Mamlakatimizdagi Oliy o‘quv yurtlarining iqtisodiy yo‘nalishlarida matematika fanini o‘qitishning bir qancha innovatsion usullari mavjud bo‘lib, ularning aksariyatida dars jarayonidagi asosiy urg‘u mavzuning faqat matematik jihatlariga qaratiladi. Ko‘proq nazariy bilimlarga asoslanib, berilgan mavzuning iqtisodiy talqiniga kamroq e’tibor beriladi. Iqtisodiy fanlarni o‘qitishda matematik qonunlar bilan qabul qilinadigan iqtisodiy yechimlarni oydinlashtirish va asoslash mumkin bo‘ladi. Boshqa tomondan, matematika fanlarini iqtisodiy amaliyotga bog‘lab o‘qitish jarayonida matematik tushunchalar va qonuniyatlar amaliy iqtisodiyotga daxldor ekanligi isbotlanadi, matematik apparat ham ma’lum ma’noda takomillashadi
Do'stlaringiz bilan baham: |