Vaziyatga huquqiy baho bering



Download 10,88 Kb.
Sana26.04.2022
Hajmi10,88 Kb.
#583552
Bog'liq
kazus (2) 220422094232


Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tovar moddiy boyliklarini saqlanishi, butligini ta'minlash maqsadida omonat saqlash shartnomasi tuzishga qaror qildi. Shu munosabat bilan “Omad” mas'uliyati cheklangan jamiyati bilan universitetning binosi, mebelь va boshqa jihozlarni omonat saqlashga topshirish to'g'risida shartnoma tuzishga taklif berdi. “Omad” mas'uliyati cheklangan jamiyati universitetning binosi va mebellari omonat saqlash shartnomasining narsasi bo'la olmasligini, shuningdek universitetga ashyoni topshirganlik uchun saqlash tilxati, pattasi, guvohnomasini berishi mumkinligini ma'lum qildi. Bunga universitet e'tiroz bildirib, shartnoma faqat yozma shaklda tuzilishi mumkinligini bildirdi.
Bundan tashqari, omonat saqlovchi ashyoni saqlash uchun qilingan, odatdagi bunday xarajatlardan ortiq bo'lgan hamda omonat saqlash shartnomasini tuzish chog'ida taraflar oldindan ko'rishi mumkin bo'lmagan xarajatlar (alohida xarajatlar)ni ham universitet qoplashi shartligini ko'rsatib o'tdi.
Vaziyatga huquqiy baho bering
Omonat saqlash shartnomasi real bitim sifatida ko'riladi va umumiy qoidaga ko'ra, yuk topshiruvchi tomonidan omonat saqlovchiga ashyoni bergan vaqtidan boshlab tuzilgan xisoblanadi. Biroq taraflar kelishuvida omonat saqlovchi yuk topshiruvchidan, shartnomada ko'rsatilgan muddatda, ashyoni qabul qilib olish majburiyati ko'zda tutilgan bo'lsa, omonat saqlash shartnomasi konsensual xarakterga ega bo'lishi mumkin. 2. Omonat saqlash shartnomasining haq evaziga yoki tekinga tuzilishi xususida sivilist olimlar orasida yakdil fikr mavjud emas. Ularning ayrimlari mazkur shartnoma haq evaziga tuziladigan shartnomalar turkumiga mansubligini ta'kidlashsa, boshqalari tekinga ham tuzilishi mumkinligini e'tirof etishadi.
Fuqarolik kodeksida esa, bu haqda tug'ridan-tug'ri norma belgilanmagan. Ammo haq evaziga tuziladigan omonat saqlash shartnomasi sifatida 885 va 886-moddalarni ko'rsatib o'tish mumkin. Shu bilan birga amaliyotda, ayniqsa fuqarolar o'rtasidagi munosabatlarda tekinga omonat saqlash bo'yicha xizmat ko'rsatish keng tarqalganligini ta'kidlash mumkin
Omonat saqlash shartnomasining shakli uni tuzish holatlari va turidan kelib chiqib aniqlanadi. Konsensual shartnomalar uchun nisbatan qat'iy talablar belgilangan. Bunday shartnoma uning qiymatidan qat'iy nazar yozma shaklda tuzilishi lozim. Mazkur moddada shartnoma shakliga rioya qilmaslikning huquqiy oqibatlari ko'rsatib qo'yilmagan.
Biroq, FK 108-moddasi (bitimning oddiy yozma shakli)ga doir talabni ham ko'rsatib o'tadi. Bunday hollarda FKning 108-moddasi talablaridan kelib chiqish talab qilinadi. Ya'ni, yuridik shaxslarning o'zaro va fuqarolar bilan hamda fuqarolar o'rtasidagi belgilangan eng kam oylik ish haqining o'n baravaridan ortiq summadagi bitimlar oddiy yozma shaklda tuzilishi talab qilinadi. Agar ashyoni saqlashga qabul qilinganligi omonat saqlovchi tomonidan yuk topshiruvchiga saqlash tilxati, pattasi, guvohnomasini, omonat saqlovchi imzolagan boshqa hujjatni berish yo'li bilan tasdiqlangan bo'lsa, shartnomaning oddiy yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.
Fuqarolik Kodeksi 887-moddasida Alohida xarajatlarni qilish zarur bo'lib qolganida, omonat saqlovchi yuk topshiruvchidan ushbu xarajatlarga rozilik so'rashi shart. Agar yuk topshiruvchi omonat saqlovchi ko'rsatgan muddatda yoki javob berish uchun yetarli bo'lgan vaqtda o'zining rozi emasligini xabar qilmasa, u alohida xarajatlarga rozi bo'lgan, deb hisoblanadi deyilgan.
Demak bizdagi vaziyat bo'yicha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va "Omad" MCHJ lar o'rtasidagi tuzilgan omonat saqlash shartnomasi quyidagi moddalar bilan tartibga solinadi:
875, 877, 885 va 887-moddalar
O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 875-moddasida omonat saqlash shartnomasi bo'yicha bir taraf omonat saqlovchi va ikkinchi taraf yuk topshiruvchi bo'ladi. Kazusimizda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti yuk topshiruvchi va "Omad" MCHJ esa omonat saqlovchi bo'ladi.
Fuqarolik kodeksi 877-moddasida omonat saqlash shartnomasi yozma ravishda tuzilishi kerakligi belgilab qo'yilgan. Bunga ko'ra omonat saqlovchi yukni topshiruvchiga saqlash tilxati, pattasi, guvohnomasini bersa shartnoma yozma tuzilgan hisoblanadi. Demak bu vaziyatda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining shartnomani yozma tarzda tuzish to'g'risidagi qarshiligi noo'rin.
Omonat saqlash uchun haq to'lash haq evaziga tuziladigan shartnomalarda va qoida tariqasida, professional saqlovchi bilan tuziladigan shartnomalarda nazarda tutiladi. Professional saqlovchilar tomonidan amalga oshiriladigan omonat saqlash uchun haq miqdori odatda tarif bo'yicha, boshqa hollarda esa taraflarning kelishuvi asosida aniqlanadi.
Umumiy qoida bo'yicha saqlash uchun haq to'lash saqlash tamom bo'lganidan keyin amalga oshiriladi. Ammo haq to'lash davriylik bo'yicha nazarda tutilgan bo'lsa, haq to'lanishi tegishli qismlarda har bir davr yakuni bo'yicha to'lanishi lozim.
Agar omonat saqlash shartnomasi omonat saqlovchi javobgar bo'lmaydigan vaziyat tufayli muddatidan oldin to'xtatilgan bo'lsa, omonat saqlovchi shartnomada kelishilgan haqning tegishlicha qismini olishga haqli bo'ladi. Bundan tashqari yuk topshiruvchi tez yonadigan, portlash xavfi bo'lgan yoki o'z tabiatiga ko'ra xavfli bo'lgan ashyolarni saqlash uchun topshirayotgan vaqtda saqlovchini ularning xossalari haqida ogohlantirmagan bo'lsa, shuningdek, bunday ashyolar saqlash uchun noto'g'ri nom bilan topshirilgan va omonat saqlovchi ularni qabul qilib olish chog'ida sirtidan ko'zdan kechirish yo'li bilan ularning xavfli xossalarga egaligini bila olmasligi munosabati bilan shartnoma tugatilgan taqdirda saqlovchi shartnomada nazarda tutilgan haqning to'liq to'lanishini talab qilishga haqli.
Bundan tashqari omonat uchun qilingan qo'shimcha alohida xarajatlarga haq to'lash quyidagicha belgilangan: Shartnomada belgilangan muddat tugagandan so'ng yoki omonat saqlovchi tomonidan yuk topshiruvchiga muddati ko'rsatilmagan omonat saqlash uchun topshirilgan ashyoni olish uchun taqdim qilinadigan oqilona muddat yakuni bo'yicha, yuk topshiruvchi u tomonidan saqlash uchun taqdim qilingan ashyoni qaytarib olishi lozim. Qoidaga muvofiq, ushbu majburiyat yuk topshiruvchi tomonidan darhol ijro qilinishi lozim. Buning uchun albatta shartnomadan yoki omonat saqlovchining harakatlaridan shartnoma muddatining yakunlanishi shartnoma bo'yicha taraflar majburiyatlari tugatilishiga olib kelishini bildirishi lozim.
Omonat saqlash shartnomasi yakuni bo'yicha, taraflar o'z majburiyatlarini bajarishda davom etayotgan bo'lsalar, masalan, yuk topshiruvchi saqlash uchun to'lovlarni amalga oshirishni davom ettirayotgan, omonat saqlovchi esa, to'lovlarni qabul qilib, yuk topshiruvchidan ashyoni qaytarib olishni talab qilmayotgan bo'lsa, u holda muddatli omonatsaqlash shartnomasi taraflar tomonidan talab qilib olinguncha omonat saqlash shartnomasiga o'zgartirilgan bo'lib hisoblanadi.
Download 10,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish