Ko’klam kunlarining birida sulton Husayn saroyda yolg’iz o’tiraverib zerikibdi.Ancha vaqtdan beri Mir Alisherni ko’rmaganligi tufayli do’sti yashaydigan mahallaga yo’l olibdi.
Borib qarasa, do’sti yeng shimarib bog’da ishlayotgan ekan.
Husayn:-Hormang, do’stim! Nega shoirlar majlisida ko’rinmay qoldingiz desam, bog’bonlikni pesh qilibsizda?
Alisher:-”Ko’klam kelsa, ko’chat ek” - degan ekan mashoihlar. Shu bog’dagi qurigan olmalarni qo’porib tashlab, o’rniga uch-to’rt tup yong’oq ekayapman.
Husayn:-Ey do’stim-ey, qarigan chog’ingizda bog’ qilishni nima keragi bor axir?
Bu yong’oqlar qachon hosilga kiradi –yu, mevasini qachon yeysiz? Undan ko’ra shu bog’da tinchgina gazal bitib o’tiravermaysizmi?
Alisher:- Do’stim,yaxshidan bo’g’ qoladi,degan naqlni eshitganmisiz? Men bu ko’chatlarni o’zim uchun emas, balki mahhalla bolakaylari uchun ekayapman.Bir kun kelib “Bu bog’Mir Alisherdan qolgan!” deyishsa, shuning o’zi har qanday ne’matdan lazzatliroqdir.
Husayn:- Bo’lmasa, shu tillolarni olib qo’ying do’stim. Ko’chat olursiz!
Alisher:- Ana ko’rdinggizmi, do’stim, ekayotgan ko’chatlarim hozirdanoq hosil bera boshladi.
Muallif: Alisher Navoiy bilan Husayn Boyqaro yoshligidan juda qalin do’st bo’lganlar, maktabda ham birga o’qiganlar. Ularning domlasi g’oyat o’tkir zehnli kishi ekan.
U kishi bir kuni shogirdlarining zehnini, nimaga qiziqishlarini bilmoqchi bo’libdi. Har ikkalasiga bosh va qilich rasmini chizib beribdi-da, sharh yozib kelishni topshiribdi.
Ustoz: – Mana shu rasmlarg’a sharh yozib kelinglar.
Alisher: – So’z gavharig’a erur oncha sharaf,
Kim bo’lsa olmas anga gavhar sadaf.
To’rt sadaf gavharining durji ul,
Yetti falak axtarining burji ul.
Husayn: – Men qilichga hamdu sanolar aytamen, jangu jadallar haqida madhiya kuylaymen.
Ustoz: – Sharhlarni tinglabdi-da, Osmonga qarab, charaqlagan quyoshni Alisherga, qora bulutni esa Husayn Mirzoga ko’rsatib, Alisherga: “Ofarin!”-dedi.
Husayn: -Ustod, meni taqdirlashni unutdingiz chog’i.
Ustoz: Shahzodaga qarab :
- Sizga vodarig’ mukofati yozilgan ekan. Bosh aql ramzi bo’lib, insonlarga hizmat qiladi. Qilich esa aqlga qarshi turib, boshga “vodarig’” kulfatini soladi.
Muallif: Navoiy otasi vafotidan keyin Samarqandga borib madrasada o’qibdi. Ko’p qiyinchiliklar ko’rib, o’qishni tamomlab, o’z shahriga qaytibdi. Ot-ulovsiz , piyoda yurib, bir joyda mo’ysafid chol bilan uchrashib qolibdi.
Alisher Navoiy o’zini ko’tarib katta qilgan, otasining cho’ponini tanibdi.
Cho’pon: -Tushimmi, o’ngimmi? Deb. Darrov belbog’ini yozib nonu sut bilan mehmon qilibdi.
ALisher: – Bu qo’ylar kimniki?
Cho’pon: – Bolam, bu qo’ylarning hammasi sizniki, u yoqdaligingizda otangizdan qolgan mollar har kimning qo’lida qolib edi. Otangiz hayot vaqtida 200 qo’yni sizga atab menga topshirgan edi. Bu qo’ylar hozir bolalab 700dan oshdi. Otangizni vasiyatini oz o’rniga qo’yganim uchun xursandman, bu qo’ylarni endi sizga topshirdim.
Alisher: – Ota, siz ham bola-chaqali odamsiz, mana bu 200 ta qo’yni xizmat haqingiz uchun oling!
Qolgan qo’ylarni bozorga haydabdi, qo’ylar semiz bo’lgani uchun atrofini xaridorlar o’rab olibdilar.
Odamlar: -Qo’yingiz necha pul?
Alisher: – Men qo’yimni nasiyaga sotaman. Shu shart bilanki, pulini podsho o’lgan kuni berasizlar. Shartimga ko’ngan kishi bittadan yetaklab ketaversin!
Podshoning saroyi.
Ayg’oqchi: -Ey podshohi olam, bugun bozorga bir qalandarsifat yigit kelib 500 qo’yini xalqqa nasiyaga tarqatib yubordi. Pulini podsho o’lgan kuni berasizlar, deb sizga o’lim tiladi.
Podsho gazablanib: – Boringlar, o’sha qalandarni mening huzurimga hozir qilinglar.
Qo’lini orqasiga bog’lab, Alisherni podshoning huzuriga keltiribdilar. Podsho qarasa, yoshligidagi do’sti Alisher Navoiy ekan.
Podsho: – Nima uchun shuncha qo’yni xalqqa berib yubordingiz. Mening o’limim sizga nega kerak bo’lib qoldi,?
Alisher: – Ey do’stim, men chakki ish qilganim yoq. Sizning podsho bo’lganingizni eshitib, qo’ylarni talatib yubordim. Shunday ham berib yuborishim mumkin erdi. Biroq ba’zi bir odamlar tekin moldan hazar qiladilar. Shuning uchun qo’yni pulini podsho o’lgan kuni berasizlar, deb aytdim. Endi qo’ylarni olib ketgan odamlar “ Ishqilib, podshohimiz o’lmasin. Podsho o’lsa, savdogar pulini qistaydi , deb sizga umr tilab yurishadu.
Husayn: – Ofarin do’stim, bugundan e’tiboran siz vazir etib tayinlanasiz!
🌐Kanal manzili: Telegram.me/Alisher_Navoiy_gazallari_sherlar
👨✈️Kanal muallifi: Telegram.me/Djumaev_Shamsiddin
Do'stlaringiz bilan baham: |