Yer kodeksi
yerdan foydalanish munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar majmui. 20-
asrga qadar hozirgi Oʻzbekiston hududida mazkur munosabatlar shariat
koʻrsatmalari asosida olib borilgan. Oʻzbekistonda birinchi marta Ye.k. 1927
y.da qabul qilingan, 1929 y.da esa
Ye.k. oʻrniga Yer-suv kodeksi qabul
qilingan. Bu hujjat 1970 y. 25 sent.da yangi Ye.k. qabul qilinguniga qadar
amalda boʻldi. 1990 y. 20 iyunda qabul qilingan Oʻzbekiston
Respublikasining "Yer toʻgʻrisida"gi yangi qonuni 1991 y. 1 yanvardan
amalga kiritild
i. Oʻzbekiston Respublikasida yer resurslaridan oqilona
foydalanishni taʼminlash, yerga doir huquqiy munosabatlarni
takomillashtirish maqsadida 1998 y. 30 aprelda Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Oʻzbekiston Respublikasining Ye.k.ni tasdiqladi (1998 y. 1
iyuldan amalga kiritildi). Oʻzbekiston Respublikasining Ye.k. 91 moddani oʻz
ichiga oladigan 14 bobdan iborat. Ye.k. va yer toʻgʻrisidagi qonun
hujjatlarining asosiy vazifalari hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini
koʻzlab, yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni
muhofaza qilishni, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishni, tabiiy muhitni
asrash va yaxshilashni, xoʻjalik yuritishning barcha shakllarini teng
huquklilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy
shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini himoya qilishni
taʼminlash masqadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek,
bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan iborat. Yer umummilliy boylik
boʻlgani sababli undan oqilona foydalanish talab etiladi va yer davlat
tomonidan muhofaza qilinadi. Qosimjon Rahmonov.
1-modda. Yer to‘g‘risidagi qonunchilikning asosiy vazifalari
(1-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yer umummilliy boylikdir, O‘zbekiston Respublikasi xalqi hayoti, faoliyati
va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat
tomonidan muhofaza qilinadi.
Qarang:
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining
55-moddasi
,
O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 5-
moddasining
birinchi qismi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Yer to‘g‘risidagi qonunchilikning asosiy vazifalari hozirgi va kelajak
avlodlarning manfaatlarini ko‘zlab yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona
foydalanish va uni muhofaza qilishni, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishni,
tabiiy muhitni asrash va yaxshilashni, xo‘jalik yuritishning barcha shakllarini teng
huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy
shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishni ta’minlash
maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek bu sohada
qonuniylikni
mustahkamlashdan
shu
jumladan
korrupsiyaga
oid
huquqbuzarliklarning oldini olishdan iborat.
(1-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |