Vaqt birligi etalonini amalga oshirish



Download 14,61 Kb.
Sana23.06.2021
Hajmi14,61 Kb.
#99655
Bog'liq
fizika mustaqil ish 1


Vaqt birligi etalonini amalga oshirish

Kalitli so‘zlar: sekund, Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanish vaqti, tropik yil – Yerning Quyosh atrofida aylanish vaqti, vaqtni o‘lchash aniqligi, kvant soatlar.


Topshiriq rejasi:

1.Vaqt birligini astronomik aniqlash;
2.Sutka – kecha va kunduz davri;
3.Yerning quyosh atrofida aylanish vaqti;
4.Atom fizikasi vositalari yordamida vaqt birliginianiqlash va amalga oshirish;
5.Xulosa;

Vaqt birligini astranomik aniqlash

Vaqt o‘lchovi Yerning o‘z o‘qi va Quyosh atrofida aylanishini kuzatishga asoslangan. Shuning uchun yulduz vaqti, Quyosh vaqti va boshqa vaqtlarga ajratiladi. Yulduz vaqtining asosiy birligi yulduz sutkasi hisoblanadi. U, asosan, Yerning o‘z o‘qi atrofida bahorgi tengkunlik nuqtasiga nisbatan aylanish vaqtiga teng. Yulduz vaqtidan foydalanish noqulay, chunki u kun bilan tunning almashinishiga to‘g‘ri kelmaydi.Shuning uchun amalda Quyosh vaqtidan foydalaniladi. Quyosh vaqti Yerning Quyoshga nisbatan harakatiga qarab aniqlanadi. Quyosh vaqti, odatda, yarim tundan boshlab hisoblanadi, bu vaqt o‘rtacha Quyosh vaqti deb ataladi. Тurli meridianlarda yarim tun turli paytlarda bo‘ladi, shu sababli turli meridianlarda joylashgan joylarda vaqt bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun vaqt o‘lchovidan xalqaro miqyosda foydalanishni osonlashtirish maqsadida mahalliy vaqt, mintaqa vaqti va dunyo vaqti tushunchalari kiritilgan. Vaqtning birligi sifatida yer o’z o’qini bir marta aylanishga ketadigan vaqtining 1/86400 qismi sekund qabul qilingan.

Sutka kecha va kunduz vaqtlari

utka — Yerning oʻz oʻqi atrofida 1 marta aylanish davriga teng boʻlgan vaqt oʻlchov birligi. Sutka quyosh sutkasi (24 soat) va yulduz sutkasi (23 soat 56 minut 4 sekund) kabi turlarga ajratiladi. Hayotda koʻpincha sutka kun deb ham yuritiladi.Bir sutka 24 soat(1440 minut, 86400 sekund)dan iborat. Sutka kunduz va tun, ertalab va kechqurundan tashkil topgan.

Kecha-kunduz, sutka - 24 soatga teng vaqt oʻlchov birligi. Yerning yulduzlarga nisbatan bir marta aylanib chiqish davri Yulduz sutkasiga va Quyoshga nisbatan aylanish davri Quyosh sutkasiga bo’linadi. Yulduz sutkasi uzunligi bahorgi tengkunlik nuqtasidan ikkita ketma-ket yuqori (yoki pastki) kulminatsiyalari orasidagi vaqtga teng . Yulduz sutkasi haqiqiy (pretsessiya va nutatsiya hisobga olinsa) va oʻrtacha (faqat pretsessiya hisobga olinsa) yulduz sutkalariga ajraladi. Bahorgi tengkunlik sutkasi nuqtasining pretsession harakati taʼsirida oʻrtacha yulduz sutkasi Yerning oʻz oʻqi atrofida haqiqiy aylanish davridan 0,0084 sekundga qisqa. Nutatsiya taʼsirida haqiqiy yulduz sutkasining uzunligi oʻzgarib turadi. Quyosh bir sutka davomida osmon sferasida 1° sharqqa tomon siljiydi.

Shu sababli, yulduz sutkasi bilan amalda vaqtni oʻlchash noqulay boʻlib, u kun va tunning almashinishi bilan toʻgʻri kelmaydi. Shuning uchun Quyosh sutkasida uning ikkala ketma-ket pastki (yarim tun) kulminatsiyasi oraligʻidagi vaqt olinadi. Quyosh sutkasi ham haqiqiy va oʻrtacha Quyosh sutkalariga boʻlinadi. Quyosh sutkasining uzunligi esa yarim tun (haqiqiy Quyosh sutkasida haqiqiy Quyoshning pastki kulminatsiyasi; oʻrtacha Quyosh sutkasida esa Quyoshning soxta pastki kulminatsiyasi) dan boshlab hisoblanadi. Yer orbitasining ellipssimonligi va ekvatorning ekliptikaga ogʻishganligi tufayli haqiqiy Quyosh sutkasi ham doimiy emas va yil davomida 24 soat 3 min 36 s (sentyabr oʻrtalarida) dan 24 soat 4 min 27 s (dekabr oxirida) gacha oʻzgarib turadi. Shuning uchun Quyoshning ekvator buyicha yil davomida doimiy burchak tezlik bilan harakat qiluvchi oʻrtacha Quyosh sutkasi (24 soat 3 min 56,55536 s yulduz sutkasi) olinadi. Tropik yil 366,2422 yulduz sutkasi yoki 365,2422 Quyosh sutkasidan iborat.

Yerning quyosh atrofida aylanish vaqti

Yerning quyosh atrofida aylanish davri 365yoki 366kundan iborat. Bu nega har hil deb oylashila mumkin sababi yer oz oqi atrofini aynan 24 soatda bosib otmaydi yani 23soat 56min va 4 sek dan iborat. Biz buni 24soat deb hisoblaymiz va har Kuni 4min ga adashamiz bu xatolik yegilib 4yilda bir kun I tashkil etadi va 366kuj boladii va bir kun 29fevral keladi bu bu yil kabisa yili deyiladi

Atom soati

Insonlar ko’p yillar davomida vaqtni yana ham aniq o’lchashga intilishdi. Bu borada texnika va ilm-fan rivojlanishi katta yordam berdi. Yani atom soatlari ishlab chiqildi. Bu esa vaqtni juda ham aniq hisoblashga yordam berdi. Bunda aniqlik juda ham katta. Bir necha milliard yilda 1 soniyaga adashishi mumkin. Bunda bir soniya etib atom massasi 133 ga teng bo’lgan seziyning o’tishi mos keladigan ikkita ma’lum atomlar orasida 9 192 631 770 ta nurlanish hosil bo’lishiga ketadigan vaqt nazarda tutiladi.

Fiziklar jahondagi eng aniq atom soatlarini ishlab chiqishdi AQSH va Singapur fiziklari ayni damda jahonning eng aniq ishlovchi atom soati deb hisoblanayotgan qurilmani ishlab chiqishdi. Yangi soatlar 15 milliard yilda atigi bir soniyaga adashishi mumkin – taqqoslash uchun, olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, astronomik Olamning yoshi 13,8 milliard yilga teng. Yangi qurilma xona haroratida ishlay oladi va o‘zidan avvalgi atom soatlaridek kriogen sovutishni talab qilmaydi. Atom soati

1. Qadimdan odamlar vaqtni o’lchash uchun astronomik bilimlardan foydalanishgan. 2. Sutka odamlar qadimdan foydalanilgan birliklardan biridir. 3. Yerning Quyosh atrofida aylanishi natijasida yerda tun va kun hamda fasllar vujudga keladi. 4. Atom fizikasi yordamida vaqtni aniqlash eng zamonaviy va eng aniq usul hisoblanadi.

Xulosa


Bugungi mashg‘ulotda biz vaqt birligi haqida o‘rgandik. Bir yilda 365 kun mavjud bo‘lib, har 4 yilda bir marta kabisa yili bo‘lish sababini tushunib oldik, ya'ni bir yil aslida 365kundan ortiqroq ekan va shu ortiqcha daqiqalar yig‘ilib 4 yilda 1 kunni tashkil etar ekan. Qadimdan insonlar vaqtni o‘lchashni turli usullarini aniqlashga harakat qilishgan, lekin ularning ko‘pchiligi aniq vaqtni o‘lchashga erisholishmagan. Masalan, yaponlarning soati 1sutkada 1 sekuntga adashgan, bu biz uchun katta xatolik edi. Ammo, atom soati yaratilgach, bunday adashishlar deyarli yo‘qoldi. Bu soat 100ming yilda 1 sekuntga adashadi, bu deyarli adashmaydi deganidir.
Download 14,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish