Yer po'stining rivojlanishi va plitalar tektonikasi haqida tushuncha



Download 27,27 Kb.
Sana20.08.2021
Hajmi27,27 Kb.
#152467
Bog'liq
Yer Po'stining Rivojlanishi Va Plitalar Tekt


Aim.uz

Yer po'stining rivojlanishi va plitalar tektonikasi haqida tushuncha

Umumiy geologiya kursini dinamik geologiya qismida ichki va tashqi jarayonlarning hamma xillari ustida to'xtab o'tildi. Yer po'stini o'zgartiruvchi jarayonlar uning yuzasida ham, ichida ham hozirgi davrda davom etayotir. Geologik jarayonlar tabiatda o'zaro bir-biri bilan bog’liq, chunonchi, atmosfera yog’inlari bilan daryolar, daryolar bilan ko'l va dengizlar, zilzila harakati bilan tog’ hosil bo'lishi va vulkanizm o'zaro bo'liqdir. Geologik jarayonlarning o'zaro bog’liqligi sabablari hozirgacha durust o'rganilmagan. Xususan, tog’larning paydo bo'lishi vulkanizm va zilzila harakatlarining sabablarini qisman to’g’ri aniqlansa ham kelib chiqish sababi hozirgacha aniq bilib olingan emas. Bular nihoyatda murakkab bo'lsada, odamlar ularning sabablarini bilishga qadimdan qiziqib kelmoqda. Neptunistlar maktabining boshida nemis olimi Avraam Gotlib Verner (1750-1817) yerdagi bo'ladigan deyarli hamma geologik jarayonlarni suv bilan bog’laydi va yerning ichki harakatlariga deyarli o'rin qoldirmaydi. Neptunistlar yer po'stining harakatini to'liq inkor qiladilar. Tog’ jinslarining qiya yotishi burilishlarini dengiz tubining holatiga bog’lashadi.

Plutonislar esa, aksincha yer yuzida bo'ladigan ekzogen jarayonlarga kam ahamiyat berib, endogen jarayonlarning mohiyatiga ortiqcha baho berib yuboradilar. Plutonislar maktabining boshlig’i Jems Getton (1726-1797) yerni harakatga keltiruvchi kuch vulkanizm deb hisoblaydi. Geologiya fanida XIX asrda kontraksiya ( siqilish) gipotezasini birinchi bo'lib fransuz geologi Eli - de - Bomon taklif qilgan edi. U o'zining gipotezasini Kant - Laplasning kosmogonik nazariyasiga moslab ishlab chiqqan. O'sha vaqtlarda o'rta va oliy o'quv yurtlari kitoblari Eli - de - Bomonning “yer po'sti yuzasidagi botiqlar va tog’lar yer shari sovib siqilishidan paydo bo'lgan” degan gipotezasiga asoslanib yozilgan edi. XX asrlarga kelganda yanada mukammalroq gipotezalar paydo bo'lishi munosabati bilan kontraksiya gipotezasi o'z ahamiyatini yo’qotdi. XIX asrning oxiri XX asr boshlarida ko'proq ma’lum bo'lgan "Yer po'stining surilishi" gipotezasi birinchi marta Ye.V.Bixonov, Geyler va boshqalar tomonidan taklif qilingan. Bu gipotezani nemis olimi, geofizik va meteorolog Al'fred Vegener (1880-1930) puxta ishlab chiqdi va hammaga ma’lum qildi. U 1915 yilda bosilib chiqqan “Materik va okeanlarning paydo bo'lishi” kitobida bu gipoteza mazmunini yoritib bergan. Uning fikricha, dastlab Yer shari yuzasida bir butun materik paydo bo'ldi. Vegener bu yaxlit quruqlikni "Pangeya" deb atagan. Keyingi davrlarda yer po'stida juda kuchli o'zgarishlar bo'lib, Yer o'z o'qi atrofida aylanishi sababli katta gorizontal harakatlar ro'y bergan va buning natijasida hozirgi zamon materiklari paydo bo'lgan, deydi u. A. Vegenerning bu fikrga kelishiga sabab Afrikaning g’arbiy sohili bilan Janubiy Amerikaning sharqiy sohilllarining va G’arbiy Yevropa bilan Shimoliy Amerikaning sharqiy sohili va nihoyat, Avstraliya bilan Osiyoning janubi-sharqiy sohillari bir-biriga ulanganda mos joylashishidir. Materiklarning surilishi gipotezasi yer tarixidagi geologik taraqqiyot bilan bog’lanmagani uchun o'sha davrda birmuncha tanqidga uchradi. Materiklarning siljishi gipotezasi o'zining originalligi bilan hozirgi vaqtda olimlar o'rtasida munoazaraga sabab bo'lib kelmoqda.

Hozirgi kunda ham olimlar orasida bu gipotezaning tarafdorlari ko'pchilikni tashkil qiladi.

Asrimizning 60 - yillarida okeanlarni o'rganish yutuqlari yangi global geotektonik nazariya - litosfera palasxalari tektonikasini yaratilishi, geosinklinal viloyatlarning harakatini, taraqqiyotini boshqacha yo'l bilan tushintirib berdi. Bu nazariyaning asl ma’nosi Yer po'stining yirik litosfera palaxsalarga bo'linishi, ularning qo'zg’alishi va aylanishi bilan bog’liqdir. Palaxsalar chegarasi hozirgi zamon seysmik faol joylar bilan okeanlarga to’g’ri keladi. Okean po'sti yangi hosil bo'layotgan rift zonalari hisobiga kengayib bormoqda. Yerning radiusi o'zgarmas ekan, yangi hosil bo'layotgan yer po'sti kontinentlar po'sti tagiga kirib boradi (subduksiya). Bu rayonlar vulkanizmning faolligi, seysmiklik va orol yoylari, chet dengizlarning chuqur novlari mavjudligi bilan ajralib turadi. Bunga Yevrosiyoning sharqi misol bo'la oladi. Bu jarayonlar ikki turdagi okean va kontnental yer po'stining bir-biriga munosabatini belgilab beradi. Okean bilan kontinent uchun yaxlit bo'lgan litosfera palaxsalari mavjud bo'lgan joylarda (Atlantik okeanining sharqiy va g’arbiy chetlarida) yuqorida ko'rsatilgan belgilar uchramaydi. Ular passiv kontinent cheti hisoblanadi, ularda qalin cho'kindi tog’ jinslari qatlami to'planadi. Geosinklinallar taraqqiyotining boshlang’ich davrida hosil bo'lgan vulkanogen va cho'kindi jinslarning o'xshashligi (ofnolitli assotsiatsiya) ularning avval okean po'stida keyinroq esa, okean havzasining kengayishi bilan ularning vulkanik orollar yoyi bilan yopilishini bildiradi va qalin kontinentli yer po'stini vujudga keltiradi.

Shunday qilib, palaxsalar tektonikasi nazariyasi, geosinklinallar ta’limotiga qaytadan jon kirgizib, geodinamik sharoitni rekonstruksiya qilish evolyutsiyasini aktualistik usullar bilan o'rganish imkonini beradi. Ofiolitlar assotsiatsiyasi evgeosinklinal oblastlarda keng tarqalishi bilan zarur vazifani bajaradi. Bu assotsiatsiyalarning pastki qismi o'ta asosli jinslardan tashkil topib (peridotit, dunitlar), yuqoriroqda gabbroidlar va amfibolitlardan, eng yuqorida esa, parallel daykalar kompleksidan (toleitli bazal't) tashkil topali. Bu ketma-ketlik okean kesmasiga yaqinroq. Bu juda katta ahamiyatga ega, chunki ofiolit assotsiatsiyasi avvalgi dengiz yotqizig'i (okean bo'lishi shart emas) qoldig’i - okean turidagi yer po'sti hisoblanadi. Bu chet dengizlarda bo'lishi mumkin. Okean maydonining keyingi qisqarishlarida bu zonalar bir necha marta qisqarib ingichka bo'lib qoladi. Evgeosinklinallar nazariyasi asosidagi okean turidagi yer po'sti qadimgi va kontinental massivlarning sinishi va orasining ochilishidan yangidan hosil bo'lgan bo'lishi mumkin.



Shunday qilib, palaxsalar tektonikasi nazariyasining asosida geo-sinklinallar va kontinentlarning suzishi nazariyalari bo'lib, yer po'sti taraqqiyotini o'rganishda hozirgi kunda asosiy yo'nalishni tashkil qiladi.

Yangi palaxsalar tektonikasi nazariyasi, oldingi bilimlarga asoslanib va yangi ma’lumotlarga tayanib taraqqiy qilib bormoqda. Fundamental fikrlardan biri - Yer po'stining katta va bir qancha mayda palaxsalardan bir-biriga nisbatan qo'zg’alib turishini isbotlash edi. Palaxsalarning cheti esa, kuchli zilzilalar epitsentrlari bilan chizilgandek ko'rinadi.


Aim.uz


Download 27,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish