Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng ko'plab yillar davomida investitsion faoliyat bo'yicha tajribalarni yig'ib borgan. Iqtisodiyotimizga investitsiyalarni jalb qilishning faol siyosatini olib bordi. Ularni boshqarishning taktika va strategiyalarini o'zgartirib ko'rdi. Biz ushbu taqdimotda investitsiyalarni jalb qilish va boshqarishning xorij tajribasini ko'rib chiqamiz. Ya‘ni unga ko'ra dunyoning yetakchi mamlakatlaridan biri bo'lgan AQSh va Xitoyning investitsion siyosati, investitsiyalarni jalb qilish va ularni boshqarish, tartibga solish va nazoratni yo'lga qo'yish yo'llari haqida ma‘lumot beramiz.