Kat.Al-Fir qasri
Xorazmshoh Afrig’ Al-Fir qasrini milodiy 305-yilda Kat shahrida qurdirgan.
Afrosiyob saroyi
Buxoro.Ismoil Somoniy maqbarasi
Somoniylar sulolasining asoschisi Ismoil Somoniy va uning avlodlariga mansub.Yarim shar shaklidagi gumbaz bilan yopilgan.Kvadrat tarhli(10.8x10.8) bino.Qalin devori (1.8m) ichkarisidan ham,tashqarisidan ham g’ishtin naqshlar “qalama” bilan bezatilgan.Tarzining 4 tomoni 1 xil,ravoqlari ham bir-biriga o’xshash.Binoning tashqi qismidagi “qalama” uslubida terilgan g’ishtin bezaklari bo’yra to’qimasini eslatadi.Tashqi ravoq tepasidagi qanosi g’ishtin tangachalar marjoni bilan chegaralangan. Ichki chetida mayda g’ishtdan yasalgan chorsi tumor, devor tepasida kungurasimon 10 tadan darchasi bo’lib,har bir darcha hoshiyalangan,2 chetida morpech ustuncha.Tomida gumbaz va 4 qubba.Ichki devor bilan gumbaz orasi-burchak bag’ali ravoq shaklida.Ravoqlar 8 qirrali gumbaz asosini tashkil etadi.Qirralar burchagida gumbazga tirgaklik qiluvchi ustunchalar o’rnashgan.Xona sahnida 2 ta sag’ana bor.Sharq tomondagisi Ismoil Somoniyniki deb taxmin qilinadi.
Shohizinda
Shohizinda majmuasi Samarqandda 11-20-asrlar davomida qurilgan bo’lib,Afrosiyob tepaligi janubida joylashgan qabristondagi maqbaralardan hamda masjid,minora va madrasadan iborat.Ularning eng qadimiysi Qusam ibn Abbos maqbarasi bo’lib,xalq orasida Shohi Zinda (Tirik shoh) nomi bilan mashhur.
Ansambl bir-biri bilan yo’lak orqali bog’langan 3 guruh binolardan iborat.Quyi guruhdagi inshootlar Ulug’bek o’g’li nomidan qurdirgan Abdulaziz chortog’i11434-1435),unga shimoldan Davlat qushbegi madrasasi(1812-1813)tutash,uning qarshisida ayvonli masjid naqshlar bilan nafis bezatilgan.40 bosqichli tik zinapoya o’rtalig’ining chap tomonida ziyoratona va go’rxonadan iborat qoshgumbazli maqbara(15-asr) joylashgan.
O’rta guruhdagi binolar:Amirzoda maqbarasi,Tug’li Tekin maqbarasi,Shirinbeka oqo maqbarasi,uning qarshisida Temurning boshqa singlisi Turkon oqo maqbarasi,Sakkiz qirrali maqbara,Ali Nasfiy maqbarasi kabilar.
Yuqori guruhdagi binolar:ziyoratxona,3 qismdan iborat masjid ,Xo’ja Ahmad maqbarasi,1360-1361-yillarda qurilgan maqbara,Tuman oqo kompleksi(140501406),2 ta nomsiz maqbara(14-asr-oxiri)ning kiraverish devorigina saqlangan.Shuningdek Tamg’och Bug’roxon madrasasi(11 asr),Amir Burunduq maqbarasi(14-asr oxiri) kabilardir.
Ansambl tarkibidagi 20 dan ortiq inshootlar davlat muhofazasiga olingan.19-20-asr boshlarida ansamblning yana bir necha binolari barpo etilgan.18-asrda vayron bo’lgan zina o’rnida keyinchalik 40 pog’onali g’ishtin yangi zina qurilgan.
Buxoro.Minorai Kalon
Minorai Kalon Qworaxoniylar sulolasiga mansub Arslonxon ibn Sulaymon tomonidan 1127 yilda Buxoroda qurilgan.Poydevori tosh va maxsus qir qoroshmalardan terilgan.Asosining diametri-9 metr,balandligi-50 metr,kursisimon qirrador,tanasi silindrsimon bo’lib,mazana-qiyofasi ko’shk bilan bog’langan.O’zagi va bezagi chorsi g’ishtdan ganchxok loyida terilgan.Bezaklar orasiga kufiy uslubda yozuvlar bitilgan.Bezaklariga o’ziga xos uslub aks etgan.Minoraning ichida 104 pilpoya aylanma zinasi,mezanasida 16 ta darchasi bor.Masjidi Kalon tomidan minoraga o’tadigan ko’prikcha bo’lgan.
Samarqand.Imom al-Buxoriy majmuasi
1998 yilda Iimom al’Buxoriy tavalludining 1225-yilligi nishonlandi.Bu sanaga bag’ishlab ulug’ alloma xotirasiga Samarqand viloyatining Xartang qishlog’ida ulkan yodgorlik obidasi bunyod etildi.Al-Buxoriy tavalludining 1225-yilligiga bag’ishlangan tantanalarda qatnashish uchun Samarqandga jahonning 40 ga yaqin davlatidan,UNESKO kabi nufuzli xalqaro tashkilotlardan mehmonlar kelishdi.Prezident Islom Karimov Imom-al-Buxoriy yodgorlik majmuaning ochilishiga bag’ishlangan marosimda nutq so’zladi.
Samarqand.Abu Mansur al-Moturidiy yodgorligi
Mustaqillik shrofati bilan diniy qadriyatlarimiz tiklanayotgan Vatanimizda 2000-yil noyabrda Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi.Samarqandda Al-Moturidiy xotirasiga bag’ishlangan yodgorlik majmui barpo etildi.
Xonbandi
X asrda Nurota tizmalaridagi Pastdog’ darasi to’silib barpo etilgan Xonbandi suv omboriga 1,5 mln.metr kub suv to’plangan.To’g’on granit toshi va suvga chidamli qurilish qorishmasidan qurilgan.Bu suv omborini qurishda suvning vertikal va gorizontal bosim kuchi va bu hududlarda tez-tez sodir bo’ladigan zilzilzalarning silkinish kuchlarini ham hisobga olganlar.Bu shubhasiz,XVII asr mashhur fransuz fizigi Blez Paskal tomonidan suvning bosim kuchi to’g’risida yaratilgan qonun kashfiyotchisidan qariyb 7 asr muqaddam Movarounnahrlik muhandislarga ma’lum ekanligidan dalolat beradi.
Buxoro.Sayfiddin Boxarziy maqbarasi.
Boharziy maqbarasi 14-16-asrlarda Buxoroda olim,mutavalli shayx Sayfuddin Boharziy(1262 yilda vafot etgan) qabri ustiga qurilgan.Keyinroq maqbaraga taqab ziyoratxona barpo etilgan.Peshtoqning 2 yoni guldastali.Go’rxonada yog’och o’ymakorligida ishlangan sag’ana bo’lgan.O’ymakor sag’ana qoldiqlarini Sitorai Mohi Xosa muzeyida ko’rish mumkin.
Buxoro.Bayonqulixon maqbarasi.
Buxoroda 14-asrda Bayonqulixon qabri ustiga qurilgan.Maqbara katta va kichik xonaga bo’lingan.Kichik xonada sirlangan guldor sag’ana bo’lgan,katta xona esa pastak gumbaz bilan yopilgan.Maqbaraning tashqi 4 burchagida naqshinkor burjlari bor.Devor ichidan qorong’I va tor yo’lak o’tadi.Maqbaraning ichki va tashqi tomoni sirkoroi qilib bezatilgan.Sirlar g’oyat toza va tiniq.Girih va islimiy naqshlar turli naqshinkor yozuvlar bilan ishlangan.Sirkor bezatilgan peshtoq binodan alohida qurilgan.1926 yilda maqbara ta’mir etilgan.Keyinroq maqbara supa ustiga qurilganligi aniqlangan.
Samarqand.Qusam ibn Abbos majmuasi.
Qusam ibn Abbos majmuasi Shohi Zinda ansambli tarkibida bo’lib,Samarqandda 11-15-asrlar mobaynida qurilgan.U turli davrda barpo etilgan masjid,maqbara va chillaxonadan iborat.Qusam ibn abbos(Shohi Zinda-tirik shojh)-Muhammad payg’ambarning amakivachchasi va yaqin safdoshi,Markaziy Osiyoda islom dinini birinchi targ’ibotchilaridan bo’lgan.
Komplesga chortoqning sharqiy ravog’idagi 2 tabaqali fil suyagi qadab,nozik o’yma naqshlar bilan bezatilgan eshik orqali kiriladi.Yo’lakning o’ng tomondagi minora(12-asr) balandligi 12 metr,yuqorisi kichik fonussimon tuynuklar bilan yakunlangan.Masjid 3 qismga ajratilgan.Yon tomondagi devor ustunlar yordamchi hujralarga birlashtirilgan.Ichki devorning izorasi sirkor parchinlar bilan yulduzsimon qilib bezatilgan.Namoyonlar chekkasi o’simliksimon naqsh-qo’sh islimiy,sirkor parchinli hoshiya bilan o’ralgan.Mehrobi arabiy yozuvli sirkor parchinlar bilan naqshlangan,qur’on oyatlari va hadislardan parchalar keltirilgan.Uning sharqida miyonxona,janubi-sharqiy burchakdan maqbaraga o’tiladi.Maqbara go’rxona-sag’ana,ziyoratxona va uning ostida joylashagn chillaxonadan iborat.Qusam ibn abbos sag’anasi Temur hukmronligi davrida o’rnatilgan.sag’ananing yon yuzalardagi o’simliksimon naqshlarga qo’shib zarhal bilan qur’on oyatlari va hadislar yozilgan.Yuqorisida vafot etgan sanasi qayd etilgan.
Ko’hna Urganch.(Turkmaniston)Najmiddin Kubro maqbarasi
Turkmanistondagi Ko’hna Urganch shahrida 14 asrning 30-yillarida qurilgan bo’lib,tasavvufdagi Kubroviylik oqimining asoschisi Najmiddin Kubro(1145-1121) nomi bilan bog’liq.Maqbara Najmiddin Kubro sag’anasi joylashgan katta xona,bir necha qabrlari bo’lgan kichik xona va ziyoratxonalardan iborat.Sag’ana sirkori sopol va yog’och o’ymakorligida bezatilgan.
Ko’hna Urganch.To’rabekxonim maqbarasi
Turkmaniston hududidagi Ko’hna Urganch shahrida 14-asrning 60-yillarida qurilgan.Peshtoq orqali mo’jaz miyonsaroyga,undan 6 qirrali katta xonakohga o’tiladi.Xona ichiga chuqur ravoqli tokchalar ishlangan.Tashqarisiga 12 qirrali,har tomoniga chuqur ravoqlar ishlangan.Poygumbazli 24 qirrali,kulohiy gumbazli(sharqiy qismi saqlangan),bezaklarida nihoyatda nafis koshinkori naqshlar,muqarnaslar qo’llanilgan.
Shahrisabz.Oqsaroy.
Amir Temur Shahrisabzda 14-asr oxirida o’ziga saroy-qarorgoh qurdiradi.Bu saroy Amir Temurning onasi Nekuzbegim sharafiga quriladi.Bizgacha faqat ulkan peshtoqning 2 chekkasi va saroyning hovli sahni bezaklaridan 1 qismi yetib kelgan.U 20 yil davomida qurilgan.Tarixchilarning yozishicha Oqsaroy turarjoy va jamoat binosi-devonxona sifatida qurilib,xonalar tashqi hovli atrofida joylashgan.Saroyning favvorali hovuzlar bo’lgan. Oqsaroy devorlaridagi sirli parchinlar-ko’kimtir,zumrad rangda.Kufiy,suls usulida bitilgan tarixiy va diniy yozuvlar saqlangan.Ushbu saroyning o’ziga xos xususiyatlaridan biri,saroy tomi tepasida hovuz bo’lib,unga suv Taxtaqaracha dovonidan-tog’dan qo’rg’oshin quvurlar orqali olib kelingan.
Samarqand.Go’ri Amir maqbarasi
Go’ri amir maqbarasi Samarqandda 14-asr oxiridan-1405 yilga qadar Amir Temur tomonidan qurdirilgan.Temuriylar sulolasiga mansub kishilar:Amir Temur,og’illari Umarshayx,Mironshoh,Shohruh,nabiralari Muhammad Sulton(maqbara unga atab qurilgan),Mirzo Ulug’bek dafn etilgan.Maqbara binosi va uning oldidagi peshtoqli darvozasi bor hovli saqlangan.Maqbara ichkarisi chortoq,uning ustida yozuvli hoshiyalar va hashamdor ichki gumbaz bor.bezaklar zaminiga lojuvard rang gullar chizilgan.Ziyoratxona o’rtasidagi marmar panjara bilan o’ralgan hazira sahniga qator qabrtoshlar qo’yilgan. Ayniqsa,oltin va kumush qandillardagi shamchiroqlar yonganda ziyoratgoh ichkarisi ulug’vor va afsonaviy tuyuladi.
Oqsaroy
Amir Temur Shahrisabzda 14-asr oxirida o’ziga saroy-qarorgoh qurdiradi.Bu saroy Amir Temurning onasi Nekuzbegim sharafiga quriladi.Bizgacha faqat ulkan peshtoqning 2 chekkasi va saroyning hovli sahni bezaklaridan 1 qismi yetib kelgan.U 20 yil davomida qurilgan.Tarixchilarning yozishicha Oqsaroy turarjoy va jamoat binosi-devonxona sifatida qurilib,xonalar tashqi hovli atrofida joylashgan.Saroyning favvorali hovuzlar bo’lgan. Oqsaroy devorlaridagi sirli parchinlar-ko’kimtir,zumrad rangda.Kufiy,suls usulida bitilgan tarixiy va diniy yozuvlar saqlangan.Ushbu saroyning o’ziga xos xususiyatlaridan biri,saroy tomi tepasida hovuz bo’lib,unga suv Taxtaqaracha dovonidan-tog’dan qo’rg’oshin quvurlar orqali olib kelingan.
Ulug’bek rasadxonasi
Bu rasadxona Movarounnahr hukmdori-temuriyzoda Mirzo Ulug’bek farmoyishi bilan Samarqand shahri yaqinidagi Obirahmat anhori bo’yida 1424-1429-yillarda bunyod etilgan.Rasadxona qurilishiga shaxsan Ulug’bekning o’zi,u yo’q paytlarda Qozizoda Rumiy,G’iyosiddin Jamshid va Ali qushchilar boshchilik qilgan.
Rasadxona doira tarhli,3 qavatli,balandligi 31 metrdan iborat,pishiq g’ishtdan qurilgan.Bino sirti oq,ko’k,qora,havorang koshin qoplab naqshlar bilan bezatilgan.Ichki devorda osmon tasviri,yulduzlar xaritasi,tog’,dengiz,mamlakatlar belgilanganligi sababli xalq orasida “Naqshi jahon” deb atalgan.Rasadxonaning boy kutubxonasida qariyib 15 ming kitob saqlangan.Rasadxona etagida Bog’i maydon va Chinnixona bog’lari barpo etilgan.Rasadxonada olib borilgan tadqiqotlar tufayli 1018 qo’zg’almas yulduzlarning o’rni va holati aniqlanib,ularning astronomik jadvali tuziladi.Radiusi 40,2 metrli ulkan sekstant bo’lgan.1908 yilda arxeolog Vyatkin qoldiqlarini tarixiy hujjatlar asosida topdi.Hozir katta asbob-sekstantning yer ostida saqlangan qismi balandligi 11 metr.Rasadxona yirik astronomik inshoot hisoblanadi.
Ulug’bek madrasasi(Samarqand)
Registon majmuasi tarkibida,bino 2 qavatli,bosh tarzi ulkan peshtoqli,uning 2 burchagiga minora ishlangan.Hovli atrofi 2 qavatli hujralar bilan o’ralgan.Har bir hujra 3 ta (qaznoq,yotoqxona,umumiy xonalardan iborat.4 tomonida 4 ta darsxona bor.Masjid sharqi-janubga tomon cho’zilgan.Tashqi 4 burchagida 4 baland minora bor.Bino serhasham bezatilgan.Markaziy Osiyo me’morchiligida eng mukammal va go’zal madrasa hisoblanadi.
Ulug’bek madrasasi(Buxoro)
1417-yilda Buxoroda Ulug’bek tomonidan qurdirilgan.AbdullaxonII davri(1586) peshtog’I ta’mir etilgan.Hashamatli peshtoqdan miyonsaroyga o’tiladi.Miyonsaroyning 2 yonida masjid va darsxona,2-qavartida kutubxona joylashgan.Yon tomonlaridagi tarzlariga peshtoq,burchaklariga minora ishlangan.Madrasani usta Ismoil Ibn Tohir Isfaxoniy qurgan.Uning bezaklarida ko’pgiona zamonlarning ta’siri borligini ko’rish mumkin.Miyonxona shipi va hovlining shimol tomonidagi ravoqlarida eng qadimiy bezk nusxalari bor.Sharqiy va g’arbiy qismlarida birmuncha keyingi zamonlar naqshlari va binoning old tomonida esa eng keyingi zaman naqsh nusxalarini uchratish mumkin.Eshik tabaqalariga:”Bilim olish har bir musulmon va muslimaning burchidir” degan ibora o’yib yozilgan.
Ulug’bek madrasasi(G’ijduvon)
1433-yilda G’ijduvonda Ulug’bek farmouishi bilan madrasa quriladi.U bir qavatli,murabba’ tarhli,masjid,darsxona va yotoqxonadan iborat.Bosh tarzi peshtoqli,uning yonlarida minoralar bor.Peshtoqdan miyonsaroyga undan,masjid va darsxonaga kiriladi.To’ridagi eshikdan hovliga chiqiladi.Hovli to’ridagi tekis tomli ayvon ichi koshin bilan bezatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |