Yangi korxonaning tashkil etish uni davlat ro`yxatidan o`tkazish va litsenziya olish tartibi
Davlat ro'yhatidan o'tkazish to'g'risida hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.08.2003 y. 357-sonli «Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori.
(ko‘chirma)
II. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularni hisobga qo‘yish
11. Tadbirkorlik subyektlarini yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga (shaxsan kelib yoki pochta orqali) mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi ariza taqdim etiladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizaga:
ta’sis hujjatlarining notarial tasdiqlangan ikki asl nusxasi (davlat korxonalari negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun notarial tasdiqlangan ta’sis hujjatlari talab etilmaydi);
tadbirkorlik subyektining pochta manzilini tasdiqlovchi hujjat (fermer va dehqon xo‘jaliklari, shuningdek davlat korxonalari negizida tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno);
davlat bojining yoki ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imining belgilangan miqdori to‘langanligi to‘g‘risidagi bank to‘lov hujjati (dehqon xo‘jaliklari, shuningdek davlat korxonalari negizida tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno);
belgilangan tartibda shaharlar (tumanlar) statistika organlari tomonidan berilgan firma nomi to‘g‘risidagi guvohnoma;
muhr va shtamp eskizlari uch nusxada ilova qilinadi.
bozorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun - uni tashkil etishga shahar (tuman) hokimligining roziligi (yoki qarori);
bozorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun - uni tashkil etishga shahar (tuman) hokimligining roziligi (yoki qarori);
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va xorijiy sarmoya ishtirokidagi boshqa tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun:
xorijiy muassis to‘g‘risida yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi savdo reyestridan ko‘chirma va O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan, bular mavjud bo‘lmagan taqdirda, muassis ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlat Tashqi ishlar vazirligida, mazkur mamlakatning O‘zbekiston Respublikasidagi konsullik muassasasida yoki diplomatik vakolatxonasida legalizatsiya qilingan, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasida tasdiqlangan bankning tavsiya xati taqdim etiladi. (O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar bankning tavsiya xati va o‘z pasportlariga oid ma’lumotlar nusxasini taqdim etadi). Agar xorijiy muassisning korxona (tashkilot) ustav fondiga ulushi intellektual mulk hisoblansa, u holda ariza beruvchi baholovchi tomonida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan baholash to‘g‘risidagi xulosasini taqdim etishi kerak;
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonaning ustav fondi 20 mln AQSH dollarini yoki undan ortiqni tashkil etgan taqdirda Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona tashkil etish to‘g‘risidagi qarorining nusxasi;
har bir muassis tomonidan korxona ustav fondidagi ulushi miqdorining 30 foizi to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar (vaqtinchalik so‘mlardagi va valutadagi jamlovchi hisob raqamlariga pul mablag‘lari to‘langanligi to‘g‘risida bank ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi hududiga mol-mulk olib kelinganligini tasdiqlovchi bojxona hujjati, mol-mulkni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi, mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat, qo‘shilayotgan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat va boshqalar);