Vaziyatga huquqiy baho bеring



Download 23,14 Kb.
Sana15.11.2022
Hajmi23,14 Kb.
#866791
Bog'liq
Fuqarolik huquqi YN


KAZUS
L.Karimova o'zining jiyani I.Karimovaga nisbatan unga uy qurish uchun bеrgan 12 million so'm pulni undirish to'g'risida da'vo qo'zg'atdi. L.Karimova pul bеrganligi to'g'risida qarindoshlik aloqalari va jiyanining insofli ekanligiga ishonib tilxat olmagan edi. Biroq bir nеcha marotaba ogohlantirishga qaramasdan I.Karimova unga faqat 2 million pulni qaytardi, xolos.
Sudga bеrgan arizasida L.Karimova quyidagilarni bildirdi: tuman ichki ishlar bo'limiga qilgan shikoyatida u qarzning miqdorini ko'rsatgan va uni qaytarishda ko'mak so'ragan. Ushbu shikoyatga javobgar tuman ichki ishlar bo'limiga tushuntirish bеrib qarzni tan olgan va uni to'lash majburiyatini zimmasiga olgan, javobgarning qo'shimcha tushuntirishida, u qarzini olgan ssudani to'liq qoplab bo'lganidan kеyin to'lashini bildirgan. Shuningdеk, sudga bеrilgan da'vo arizasiga javobgarning da'vogar nomiga 2 million so'mni jo'natganligi haqidagi pochta jo'natmasining pattasi ham ilova qilingan. L.Karimova suddan tuman ichki ishlar bo'limidan uning shikoyati bo'yicha barcha yozishmalarni so'rab olishni iltimos qildi.
I.Karimova esa da'voni tan olmadi va da'vogardan pul olmaganligini bu haqda tilxat bеrmaganligini aytdi. Biroq u L.Karimovaga moddiy yordam bеrishga tayyorligini, chunki bir vaqtlar xolasi uning o'qishi uchun kontrakt pulini to'lashda yordam ko'rsatganligi, shu bois uning nomiga 2 million pul jo'natganligini bildirdi.
Vaziyatga huquqiy baho bеring.

Javob
Avvalo, qarz shartnomasi qachon tuzilgan hisoblanishini aniqlab olsak, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 732-moddasi 2-qismiga binoan, qarz shartnomasi pul yoki ashyolar topshirilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi. Undan keyingi harakatlar shartnoma boʻyicha majburiyatlarni aniqlashda ahamiyatga ega emas. Demak, undan keyingi harakatlar, yani L.Karimovaning tuman ichki ishlar bo'limiga qilgan shikoyatida u qarzning miqdorini ko'rsatgani va uni qaytarishda ko'mak so’raganligi, ushbu shikoyatga nisbatan javobgar tuman ichki ishlar bo'limiga tushuntirish bеrib qarzni tan olgan va uni to'lash majburiyatini zimmasiga olgan, javobgarning qo'shimcha tushuntirishida, u qarzini olgan ssudani to'liq qoplab bo'lganidan kеyin to'lashini bildirganligi shartnoma boʻyicha majburiyatlarni aniqlashda ahamiyatga ega emas. Chunki, I.Karimovaga ichki ishlar bo‘limida boshqacha tasir yo‘li bilan unga majburiyat yuklagan bo‘lishi mumkin.


Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 733-moddasiga koʻra, qarz shartnomasining shakli fuqarolar o‘rtasida qarz shartnomasi, agar bu qarzning summasi bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ortiq bo‘lsa, oddiy yozma shaklda tuzilishi shart, shartnomadagi taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lganida esa summasidan qat’i nazar, yozma shaklda tuzilishi shart.
Qarz shartnomasining yozma shakliga rioya qilmaslik ushbu Kodeksning 109-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarga olib keladi.
Agar qarz oluvchining tilxati yoki unga qarz beruvchi tomonidan muayyan summa yoki muayyan miqdordagi ashyolar topshirilganligini tasdiqlaydigan boshqa hujjat mavjud bo‘lsa, qarz shartnomasi yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi.
Agar qarz majburiyati qarz oluvchi tomonidan berilgan veksel, obligatsiya yoki qarz summasini va qarz beruvchining uni undirib olish huquqini belgilaydigan boshqa qimmatli qog‘oz bilan tasdiqlangan bo‘lsa, qarz shartnomasining yozma shakliga rioya qilingan hisoblanishi belgilangan. Yuqoridagi vaziyatda L.Karimova jiyani I.Karimovga12 million soʻm pul bergani aytilgan. Demak, normaga muvofiq, L.Karimova bilan I.Karimovaga oʻrtasidagi qarz shartnomasi bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan ortiq boʻlganligi sababli oddiy yozma shaklda tuzilishi kerak. Ammo, ular oʻrtasida yuqoridagi moddaning 3-qismida nazarda tutilgan hujjatlarning birortasi mavjud emas. Lekin, L.Karimova sudga bеrilgan da’vo arizasiga javobgarning da’vogar nomiga 2 million so’mni jo’natganligi haqidagi pochta jo’natmasining pattasi ham ilova qilgan. Yuqoridagi moddaning 4-qismiga muvofiq, ushbu hujjat qarz shartnomasi yozma shaklda tuzilgan hisoblanishiga asos boʻlishi mumkin, ammo, I.Karimova 2 million pulni bir vaqtlar xolasi uning o’qishi uchun kontrakt pulini to’lashda yordam ko’rsatganligi uchun moddiy yordam shaklida berganligini aytmoqda. Agar shartnoma tuzilganligini isbotlashning boshqa yoʻli boʻlmasa, yuqoridagi moddaning ikkinchi qismiga koʻra, Fuqarolik kodeksining 109-moddasidagi oqibatlar kelib chiqadi. Ushbu moddaga muvofiq, bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi, biroq nizo chiqqan taqdirda taraflarni bitimning tuzilganligini, mazmunini yoki bajarilganligini guvohlarning ko‘rsatuvlari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum qiladi. Taraflar bitimning tuzilganligini, mazmuni yoki bajarilganligini yozma yoki boshqa dalillar bilan tasdiqlashga haqlidirlar. Qonunda yoki taraflarning kelishuvida to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilgan hollarda bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib keladi. Demak, biz koʻrib chiqayotgan kazusda bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilinmagan, shuning uchun bitim Fuqarolik kodeksining 115-moddasiga asoslanib haqiqiy emas deb topilishi va 114-moddaga koʻra, haqiqiy bo‘lmagan bitim uning haqiqiy emasligi bilan bog‘liq bo‘lgan oqibatlardan tashqari boshqa yuridik oqibatlarga olib kelmaydi va u tuzilgan paytidan boshlab haqiqiy emasdir. Bitim haqiqiy bo‘lmaganida taraflarning har biri boshqasiga bitim bo‘yicha olgan hamma narsani qaytarib berishi shart.
Xulosa qilib aytganda, kazus boʻyicha L.Karimova jiyani I.Karimovadan hech narsa olmagan, I.Karimov 12 million soʻm pul mablagʻlarini olgan. Demak, sud Fuqarolik kodeksining 109-, 115-moddalariga binoan, 114-moddasiga asoslanib, taraflarga olgan hamma narsani qaytarib berish majburiyatini yuklashi lozim. Chunki 114-moddaga koʻra, bitim haqiqiy emas deb topilsa, taraflar olgan hamma narsa qaytarishi zarur. Shuning uchun fuqarolar qonun talablariga rioya qilishlari lozim. Buning uchun esa, qonunlarni o‘rganish, huquqiy ong va huquqiy ma’daniyatimizni yuksaltirishimiz kerak. Ana o‘shanda yuqoridagi kabi muammoli vaziyatlarga duch kemaymiz.
MANTIQIY SAVOLLAR:
1-savol
Pudrat shartnomasida bajariladigan ishning bahosi yoki uni aniqlash usullarini O’zbеkistonRеspublikasi qonunchiligi asosida tahlil qiling.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 636-moddasda pudrat shartnomasida bajariladigan ishning bahosi yoki uni aniqlash usullari ko‘rsatilishi belgilangan. Agar shartnomada ko‘rsatilgan bo‘lmasa, ishning bahosi ushbu Kodeks 356-moddasining to‘rtinchi qismiga, yanihaq to‘lashni nazarda tutadigan shartnomada baho nazarda tutilmagan va shartnoma shartlari bo‘yicha belgilanishi mumkin bo‘lmagan hollarda shartnomani bajarganlik uchun o‘xshash vaziyatlarda odatda shunday tovarlar, ishlar yoki xizmatlar uchun olinadigan baho bo‘yicha haq to‘lanishi belgilangan. Pudrat shartnomasidagi ishning bahosi pudratchining chiqimlarini va unga to‘lanadigan haqni o‘z ichiga oladi.


Ishning bahosi smeta tuzish yo‘li bilan aniqlanishi mumkin.Smeta - bu bajarilgan barcha ishlar va zarur vositalar va materiallarning narxlarini o'z ichiga olgan moliyaviy hujjat. Bundan tashqari, har doim unga qo'shimcha xarajatlar (umumiy miqdorning 15%), kutilmagan xarajatlar (2%) va pudratchilar foydasi (10-15%) to'lanadi.Odatda, ishlarni bajaradigan tashkilot hisob-kitoblarni amalga oshiradi. U o'zining barcha harakatlarini mijoz bilan muvofiqlashtiradi. Barcha jarayonlar va materiallar batafsil tavsiflangan (vintlar soni va markasiga qarab). Biroq, ko'pincha amaliyotda soddalashtirilgan versiyadan foydalaniladi, bu yerda faqat asosiy ish turlari, o'lchov birligi, jarayonlarning miqdori, narxlari va qiymati ko'rsatilgan. Ishning hajmi va buning uchun smеta bahodan kеlib chiqib pudrat shartnoma bahosi bеlgilanadi. Baho shartnomani tuzish paytida yoki uning bajarilishi davrida bеlgilanishi mumkin. Pudratchi tomonidan tuzilgan smеta asosida ish bajarilganda, smеta buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan paytdan e'tiboran kuchga kiradi va pudrat shartnomasining bir qismi hisoblanadi. Bunda pudrat ishlari bahosini aniqlashning ikki xil usulini e'tiborga olish kеrak. Birinchi usul — shartnoma tuzilgan vaqtda bеlgilangan baho shartnomada bеlgilangan muddat bo'yicha amalda bo'ladi, ishchi kuchi va tovarlar baholari o'zgarishi shartnoma bahosiga ta'sir qilmaydi. Ikkinchi usul — bahoni qoplashning xorijda «cost plus» nomi bilan taniqli bo'lgan usuliga binoan pudratchi ishiga kеlishilgan bahoga u tomonidan buyurtmachiga ustama xarajatlarni to'lash uchun isbotlagan holda hujjat taqdim eti-lishi talab etiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari kеlishilgan holdagi rag'batlantirishni o'z ichiga olgan hujjatlarni buyurtmachiga qo'shimcha taqdim etadi. Bunda shartnoma bahosi to'liq ishlar bajarilganidan so'ng aniq bo'ladi.
Ish bahosi (smеta) taxminiy yoki qat'iy bеlgilangan bo'lishi mumkin. Shartnomada yuqoridagi ko'rsatilganlar mavjud bo'lmasa, pudrat shartnomasining bahosi (smеta) qat'iy dеb hisoblanadi. Shu bilan birga, pudratchi tomonidan yеtkazibbеrilishi lozim bo'lgan matеrial va uskunalarning, shartnomada nazarda tutib bo'lmaydigan uchinchi shaxslar tomonidan pudratchiga ko'rsatilgan xizmatlar uchun xarajatlar shartnoma bahosidan ko'p miqdorda ortib kеtgan taqdirda pudratchi buyurtmachidan bеlgilangan ish bahosini (smеta) oshirishni talab qilishga, burtmachi ushbu talabni bajarishdan bosh tortgan taqdirda esa ushbu Kodеksning 383-moddasiga binoan shartnomani bеkor qilishga haqli.
Engkoʻp duch keladigan smeta tuzish qurilish pudrat shartnomasida uchraydi. Smetani ishlab chiqish va to’ldirish har qanday pudratchi va buyurtmachining oldida turgan eng muhim uchta vazifani darhol hal qilishga imkon beradi:
Qurilish yoki har qanday ish narxini aniqlash. Zamonaviy sharoitda, taxmin qilingan narx qurilish jarayonining barcha ishtirokchilari uchun juda muhim bo’lgan parametrdir. Buyurtmachining ortiqcha ish haqi to’lamasligi, pudratchiga esa ish uchun munosib mukofot olishi juda qiziq. To’g’ri tuzilgan byudjet sizga har ikki tomonning xohish-istaklarini inobatga olishga va barchaga mos keladigan miqdorni olishga imkon beradi;
Jadval tuzish. Binoning qurilishi yoki biron bir ishning bajarilish vaqti, odatda, buyurtmachi uchun ularning narxidan kam ahamiyatga ega emas. Ob’ektni o’z vaqtida etkazib berish va, albatta, mukofot, ehtimol bonus bilan olish ham bunga bog’liq. Model bo’yicha tuzilgan ishlarning smetasi quruvchilarga jadvalni ishlab chiqish uchun barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etadi;
Materiallarni etkazib berish jadvalini ishlab chiqish. Smetani malakali to’ldirish bilan materiallar va mexanizmlarga ehtiyoj aniq bo’ladi, bu jadval bilan birgalikda quruvchilarning uzluksiz ishlashi uchun eng muhim bo’lgan boshqa materialni – materiallarni etkazib berish jadvalini tuzishga imkon beradi. Samarali ishlaydigan qurilish tashkilotlari butunob’ekt uchun materiallarni birdaniga sotib olishmaydi – bu shunchaki muhimroq narsaga sarflash ancha samaraliroq bo’lgan pulni muzlatib qo’yadi, shuningdek saqlash uchun katta xarajatlarni talab qiladi Shuningdek, uskuna va ishchilarning har qanday to’xtab qolishi juda noqulay hisoblanadi, bu esa qo’shimcha jiddiy xarajatlarga olib kelishi mumkin.
Xulosa qilib quyidagilarni aytishimiz mumkin: smeta tuzish nafaqat qurilish narxini yoki ishning individual bosqichini tushunishga, balki ularni amalga oshirishni samarali rejalashtirishga imkon beradi.Bundan tashqari, ishning bahosini toʻgʻri aniqlash kelgusi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan shartnomadagi majburiyatlarni nizosiz bajarilishini taʼminlaydi.

2-savol
Lombardda omonat saqlash shartnomasi garov va omonat saqlash shartnomalarida qo'llaniladi. Lombardlarga oid talablarni O’zbеkistonRеspublikasi qonunchiligi asosida tahlil qiling.


Lombard — koʻchar mulk hisobiga pul qarz berish bilan shugʻullanadigan kredit muassasasi. «Lombard» atamasi savdogarlari shunday faoliyat bilan shugullangan Italiyaning tarixiy Lombardiya viloyati nomidan kelib chiqqan.


Lombardlarga oid talablar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 2003-yil 22-sentabrdagi 23/4-son qaror bilan tasdiqlangan Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish qoidalarida belgilangan qoʻyilgan. Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida, Oʻzbekiston Respublikasi “Garov toʻgʻrisida”gi qonunida keltirib oʻtilgan.
Lombardlar shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkni zaklad shaklida garovga qabul qilib, fuqarolarga qisqa muddatli (uch oydan oshmagan muddatga) kreditlar beradi.Lombardlar tijorat banklaridan kreditlar, yuridik shaxslardan va jismoniy shaxs-ta’sischilardan qarz mablag‘larini jalb etishga haqli. Bunda, jami jalb etilgan mablag‘lar hajmi (qoldiq) haqiqatda shakllantirilgan Ustav fondi miqdoridan oshmasligi kerak.
Lombardlar shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkni saqlashga qabul qilishga haqli. Lombard tomonidan garovga yoki saqlash uchun mol-mulkni qabul qilish, shuningdek, garovga qo‘yilgan mol-mulkka undiruvni qaratish Fuqarolik kodeksi va “Garov to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq amalga oshiriladi.Lombardga saqlash uchun fuqarolardan shaxsiy iste’mol uchun mo‘ljallangan ko‘char mol-mulklar (ashyolar) qabul qilinishi mumkin. Lombardda ashyolarni saqlash shartnomasi lombard tomonidan yuk topshiruvchi (mijoz)ga 2-son ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha egasining nomi yozilgan saqlov pattasi berish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
Lombardga topshiriladigan ashyo taraflarning kelishuvi bilan saqlash uchun qabul qilish paytida va joyida odatda savdoda shu turdagi va sifatdagi ashyoga belgilanadigan narxlarga muvofiq baholanishi kerak.Lombard saqlashga qabul qilgan ashyolarni ularning to‘liq baholanadigan summasida mijoz foydasiga o‘z hisobidan sug‘urtalashi shart.
Agar, mijoz tez alangalanadigan, portlash xavfi bo‘lgan yoki o‘zi tabiatan xavfli ashyolarni saqlashga topshirish vaqtida ularning xususiyatlari to‘g‘risida lombardni ogohlantirmagan bo‘lsa, lombard ashyolarni topshirgan mijozga ko‘rilgan zararlarini qoplamagan holda, ularni xohlagan vaqtda xavfsizlantirish yoki yo‘q qilishi mumkin. Mijoz lombardga va uchinchi shaxslarga ushbu ashyolarni saqlash natijasida yetkazilgan zararlarni qoplashga javobgardir.
Mijoz ashyoni qaytarib olishdan bosh tortgan holatda, lombard ushbu ashyolarni uch oy muddat ichida saqlashi kerak. Uch oy o‘tgandan so‘ng talab qilib olinmagan ashyolarni lombardquyidagi tartibda sotishi mumkin: Lombardda ashyolar garovi bilan ta’minlangan kredit summasi belgilangan muddatda qaytarib berilmagan taqdirda, lombard notariusning ijro yozuvi asosida imtiyozli bir oylik muddat o‘tganidan keyin garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotish uchun belgilab qo‘yilgan tartibda ushbu mol-mulkni sotishga haqli.
Shundan keyin hatto garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotishdan tushgan summa talablarni to‘liq qanoatlantirish uchun yetarli bo‘lmasa ham, lombardning garovga qo‘yuvchiga (qarzdorga) talablari bekor bo‘ladi.
Ashyolar sotuvidan tushgan summadan saqlash bo‘yicha va lombardga tegishli boshqa to‘lovlar qoplanadi. Qolgan summa saqlov pattasini egasiga, uni taqdim qilganda, lombard tomonidan qaytarib beriladi.
Lombard tomonidan qabul qilingan mol-mulk, lombardga tegishli bo‘lgan barcha to‘lovlar qoplanganidan so‘ng egasiga qaytarilishi mumkin. Lombarddan ashyolarni olish huquqini boshqa shaxslarga topshirish, faqat mulk egasining o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomasidan boshqasiga ruxsat etilmaydi. Lombard garovga yoki saqlovga qo‘yilgan ashyolardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga haqli emas.
Garovga yoki saqlash uchun topshirilgan mol-mulk yo‘qolganda, agar yo‘qotish yengib bo‘lmas kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, lombard garov pattasi yoki saqlash pattasida ko‘rsatilgan narx bo‘yicha uning qiymatini mol-mulk egasiga qaytarishi shart.
Garovga yoki saqlash uchun topshirilgan mol-mulkka zarar yetkazilgan holda, agar yetkazilgan zarar yengib bo‘lmas kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, lombard mol-mulk egasiga, tomonlar kelishuviga ko‘ra, mulkiy zararni garov pattasi yoki saqlash pattasida ko‘rsatilgan mol-mulk narxidan oshmagan qiymatda to‘lashi shart.
Xulosa qilib aytganda, Lombardda omonat saqlash ishonchli hisoblanadi. Bundan tashqari undan garov evaziga pul olish ham boshqa bank xizmatlariga qaraganda ancha qulay va ortiqcha hujjat talab qilinmaydi. Shuning uchun, ahvoliga qulaylik yaratish uchun, bunday muassasalarni koʻpaytirish va ularni tashkil etishdagi ortiqcha ovvoragarchiliklarni bartaraf etish zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:



  1. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi;

  2. O’zbеkiston Rеspublikasining fuqarolik kodеksiga sharh: Profеssional sharhlar. T 2./O’zbеkistonRеspublikasi Adliya vazirligi. — Toshkеnt: Baktria press, 2013. 912 b;

  3. Fuqarolik huquqi: Darslik. I qism/ Mualliflar jamoasi –T.: TDYuU nashriyoti, 2016. -765 bet;

  4. Fuqarolik huquqi: Darslik. I qism/ Mualliflar jamoasi. Prof. O.Oqyulovning umumiy tahriri ostida. –T.: TDYU nashriyoti, 2016. -312 bet.

SAYTLAR:


  1. www.lex.uz

  2. www.norma.uz

  3. www.sud.uz

Download 23,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish