratorik
simptomlar majmui
tushunilad
i.
Kussmaul nafasi faqat
atsidozning rivojlangan
bosqichlarida uchraydi va
kamdan-kam hollarda bo'ladi.
Asidozning unchalik og'ir
bo'lmagan holatlarida tez,
sayoz nafas olish ko'rinadi.
Kussmaul nafasi - bu juda
chuqur, nafas olish va umidsiz
nafas olish. Ba'zan tibbiy
adabiyotlarda atsidozda har
qanday g'ayritabiiy nafas olish
tartibi Kussmaul nafasi deb
yuritiladi.
O'tkir buyrak yetishmovchiligini davolash
0 ‘tkir buyrak yetishmovchiligiga shubha qilinganda bemorlami zudlik
bilan reanimatsiya (yoki ixtisoslashtirilgan sun’iy buyrak) bo‘limiga
yotqizish kerak. Bo‘limda mutaxassis shifokorlar gipotoniya va
degidratatsiya rivojlangan hollarda fiziologik eritma, prednizolon
(100-200 mg) va mannitoldan (125-200 ml 10 % eritmasi)
foydalanishlari mumkin. Diurez bir soatda 40 ml va undan kam bo‘lsa
mannitolni 125 ml dan kunda 4 marta yuborish tavsiya etiladi. Ko‘rilgan
choralar samara bermasa, bemor tomiriga 500-800 mg laziks yuboriladi.
Giperkaliyemiya rivojlangan hollarda (qonda uning miqdori 6,5 mmol/l
dan ko‘p bo‘lsa) tomir ichiga glyukonat kalsiyning 10 % eritmasi 10 ml
dan har 5 daqiqada yuborib turiladi va jam i 100 m l gacha yuborish
mumkin. M etabolik asidozga xos belgilar kuzatilganda bemor tomiriga
2,5 % soda eritmasi 250-500 ml tomchilab yuboriladi.
Surunkali buyrak yetishmovchiligi
• Davolash. Surunkali buyrak yetishmovchiligiga chalingan
bemorlar doimiy davoga muhtoj va uning asosiy qismi
ambulatoriya sharoitida o‘tkaziladi. Ulaming barchasi kam oqsilli
parhezda bo‘lishlari lozim. Boshlang‘ich davrlarda uning miqdori
bir kunda 40, II A davrida esa 30 grammgacha bo‘lgani
maqsadga muvofiq. Demak bemorlar kunda bir marta uncha
ko‘p bo‘lmagan miqdorda go‘sht va go‘shtli taomlami iste’mol
qilishlari mumkin. Bu intoksikatsiya belgilari va mochevina
miqdorini kamaytiradi. Shu bilan birga bir kecha kunduzda
iste’mol qilinadigan osh tuzi miqdori 3-4 g atrofida bo'lishi kerak.
Kasallikning erta davrlarida AAFI yoki angiotenzin II retseptorlari
blokatorlari buyuriladi.
Surunkali buyrak yetishmovchiligi
• Ushbu guruh dorilar buyrakdan chiqib ketuvchi tomirlarni
kengaytirib, koptokchalar ichi bosimini kamaytiradi va oqibatda
giperfiltratsiya holati susayadi. Kasallikning kechki bosqichlarida
kaltsiy antagonistlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Ushbu
guruh dorilar koptokchalar sklerozini sekinlashtirib surunkali
buyrak yetishmovchiligi zo'rayib ketishini birmuncha kamaytiradi.
Yuqoridagilardan tashqari ko'rsatmalardan kelib chiqib bemorlarga
antioksidantlar, kamqonlikka qarshi dorilar (eritropoetin, eritrotsitar
massa), sodali eritmalar, ichaklarda qoldiq azotni urab oluvchi
preparatlar (laktuloza), vitaminlar, sodali huqnalar, surgi dorilar
tavsiya etiladi
Thank you
Do'stlaringiz bilan baham: |