Yer umumiy uyimiz



Download 86,01 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi86,01 Kb.
#195777
Bog'liq
yer umumiy uyimiz


Yer - umumiy uyimiz

Keling bugun hammamizning umumiy uyimiz bo'lmish Ona Zaminimiz, Ona Yerimiz, ya'ni Yer sayyorasi haqida gaplashamiz. Yer sayyorasida 7 milliarddan oshiq odamlar va 9 millionga yaqin o'simlik, hayvonot va hashorat turlari istiqomat qiladi. Hozirga qadar bizga ma'lum ma'lumotlarga ko'ra Yer sayyorasi insoniyat uchun yashash mumkin bo'lgan Quyosh sistemasidagi yagona sayyoradir.Hajmi va massasi jihatidan Yer katta sayyoralar ichida Yupiter, Saturn, Uran, Neptundan keyin beshinchi o'rinda turadi. Demak, biz har bir qatlam hayot mavjud bo'lishi uchun hamohanglikda ishlovchi o'ziga hos sayyorada istiqomat qilamiz.

Har yili 22 aprel kuni nafaqat katta, balki chinakam umumjahon bayrami - Xalqaro Yer kuni - bizning umumiy shinam uyimizning kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu bayram 2009 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh assambleyasining 63-sessiyasida tashkil etilgan va 2010 yildan buyon 22 aprel sanasida nishonlanib kelinmoqda. Bosh assambleyaning 63-sessiyasi Prezidenti Migel d'Eskoto Brokman:   “Ushbu Xalqaro kunning rezolyutsiyasida e'lon qilinishi Yer va uning ekotizimlari bizning uyimiz, insoniyatni hayot bilan ta'minlash, shuningdek, BMTning atrof-muhit bo'yicha konferentsiyasida qabul qilingan majburiyatlarning tasdig'idir”  deb ta'kidlagan edi. Shu sababli, hozirgi va kelajak avlodlarning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik ehtiyojlari o'rtasida adolatli muvozanatga erishish uchun tabiat va Yer sayyorasi bilan uyg'unlikni ta'minlash kerak. Qarorda, shuningdek, "Ona Yer" atamasi ko'pgina mamlakatlarda qabul qilinganligi, u sayyora, uning ekotizimlari va odamlar o'rtasidagi munosabatni aks ettirishi ta'kidlangan. Bosh assambleya BMTga a'zo barcha davlatlarni, xalqaro va nodavlat tashkilotlarni "Xalqaro Yer kuni" ni nishonlashga taklif qilib, ushbu kun har yili ko'plab mamlakatlarda nishonlanayotganiga e'tibor qaratmoqda. Dunyo miqyosidagi ushbu tadbirning asosiy maqsadi - jamiyat va sayyoradagi har bir odamning e'tiborini Yer muammosiga, uning atrof-muhit muammolariga jalb qilish va insoniyat sayyorani qutqarish oldida turgan qiyin vazifalar haqida bilish imkoniyatini berish.

An'anaga ko‘ra O‘zbekistonda Xalqaro Yer kuni ushbu kunda turli xil tabiat tadbirlari va aksiyalarini o‘tkazadigan jamoat tashkilotlari kuni hisoblanadi. Har yili aynan shu kunda jamoatchilik orasida ona sayyoramizni asrab-avaylash, tabiatni saqlash va ifloslantirishni kamaytirish mavzularida targ'ibot ishlari keng miqyosda olib boriladi. Kislorod manbai bo'lmish daraxt ko'chatlarini ekish, tozalikni saqlash kabi yirik tadbirlar o'tkaziladi.



Inson omili tufayli yildan yilga holati yomonlashib borayotkan ona Yerimizni saqlab qolish o'z qo'limizda ekanini unutmasligimiz kerak. Shunday ekan, bugundan, hozirdan zaminimizni ifloslantirishni kamaytiraylik, sayyoramiz uchun zarar keltiradigan ishlardan tiyilaylik. Asosiy maqsadimiz - Ona Yerimizni, tabiatimizni kelajak avlodga to'la to'kis yetkazib berish va uni asrab avaylashga o'rgatishdir!

Shodiya Olloyorova, maktabgacha ta'lim yo'nalishi 3-kurs talabasi
Download 86,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish