Viloyatda qishloq xo‘jaligi yerining umumiy maydoni 292,667 ga. Umumiy ekin maydoni 292,667 ga.
Toshkent viloyatida 34 ta agroklaster ishlaydi. Shundan 6 tasi paxta-to‘qimachilik (ishlab chiqarish hajmi – 200 489 tonna), 5 ta g‘allachilik (ishlab chiqarish hajmi – 21,706 tonna), 23 ta meva-sabzavotchilik (ishlab chiqarish hajmi – 222 645 tonna) yo‘nalishida. Ularga 107 46 gektar yer biriktirilgan, shundan 48 718 gektar maydon klasterga biriktirilgan bo‘lsa, klaster tarkibiga kiruvchi 2 460 ta fermer xo‘jaligi 58 728 gektar maydonga egalik qiladi.
Shuningdek, 23 ta kooperatsiya va 2 ta agrologistika markazi mavjud.
Ushbu hududda 6 645 ta fermer xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 1 166 tasi paxta-g‘allachilik, 186 tasi g‘allachilik, 1 918 tasi bog‘dorchilik, 821 tasi uzumchilik, 663 tasi bog‘dorchilik va poliz ekinlari, 779 tasi bog‘dorchilik-g‘allachilik, 865 tasi chorvachilik, 15 tasi ipakchilik, 4 tasi parrandachilik, 167 tasi baliqchilik, 4 tasi asalarichilik va 57 tasi boshqa yo‘nalishlarda.
Viloyatda 1,507 gektar maydon 649 ta fermer xo‘jaligiga issiqxonalar uchun taqsimlangan.
Toshkent viloyatida joriy yilda 273 mln dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilindi
17:54 / 12.12.2021
12130
Joriy yilda Toshkent viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 230 ming tonnasi qayta ishlanib, 273 mln dollarlik tayyor mahsulot eksport qilindi.
Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev Qishloq xo‘jaligi xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigida 2021 yilda agrar sohada erishilgan natijalarga to‘xtaldi.
Foto: toshvil.uz
Xususan, yil davomida hududda 787 ming tonna g‘alla, 247 ming tonna paxta, 1558 tonna pilla, 1 mln 648 ming tonna meva-sabzavot, 287 ming tonna go‘sht va 994 ming tonna sut mahsulotlari hamda 1 mlrd 552 mln dona tuxum yetishtirilgan.
“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 230 ming tonnasi qayta ishlanib, 273 mln dollarlik tayyor mahsulot eksport qilindi”, deyiladi hokim tabrigida.
Ma'lum qilinishicha, joriy yilda paxtachilik klasterlari tomonidan 107 ming 707 tonna yoki shartnomaviy rejaga nisbatan 102 foiz miqdorida paxta xomashyosi yetishtirildi.
“Bu yilgi paxta xomashyosini 2020 yilga nisbatan taqqoslaganimizda yetishtirilgan paxta 7 ming 562 tonnaga, o‘rtacha hosildorlik 5 sentnerga oshganini ko‘rishimiz mumkin.
Joriy yilda yetishtirilgan hosilning 67 ming 525 tonnasi yoki 28 foizi paxta terish mashinalarida terib olindi. 2020 yilda paxtaning 49 ming 216 tonnasi yoki 20,5 foizi mashinalar yordamida terilganini hisobga olsak, o‘tgan yilga nisbatan 18 ming 309 tonnaga yoki 27 foizga ko‘payganiga guvoh bo‘lamiz.
Albatta, bu kabi salmoqli natijalarga erishishda qishloq xo‘jaligi texnikalarining yangilanganligi, jumladan, joriy yilda 64 mlrd so‘mlik jami 5053 dona texnik agregatlar, shundan 7 dona g‘alla o‘rish kombayni, 34 dona paxta terish mashinasi olib kelingani muhim omil bo‘ldi. Shundan 28 mlrd so‘mlik 329 ta texnika paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan sotib olindi”, deya hokim so‘zlarini keltirmoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.
#Toshkent viloyati#qishloq xo‘jaligi
Mavzuga oid
Anvar Asomov qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yil yakuniga qadar 400 mln dollarlik loyihalarni boshlash topshirildi
Prezident selektorida ishdan olingan tuman hokimi o‘rinbosari viloyat darajasidagi amaldorga aylandi
Qishloq xo‘jaligida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha sinov amalga oshiriladi
MuhimLentaMaqolaMedia
Yil yakunlari: qishloq xo‘jaligi-2021
AGRO.UZ > Yangiliklar > Fotoreportajlar > Yil yakunlari: qishloq xo‘jaligi-2021
Dek 31, 2021Posted by: Media markazFotoreportajlar
Agrar sohani isloh qilish, qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlarini, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy qilishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish maqsadida jami 63 ta hujjatlar, shundan 6 ta O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 9 ta Farmoni, 26 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 42 ta qarori qabul qilinib, islohotlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirildi. Qishloq xo‘jaligida yer munosabatlarini tartibga solish, oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish hamda sohani raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha vazifa, funksiya va vakolatlar vazirlikka o‘tkazildi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yilda 22 mln tonnadan ortiq meva-sabzavotlar ishlab chiqarildi va o‘sish 106,1 foizni (sh.j: dehqonchilikda 107,5%) tashkil etdi. Jumladan, 11,6 mln. tn (111,4%) sabzavotlar, 3,3 mln tn (115,8%) kartoshka, 2,3 mln tn (108,6%) poliz, 3 mln tn (106,3%) meva, 1,8 mln. tn (111,5%) uzum, shuningdek, 7,9 mln tn (104,8%) don va dukkakli don ekinlari, qariyb 3,4 mln tn (110%) paxta xomashyosi yetishtirildi.
Davlat tomonidan agrar sohani qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiy manfaatdorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan tizimli tadbirlar natijasida joriy yilda 1 gektar maydondan olingan o‘rtacha daromad 47,2 mln so‘mni (o‘tgan yilga nisbatan 2 barobar ko‘p) tashkil etdi.
Misol uchun, Andijon viloyatida 97,7 mln so‘mni, Samarqandda 86,5 mln so‘mni, Buxoroda 85,3 mln so‘mni, Namanganda 66 mln so‘mni, Farg‘onada 61,3 mln so‘mni, Navoiyda 52,3 mln so‘mni tashkil etib, Respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori bo‘ldi.
Yer va suv resurslaridan foydalanishga bo‘lgan munosabatni tubdan o‘zgartirish, samaradorligini keskin oshirish yo‘nalishida ham izchil islohotlar amalga oshirilib, joriy yilda Yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi doirasida jami 274,8 ming ga (2020 yilda 101,8 ming ga, 2,7 barobar ko‘p) shundan, 99 ming ga sug‘oriladigan, 171 ming ga lalmi-yaylov va suv talab qilmaydigan ekin ekiladigan yerlar hamda 5 ming ga o‘rmon yerlari foydalanishga kiritildi.
O‘zlashtirish uchun Respublikada 1410 km sug‘orish tarmoqlari qurildi, 396 km kollektor tarmoqlari taʼmirlandi, 1522 dona quduq qazildi, 221 dona nasos agregatlari o‘rnatildi hamda 2169 km elektr uzatish tarmoqlari tortildi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun joriy yilda foydalanishga kiritilgan yerlarning 247 ming gektariga (o‘tgan yilga nisb. 145 ming ga ko‘p) qishloq xo‘jaligi ekinlari shundan, 13 ming ga sabzavot, 18 ming ga poliz, 19,5 ming ga dukkakli, 12 ming ga moyli, 5,7 ming ga sholi, 12,8 ming ga dorivor, 43,7 ming ga ozuqa va 51 ming ga boshqa ekinlar joylashtirildi, shuningdek, 42,3 ming ga mevali bog‘lar hamda 29 ming ga tokzorlar barpo etildi.
Mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish uchun PQ-4919-son qaroriga muvofiq, hududlarda jami 512 ming ga yoki 2020 yilga nisbatan 5 barobar ko‘p maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilindi. (367 ming ga paxta, 49 ming ga g‘alla, 42 ming ga bog‘ va tokzorlar, 1 ming ga sabzavot-poliz hamda 53 ming ga boshqa ekinlar).
Jumladan, 194 ming ga tomchilatib, 11,2 ming ga yomg‘irlatib, 6 ming ga diskret, 78,8 ming ga egiluvchan quvur va 20,9 ming ga plyonka to‘shab sug‘orish joriy etildi va 201 ming ga yerlar lazerli tekislandi.
Yerlarni unumdorligini saqlash, tiklash va oshirish bo‘yicha joriy yilda jami 903 ming ga (Xorazmda 217 ming ga, Qashqadaryoda 453 ming ga, Andijonda 233 ming ga) yerlarda tuproq sifatini baholash tadbirlari bajarildi.
Hududlarning tuproq iqlim sharoiti, suv resurslari bilan taʼminlanganligi hamda aholini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabini inobatga olgan holda 4 mln 843 ming gektarga (2020 yilga nisb. 644 ming ga ko‘p) qishloq xo‘jaligi ekinlari joylashtirildi (asosiy maydonda 3,1 mln, bog‘-tok orasida – 223,2 ming ga, takroriy – 816,4 ming ga, lalmi – 457,4 ming ga, o‘zlashtirilgan maydon – 198 ming ga).
Jumladan, 1 mln 38 ming ga g‘alla, 348 ming ga sabzavot, 171,5 ming ga poliz, 78,2 ming ga kartoshka, 200 ming ga moyli, 448 ming ga dukkakli, 725,6 ming ga ozuqa va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari ekildi.
Yerdan samarali foydalanish, aholiga yangi ish o‘rinlarini yaratish, yoshlarni ish bilan band qilish maqsadida “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun 175 ming ga maydonlar 0,1 gektardan 1 gektargacha o‘lchamda 613,5 ming nafar yoshlarga ajratib berildi.
Mazkur maydonlardan joriy yilda jami 8,5 trln so‘mlik 2 mln tn qo‘shimcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirildi.
Maʼlumot uchun: QRda 10 ming ga yer (23,4 ming nafar), Andijonda 6 ming ga yer (30 ming nafarga), Buxoroda 23 ming ga yer (92,4 ming nafarga), Jizzaxda 7,7 ming ga yer (11,1 ming nafarga), Qashqadaryoda 4,4 ming ga yer (10,5 ming nafarga), Navoiyda 2 ming ga yer (6,5 ming nafarga), Namanganda 9 ming ga yer (49,5 ming nafarga), Samarqandda 63 ming ga yer (193,2 ming nafarga), Surxondaryoda 10,7 ming ga yer (47,7 ming nafarga), Sirdaryoda 6,7 ming ga yer (13,1 ming nafarga), Toshkent viloyatida 5,7 ming ga yer (19,6 ming nafarga), Farg‘onada 18 ming ga yer (85,8 ming nafarga) hamda Xorazmda 8,1 ming ga (33,8 ming nafar) yer maydonlari ajratib berildi.
Qishloq xo‘jaligida texnika taʼminotini yaxshilash hamda zamonaviy resurstejamkor texnologiyalar bilan taʼminlash maqsadida qiymati 983 mlrd so‘mlik 8 990 ta yuqori unumli texnika va agregatlar xarid qilindi.
Aholini sifatli va kafolatli meva va uzum mahsulotlari bilan taʼminlash hamda eksport salohiyatini oshirish maqsadida fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan 64 ming ga (2020 yilga nisb. 2 barobar ko‘p) mevali bog‘lar va 50,8 ming ga (2,5 barobar ko‘p) uzumzorlar barpo etilib, jami bog‘lar maydoni 293 ming gektarga, tokzorlar 133,7 ming gektarga yetdi.
Shu bilan birga, qariyb 800 gektar maydonda qiymati 2,3 trln so‘mlik 398 ta zamonaviy issiqxona ishga tushirildi va 10 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. Respublikada issiqxonalar maydoni 5,5 ming gektarga yetkazildi.
Qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishda 25 ta paxta-to‘qimachilik (106 ming ga), 80 ta g‘allachilik (801 ming ga), 13 ta sholichilik (17 ming ga) 2ta dorivor klasterlar yo‘lga qo‘yildi. Natijada joriy yilda 122 ta paxta-to‘qimachilik (qamrovi 100%), 157 ta g‘allachilik (100%), 146 ta meva-sabzavotchilik (40%), 29 ta sholichilik, 9 ta dorivor o‘simliklar yetishtiruvchi klasterlar faoliyat yuritdi.
Klasterlar tomonidan sohaga ilm-fan, innovatsiyalar hamda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish natijasida, 3,4 mln tonna paxta, 7,8 mln tonnaga yaqin don yetishtirildi. O‘rtacha hosildorlik paxtada 29,8 sentnerdan 32,7 sentnerga (110%), g‘allada 57,6 sentnerdan 64,1 sentnerga (111%) oshdi.
Paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan qiymati 8,4 trln so‘mlik 54 ta, g‘allachilik klasterlari tomonidan 783,7 mlrd so‘mlik 42 ta, meva-sabzavotchilik klasterlari tomonidan 328 mlrd so‘mlik 22 ta jami 118 ta loyihalar ishga tushirilib, 24 ming nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish, sohada qayta ishlash quvvatlarini oshirish bo‘yicha 463 ta yangi korxonalar ishga tushirildi va qayta ishlash quvvatlari meva-sabzavotda 2 960 ming tonnaga, go‘shtda 575 ming tonnaga, sutda 2 650 ming tonnaga yetdi.
Shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, logistika quvvatlarini oshirish maqsadida, 8 ta (quvvati 88 ming tn) zamonaviy agrologistika markazlari, 56 ta (51,5 ming tn) sovutgichli omborxonalar ishga tushirildi, agrologistika korxonalari soni 59 taga, quvvati 826 ming tonnaga yetkazildi.
Oziq-ovqat mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlariga sifat menejmenti talablari asosida xalqaro standartlar joriy etildi. Xususan, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan sifat menejmenti talablari asosida jami 392 ta, shundan, 39 ta Global G.A.P., 5 ta Organic, 344 ta ISO 22000, 2 ta “HALAL” sertifikatlari olindi.
Nukus tumanida 52 ga sabzavot, Xo‘jaobodda 240 ga bog‘, Kitobda 189 ga anor, Nurotada 157 ga uzum, Parkentda 3 445 ga uzum, Mirzaobodda 7 ga anor, Yangiqo‘rg‘onda 386 ga meva-sabzavot, Quvasoy shahrida 400 ga bog‘, Baxmalda 250 ga olma bog‘lari organik mahsulotlar yetishtirishga ixtisoslashtirildi.
Xalqaro brendlarni jalb etish bo‘yicha Ukrainaning “Gruppa Nutritek” kompaniyasi (Nutritec brendi) bilan O‘zbekistonda bolalar taomlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasi bo‘yicha memorandum imzolandi.
Maʼlumot uchun: Loyihaning qiymati 40 mln dollar, yillik quvvati 2-3 ming tn muddati 2022-2023 yy. 1-bosqichda 2 mln. doll, 2-bosqichda 28 mln. doll va 3-bosqichda 10 mln doll to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etish kutilmoqda.
Meva-sabzavot mahsulotlarining eksport geografiyasi kengayib, Amerika Samoasi, JAR, Makedoniya, Maldiv orollari, Marokash, Nepal, Sloveniya, Xorvatiya, Shvetsiya, Yamayka mamlakatlari bozorlariga yangi yo‘nalishlar ochilib, joriy yilda 961 mln dollarlik 1,5 mln tonnadan ortiq meva-sabzavotlar (70 ta davlat) hamda 60 mln dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilindi.
Eksport ko‘rsatkichlari o‘tgan yilga nisbatan dukkakli mahsulotlarda 115 foiz, uzum mahsulotlarida 105 foiz, quritilgan meva-sabzavotlar hamda moyli mahsulotlarda 113 foizga o‘sdi.
XMIlar ishtirokida 7 ta loyiha doirasida jami 154 mln dollar o‘zlashtirilib, 367 ta sub loyihalar moliyalashtirildi va 7173 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Maʼlumot uchun: “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirish” loyihasi doirasida 10,29 mln doll. (79%), “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi doirasida 57,73 mln doll. (166%), “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish va rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha 10,52 mln doll. (105%), “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida 27,03 mln doll. (100%) hamda “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish” loyihasi doirasida 48,13 mln doll. (121%) mablag‘lar o‘zlashtirildi.
Loyihalarda 350 ga intensiv mevali bog‘lar barpo etildi, 160,5 ga zamonaviy issiqxonalar, 5000 tonna muzlatgichli omborxonalar tashkil etildi, qariyb 4 ming bosh yirik va mayda shoxli qoramollar olib kelindi hamda 223 ming boshga mo‘ljallangan parrandachilik komplekslari ishga tushirildi.
Jahon banki loyihasi (500 mln doll) doirasida 26 ta loyihalar moliyalashtirilib, 10 mln dollar mablag‘lar o‘zlashtirildi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 5 ta loyiha doirasida jami 17,4 mln dollar o‘zlashtirildi.
Shuningdek, sohada agrobiznes muhitini yaxshilash hamda qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishni jadallashtirish bo‘yicha qiymati 71 mln dollarlik grant mablag‘lar hisobiga 25 ta yangi loyihalar amalga oshirildi.
Maʼlumot uchun: FAO dasturi 17 mln doll., (GIZ) «Orolbo‘yi hududlarida ekologik yo‘naltirilgan iqtisodiyotni rivojlantirish» bo‘yicha 9,5 mln doll., USAIDning «Agrar tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash» bo‘yicha 18,9 mln doll.
Shuningdek, sohaga tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb etish jaddalashib, joriy yilning o‘zida umumiy qiymati 93,4 mln dollarlik 29 ta yangi grant va texnik ko‘mak loyihalari jalb qilindi.
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tashkil etilib, Milliy markaz tizimida jami 23,1 mlrd so‘mlik 52 ta ilmiy loyihalar amalga oshirildi.
Yuqorichirchiqda Agroxizmatlar markazi tashkil etilib, yagona darcha tamoyilida 17 ta yo‘nalishda 100 dan ortiq xizmatlar shuningdek, xususiy sektor – yirik agrokompaniyalar tomonidan 18 ta yo‘nalishda yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha agroxizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. 15 dan ortiq xalqaro ekspertlar jalb etildi.
Shuningdek, 5 ta laboratoriyada (o‘simliklarni himoya qilish, agrokimyo va tuproq tahlili, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, veterinariya va urug‘chilik laboratoriyalari) hamda biznes rejalarni tuzish, qo‘shimcha qiymatni rivojlantirish, bank xizmatlari, xorijiy kredit va grant liniyalarini taqdim etish kabi 45 dan ortiq xizmatlarni ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.
ToshDAU Nukus filiali negizida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti hamda Termiz filiali negizida Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti tashkil etildi.
ToshDAU dunyoning nufuzli 1 000 ta oliy taʼlim muassasalari ro‘yxati THEning (Times Higher Education) IMPACT RANKINGS xalqaro reytingida top-1000 taligidan o‘rin egalladi.
“Agrobank” ATB va vazirlik tizimidagi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda “Fermerlar maktabi” o‘quv kursi tashkil etildi va fermerlar uchun 100 ta nomda kitob va talabalarga 85 nomda o‘quv adabiyotlari ishlab chiqildi.
“E-IJARA”, “Geoaxborot”, “Yagona agroplatforma” “Davlat sinovlaridan o‘tgan, import qilingan va Respublikada ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi va meloratsiya texnikalarning yagona davlat reyestri”, “Agrar sohada ajratiladigan subsidiyalar yagona davlat axborot tizimi” sinov tariqasida ishga tushirildi.
Maʼlumotlar ochiqligi asosida, ilg‘or xorijiy va mahalliy innovatsion tajribalarni qo‘llash orqali oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, geoaxborot texnologiyalarini qo‘llagan holda qishloq xo‘jaligi yerlari to‘g‘risidagi aniq va shaffof maʼlumotlarni shakllantirish, tahlil qilish va yangi xizmat turlarini yaratish maqsadida Vazirlikning Geoaxborot tizimi joriy etildi.
Sohaga malakali, salohiyatli kadrlarni jalb etish bo‘yicha Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda vazirlik va hududiy boshqarmalarda mavjud vakant o‘rinlarga ochiq elektron tanlovlar o‘tkazilib, joriy yilning o‘zida 358 ta o‘rinlarga tanlov asosida munosib mutaxassis va rahbar kadrlar ishga qabul qilindi.
Qishloq xo‘jaligidagi yangilanayotgan islohotlar
12.08.2020, 15:10
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ulkan salohiyatga ega. Bozorlarimiz to‘kin, xalqimiz rizqi mo‘l-ko‘l bo‘lishidan tortib, eksportdan qo‘shimcha daromad topishgacha bo‘lgan juda ko‘p masalalar shu yo‘nalish rivojiga bog‘liq.
Lekin uzoq yillar davomida agrar sohaga yetarlicha e’tibor berilmadi. Na bozor iqtisodiyoti, na yerga munosabat, na manfaatdorlik bor edi. Mablag‘, ilmiy innovatsiyalar jalb etilmadi. Oqibatda yerlar “charchab”, unumdorlik pasayib ketdi. Mahsulotni qayta ishlash, qo‘shimcha qiymat olish bo‘yicha tizim yaratilmadi.
So‘nggi yillarda respublikada dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga ajratilgan maydonlardan samarali foydalanish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq aholisining bandligi va turmush darajasini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, faoliyatini yanada kengaytirish va aholi tomorqalarini xizmatlari bilan qamrab olish darajasini oshirish, shuningdek, mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatlari yanada ko‘paytirildi.
Kuni kecha Prezidentimiz tomonidan Jahon banki ishtirokida o‘tkazilgan “Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirishga bag‘ishlangan videoselektor ham aynan shu mavzularga bag‘ishlandi.
Yig‘ilishda Jahon banki tomonidan ajratilgan 500 million dollar kredit mablag‘larini o‘zlashtirish bo‘yicha shakllantirilgan loyihalar muhokama qilindi.
Prezidentimiz ko‘rsatmasiga muvofiq, loyihalarni ishlab chiqishda fanni rivojlantirishga, ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga ustuvor ahamiyat qaratilgan. Xususan, jalb qilinayotgan mablag‘ning 87 million dollari qishloq xo‘jaligi sohasidagi 10 ta ilmiy-tadqiqot muassasasi, 4 ta ixtisoslashgan markaz faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini yaxshilashga ajratiladi.
Shuningdek, 70 million dollar ko‘chatlar yetkazib berish, fitosanitariya, geoaxborot va sertifikatlash xizmatlarini ko‘rsatadigan agroxizmat markazlarini tashkil etilishi, bundan tashqari, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish uchun berilayotgan 10 million dollar hisobiga yerlarning hosildorligi, soliq, transport-logistika va mahsulotlar bozorlari haqida ham ma’lumotlar olish imkonini beradi. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirish, qishloqda bozor prinsiplari va munosabatlarini keng joriy etish, qishloq xo‘jaligi korxonalarini bozor shart-sharoitlari va talablariga jadal moslashtirish albatta tadbirkorlik, dehqonchilik va savdo-sotiq rivoji uchun munosib xizmat qiladi.
Yerni xususiylashtirish zamon talabi bo‘lgan O’zbekiston qishloq xo‘jaligini bozor munosabatlariga o‘tkazishning eng avvalgi va eng muhim bosqichidir. Qishloq xo‘jaligida zamonaviy ishlab chiqarish - yuqori hosildorlik va yuqori sifatli mahsulotlar yetishtirish bu sohada bozor munosabatlarini tiklamasdan amalga oshirish imkonsiz. Bozor munosabatlari esa, qachonki ishlab chiqaruvchi, ya’ni dehqon o‘z mehnat faoliyatida erkin va u qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish vositalarining eng muhimi bo‘lgan Yerning va ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy mulkdori bo‘lsagina rivojlanadi.
Prezidentimiz ajratilayotgan har bir dollarni uch dollarga aylantirish, imtiyozli kreditlarni qaytarish bo‘yicha aniq hisob-kitob asosida ishlash zarurligini ta’kidladi. Darhaqiqat, bugungi kunda har bir tadbirkor sarflagan dastmoyasidan mo‘may daromad olishi, biznesini rivojlantirishi uchun qancha mashaqqat va qiyinchiliklarga qaramay harakat va izlanishdan to‘xtamasligi lozim.
Intensiv bog‘ maydonlarini kengaytirishga 65 million dollar yo‘naltirish belgilangan. Xususan, buning hisobidan Toshkent viloyatida 500 gektar, Andijon, Buxoro, Namangan, Farg‘ona va Samarqandda 300 gektardan, Jizzaxda 250 gektar, Qashqadaryo hamda Surxondaryoda 200 gektardan, Qoraqalpog‘istonda 100 gektar maydonda yangi usuldagi intensiv bog‘lar yaratilishi rejalashtirilgan.
Yuqoridagi islohotlarni amalga oshirish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy ahvolini mustahkamlash, yerlardan samarali foydalanishni rag‘batlantirish, shu jumladan meva-sabzavot va yem-xashak ekinlarini ko‘paytirish imkonini beradi. Bu o‘z navbatida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining umumiy hajmini hamda agrar sektorning eksport salohiyatini oshirishga imkon beradi.
Mulkiy munosabatlar yangicha shakllanga muhitda o‘zining xususiy yerida hosilini kutayotgan o‘zbek dehqoniga, xususiy korxonasida buyurtmalarga mahsulotini o‘z vaqtida ishlab chiqarib berishga shoshilayotgan o‘zbek tadbirkoriga, chet elda sotishga molini xususiy omborlarida to‘plab, shaylayotgan o‘zbek tojiriga "O’z Yeringni, o‘z mulkingni, o‘z uyingni o‘zing asra!" deb xitob qilinishi juda mos va o‘rinli bo‘ladi.
Anvar ABDULHAYEV,
Xalq deputatlari Namangan
viloyat Kengashi deputati
Statistika ma`lumotlari
AGRO.UZ > STATISTIKA MA`LUMOTLARI
AGRO.UZ > Statistika ma`lumotlari
Lalmi yerlar
Sug`oriladigan yerlar
Qishloq xojaligi yer turlari
Qishloq xojaligi yerlari24057.1 ming ga
Ekinlar
Ekin yerlar
Ko`p yillik daraxtzorlar
Bo`z yerlar
Pichanzor va yaylovlar
Tomorqa, bog`dorchilik va sabzavotchilik uyushmalari yerlari
Meliorativ holati yomon yerlar
O`rmonzorlar
Butazorlar
Boshqa yerlar
TOSHKENT VILOYATI BO‘YICHA JAMLAMA MAʼLUMOT
Viloyatda qishloq xo‘jaligi yerining umumiy maydoni 292,667 ga. Umumiy ekin maydoni 292,667 ga.
Toshkent viloyatida 34 ta agroklaster ishlaydi. Shundan 6 tasi paxta-to‘qimachilik (ishlab chiqarish hajmi – 200 489 tonna), 5 ta g‘allachilik (ishlab chiqarish hajmi – 21,706 tonna), 23 ta meva-sabzavotchilik (ishlab chiqarish hajmi – 222 645 tonna) yo‘nalishida. Ularga 107 46 gektar yer biriktirilgan, shundan 48 718 gektar maydon klasterga biriktirilgan bo‘lsa, klaster tarkibiga kiruvchi 2 460 ta fermer xo‘jaligi 58 728 gektar maydonga egalik qiladi.
Shuningdek, 23 ta kooperatsiya va 2 ta agrologistika markazi mavjud.
Ushbu hududda 6 645 ta fermer xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 1 166 tasi paxta-g‘allachilik, 186 tasi g‘allachilik, 1 918 tasi bog‘dorchilik, 821 tasi uzumchilik, 663 tasi bog‘dorchilik va poliz ekinlari, 779 tasi bog‘dorchilik-g‘allachilik, 865 tasi chorvachilik, 15 tasi ipakchilik, 4 tasi parrandachilik, 167 tasi baliqchilik, 4 tasi asalarichilik va 57 tasi boshqa yo‘nalishlarda.
Viloyatda 1,507 gektar maydon 649 ta fermer xo‘jaligiga issiqxonalar uchun taqsimlangan.
Klaster tizimi — qishloq xo'jaligida yangi imkoniyat va samaradorlik omili
Agrosektor19 Oktabr 20211286
Matn: Гулчеҳра Дурдиева
So'nggi 5 yilda hududlarda 31,5 mingdan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi.
Qishloq xo'jaligida chuqur qayta ishlashni va sanoatni rivojlantirmasdan ko'zlangan maqsadga erishib bo'lmasligini bugun hayotning o'zi ko'rsatib turibdi. Keyingi yillarda birlamchi qayta ishlash sanoatida qishloq xo'jaligida amalga oshirilgan yutuqlarimiz ko'lami kengayib borayotgani ana shu jihatdan e'tiborga molikdir.
Jumladan, Toshkent viloyatida ham 2018-2021 yillarda barcha sohalarga klaster tizimi keng joriy etildi. Xususan, viloyatda 50 ta agroklasterlarning faoliyati yo'lga qo'yilib, ularga fermerlar biriktirilayotgani o'zaro iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar barqarorlashishi, raqobatbardoshlik oshishida mustahkam zamin bo'lmoqda. Bugungi kunda yalpi qishloq xo'jaligi mahsulotlarining 20,5 foizi agroklasterlar tomonidan tayyorlanmoqda. Natijada so'nggi 5 yilda hududlarda 31,5 mingdan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi.
Bu yilgi mavsumda ham paxta-to'qimachilik klasterlari yaratilgan sharoitlardan omilkorlik bilan foydalanib, paxtadan mo'l hosil etishtirishdi. Xususan, klasterlar tizimi joriy etilgandan to bugungi kunga qadar, paxta hosildorligi o'tgan yillarga nisbatan 1,2 barobarga va hosildorlik 5-6 tsentnerga oshgani e'tiborga molik.
Birgina viloyatda faoliyat yuritayotgan paxta-to'qimachilik klasterlari tomonidan 2021-2025 yillar davomida umumiy qiymati 1 trln. so'mlik investitsiya loyihalari amalga oshirilib, qishloq hududlarida 2,1 ming nafar ishsiz fuqaroning bandligini ta'minlash ko'zda tutilgan. Masalan, O'rta CHirchiq tumanida faoliyat olib borayotgan “Ko’kcha Textil” MCHJ tomonidan ip-kalava ishlab chiqarish bo'yicha yilik quvvati 6,5 ming tonna bo'lgan, qiymati 140 mlrd. so'mlik yangi loyihani ishga tushirish hisobiga 1050 ta yangi ish o'rni yaratilayapti.
2020-2021 yillarda meva-sabzavotchilik klasterlari tomonidan ham o'tgan davrga nisbatan mahsulot etishtirish hajmi 115,6 foizga oshganini kuzatish mumkin. e'tiborlisi, ular tomonidan 35,4 mln. dollarlik qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksport qilindi.
Bundan tashqari, viloyatda 2021 yilda umumiy quvvati 13 ming tonna va saqlash sig'imi 10 ming tonnaga ega bo'lgan 2 ta agrologistika markazi faoliyati yo'lga qo'yildi.
Joriy yilda g'alla etishtirish 100 foiz klaster usulda amalga oshirilishi hisobiga o'tgan yillarga nisbatan yalpi hosil 1,2 barobarga, hosildorlik esa 7-8 tsentnerga oshdi. 2022-2025 yillarda viloyatda sholichilik, pillachilik yo'nalishidagi klasterlar tomonidan ham yana
3 mingga yaqin ish o'rinlari yaratish rejalashtirildi.
YAna bir e'tiborga molik jihat — klaster usuli yo'lga qo'yilganidan so'ng sohaga 762,2 mlrd.so'mlik 4609 ta zamonaviy qishloq xo'jaligi texnikalari xarid qilinishi evaziga hosildorlik ham, daromad ham oshganligini ko'rish mumkin.
Masalan, Quyi CHirchiq tumanini misol tariqasida oladigan bo'lsak, yillar davomida bu tumanda paxtachilikda biror yutuq va yuqori hosildorlikka erishilmagan. SHu sababli tumanda bugun fermer xo'jaliklari deyarli saqlab qolinmadi. Ayta olamizki, hozir bu tuman paxta etishtirish bo'yicha lider hududga aylandi. 2020 yil paxtadan
43 tsentnerdan hosil olinib, belgilangan reja 123 foizga bajarildi. YA'ni, respublika bo'yicha eng yuqori hosil olgan tuman sifatida e'tirof etildi.
Tumanda mazkur sohada ilgari 1200 nafarga yaqin ishchi mehnat qilgan bo'lsa, klaster tomonidan bugun qariyb 8100 nafardan ziyod odamlarning bandligi ta'minlandi. Soliq tushumlari ham yiliga 8,7 mlrd. so'mdan
30 mlrd. so'mgacha ortdi.
SHuningdek, joriy yil hosili uchun paxta maydonlarida tomchilatib sug'orish texnologiyasini joriy qilish natijasida 4364 gektar paxta maydonlari uchun 39,1 mlrd. so'm subsidiya mablag'lari ajratildi.
Viloyatda qishloq xo'jalik mahsulotlarini etishtirish borasida klaster tizimini yo'lga qo'yish o'z samarasini berayotganini inobatga olib, hozirda 8 ta tumandagi fermer xo'jaliklari klasterlarga biriktirilgan.
Birgina Bekobod tumanida jami 12 ming 500 gektar maydonda paxta va 14 ming 800 gektarda g'alla etishitiriladi. SHundan 6700 gektar paxta, 5000 gektar g'alla maydoni klaster tizimiga ajratilgan. 250 dan ortiq fermer xo'jaliklari klasterlar bilan shartnoma tuzgan holda faoliyat olib bormoqda.Viloyat hokimning 2021 yil 16 sentyabrdagi qarori bilan 2022 yil hosili uchun tumanda fermer xo'jaliklari boshoqli don etishtirish bo'yicha g'allachilik klasterlari bilan shartnomalar tuzishdi. Sababi, o'tgan mavsumda 165 ta fermer xo'jaligi g'allani davlatga sotish rejasini bajarishda belgilangan hosildorlikka erisha olmadi.
Bu kabi holatlarni har bir tuman misolida ko'rish mumkin. Masalan, Bo'ka tumanidagi “MELEK DON AGRO” MCHJning jamg'arma tomonidan ajratilgan imtiyozli kredit mablag'laridan jami 37,5 mlrd so'mlik qarzdorligi mavjud bo'lib, shundan fermer xo'jaliklar oldidagi yakuniy hisob-kitoblardagi qarzdorligi 10 mlrd. so'mni tashkil etmoqda. SHundan kelib chiqib, 14 ming 800 gektar maydon hududda faoliyat ko'rsatib keluvchi “SANTA GROUP AGRO” MCHJga biriktirilib berildi.
Biz klaster faoliyatiga oid ba'zi bir raqamlarga to'xtalib o'tdik, xolos. Klaster tizimining joriy etilishi misolida sohada hali muammolar ko'pligini, ularni bartaraf etishda keng ko'lamli ishlar olib borilayotganini ko'rish mumkin. Ish bor ekan, muammolar ham yuzaga kelishi tabiiy.
Bir so'z bilan aytganda, klaster tizimi nafaqat qishloq xo'jaligi, balki sanoat va xizmat ko'rsatish sohalarini qamrab olmoqda. Zamon talabiga mos odimlash esa hamisha barcha jabhalarda yutuq va samaralar garovi bo'lib kelgan. YA'ni, klasterlar boqimandalikka chek qo'yib, erkin va samarali mehnat qilishga undaydi.
Toshkent viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Nashr etmoq
O‘zbekiston agrar sektori: asosiy muammolar, xususiyatlar, islohotlar zaruriyati
15:00 / 30.03.2019
33186
«O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi davlat tomonidan eng ko‘p boshqariladigan iqtisodiyot tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Katta yirik qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari — dehqonlarning mulk huquqi juda zaif himoyalangan. Ularning faoliyatini tartibga solish usullari aslida sovet o‘tmishidan olingan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ko‘p turlari, ishlab chiqarish resurslari va sektor uchun xizmatlar ishlab chiqilmagan. Qishloq xo‘jaligi sektori islohotga muhtoj bo‘lib qolmoqda», — deydi iqtisodchi Yuliy Yusupovning CABAR.asia gazetasida chop etilgan maqolasida.
Qishloq xo‘jaligi — O‘zbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri. 2018 yilda qishloq xo‘jaligining O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 28,8 foizni tashkil qildi (bu va boshqa joylarda, agar boshqa ilova keltirilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari).
1-surat. O‘zbekiston YaIMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibi 2018 yilda.
2018 yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 53,2 foizi o‘simlik mahsulotlarini, 46,8 foiz chorvachilik mahsulotlarini tashkil etdi. 2017 yilda qishloq xo‘jaligida 3,7 million kishi ish bilan ta'minlandi (jami ish bilan ta'minlanganlarning 27,2 foizi). Mamlakat aholisining deyarli yarmi qishloq joylarida yashaydi (2019 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistonda 33,25 mln. kishi, shu jumladan, qishloq joylarda 16,45 mln kishi (aholining 49,5 foizi) yashaydi).
Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning eng ko‘p boshqariladigan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Katta yirik qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari, dehqonlarning mulk huquqi o‘ta himoyasiz, ularning faoliyatini tartibga solish usullari, de fakto sovet o‘tmishidan olingan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va ishlab chiqarish resurslari hamda sektor uchun xizmatlar bozori ishlab chiqilmagan. Qishloq xo‘jaligi sektori islohotga muhtoj bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston ikki yil davomida tizimli iqtisodiy islohotlar kursini aniqlagan bo‘lsada, qishloq xo‘jaligida deyarli o‘zgarish yo‘q.
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining asosiy toifalari
Sobiq sovet ittifoqining boshqa respublikalari singari O‘zbekiston 1980-yillar oxiridan boshlab bozor iqtisodiyotiga, shu jumladan qishloq xo‘jaligiga o‘tishni boshladi. 1989 yildan buyon sobiq qishloq va fermer xo‘jaliklaridan qishloq aholisi uchun qishloq xo‘jaligi yerlarining ko‘p qismi alohida fermer xo‘jaliklarini tashkil etish uchun ajratildi. 1994 yilga kelib barcha kollektiv va fermer xo‘jaliklari kooperativ fermer xo‘jaliklariga yoki shirkat xo‘jaliklariga aylantirildi. 2000-yillarning boshida shirkat xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning asosiy sub'yektlari sifatida fermer xo‘jaliklariga almashtirildi. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ko‘pchiligi ular tomonidan emas, balki kichik dehqon xo‘jaliklari tomonidan ishlab chiqariladi.
1-jadval. 2017 yilda qishloq xo‘jaligi yerlarining yer egalari tomonidan taqsimlanishi, ming gektar
2018 yilgi ekin maydonlari, bog‘lar va uzumzorlar uchun ajratilgan yerlarning 85,2 foizini fermer xo‘jaliklari tashkil etadi (2017 yildagi ma'lumotlar). 2018 yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning 70,0 foizi dehqon xo‘jaliklari hisobiga amalga oshirilib, ekin maydonlari, bog‘lar va uzumzorlar uchun ajratilgan yerlarning atigi 11,3 foizini tashkil etadi. Vaziyat sovet o‘tmishini eslatadi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining katta qismi katta xo‘jaliklarda (kollektiv va fermer xo‘jaliklarida) emas, balki shaxsiy yer maydonlarida ishlab chiqarilgan.
2-surat. 2017 yilda dehqon xo‘jaliklarining ulushi foiz hisobida.
Biroq dehqon xo‘jaliklarining qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hajmi bo‘yicha ma'lumotlari ishonchliligi borasida katta shubha bor, chunki ma'lumotlar sotsiologik tadqiqotlar natijalaridan olingan. Bu ko‘rsatkichlarning ba'zilari muntazam ravishda soxtalashtirilgan, masalan, sut sog‘ilishi. Bundan tashqari, paxta va g‘alla davlat tomonidan fermer xo‘jaliklaridan arzon narxlarda sotib olishni hisobga olish kerak (quyida batafsilroq), bu tabiiy ravishda qishloq xo‘jalik mahsulotlarining umumiy qiymatida ularning ulushiga ta'sir qiladi.
Fermerlar ijaraga olgan yerlardan foydalanish huquqi juda cheklangan va yaxshi himoyalanmagan:
· Fermerlar paxta va bug‘doy yetishtirilishi uchun ajratilgan yerdan (paxta va g‘alla fermer xo‘jaliklari uchun bu yerning katta qismi) paxta va g‘alla sotish bo‘yicha rejani bajargan yoki bajarmaganliklaridan qat'i nazar boshqa maqsadlar uchun foydalanishlari mumkin emas.
· Fermerlarning yer uchastkalari osongina olib qo‘yilishi mumkin. Mahalliy hokimiyat idoralari tashabbusi bilan (rejalashtirilgan maqsadlarni bajarmaganlik, yerdan samarasiz foydalanish yoki «ixtiyoriy-majburiy tartibda» yerdan foydalanish huquqidan voz kechish shaklida), yoki Toshkentdan chiqqan tashabbus tarzda fermer xo‘jaligining «kengayishi va ajratilishi» oqibatida.
Natijada fermerlar o‘zlarini yerning haqiqiy egalari, deb his qilmaydilar va uning unumdorligini oshirishga uzoq muddatli investitsiyalarni jalb qilishmaydi.
Qishloq xo‘jaligida davlat buyurtma tizimi
O‘zbekiston agrar sektorining asosiy xususiyati shundaki, ikki qishloq xo‘jalik ekinlarini (paxta va bug‘doy) ishlab chiqarish asosan davlat ehtiyojlari uchun yetishtiriladi.
So‘nggi yillarda majburiy ravishda paxta uchun ajratilgan yerlarning bir qismi meva va sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish foydasiga qisqardi. Shu bilan birga, 2017 yilda ekin maydonlari, bog‘lar va tokzorlar uchun ajratilgan barcha yerlarning uchdan ikki qismidan ko‘pini paxta va bug‘doy ekinlari tashkil etdi. 2017 yilda paxta va bug‘doy ekin yerlari barcha ekin uchun ajratilgan yerlarning (meva bog‘lari va uzumzorlarni hisobga olmaganda) 82,2 foizini tashkil etdi.
3-surat. Ekin maydonlari, bog‘lar va uzumzorlar uchun ajratilgan qishloq xo‘jalik yerlarini taqsimlanishi, ming ga va foiz.
Davlat buyurtmasini shakllantirish va narxlash tizimining mavjud mexanizmlari fermerlarning ko‘pchiligiga paxta va g‘alla yetishtirish orqali foyda ko‘rishni qiyinlashtiradi [4]. Misol uchun, 2005-2013 yillarda davlat xaridlari va bug‘doyning ichki bozor bahosi o‘rtasidagi farq. (2-jadvalga qarang). Bir necha yillar mobaynida ushbu farq 3 martaga oshgan.
Bundan tashqari, fermerlar uchun majburiy bo‘lgan ekinlar uchun ajratilgan yer uchastkalari mavjud tizimda yerning tuproq xususiyatlari va iqlimi, suv mavjudligi, xodimlar malakasi va boshqalarni hisobga olgan holda ishlab chiqarish tuzilmasini optimallashtirishga imkon bermaydi. Ko‘pincha boshqa yerlar paxta va bug‘doy uchun ajratilgan yerlardan samaraliroq bo‘ladi. Biroq dehqon paxta va bug‘doy uchun ajratilgan yerga o‘xshab ishlab chiqarish tuzilmasini optimallashtirishga qodir emas, boshqa maqsadlarda foydalanish esa taqiqlanadi.
2-jadval. 2005-2015 yillarda davlat xaridlari bahosining va ichki bozordagi bug‘doy narxlarining dinamikasi (1 tonna uchun ming so‘m).
Misol uchun, mamlakatdagi iqlim sharoiti tufayli non mahsulotlari uchun mo‘ljallangan bug‘doyni yetishtirish qiyin. Davlat bu muammolarni mamlakat va hatto har bir mintaqaning tuproq va iqlim sharoitlariga moslashtirilgan yangi navlarini tanlashga sarflash orqali hal qilishga urinmoqda, ammo bu uzoq va ko‘p mablag‘ sarflanadigan jarayondir. Shu bilan birga, ko‘plab fermer xo‘jaliklari don ekinlariga nisbatan ko‘proq tabiiy, tarixiy, texnologik va malakali afzalliklarga ega bo‘lgan meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashishi ancha foydaliroq bo‘lar edi.
Yana bir misol. Chorvachilik mahsulotlari majburiy davlat buyurtmalari amaliyotidan zarar ko‘radi: 1992–1997 yillarda chorva mollari sonining sezilarli darajada o‘sishi bilan bir vaqtda yem-xashak ekiladigan yerlarning miqdori 3,7 marta kamaydi.
Paxta va bug‘doy uchun davlat buyurtmasi amaliyoti natijasida:
· ko‘plab fermer xo‘jaliklari achinarli moliyaviy ahvolda;
· fermerlar yangi axborot va agrotexnologiyalar, shu jumladan, suv tejashni joriy qilish uchun rag‘batlantiruvchi va moliyaviy resurslarga ega emas;
· fermerlarning tuproq unumdorligini saqlab qolish va yaxshilash uchun rag‘batlantiruvchi va moliyaviy resurslari yo‘q (bu mulk huquqlarining zaif muhofazasi bilan ham bog‘liq);
· qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining umumiy salohiyati potensialdan past (mavjud tizim qiyosiy ustunliklarni hisobga olgan holda ishlab chiqarish tarkibini optimallashtirishga imkon bermaydi).
Bularning barchasi tarmoqni rivojlantirish, qishloq aholisi va aholi farovonligini oshirish imkoniyatlarini cheklaydi.
Bundan tashqari, majburiy davlat buyrug‘i tizimi — fermerlarning yerni ijaraga berish bo‘yicha shartnomada ko‘rsatilgan huquqlarini doimiy ravishda buzishining asosiy sababidir. Davlat buyurtmasini bajarish uchun ko‘pincha yerni yo‘qotish va qayta taqsimlash amalga oshiriladi.
Mahsulot va resurs bozori
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini (paxtadan tashqari) ishlab chiqarish yil sayin ortib bormoqda. Bu ayniqsa meva va sabzavot mahsulotlariga tegishli, ishlab chiqarish bilan birga uni qayta ishlash va eksport qilish ham o‘sib bormoqda. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda ham sezilarli o‘sish kuzatilmoqda. (Chorvachilik mahsulotlarining asosiy qismi fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqilganini va ularning statistik hisobotlari o‘ziga xos tarzda olib borilishini hisobga olib, ushbu ko‘rsatkichlar ehtiyotkorlik bilan ko‘rib chiqilishi kerak).
3-jadval. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini ishlab chiqarish hajmi, ming tonna
1992 yildan keyin bug‘doy yetishtirishning sezilarli darajada o‘sishiga ta'sir etgan omillar — bu ekin maydonlarining kengayishi hamda bu bug‘doyning hosildorligi sezilarli darajada oshganidir. Shunday qilib, 1991–2014 yillar oralig‘ida hosildorlikning qariyb to‘rt barobar 12,8 sentner/ga’dan 48,6 sentner/gektarga o‘sdi. Biroq, bug‘doyning hosildorligi va hajmi sezilarli darajada oshirilganga o‘xshaydi, bunga sabab statistik hisobot usullari. Fermerlar davlatga bug‘doyning 40 foizini topshirishga majburlar, ammo ular bajarishi shart bo‘lgan rejalashtirilgan vazifalar ham mavjud. Statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, agar davlat buyurtmasi fermerlar tomonidan yetishtirilgan hosilning 40 foizini tashkil qilsa, fermerlar davlat buyurtmasi bo‘yicha rejadan ko‘ra 2,5 barobar ko‘proq bug‘doy o‘stirishi kerak. Boshqacha aytganda, statistik ma'lumotlarga ko‘ra, fermerlar tomonidan bug‘doy yetishtirish hajmlari 2,5 ga ko‘paytiriladi. Haqiqiy ishlab chiqarish miqdori noma'lum.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishning sezilarli darajada oshishiga qaramasdan hozirda mavjud bo‘lgan davlat buyurtmalar tizimi va eksportni boshqarish amaliyoti qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun erkin bozorlarni shakllantirishga imkon bermaydi.
Paxta bozori erkin emas, chunki davlat monopolist va faqatgina davlat xomashyoni sotib oladi. Keyin esa paxta eksport uchun va ichki iste'molchilar uchun taqsimlanadi. Bugungi kunda tajriba sifatida «agrosanoat majmuasi» joriy etilmoqda, unda fermerlar paxtani davlatga emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri klasterdagi qayta ishlash korxonalariga sotishlari kerak bo‘ladi. Ammo bunday model paxta bozorining paydo bo‘lishini anglatmaydi, balki «krepostnoy qaramlik»ni yaratadi, faqat fermerlar hozirgidek davlatga emas, balki paxtani qayta ishlovchi fermerlarga tobe bo‘ladi.
Davlat uzoq vaqt davomida (ehtimol, 2019 yil davomida ham) meva va sabzavotlarni eksport qilishni markazdan turib tartibga solishga harakat qilmoqda. O‘tgan yillarda bunday tartibga solishning asosiy vositalari sifatida quyidagilar xizmat qildi:
- mahsulotlarni eksport qilish uchun kvotalar ajratish (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oylik qarorlar),
- davlat savdo kompaniyalari orqali majburiy eksport,
- minimal eksport narxini belgilash (mahsulot sotish taqiqlangan),
- 100 foiz oldindan to‘lov talabi,
- valuta tushumini kechiktirilgani uchun jarima (100 foiz oldindan to‘lov talabini bartaraf etish mumkin bo‘lgan hollarda) va h.k.
2017-2018 yillar mobaynida meva va sabzavotlarni eksport qilish bo‘yicha ma'muriy to‘siqlarning ko‘pi yo‘q qilindi. Biroq yangi mexanizm 2019 yildan boshlab qanday ishlashi, bu tizim ma'muriy aralashuvlardan qanchalik ozod bo‘lishi hozircha aniq emas.
Maqola nashrga tayyorlanayotgan vaqtida, meva-sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlarining kontrakt qiymatini monitoring qilish bo‘yicha hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi. Hujjatning mohiyati shundaki eksportchilar o‘z mahsulotlarini Tashqi savdo va Investitsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan narxlardan ko‘ra arzonroq narxda sotmasliklari zarur. Ya'ni, mansabdor shaxslar yana meva va sabzavotlarni eksport qilishni nazorat qilmoqchi ekanliklari tasdiqlandi.
Sanoatni ma'muriy tartibga solish tizimi resurs bozorlariga ham taalluqli. Qishloq xo‘jaligi texnikasi, yoqilg‘i-moylash materiallari, o‘g‘itlar, ozuqa, urug‘lar, biologik va kimyoviy o‘simliklarni himoya qilish mahsulotlari va boshqa mahsulotlar fermerlarga davlat monopolistlari tomonidan yetkazib beriladi. Ba'zi mahsulotlar narxlari ko‘pincha subsidiyalanadi. Past (subsidiyalangan) narxlarda sotib olinishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar miqdori cheklangan va ular paxta va bug‘doyning ekin maydonlari miqdori, ularning kutilayotgan rentabelligi bilan belgilanadi.
Fermerlar yoqilg‘i, o‘g‘itlar va urug‘larni faqat davlat tomonidan ochilgan punktlarda olishlari mumkin. Yetkazib beruvchilar o‘rtasida raqobat yo‘q, bu ularning sifatsiz xizmat ko‘rsatishiga olib keladi. Hukumat buyurtmalariga bo‘ysunmagan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ishlab chiqaruvchilar moddiy resurslarni bozorda mavjud narxlarda o‘zlari sotib olishlari kerak.
Bundan tashqari, davlat korxonalari qishloq xo‘jaligi texnikasi xizmatlarini ko‘rsatishadi (traktorni haydash, kombaynda yig‘ib olish, hosilni yetkazib berish va hokazo), mashina-traktor parklari tarmog‘i mavjud. Nihoyat, davlat ishlab chiqarishni avans orqali amalga oshiradi: fermerlar ko‘pincha paxta va bug‘doy sotishdan keladigan daromadlarni hisobga olib resurslarni avans to‘lovi orqali oldindan sotib oladi. Shu bilan birga, dehqon, ma'lum bir vaziyat yoki mahalliy sharoitga qarab, avans qilib olingan naqd pulni erkin tarzda sarflay olmaydi. Fermer pul emas, balki davlat narxlarida to‘langan resurslarni oladi, bu esa fermerning moliyaviy mustaqilligini cheklaydi.
Shunday qilib, paxta va g‘alla uchun davlat buyurtmasini bajarayotgan fermerlar o‘z mahsulotlarining bahosini yoki resurslar narxini nazorat qila olmaydi.
1996 yildan buyon amalga oshirilayotgan import o‘rnini bosish siyosati doirasida qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan tartibga solishning mavjud tizimi jadal industrializatsiya qilish vazifalari doirasida shakllantirildi. Qishloq xo‘jaligi sektori iqtisodiyotning «strategik tarmoqlari»ni rivojlantirishga (Stalin sanoatlashtirish yillarida ham shu usuldan foydalanilgan) yirik moliyaviy inʼeksiya donorlari rolini topshirdi. Ushbu siyosat muvaffaqiyatsizlikka uchradi, O‘zbekiston kuchli sanoat davlatiga aylanmadi, ammo iqtisodiy rivojlanishda sezilarli darajada orqada qoldi. 2017 yilda boshlangan tizimli islohotlar samarasiz iqtisodiy modelni tark etishni nazarda tutadi. Biroq, qishloq xo‘jaligi sohasidagi ma'muriy tartibga solish mexanizmlariga hali ham muhim o‘zgarishlar kiritilmagan.
Sektor radikal islohotga muhtoj, uning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:
- ayrim ekinlar uchun yerni majburiy kvotalashni bekor qilish (agar davlat buyurtmasi saqlanib qolsa-da, fermerlarga ishlab chiqarish tarkibini optimallashtirish uchun yerlardan erkin foydalanish imkoniyati berilishi kerak).
- paxta va g‘alla ishlab chiqarish bo‘yicha rejalashtirilgan maqsadli dasturlar amaliyotidan voz kechish (agar bir vaqtning o‘zida bo‘lmasa, keyinchalik rejalashtirilgan maqsadlarni kamida bosqichma-bosqich, yillik qisqartirish).
- paxta va bug‘doy uchun erkin va raqobatbardosh bozorlarni shakllantirish va rivojlantirish.
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha barcha ma'muriy to‘siqlarni bartaraf etish.
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun resurslar va xizmatlar uchun erkin va raqobatbardosh bozorlarni shakllantirish va rivojlantirish.
- qishloq xo‘jaligi yerlarini xususiy mulkka egalik qilish imkoniyatlarini hisobga olgan holda yer lizing huquqlarini mustahkamlash, mavjud lizing shartnomalarini himoya qilish.
Yuqoridagi islohotlarni amalga oshirish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy ahvolini mustahkamlash, yerlardan samarali foydalanishni rag‘batlantirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini diversifikatsiya qilish, shu jumladan meva-sabzavot va yem-xashak ekinlarini ko‘paytirish imkonini beradi. Bu o‘z navbatida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining umumiy hajmini hamda agrar sektorning eksport salohiyatini oshirishga imkon beradi.
KLASTER TIZIMI — QISHLOQ XO'JALIGIDA YANGI IMKONIYAT VA SAMARADORLIK OMILI
Qishloq xo'jaligida chuqur qayta ishlashni va sanoatni rivojlantirmasdan ko'zlangan maqsadga erishib bo'lmasligini bugun hayotning o'zi ko'rsatib turibdi. Keyingi yillarda birlamchi qayta ishlash sanoatida qishloq xo'jaligida amalga oshirilgan yutuqlarimiz ko'lami kengayib borayotgani ana shu jihatdan e'tiborga molikdir.
Jumladan, Toshkent viloyatida ham 2018-2021 yillarda barcha sohalarga klaster tizimi keng joriy etildi. Xususan, viloyatda 50 ta agroklasterlarning faoliyati yo'lga qo'yilib, ularga fermerlar biriktirilayotgani o'zaro iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar barqarorlashishi, raqobatbardoshlik oshishida mustahkam zamin bo'lmoqda. Bugungi kunda yalpi qishloq xo'jaligi mahsulotlarining 20,5 foizi agroklasterlar tomonidan tayyorlanmoqda. Natijada so'nggi 5 yilda hududlarda 31,5 mingdan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi.
Bu yilgi mavsumda ham paxta-to'qimachilik klasterlari yaratilgan sharoitlardan omilkorlik bilan foydalanib, paxtadan mo'l hosil etishtirishdi. Xususan, klasterlar tizimi joriy etilgandan to bugungi kunga qadar, paxta hosildorligi o'tgan yillarga nisbatan 1,2 barobarga va hosildorlik 5-6 tsentnerga oshgani e'tiborga molik.
Birgina viloyatda faoliyat yuritayotgan paxta-to'qimachilik klasterlari tomonidan 2021-2025 yillar davomida umumiy qiymati 1 trln. so'mlik investitsiya loyihalari amalga oshirilib, qishloq hududlarida 2,1 ming nafar ishsiz fuqaroning bandligini ta'minlash ko'zda tutilgan. Masalan, O'rta Chirchiq tumanida faoliyat olib borayotgan “Ko’kcha Textil” MChJ tomonidan ip-kalava ishlab chiqarish bo'yicha yilik quvvati 6,5 ming tonna bo'lgan, qiymati 140 mlrd. so'mlik yangi loyihani ishga tushirish hisobiga 1050 ta yangi ish o'rni yaratilayapti.
2020-2021 yillarda meva-sabzavotchilik klasterlari tomonidan ham o'tgan davrga nisbatan mahsulot etishtirish hajmi 115,6 foizga oshganini kuzatish mumkin. E'tiborlisi, ular tomonidan 35,4 mln. dollarlik qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksport qilindi.
Bundan tashqari, viloyatda 2021 yilda umumiy quvvati 13 ming tonna va saqlash sig'imi 10 ming tonnaga ega bo'lgan 2 ta agrologistika markazi faoliyati yo'lga qo'yildi.
Joriy yilda g'alla etishtirish 100 foiz klaster usulda amalga oshirilishi hisobiga o'tgan yillarga nisbatan yalpi hosil 1,2 barobarga, hosildorlik esa 7-8 tsentnerga oshdi. 2022-2025 yillarda viloyatda sholichilik, pillachilik yo'nalishidagi klasterlar tomonidan ham yana
3 mingga yaqin ish o'rinlari yaratish rejalashtirildi.
YAna bir e'tiborga molik jihat — klaster usuli yo'lga qo'yilganidan so'ng sohaga 762,2 mlrd.so'mlik 4609 ta zamonaviy qishloq xo'jaligi texnikalari xarid qilinishi evaziga hosildorlik ham, daromad ham oshganligini ko'rish mumkin.
Masalan, Quyi Chirchiq tumanini misol tariqasida oladigan bo'lsak, yillar davomida bu tumanda paxtachilikda biror yutuq va yuqori hosildorlikka erishilmagan. Shu sababli tumanda bugun fermer xo'jaliklari deyarli saqlab qolinmadi. Ayta olamizki, hozir bu tuman paxta etishtirish bo'yicha lider hududga aylandi. 2020 yil paxtadan
43 tsentnerdan hosil olinib, belgilangan reja 123 foizga bajarildi. YA'ni, respublika bo'yicha eng yuqori hosil olgan tuman sifatida e'tirof etildi.
Tumanda mazkur sohada ilgari 1200 nafarga yaqin ishchi mehnat qilgan bo'lsa, klaster tomonidan bugun qariyb 8100 nafardan ziyod odamlarning bandligi ta'minlandi. Soliq tushumlari ham yiliga 8,7 mlrd. so'mdan
30 mlrd. so'mgacha ortdi.
Shuningdek, joriy yil hosili uchun paxta maydonlarida tomchilatib sug'orish texnologiyasini joriy qilish natijasida 4364 gektar paxta maydonlari uchun 39,1 mlrd. so'm subsidiya mablag'lari ajratildi.
Viloyatda qishloq xo'jalik mahsulotlarini etishtirish borasida klaster tizimini yo'lga qo'yish o'z samarasini berayotganini inobatga olib, hozirda 8 ta tumandagi fermer xo'jaliklari klasterlarga biriktirilgan.
Birgina Bekobod tumanida jami 12 ming 500 gektar maydonda paxta va 14 ming 800 gektarda g'alla etishitiriladi. Shundan 6700 gektar paxta, 5000 gektar g'alla maydoni klaster tizimiga ajratilgan. 250 dan ortiq fermer xo'jaliklari klasterlar bilan shartnoma tuzgan holda faoliyat olib bormoqda.
Viloyat hokimning 2021 yil 16 sentyabrdagi qarori bilan 2022 yil hosili uchun tumanda fermer xo'jaliklari boshoqli don etishtirish bo'yicha g'allachilik klasterlari bilan shartnomalar tuzishdi. Sababi, o'tgan mavsumda 165 ta fermer xo'jaligi g'allani davlatga sotish rejasini bajarishda belgilangan hosildorlikka erisha olmadi.
Bu kabi holatlarni har bir tuman misolida ko'rish mumkin. Masalan, Bo'ka tumanidagi “MELEK DON AGRO” MChJning jamg'arma tomonidan ajratilgan imtiyozli kredit mablag'laridan jami 37,5 mlrd so'mlik qarzdorligi mavjud bo'lib, shundan fermer xo'jaliklar oldidagi yakuniy hisob-kitoblardagi qarzdorligi 10 mlrd. so'mni tashkil etmoqda. Shundan kelib chiqib, 14 ming 800 gektar maydon hududda faoliyat ko'rsatib keluvchi “SANTA GROUP AGRO” MChJga biriktirilib berildi.
Biz klaster faoliyatiga oid ba'zi bir raqamlarga to'xtalib o'tdik, xolos. Klaster tizimining joriy etilishi misolida sohada hali muammolar ko'pligini, ularni bartaraf etishda keng ko'lamli ishlar olib borilayotganini ko'rish mumkin. Ish bor ekan, muammolar ham yuzaga kelishi tabiiy.
Bir so'z bilan aytganda, klaster tizimi nafaqat qishloq xo'jaligi, balki sanoat va xizmat ko'rsatish sohalarini qamrab olmoqda. Zamon talabiga mos odimlash esa hamisha barcha jabhalarda yutuq va samaralar garovi bo'lib kelgan. YA'ni, klasterlar boqimandalikka chek qo'yib, erkin va samarali mehnat qilishga undaydi.
O‘zbekiston Rossiyaga karam etkazib berish bo'yicha Xitoydan keyin ikkinchi, limon etkazib berish bo‘yicha esa Turkiya, Marokash va Misrdan keyin to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
East-Fruit (East-fruit.com — biznes mahsulotlarining o‘sishini kuzatuvchi tahliliy platforma) tahlilchilari O‘zbekiston joriy yilning dastlabki oylarida Rossiyaga meva va sabzavot eksportini 2019-yilning shu davriga nisbatan rekord darajada, 42 foizga oshirdi, deya ta’kidladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri etkazib berilgan mahsulotlar 25,6 million AQSh dollarini tashkil etmoqda.
Eng katta daromadga issiqxona pomidorlarining eksporti orqali erishildi — 19,3 foiz, qariyb 13,8 foiz karam va sakkiz foiz limon eksport qilindi. Shu bilan birga, issiqxona pomidorining eksporti 2019-yilning shu davriga nisbatan ikki baravar ko‘paydi, karam 69 foiz, limon eksporti esa 2,8 marta oshdi, — deyiladi tahlil xulosalarida.
Mutaxassislar, shuningdek, ushbu davrda yangi karam va brokkoli etkazib berish 2,3 marta oshganini qayd etdi. Bundan tashqari, olxo‘ri 75 foiz, turshak eksporti esa besh baravar ko‘paydi.
Bu O‘zbekistonga shu muddat ichida Rossiyaga ushbu quritilgan mevalarni etkazib beruvchilar reytingida Evropa Ittifoqi, Tojikiston, Armaniston va Xitoyni chetlab o‘tib, Turkiyadan keyin ikkinchi o‘rinni egallashiga imkon berdi.
Ammo o‘zbek mayizining eksporti birdaniga 34 foizga kamaydi. Yana bir oz pasayish yangi uzum, muzlatilgan sabzavotlar va quritilgan mevali kompot aralashmalarining eksportida qayd etildi.
Shu bilan birga, yangi piyozga talab ham keskin pasaydi, daromad o‘tgan yilgiga nisbatan 14 baravar kamaygani keltiriladi ma’lumotda.
O‘zbekiston meva-sabzavotlari – jahon bozorida eng xaridorgir
“O‘zekspomarkaz”da I Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi ochildi.
Prezidentimiz Islom Karimovning 2016-yil 1-iyundagi Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini tashkil etish va uni har yili o‘tkazib turish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga asosan tashkil etilgan mazkur yarmarka O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirliklari, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “O‘zagroeksport” ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirning ochilishida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida agrar tarmoqda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilgani samarasida meva-sabzavotchilik, bog‘dorchilik va uzumchilik izchil rivojlanayotgani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbarining 2016-yil 12-apreldagi “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda meva-sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirishni yanada ko‘paytirish, bog‘dorchilikni rivojlantirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
Istiqlolning ilk kunlaridanoq Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda oziq-ovqat mustaqilligini ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jaligini izchil isloh qilishning aniq yo‘nalishlari belgilab olindi. Sayyoramizning qariyb 1 milliard aholisi to‘yib ovqatlanmayotgan va bu boradagi muammo tobora keskinlashib borayotgan bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash insoniyatning dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Davlatimiz rahbarining O‘zbekistonning oziq-ovqat mustaqilligini ta’minlash yo‘lida belgilagan strategiyasi naqadar to‘g‘ri bo‘lganligini bugun hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi.
2015-yilda mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotiga a’zo davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasida Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishgani uchun beriladigan mukofotiga sazovor bo‘lgan 14 davlatdan biri sifatida e’tirof etilgani bejiz emas.
Mamlakatimizda yetishtiriladigan meva-sabzavotlar salomatlik uchun foydali mikroelementlar, oziq-ovqat ratsionida o‘rnini almashtirib bo‘lmaydigan turli biologik moddalarga boyligi tufayli noyobdir. O‘zbekistonning noyob tuproq-iqlim sharoiti, mamlakatimizda quyoshli kunlar bir yilda o‘rtacha 320 kun bo‘lishi, to‘rt faslning izchil almashinuvi keng turdagi yuqori sifatli meva va sabzavotlarning asosiy navlarini yetishtirish uchun qulay imkoniyatlar yaratadi. Shuning uchun ham saxovatli o‘zbek zaminida yetishtiriladigan meva va sabzavotlar yuqori nufuzga ega bo‘lgan haqiqiy brendga – tovar belgisiga aylanib, bu mahsulotlarni sotib oladigan mamlakatlarda ular yuksak raqobatbardoshligi bilan ajralib turadi.
– O‘zbekistonda yetishtirilayotgan meva-sabzavotlar salomatlik uchun g‘oyat muhim bo‘lgan mikroelementlar va oziq-ovqat ratsionida o‘rnini almashtirib bo‘lmaydigan turli biologik moddalarga boyligi, yuqori sifati, ekologik toza va xavfsizligi, raqobatbardoshligi bilan boshqa mintaqalarda yetishtirilgan ana shunday mahsulotlardan sezilarli darajada yuqori turadi, – deydi Xalqaro yong‘oq va quruq mevalar bo‘yicha kengash raisi o‘rinbosari Pino Kalkagni. – O‘zbekistonda yetishtirilayotgan mevalarga dunyo mamlakatlarida talab juda katta. So‘nggi o‘n yil ichida O‘zbekiston quruq mevalari va yong‘oqlari eksporti hajmi 5 karra ortgani buning yorqin dalilidir. Mamlakatingizda oziq-ovqat sanoatining mazkur yo‘nalishini yanada rivojlantirishning salohiyati katta. Serquyosh o‘lkangizda yetishtiriladigan mevalarni, ayniqsa, qora mayizni yaxshi ko‘raman. Mazkur yarmarka O‘zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniyatlari, zaxira va salohiyati bilan yanada yaqinroq tanishish, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, hamkorlik o‘rnatish, fikr va tajriba almashishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
O‘zbekiston o‘rik, olxo‘ri, uzum, yong‘oq, karam va boshqa ko‘plab meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha dunyodagi o‘nta yetakchi davlat qatorida turadi. Bugun xalqimiz ehtiyojidan ortiqcha 180 turdan ziyod meva-sabzavot va ularni qayta ishlash asosida tayyorlangan mahsulotlar AQSh, Braziliya, Vetnam, Indoneziya, Kipr, Makedoniya, Malayziya, Mo‘g‘uliston, Norvegiya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Slovakiya, Tailand, Xitoy, Yaponiya kabi saksondan ortiq mamlakatga eksport qilinmoqda. Sohada olib borilayotgan izchil sa’y-harakatlar samarasida eksport jo‘g‘rofiyasi kengayib, hajmi tobora oshmoqda.
Mamlakatimizda yiliga 17 million tonnadan ziyod meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqariladi, ularning 4 million tonnadan ziyodi eksport qilinadi. O‘tgan yili yurtimizda 12 million 592 ming tonna sabzavot va kartoshka, 1 million 850 ming tonna poliz mahsulotlari, 1 million 556 ming tonna uzum, 2 million 731 ming tonna meva yetishtirildi.
Qishloq xo‘jaligi xomashyosini chuqur qayta ishlash, yetishtirilgan mahsulotlarni saqlash infratuzilmasini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘tgan yili qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan 230 korxona, 77 ming 800 tonna sig‘imga ega bo‘lgan 114 yangi sovutish kamerasi tashkil etildi va modernizatsiya qilindi. Mamlakatimizda meva-sabzavotlarni saqlashning umumiy quvvati 832 ming tonnaga yetkazildi. Natijada yil davomida narxlarning oshib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan, aholini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, ushbu mahsulotlarni eksport qilishni kengaytirish, narx-navo barqarorligini saqlash imkoniyati yaratildi.
Hozirgi kunda ekin maydonlari optimallashtirilib, hosildorlikni oshirishga e’tibor qaratilmoqda. Yangi bog‘ va tokzorlar barpo etilib, ularga seleksioner olimlarimiz yaratgan har bir hududning iqlimiga mos, qurg‘oqchilikka, kasallik va zararkunandalarga chidamli navlar ekilmoqda. So‘nggi yillarda qariyb 100 ming gektarda mevali bog‘ va tokzorlar barpo etildi. Keyingi uch yilda 22 ming gektardan ziyod maydonda intensiv bog‘ tashkil qilindi. Ularni yaratishda asosan tog‘ va tog‘oldi hududlari, shuningdek, suv taqchil yerlarda payvandtaglarga pakana ildiz-bo‘g‘iz qo‘yish yo‘li bilan yetishtirilgan ko‘chatlardan foydalanish texnologiyasi keng joriy etilmoqda. Bunday bog‘lar ikki yilda hosilga kirib, oltinchi yili gektaridan 50-60 tonnagacha meva berishi bilan ajralib turadi.
Seleksionerlarimiz yaratgan iqlim sharoitimizga mos, qurg‘oqchilikka, kasallik va zararkunandalarga chidamli sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkaning 170 dan ortiq navi, meva va rezavor ekinlar va uzumning 175 navi parvarishlanmoqda. Bunda paxta maydonlari qisqarib, meva-sabzavot, poliz va uzum yetishtirishga ixtisoslashgan maydonlarning kengayishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday ishlar natijasida 2020-yilga borib kartoshka yetishtirish 35 foizga, sabzavot 30, meva va uzum 21,5 foizga oshishi kutilmoqda. Zamonaviy texnologiyalar asosida meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash tashqi va ichki bozorda talab yuqori bo‘lgan meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hajmini 2030-yilda 5,7 karra oshirish imkonini beradi.
Ho‘l meva va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish hajmini ko‘paytirish va turini kengaytirish hisobidan qishloq xo‘jaligi sektorining eksport salohiyatidan to‘liq hamda samarali foydalanish maqsadida “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi va “O‘zagroeksport” ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi tashkil etilib, yurtimizda yetishtirilgan meva-sabzavotlarni eksportga yetkazib berish bo‘yicha ularning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi.
Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad xorijliklarni O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatida erishilayotgan ana shunday yuksak samaralar bilan yaqindan tanishtirish, mamlakatimizda yetishtirilayotgan ekologik toza meva-sabzavotlar, poliz ekinlari hamda ularni qayta ishlash orqali tayyorlanayotgan turli xildagi mahsulotlarni namoyish etish, sohada mavjud mahalliy va xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, yangi sheriklar topish, mamlakatimiz eksport salohiyatini yanada oshirishdan iborat.
Yarmarkada AQSh, Buyuk Britaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Italiya, Fransiya, Malayziya, Hindiston, Rossiya, Latviya, Ozarbayjon, Turkmaniston, Eron, Afg‘oniston, Qozog‘iston kabi qirqdan ziyod mamlakatdan ko‘plab xalqaro savdo tashkilotlari, savdo-sanoat palatalari, qishloq xo‘jaligi sohasiga ixtisoslashgan vazirlik va idoralar, logistika kompaniyalari, mamlakatimizning meva-sabzavotchilik sohasida ish yurituvchi korxonalari ishtirok etmoqda.
– Hamkorligimiz barcha sohalarda izchil rivojlanayotgani bizni g‘oyat quvontiradi, – deydi Rossiya Federatsiyasi qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Sergey Levin. – O‘zbekiston Rossiyaning qishloq xo‘jaligi sohasidagi an’anaviy va muhim sherigidir. Mamlakatingizda barcha sohalar qatori qishloq xo‘jaligi, meva-sabzavotchilik sohasi ham izchil rivojlanmoqda. O‘zbekistondan Rossiyaga meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmini yanada oshirish, uzoq muddatli o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish va mustahkamlashdan manfaatdormiz. Mazkur yarmarka mamlakatlarimiz o‘rtasidagi sohaga oid hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro fikr va tajriba almashish imkonini beradi.
Xalqaro forum oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligi sohasining barcha zamonaviy yo‘nalishlarini o‘zida mujassam etgan. Unda ho‘l va quruq mevalar, sitruslar, sabzavotlar, ko‘katlar, poliz ekinlari, dukkakli o‘simliklar, yong‘oqlar, ziravorlar, ichimliklar, qadoqlar va qadoqlash texnologiyalari, transport va logistikaga oid ko‘plab bo‘limlar ishlab turibdi.
Mamlakatimizdagi qulay sarmoyaviy muhit xorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada kengaytirish, barcha sohaga zamonaviy texnologiyalarni jalb etishda muhim omil bo‘layotir. Xususan, meva-sabzavotchilik sohasida zamonaviy talablarga javob beradigan, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ko‘plab korxonalar samarali faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekiston meva-sabzavotchilik sohasi vakillarining mahsulotlari mamlakatimizning barcha viloyatlaridan kelgan kompaniyalar ekspozitsiyalarida keng o‘rin egallagan. “Agro Sweet Plus”, “Afruz-Kamol-Nabi”, “Delta Ekspress”, “Fergana Agroexport Biznes”, “Qashqadaryo Agroeksport Info”, “Different Med”, “Business Diamond Invest” korxonalari shular jumlasidandir. Ular keng turdagi meva-sabzavot mahsulotlarini namoyish qilib, o‘z xizmatlarini taklif etmoqda.
– 2008-yildan buyon faoliyat yuritayotgan kompaniyamiz qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, meva-sabzavotlarni quritish va ularning savdosi bilan shug‘ullanadi, – deydi Namangan shahridagi “Afruz-Kamol-Nabi” mas’uliyati cheklangan jamiyatining tijorat ishlari bo‘yicha direktori Sobit No‘monov. – Mamlakatimizda tadbirkorlar faoliyatini rivojlantirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Korxonamiz ishlab chiqarish jarayoniga zamonaviy texnologiyalarning jalb etilishi yiliga 25 ming tonna mahsulotni qayta ishlash imkonini berayotir. Mahsulotlarimizga xorijda ham talab katta. Ularning eksportini kengaytirishni rejalashtirganmiz. Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi shu jihatlari bilan bizga juda ma’qul bo‘lmoqda.
Yarmarka doirasida eksportchilar va O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlari xaridorlari o‘rtasida o‘zarouchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazilishi, tadbir ishtirokchilarining meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalar, intensiv bog‘lar, muzlatkichli omborlar bilan tanishuvi rejalashtirilgan.
– Tashkilotimiz O‘zbekiston bilan ko‘plab sohalarda qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirib kelmoqda, – deydi Osiyo taraqqiyot bankining mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari Takeo Konishi. – Hamkorligimizning eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri irrigatsiya tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan loyihalardir. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga, fermer va ishbilarmonlarga imtiyozlar yaratishga, meva-sabzavotchilik tarmog‘ini taraqqiy ettirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bunday yuksak e’tibor O‘zbekiston iqtisodiyotining muttasil rivojlanishida muhim omil bo‘layotir. Mamlakatingiz bilan bundan keyin ham o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni hayotga izchil tatbiq qilishda faol ishtirok etish niyatidamiz.
Ushbu anjuman mamlakatimiz ishbilarmonlari va chet ellik hamkorlar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish, tajriba almashish, o‘zaro hamkorlik istiqbollarini belgilash, ikki tomonlama manfaatli shartnomalar imzolash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, jahon oziq-ovqat mahsulotlari bozorining yo‘nalishlari va rivojlanish istiqbollarini tahlil etish, O‘zbekistonning eksport salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev so‘zga chiqdi.
Inspektsiyaning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan Chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish sohasida tumanlarda amalga oshirilgan ishlarni oʼrganish natijalari boʼyicha aniqlangan kamchiliklarni joylarda bartaraf etish choralari hamda chorvachilik sohasida belgilangan vazifalar hamda topshiriqlar ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan doimiy nazorat ishlari olib borilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 12 maydagi “Chorvachilik tarmogʼiga davlat tomonidan subsidiya ajratishni tartibga soluvchi normativ huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 280-sonli qarorining ijrosini taʼminlash boʼyicha viloyatda chorvachilik tarmogʼini yanada rivojlantirish va faoliyatini samarali tashkil etish uchun viloyat komissiyasining tarkibi va tuman(shahar) komissiyalarining naʼmunaviy tarkibi tasdiqlandi.
Bugungi kunda, viloyat boʼyicha fermer xoʼjaliklar va boshqa xoʼjalik yurituvchi subʼektlar tomonidan chet davlatlardan keltirilgan yuqori mahsuldor boʼlgan jami 6043 bosh naslli qoramollar belgilangan talablar asosida parvarish qilinmoqda.
Tashkil qilingan komissiyaning taklifiga koʼra, viloyat boʼyicha 41 ta qoramolchilik subʼektiga 2000 bosh chetdan keltirilgan naslli qoramollar uchun 4 mlrd. soʼm miqdorida, 13 ta qo'y –echkichilik subʼektlariga 2000 bosh naslli qoʼy va echkilar uchun 800 mln soʼm miqdorida, 12 ta parrandachilik subʼektlariga 278 ming bosh chetdan keltirilgan parrandalar uchun 2 mlrd. 506 mln soʼm miqdorida, 13 ta baliqchilik xoʼjaliklarida 10339 tonna baliq goʼshti yetishtirish hisobiga 10 mlrd 339 mln soʼm miqdorida subsidiya ajratilishi prognozi ishlab chiqilgan.
Toshkent viloyati chorvachilikni rivojlantirish faoliyatini samarali tashkil etishni taʼminlash komissiyasi tomonidan bugungi kunga qadar 33 ta qoramolchilik subʼektlariga chetdan keltirilgan 2610 bosh naslli qoramollar uchun 5 mlrd 220 mln soʼm, 10 ta parrandachilik xoʼjaliklarida 377,125 ming bosh chetdan keltirilgan parrandalar uchun 3 mlrd 394 mln soʼm miqdorida subsidiya ajratish boʼyicha toʼplangan hujjatlar belgilangan tartibda Respublika komissiyasiga takdim qilindi xamda 36 ta subʼektlarga 7 mlrd 396 mln soʼm subsidiya ajratildi.
Xususan, 26 ta chorvachilik xoʼjaliklari chetdan olib kelingan 2001 bosh naslli koramollar uchun 4 mlrd 2 mln soʼm, 10 ta parrandachilik xoʼjaliklarda chetdan keltirilgan 377 ming 125 bosh naslli joʼjalar uchun 3 mlrd 394 mln soʼm subsidiya ajratilgan.
Shuningdek, chetdan keltirilgan naslli qoramollarni roʼyxatga olish va belgilangan tartibda parvarishlash hamda koʼpaytirish borasida fermer xoʼjaliklari va xoʼjalik yurituvchi subʼektlarda amaliy yordam berish orqali doimiy oʼrganish ishlari olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |