X. Do’stmuhammad asarlarida konnotativ ma’noning ifodalanish usullari



Download 24,46 Kb.
Sana17.07.2022
Hajmi24,46 Kb.
#813621
Bog'liq
maqola


X.Do’stmuhammad asarlarida konnotativ ma’noning ifodalanish usullari
Qoraqalpoq DU o’zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti A. Madaminov
magistri Yulduz Mo’minova.

Tilshunoslikda lingvopoetkaga bo’lgan e’tiborning kuchayishi konnotatsiya va uning ifoda vositalariga oid ko’pgina tadqiqotlarning yuzaga kelishiga turtki bo’ldi. Ilgari konnotatsiya tushunchasi stilistikasining ob’ekti sifatida nutqiy hodisalarning bo’yoqdorligini o’rganish ob’ekti bo’lib kelgan edi. Chunki, konnatativ ma’no nutq vaziyati, kontekst yordamida reallashuvchi hodisa sifatida pragamatikaning o’rganish ob’ekti sanaladi. Ma’lumki, ‘’pragmatika’’ yunoncha pragma, pragmatos so’zidan olingan bo’lib ‘’ish’’ “harakat” degan ma’noni ifodalaydi. Konnotatsiya ham lingvopoetik tahlilda muhim ahamiyatga ega bo’lgan vositalardan biridir.


Unda til birliklarining nutq vaziyati kontekst bilan bog’liq jihatlari kishilar o’rtasidagi nutqiy etiketlar, nutqning ijtimoiy xoslanishi ifadaning sub’ektiv modal aspektiga aloqador kechishi, baho bildiruvchi so’z va turli vositalar, insonning ichki ruhiyatini ifoda etuvchi diskurs hamda pressuppozitsiya hodisalari aks etadi. Demak, konkret jumladan anglashilgan bir qator qo’shimcha ma’nolar nutqiy vaziyat, kontekt bilan uzviy bog’liq bo’lgan ma’nolar, ularni ifodalovchi lingvistik va ekstralingvistik vositalar lingvistik pragmatikaning o’rganish ob’ektlari sanaladi.( Xakimov16- bet).
Har qanday matnda konnotatsiya til birliklarining qo’shimcha ma’no komponenti bo’lib, u orqali nutqning emotsional-ekspressivligi ta’minlanadi.Bunda konnotatsiya nutq sub’yektining ruhiy holatini,baho munosabatini ochib berishga xizmat qiluvchi semantik- pragmatik aspekt sifatida namoyon bo’ladi.
Mana shu nuqtayi nazardan yondashganimizda yozuvchi Xurshid Do’stmuhammad asarlarida ham konnonativlikning turli usullar bilan ifodalanganligini anglash mumkin.
Yozuvchi ijodiga ham konnonativ ma’noni yuzaga chiqaruvchi vositalarda dastlab ikki turga ajratish mumkin:
1.Lingvistik vositalar orqali .
2.Ekstralingvistika vositalar bilan.
Lingvistik vositalarni fanetik,leksik,grammatik(morfologik-sintaktik)vositalar tashkil qilsa, ekstralingvistik vositalar har xil imo- ishora va gavda harakatlari mimikalar orqali yuz beradi.
X.Do’stmuhammad “Qissalari ”dan keltirilgan ushbu jumlada,”Attang” degan ma’noda bosh chayqashi bilan “yo’q” degan inkor ifodasini anglatadi.Masalan :
-- Gulgun tergovchiga ko’rgazma berayotgan edi.U voqeani oqizmay- tomizmay hikoya qildi.
- Necha kun bo’ldi? – takror so’radi tergovchi.
- O’n kun “Attang” degan ma’noda bosh tebratdi. Tergovchi.
Gulgun bu bosh chayqashning ma’nosini tushunmadi,tushunsada,uni nozik ilg’aydigan ahvolda emasdi.(“Qissalar”196- bet).
Shuningdek, yozuvchi o’z asarlarida konnonativ ma’nolarni hosil qilishda lingvistik vositalardan keng foydalanganligini ko’rishimiz mumkin.Asosan, u konnonativ ma’no hosil qilishning fonetik,leksik va grammatik usullaridan unumli foydalanadi.Quyida biz ularning har biri haqida qisqacha fikr yuritishni ma’qul topdik.
1.Fonetik vositalar orqali konnonativ ma’no ifodalashga yozuvchi intonatsiyadan keng foydalanadi.Bunda jumla tarkibida bo’yodorlikni, ta’sirchanlikni,anglatish maqsadida biror so’zning cho’zib talaffuz qilinishi ko’rsatiladi: - Ob-bo-o, – dedi u, lab lunjini qayta- qayta artib turib,- yomg’ir to’yxonagayam yog’ibdi-da!(“Beozor qushning qarg’ishi” 412-bet). Ba’zan biror voqea- hodisani kuchli ta’sirchan yoki obrazli qilib tasvirlashda so’zlarni takrorlash va unli tovushlarni cho’zish orqali ma’no kuchaytiriladi: Yetadi ,yetgach,orom,orom o-o-o-x o-rom!(O’sha asardan 342- bet).
Yozuvchi o’z asarlarida shevaga xos milliy koloritni ifodalash uchun tovush takrori rediplikatsiya usulini keng qo’llaydi: Oshni qachon damlaysiz? (Beozor qushning qarg’ishi 114-bet).
Bekorri beshtasini yebdi ,onang!(O’sha asar 286-bet). Sizzi hafa qilish niyatim yo’q,opa! Kengroq o’ylang axir (O’sha asar 97- bet).
Tovush tushishi uslub bilan og’zaki nutqqa xos ruscha so’zlarda salbiy va ijobiy munosabatlar nutq vaziyatiga bog’liq holda ochib beriladi:Ertasi ertalab gazetachi bola keldi.(“So’roq” hikoyasi 218- bet). Onaning yonida melisa o’tirganini ko’rib ortiq ajablanmadi ham,ona bilan melisa obdan Bozorni ko’klarga ko’tarishdi (O’sha joyda 219-bet).
Bulardan tashqari fonopragmatikada konnotativ ma’no tovush ikkilanishi natijasida ham yuzaga keladi.Unda biror so’zdagi tovush orttirilishi bilan ekspressivlik ifodalanadi.Masalan:Bizda ham qiz bor.Ikki o’g’il borr (“ Beozor qushning qarg’ishi”104-bet).
2.Leksik usul yordamida konnatativ ma’noning ifodalanishi X.Do’stmuhammad asarlarida o’ziga xos xususiyatlariga ega.
Ma’lumki, sistem tilshunoslikda leksemaning ikki sxemasi ya’ni denotativ va konnotativ ma’nolari farqlanadi.Konnotativ sema tarkibida turli qo’shimcha ma’nolar-uslubiy bo’yoqdorlik,shaxsiy munosabat, his- tuyg’u kabilar ham ifodalanadi.Bunda so’z ma’nolarining ko’chish usullari muhim ahamiyatga ega.Adib o’z asarlarida metafora,metonimiya,sinekdoxa kabi ko’chimlardan keng foydalanadi, natijada yangi leksik ma’noga oid konnotativ ma’nodagi birliklar hosil bo’lgan.Masalan: Odatim shu, jonim, bir bozorga sho’ng’isam, haftalab,oylab kezaman, bozordan bo’lak dunyoni unutaman.(“Bozor”11- bet). Bu yerda “suvga so’ng’imoq” bilan “ bozorga sho’ng’imoq”iborasi o’xshashlik asosida ko’chgan yoki u yuk mashinaning tumushig’iga turmashdi(“Bozor”4- bet) kabilar ham metaforik usulda hosil bo’lgan konnotativ ma’nolar sanaladi. Yozuvchi ijodiga xos ko’chma ma’nodagi iboralar xilma- xil bo’lib, ular asar mazmuning ta’sirchan va obrazli chiqishini ta’minlaydi. Masalan: Umid bir qarashning o’zida onasining avzoi ayniganining , uning ko’zlaridan ma’no qochganini payqadi. (“Qissalar” 450- bet). Hali zamon quyosh lang’illagan shoyi etagini yig’ib olardi( Bozor” 30- bet).
Leksik konnotativlikning metonimiya usuli orqali hosil bo’lishi ham adib asarlarida ko’p kuzatiladi. Bunda bir narsaning nomi bilan shu predmetdagi boshqa bir narsani atash jarayonida yuz beradi.Masalan: Ular dasturxon atrofiga yig’ilishdi. Bu oilaning dasturxoni katta, o’ziga to’q oila.( Gazetadan).
Shuningdek adib asarlarida sinekdoxa usuli orqali hosil bo’lgan konnotativ birliklar keng qo’llaniladi. Bunda narsaning nomi boshqa bir predmetning qismi bilan ifodalanadi: Amaki, uy, nok- uchovi bir – biriga suyanib amal- takal kun ko’ryapti. Birortasi qulasa- tamom,Jannatoroldan nom- nishon qolmaydi. Nauy, na amaki, na mana bu nashvati…(“ Qissalar”33- bet) kabi. Shuningdek yozuvchi ijodida o’ziga xos o’xshatish, jonlantirish, mubalog’a kabi turli tagma’nolarga ega jumlalar bilan alohida ajralib turadi.Masalan: - dek, - day affikslari bilan ifodalangan o’xshatishlar jumla tarkibida turli tagma’nolar orqali konnotativlik hosil qiladi.To’rt kun avval uyiga kirolmay qolgan laychadek ko’chada sang’iydi.( “ Beozor qushning qarg’ishi” 364- bet) kabi.
Yozuvchi u “Bozor” romanida jonlantirish usulida quyidagicha obrazli qilib tasvirlaydi:” Qiziq bozor jilovini bandasiga tutqazib qo’yishni xohlamaydi,lekin jilovi qo’ldan chiqqan bozor unga yaqin kelgan kimsa borki, o’z izmiga- yo’rig’iga solib,abgor qiladi.Bozordan qochish kerak, bozorning betini ko’rmay yashaganga ne yetsin” - deydi. ( “ Bozor” 140- bet)
Xullas yozuvchining asarlari badiiy- tasviriy vositalarga boy, tili va uslubi jihatidan o’ziga xos konnotativ ma’nolarni anglatuvchi birliklari ko’p uchraydi.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR



  1. Aznaurova E. S. Pragmatika xudojlestvennogo slova Toshkent, “Fan” 1988- yil.

  2. Kilichev E. Kilichev B. Konnotativ ma’no va uning ifodalanishi. O’TA jur. 2006. 6-son.

  3. Maksumova S.S E.Bohidov asarlarida konnotativlikng ifodalanishi. NDAR Toshkent.2012.

  4. Mohmudov N. Presuppozitsiya va gap O’TA jur. 1986 . 6-son, 28 b.

  5. Safarov Sh. Pragmalingvistika.- Toshkent 2008.

  6. Hakimov M. O’zbek tilida matnning pragmatik talqini DDA.- Toshkent.2001.

  7. Hokimov M.O’zbek pragmalingvistikasi asoslari. –Toshkent, ,,Akademnashir” 2013 .

  8. Haydarov A. Konnotativ ma’noning fonetik vositalarda ifodalanishi NDA. – Toshkent. 2009.

Download 24,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish