Xviii-xix asrlarda Xitoy



Download 38 Kb.
Sana12.12.2019
Hajmi38 Kb.


XVIII-XIX asrlarda Xitoy
Xitoy jahon sivilizatsiyasining markazlaridan bin bo'lib, qadim zamontardan bu yerda choy yetishtirish, ipak qurti boqish, shoyi gazlama, zargariik buyumlari, chinni, o'simlik lardan olinadigan bo'yoqlar ishlab chiqarish yuksak darajada rivojiangan. XVII asrning birinchi yarmida Xitoy manjur qabilalari bilan uzoq vaqt davomida urush olib bordi, o'z navbatida dehqonlar ham mahalliy boylarga qarshi bosh ko'tardilar, Dehqonlar qo'zg'olonidan talvasaga tushgan Xitoy feodallari manjur suvoriylariga Pekin darvozalarini ochib berdilar va ular yordamida qo'zg'olonni bostirmoqchi bo'ldilar. Ana shu xoinlik tufayli manjur feodallari 1644-yilda Pekinda hokimiyatni qo'lga oldilar. Ular yuqori harbiy lavozimlarni, serhosil, unumdor yerlarni egallab, aholidan turii soliqlar undira boshladilar, Davlat tepasida manjurlarning Sin sulolasiga mansub, cheklanmagan mutlaq hokimiyatga ega bo'lgan bog'dixonlar (imperatorlar) turar edilar. Xitoyning manjurlar tomonidan bosib olinishi uzoq davom etib, har qanday xalq qo'zg'olon lari qattiqqo'llik bilan bostirildi.

Sin sulolasi hukmronligi davrida Xitoyda ijtimoiy va davlat siyosati sohasida deyarii o'zgarishlar ro'y bermadi. Ishlanadi gan yerlarning katta qismi yer egalariga tegishli bo'lib, dehqonlar erga biriktirilgan hamda ular hosilning teng yarmi ni pomeshchiklarga berishlari va boshqa qo'shimcha majburiyatlarni bajarishlari shart edi. Sin imperiyasi kuchli va mustaqil davlatligicha qolib, qo'shni davlatlar va mamlakatlarga nisbatan ustunlikni da'vo qilar, xalq ongiga Xitoy dunyoning markazi va uning atrofidagilar unga bo'ysunishi kerak degan fikr zo'r berib singdirilardi, Min sulolasi o'rniga kelgan Sin imperiyasi hulmdorlari hukmdoriari ichida impe rator Kansi olib borgan siyosat diqqatga sazovor. U 8 yoshli gidayoq taxtga o'tirib mamlakatni (1661—1722) yillar davo mida boshqardi, Kansi Konfutsiy ta'limotini qo'llab quwatladi va Min sulolasi davridagi eng yaxshi an'analarni davom ettirdi, O'z navbatida boshqa dinfarga nisbatan xayrixohlik bildirdi. Sanoat, san'at, adabiyot va maorif rivojiandi, ilgarigtdek chinnisozlik keng tarqaldi, Kitoblarni rangli bo'yoqlar asosida chop ettsh kashf etildi, gravyura san'ati o'zlashtirildi.

Sin imperiyasi hukmronlarining boshqaruv san'ati sirlari dan biri shunda ediki, ular Xitoy madaniyatini puxta o'zlashtirib, uning ilg'or an'analarini davom ettirdilar. ansining o'zi ham o'z zamonining yetuk shaxsi bo'lib, harbiy sohada, ilm-fan, maorif, adabiyot sohalarida katta muvaf faqiyatlarga erishdi, Kansining fannoniga ko'ra xitoy tilining ko'p

Jildii lug'aviy to'plami tuzildi. Bu to'pi am hozirgacha o'z qimmatini yo'qotmagan.

Kansi tashabbusi bilan yana bir asar yaratildi. U bir necha yuz jilddan iborat, bezakli qomusiy kitob bo'lib, unda barcha fanlarga tegishli ma'lumotlar mavjud, . Uchinchi nodir asarda Xitoy mumtoz adabiyoti shoirlari, yozuvchilari, olimlari qalamiga mansub mashhur iboralarning mazmuni keng yoritilgan, Kansining adabiy merosi beqiyos, u hayotning turii jabhalarida o'chmas iz qoldirdi.

Sin imperiyasi chegaralari Rossiya podsholigi yerlari kabi kengayib bordL 1689-yilda ms qo'shinlari va Sin armiyasi Amur daryosiv vodiysida to'qnashdilar. Bu to'qnashuvda xitoyliklar ruslarni mag'lubiyatga uchratdilar, Sin sulolasining qo'shinlari Birma va Vetnamga bir necha marta bostirtb kirdi, XVII asr oxirlarida Sin sulolasi Mo'g'ulistonni bosib oldi va o'ziga bo'ysundirdi. XVIII asr o'rtalarida Sin qo'shinlari Mo'g'ulistonning g'arbidagi Jung'oriya davlatiga hujum qildi. Millionga yaqin aholi qirib tashlandi, ularning bir qismini Rossiya hududiga o'tib ketdilar. 1757-yilda shunday farmoyish chiqarildiki, u mohiyatan Xitoyni boshqa mamlakatlardan, awalo G'arbiy Yevropa davlatlaridan ajratib qo'yish siyosatining boshlanishi edi, Buning asosiy sababi yevropalik sayyohlar, savdogariarning Xitoyda o'zboshimchalik qilib, yerii aholini mensimasliklari va bosqinchilik harakatlarini targ'ib qilishlarida edi, Bu siyosatning zararii tomoni yana shunda edikij mamlakatda ichki biqiqlik hukm surgan holda Xitoyni dunyoda o'z-o'zini yakkalab qo'yishiga olib keldi. Ingliz savdogarlari Xitoyga Hindistondan g'ayriqonuniy ravishda afyun olib kela boshladilar, Xitoy ma'murlari afyun ortilgan karvonlarni musodara qilganiga javoban ingliz hukumati afyunni, ayniqsa, gazlamalarni Xitoyga olib kirishni qonunlashtirish uchun Xitoyga qarshi wafyun urushi» ni boshlab yubordi.



Birinchi «afyun urushi» (1840-1842) davomida inglizlar floti va qo'shini Xitoyga janubi-sharq tomondan hujum boshlab, Kantonga o't qo'ydilar, Xitoyning iqtisodiy va harbiy jihatdan

qoloqligi mag'lubiyatga sababchi bo'ldi. O'q-yoy, nayzalar bilan inglizlarning ko'plab to'plar o'rnatiigan fregatlar hamda eng yangi qudratii o't ochish quroilari bilan ta'minlangan qo'shinlari hujumlarini qaytarib bo'lmas edi.

Angliya Gonkong orolini bosib oldi va Xitoyni chet el savdogarlari uchun bir qator bandargohlarni ochib qo'yish haqidagi noteng shartnomani imzolashga majbur etdi, Xitoy afyunning olib kirilishini tan olmasa-da, amalda bunga yo'l qo'ydi. 1856—1860-yillarda yangi, ikkinchi «afyun urushi» ro'y berdi, Xitoy, ingliz va fransuzlar birlashgan qo'shinlarining qaqshatqich zarbalariga uchradi, Ular Pekin bo'sag'alarida juda boy xazinalarga ega bo'lgan imperator yozgi saroyini taladilar va vayron qildilar. Mustamlakachilar Xitoyni yangi noting sharinomalar tuzishga majbur etdilar, Chet elliklar uchun yana boshqa bandargohlarda ham savdo olib borishga mxsat etildi va yangi imtiyozlar berildi, Xitoy hududida ingliz va fransuz fuqarolari Xitoy qonunlari va sudiga bo'ysunishdan ozod qilindilar, Agar ular jinoyat qilsalar o'z davlatlarining qonunlariga binoan sud qilinardilar. Dengiz savdosida ustunlikni egallagan Angliya Xitoyda hammadan ko'proq imtiyozlardan foydalanardi. Dengiz sohilidagi katta shahariarda maxsus vujudga keltirilgan mahallalarda faqat ajnabiylar yashar, xitoy ma'murlari esa bu yerlarga kira olmas edilar.

Sin hukumatining chet el bosqinchiltgini daf eta olmasligi hokimiyatning zaiHashuviga sabab bo'ldi. O'z navbatida tuzilgan noteng shartnomalar natijasida Xitoy bozorlarida chet el tovarlari ko'payib, xitoy hunarmandlarining xonavayron bo'lishiga olib keldi.

Ana shunday bir sharoitda Xitoyda qudratii dehqonlar urushi alanga oldi. Bu urush 1850-yilda Xitoyning janubi — Kantonda boshlandi. Qo'zg'olonchilarga dehqonning o'g'li, maktab o'qituvchisi Xun Syutsyuan boshchilik qildi. U yalpi tenglik g'oyasini targ'ib qildi va «Yalpi farovonlik samoviy davlati»ni (xitoycha «taypin tyango») tuzishga da'vat etdi, Shundan kelib chiqib dehqonlar urushining qatnashchilari taypinlar deb ataldi.

Taypin — dehqonlar tuzgan kuchli armiya Xitoyning markaziy viloyatlariga qarab yo'l oldi, Ozod qilingan rayonlar aholisintng yordamida qo'zg'olonchilar Yanszi daryosiga yetib bordilar Ular qurotomborlarini va to'plami qo'lga tushirib, katta hududlami egalladilar. Nankin Taypin daviatining poytaxti, Xun Syutsyuan esa uning imperatori bo'ldi. Taypinlar dehqonlardan olinadigan soliqlarni va ijara haqini kamaytirdilar, kambag'allarning qarz majburiyatlarini bekor qildilar, Boylardan davlat xazinasiga o'tpon undirib oldilar, Mehnat qilish barcha uchun majburiy deb e'lon qilindi. Taypinlar barchaning tengligiga intilib, xotin-qizlarning teng huquqli ekanligini e'tirof etdilar. Qayliq sotib olish, qizlarning oyog'ini butun umrga nogiron qilib qo'yadigan ba'zi bir vahshiyona urf-odatlar taqiqlandi. Ilgari bunday odatlar badavlatlik belgisi bo'lib, badavlat oiladan chiqqan ayollarga ishlamaslik imkonini berar edi Ammo taypinlar ko'p narsalarga ibtidoiy tengtik nazari bilan qarab, hayotni tor doirada tushunar edilar. Dehqonlar jamoa bo'lib yashashlari, jamoada «hech bir narsada teng sizlik bo'lmasligi uchun, hamma to'q va kiyimi but bo'lishi uchun, yerga ega bo'lgan holda uni birgalikda ishlash, ovqatni birgalikda iste'mol qilish, kiyim-kechak bo'lganida ularni baravar taqsimlash, pul bo'lganida uni birgalikda sarflash lozim» edi. Shu sababli taypinlarning kelajakdagi tuzum haqidagi tasavvurlari xayoliy va hatto xato g'oyalardan iborat edi. Taypin davlatidagi hamda jamoadagi kambag'allikka asoslan gan yalpi tenglik va harbiy intizom bu tuzumni uzoq saqlab qoia olmas edi, chunki bu ta'limot ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojianishiga katta to'sqmiik qilar edi, Taypin rahbarlari orasida asta-sekin nizolar yuzaga keldi, dehqonlar o'rtastda ham sansolarlik va umidsizlik kayfiyatlari paydo bo'la bordi, bu esa manjur ma'muriariga taypinlarni mag'lub etishga turtki berdi, Bog'dixon armiyasi kuch to'plab hujumga o'tdi, unga ingliz, fransuz va AQSH qurolli otryadlari hal qiluvchi yordam ko'nsat dilar. Taypinlar jon-jahdiari bilan himoyaga turishdi. Dehqon laming atoqli yo'lboshchisi Li Syuchen ayniqsa shuhrat qozondi. U interventlaming qo'shinlari harakat qilayotgan hal qiluvchi jabhalarda jang qildi. Ammo kuchlar nisbati teng emas edi, 1864-yilda manjurlar hukumati qo'shinlari Nankinm ishg'ol qildilar, G'oliblar shaharning 100 mingdan ortiq himoyachilarini qilichdan o'tkazdilar, Xun Syutsyuan o'zini-o'zi o'ldirdi. Li Syuchen esa qo'lga olinib, qattiq qiynoqlardan keyin qati etildi. Taypin qo'zg'oloni bostirilgandan keyin chet el bosqinchilari Sin sulolasini qo'llashni davom ettirdilar va ayni paytda undan yangi yangi yon berishlarga erishdilar, Taypin qo'zg'o loni ham, Hindistondagi 1857-1859-yillardagi qo'zg'olon kabi mustamlakachilami dahshatga keltirdi va milliy-ozodlik kurashi sahifalarida o'chmas iz qoldirdi



www.UzReferat.ucoz.net

Download 38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
ta’limi vazirligi
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
bilan ishlash
fanining predmeti
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
maxsus ta'lim
pedagogika universiteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
o’rta ta’lim
Ўзбекистон республикаси
sinflar uchun
haqida umumiy
fanlar fakulteti
fizika matematika
Alisher navoiy
Ishdan maqsad
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
moliya instituti
таълим вазирлиги
nazorat savollari
umumiy o’rta
respublikasi axborot
Referat mavzu
махсус таълим