Xorazm viloyati hokimi P. R. Bobojonovning “Uzxcmg” mchj qo‘shma korxonasida ilk tayyor mahsulot chiqishiga bag‘ishlangan taqdimot tadbiridagi so‘zi



Download 16,17 Kb.
Sana11.02.2017
Hajmi16,17 Kb.
#2334
Xorazm viloyati hokimi P.R.Bobojonovning “UzXCMG” MCHJ qo‘shma korxonasida ilk tayyor mahsulot chiqishiga bag‘ishlangan taqdimot tadbiridagi so‘zi

10-may, 2014 yil Urganch shahri

Assalomu alaykum, aziz tadbir qatnashchilari!

Janob Li Tszyan!

Hurmatli Botir Irkinovich! Ochilbek Jumaniyozovich!

Aziz temiryo‘lchilar!

Xorazmga xush kelibsizlar!

Prezidentimiz muhtaram Islom Abdug‘anievich Karimovning 2012 yil oktyabr oyida Xorazmga qilgan tashrif-laridan keyin viloyat tarixida butunlay yangi sahifa ochildi, deyishimiz mumkin. Chunki jamoatchilik vakillari, ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan samimiy suhbatlaridan keyin Yurtboshimiz vohaning sanoat, turizm, qishloq xo‘jaligi va Urganch shahrining bosh rejasini amalga oshirish, obodonlashtirish va aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashni tubdan yaxshilashga qaratilgan to‘rtta muhim Qaror qabul qilgan edilar. Bulardan tashqari shaxsan Prezidentimizning taklifi va tashabbusi bilan Shovot kanali qirg‘oqlarini obodon-lashtirish ishlari ham boshlandi. Ana shu muhim hujjatlar ijrosi jarayoni bois bugun Xorazm ulkan islohotlar, yangilanish va qurilishlar maydoniga aylandi. Endi viloyat markazi ko‘kalamzor, obod shaharlar-dan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Shuni alohida faxr bilan qayd etish lozim-ki, bugunga kelib Xorazm respubli-kadagi avtomobil ishlab chiqaruvchi viloyat-lardan biriga aylandi. “J.M O‘zbekiston” avtomobil zavodining Xorazm filialida ayni paytda kuniga 120 ta “Damas” avtomobili ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek, mart oyidan boshlab bu erda “Shevrole Orlando” oilaviy avtomashina-larini tayyorlash ham yo‘lga qo‘yildi.

Bu narsa bir tomondan O‘zbekistonning iqtisodiy qudrati, xalqimizning yaratuv-chanlik iqtidoridan darak bersa, eng asosiysi muhtaram Prezidentimizning viloyatimizga bo‘lgan ulkan e’tibori va g‘amxo‘rligining natijasidir.

Shuning uchun fursatdan foydalanib, barcha xorazmliklar nomidan yana bir marta hurmatli Yurtboshimizga ulkan minnatdor-chilik bildiraman!

Aziz hamyurtlar!

Viloyatimizda e’tirofga loyiq o‘zgarishlar ko‘p.

Masalan, 2012 yil sentyabr oyida 33 million AQSh dollari investitsiya kiritish hisobiga ish boshlagan va bugun asosiy mahsulotini chetga eksport qilayotgan “Uzteks Shovot” qo‘shma korxonasining mahsuloti qisqa vaqtda dunyo bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Bugun korxonaning ikkinchi navbatini barpo etish ishlari davom etmoqda. Qo‘shimcha quvvatlar ham ishga tushsa bu korxona O‘rta Osiyodagi eng yirik engil sanoat majmuasiga aylanadi.

Shuningdek, bu yil Bog‘ot tumanidagi navbatdagi tekstil korxonasi foydala-nishga topshiriladi. Natijada viloyatning eksport salohiyati yanada oshadi, yuzlagan yangi ishchi o‘rinlari paydo bo‘ladi. Bular shubhasiz, mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun yaratib berilgan mustahkam huquqiy baza, qulay investitsion muhit mevasidir.

Hurmatli yurtdoshlar!

Bugun biz viloyatimiz tarixidagi yana bir ulkan voqeaning guvohi bo‘lib turibmiz.

“Urganch ekskavator” korxonasi zamonaviy qo‘shma korxona sifatida o‘z faoliyatini qayta boshlamoqda.

Ushbu hududdagi bino va inshootlar “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aktsiyadorlik kompaniyasi ixtiyoriga berilganidan keyin bu erda katta qurilish, rekonstruktsiya va obodonlash-tirish ishlari olib borildi. Natijada bugun u viloyatdagi eng ko‘rkam, namunaviy ishlab chiqarish ob’ektlaridan biriga aylandi. Xorijiy sheriklar topilib, ular bilan yaxshi loyiha shakllantirildi va O‘zbekiston uchun nihoyatda zarur bo‘lgan Eng zamonaviy ekskavatorlar ishlab chiqarish tashkil etildi. Bu erda mahalliy yoshlar uchun 200 ta yangi ishchi o‘rinlari ochildi.

Ushbu zamonaviy loyihani amalga oshirishdagi katta hissasi uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat aktsiyadorlik kompaniyasi va o‘zaro manfaatli hamkorligi uchun Xitoy Xalq respublika-sining Eks.Em.JI (“Xuzhou Construction Machinery Group C., Ltd”) korparatsiyasiga katta minnatdorchilik bildiramiz!

“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi boshqaruvi raisi Ochilboy Jumaniyozovichga alohida rahmatlar aytamiz. Chunki mazkur kompaniya viloyati-mizda kechayotgan o‘zgarishlarda bizga juda yaqindan yordam bermoqda.

Kompaniya Urganchdagi “Temir yo‘l vokzali”ni rekonstruktsiya qilib ko‘rkam inshootga aylantirdi. Shovot kanali qirg‘oqlarini obodonlashtirishda katta hissa qo‘shdi. Shovot tumanidagi 1000 bosh naslli qoramol va 50 000 parrandaga mo‘ljallangan “Temir yo‘l obod” chorvachilik majmuasi muvaffaqiyat bilan ishlab turibdi.

Bugun biz kompaniya quruvchilariga, mutaxassislariga, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aktsiyadorlik temir yo‘l kompaniyasining “Xorazm temir yo‘l hududi” ishchi va xodimlariga ham minnatdorchilik bildiramiz!

Yangi ish boshlayotgan qo‘shma korxona ishiga muvaffaqiyatlar tilaymiz!



Hamkorligimiz kengayaversin!

E’tiborlaringiz uchun rahmat!
Download 16,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish