Yangi o’zbekistonda erkin va farovon yashaylik



Download 20,74 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi20,74 Kb.
#272071
Bog'liq
1-sentyabr ssenariy


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 30 YILLIGIGA BAG`ISHLAB “YANGI O’ZBEKISTONDA ERKIN VA FAROVON YASHAYLIK ” SHIORI OSTIDA TAYYORLANGAN TADBIR  SENARIYSI
Maqsad:       O`quvchilarning erk,istiqlol,vatan tuyg`usi haqidagi bilimlarini yanada mustahkamlash, ularda tug`ilib o`sgan yurtiga,ona zaminga sadoqat,mardlik,vatanparvarlik,insoniylik fazilatlarini qaror toptirish, ajdodlardan faxrlanish,g`urur va iftixor tuyg`usini singdirish orqali yuksak didli,iymon-e`tiqodli, aqlan barkamol,ma`nan yetuk,komil insonlar etib tarbiyalash, bolalarning dunyoqarashini,bilim va tafakkurini,mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish.
 (Sahnaga davrani boshqarib boruvchi milliy kiyimdagi suxandonlar-yigit va qiz kirib kelishadi).

1-suxandon:

Assalom,ona yurtim,go`zal diyorim,

Salom senga tuprog`i zar,buyuk Turonim!

Salom senga,jannatmakon bog`im,chamanim,

Mustaqil diyorim,O`zbekistonim!
2-suxandon:

Assalom,ulug` xalq,o`zbegim,

Dili pok,qutlug` xalq,o`zbegim!

Assalom,hur taqdir,istiqlol,

Iqbolim,sharafim,o`zligim!

Tong bilan yayraydi madhiyam,

Porlaydi yuksakda quyoshim,

Yo`l ko`rkam,el ko`rkam,dil ko`rkam,

Karvoning boshlayver,yurtboshim!
So`ngra O`zbekiston Respublikasining madhiyasi yangraydi.
1-suxandon:

Assalomu alaykum, qadrli mehmonlar!


2-suxandon:

Aziz ustozlar,hurmatli o`quvchilar! Barchalaringizni eng aziz,eng ulug` bayram –Mustaqillik kuni bilan muborakbod etamiz.


      (Sahnaga kichik yoshdagi qizaloq va yigitcha kirib keladi).
Qizaloq: Otalari chiroyli,yurtim,

Yigitcha: Onalari chiroyli,yurtim,

Qizaloq: Jannatmakon deydilar ajab,

Yigitcha: Bog`-rog`lari chiroyli,yurtim.

Qizaloq: Yigitlari chiroyli,yurtim,

Yigitcha: Gul qizlari chiroyli,yurtim,

Qizaloq: Aslo senga ko`zlar tegmasin,

Yigitcha: Bayramlari chiroyli,yurtim!
               (Qizaloq va yigitcha asta-sekin parda ortiga chekinishadi).
1-suxandon: Ha,aziz do`stlar,biz bilan siz ana shinday jannatmakon,barcha havas qilgulik,bayramlari chiroyli go`zal yurtda yashayapmiz.Bugun biz tantanalar bilan nishonlayotgan Mustaqillik kuni bayramlar ichida eng aziz,eng ulug`,eng suyukli bayramdir.
2-suxandon: Aziz yurtdoshlar! Jannatmakon O`zbekistonimiz tarixiga 1991-yil 31-avgust”Asrga tatigulik kun”sifatida zarhal harflar bilan bitildi.Ushbu kunda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida”gi bayonoti,O`zbekiston Respublikasining “Davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.
1-suxandon: Har yili 1- sentyabrni O`zbekiston Respublikasi  mustaqilligi bayrami sifatida tantanali tarzda nishonlaymiz. Bugungi bayramimizga ham mexmonlar tashrif buyurishgan
(Dastlab tadbirga taklif etilgan mehmonlarni tanishtiradi).
2-suxandon:        Mustaqilligimizning 30 yilligiga atab tayyorlangan bayram tadbirimizni ochib berish uchun so’zni maktab-internat direktori Ergashxo’ja Jo’raxo’jayev hamda _______________________ ustozlarga beramiz, marxamat!

 

1-suxandon: Rahmat,ustoz,doimo ishlaringizga omad tilaymiz.

 

2-suxandon:

Ey,go`zal yurtim,muborak shonli istiqlol senga,

Yarqirab taqdir yo`li baxsh aylagan iqbol senga.

Sho`x navo,shodlik bilan olamga ko`rsat o`zliging,

Toki yulduzli samolar boqsa boqsin lol senga.

 

 __________sinf o’quvchilari ijrosida raqs bo’lib o’tadi
1-suxandon: Endi davramizga maktab-internatimizda taxsil olayotgan o’quvchilarning ota-onalaridan taklif etsak. Ularning fikrlariga va bayram tabriglariga quloq tutsak.
2-suxandon:

Marxamat saxnamizga __________________________________________________________________ larni taklif etamiz.


1-suxandon: Hammalaringizni yana bir bor yurtimizning 24 yillik mustaqillik to`yi bilan qutlaymiz.Osmonimiz hamisha tinch, musaffo, xalqimiz sog`-salomat bo`lishsin!
(Tadbir “To`ying muborak!”ashulasi bilan yakunlanadi).
Download 20,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish