12.1.Oxirgi moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko„rsatkichlar va ular hisobining vazifalari O’zbekiston Respublikasida korxonalar f aoliyatining oxirgi moliyaviy
natijalarining ko‗rsatkichlari, ularni shakllanishi va hisobga olinishi «Mahsulot (ish,
xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni
shakllantirish to‗g‗risida Nizom» da, shuningdek oxirgi yillarda qabul qilingan BHMS
larda , shu jumladan 1,2,3, 21 - son BHMS larda, atroflicha ochib berilgan.
Ushbu me‘eriy hujjatlarga muvofiq korxonalar faoliyatining oxirgi moliyaviy
natijalarini ifodalovchi foyda (zarar)lar quyidagi ko‗rsatkichlar bila n tavsiflanadi.
1. Sotishdan olingan foyda yoki zarar (Fs ) yoki (Zs)
Fs (Zs) = St – Ts, mos ravishda
Fs = agar St > Ts , Zs = agar St< Ts
Bu yerda: St – sof tus hum, Ts – sotish tannarxi
2. Asosiy faoliyatdan olingan foyda yoki zarar (Faf) yoki (Zaf)
Faf (Zaf) = Fs (Zs) – Dx + Bod
Bu yerda: Dx- davr harajatlari; Bod – asosiy faoliyatdan olingan boshqa operatsion
daromadlar.
3.Umumxo‘ja lik faoliyatidan olingan foyda yoki zararlar (Fux) yoki (Zux)
Fux (Zux) = Faf (Zaf) + Fmf – Zmf
Bu yerda: Fmf – moliyaviy faoliyatdan olingan foyda;
Zmf - moliyaviy faoliyatdan ko‗ rilgan zararlar
4.Soliqgacha foyda yoki zararlar (Fst) yoki ( Zst)
Fst (Zst) = Fux (Zux) + Ff – Fz
Bu yerda: Fd – favqulotdagi foyda; Fz – favqulotdagi zararlar
5. Sof foyda yoki sof qoplanmagan zararlar (Sf) yoki (Sz)
Sf (Sz) = Fst (Zst) – Ds - Aj
Bu yerda: Ds – daromaddan olinadigan soliqlar ( foyda solig‗i, infrastrukturani
rivojlantirish solig‗i, yagona soliq,);
Aj – foydadan boshqa ajratmalar
«Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatla ri hamda moliyaviy
natijalarni shakllantirish to’g’risida Nizom» ga muvofiq yuqorida keltirilgan foyda
(zarar) ko‗rsatkichlaridan tashqari soliqga tortish maqsadida yana ikkita quyidagi foyda
ko‗rsatkichi hisoblash yo‗ li bilan topiladi:
Soliqga tortiladig an daromad (Std)
Std = Fst (Zst) + Stx + Sbx – Schx – D – F
Bu yerda: Stx – soliq solish bazasiga qayta qo‘shiladigan harajatlar;
Sbx – hisobot davrida soliq bazasidan chegirilmaydigan, lekinda
kelgusida chegirilib b oriladigan harajatlar;
Schx – soliq bazasidan hisobot davrida chegiriladigan harajatlar;
D – olingan dividendlar;
F - olingan foizlar
Soliqga tortiladigan foyda (Stf)- bu soliqga tortiladigan daromaddan foyda
(da romad ) solig‗ini hisoblash uchun imtiyoz sifatida chegirib tashlanadigan harajatlarni
ayirgandan keyin qoladigan foyda summasi , ya‘ni :
Stf = Std – I
Bu yerda : I – imtiyoz sifatida soliqga tortiladigan daromaddan chegiriladigan
harajatlar.
Soliq so lish bazasiga qayta qo‘shiladigan harajatlar deganda «Mahsulot (ish,
xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni
shakllantirish to‗g‗risida Nizom»ga muvofiq moliyaviy natijalarni shakllantirishda
soliqgacha foyda summa sini kamaytirishga olib borilgan, hisobotda sotish tannarxi, davr
harajatlari va moliyaviy faoliyat bo‗ yicha harajatlar tarkibida aks ettirilgan harajatlar
(masalan, me‘ yordan ortiq ishlab chiqarishdagi yo‗qotishlar, me‘ yordan ortiq reklama va
vakolatlik harajatlari, moddiy yordam va kompensatsiyalar, uyali aloqa harajatlari,
korxonaning asosiy vositalari va boshqa aktivlaridan ko‗rilgan zararlar, ko‗rsatilgan
xomiylik summalari va boshqalar) tushuniladi. Bunday harajatlarning to‗liq ro‗ yxati
Nizomning 1-ilovasida keltirilgan. Soliq qonunchiliga asosan korxonalar soliq solish
bazasiga qayta qo‘shiladigan harajatlarni Nizomda keltirilgan tartibga muvofiq mustaqil
hisoblashlari, ularning summasini foyda (daromad) solig‗i hisob-kitobining alohida
satrida (020 -satr) ko‗rsatishlari lozim.
Hisobot davrida soliq bazasidan chegirilmaydigan, lekinda
kelgusida chegirilib boriladigan harajatlar deganda 9430 ― Kelgusida soliq bazasidan
chegiriladigan haroajatlar‖ schyotda aks ettirilgan harajatlar tushuniladi (202 -betga
qarang). Ushbu harajatlar foyda (daromad) solig‗i hisob-kitobining alohida satrida (030-satr) ko‗rsatiladi.
Soliq bazasidan chegiriladigan harajatlar deganda Nizomga keltirilgan 2-ilovaga muvofiq o‗tgan hisobot yilida so liq bazasidan chegirilmagan, lekinda keyingi
hisobot davridan boshlab 10 yil muddat ichida soliq bazasidan chegirilib boriladigan
harajatlar tushuniladi ( 202-betga qarang). Soliq qonunchiliga asosan korxonalar soliq
bazasidan chegiriladigan harajatlarni Nizomda keltirilgan tartibga muvofiq maxsus hisobkitob yordamida mustaqil hisoblashlari va ma‘ lumotnoma bilan tasdiqlashlari, ularning
summasini foyda (daromad) solig‗i hisob-kitobining alohida satrida (040-satr)
ko‗rsatishlari lozim.
Olingan dividendlar va foizlar Soliq qonunchiligiga muvofiq alohida 15 foizlik
dividend solig‗iga tortilishi munosabati bilan foyda (daromad) solig‗ini hisoblashdachegirib tashlanadi. Shuning uchun ularning summalari foyda (daromad) solig‗i hisobkitobining alohida s atrida (060 -satr) ko‗rsatiladi. Ushbu daromadlardan dividend
solig‗ini o‗ndirilganligi to‗g‗risida ma‘lumotlar ularni bergan yuridik shaxslarning
ma‘ lumotnomalari bilan tasdiqlanishi lozim.
Foyda (daromad) solig„i bo„yicha imtiyozlar sifatidaa soliqga tortiladigan
daromad summasidan chegirib tashlanadigan harajatlar ning turlari, imtiyoz me‘ yorlari
Soliq Kodeksi va foyda (daromad) solig‗ini hisoblash va to‗lash bo‗ yicha Yo‗riqnomada
ochib berilgan.
Korxonalar faoliyatining oxirgi moliyaviy natijalari bo‗ yicha buxgalteriya
hisobining asosiy vazifalari bo‗lib quyidagilar hisoblanadi:
Moliyaviy natijalar ko‗rsatkichlarini ularning mohiyatini ochib beruvchi
mezonlariga mos ravishda hisobga olish;
korxona moliyaviy natijalari ko‗rsatkichlarini to‗g‗ri turkumlash va guruhlarga
ajratish;
korxona moliyaviy natijalari ko‗rsatkichlarini soliq ob‘ekti sifatida to‗g‗ri
shakllantirish;
moliyaviy natijalar ko‗ rsatkichlarini hisoblash tamoyiliga muvofiq ular yuz bergan
vaqtdan boshlab tan olish va tegishli schyotla rda aks ettirish;
moliyaviy natijalar ko‗rsatkichlarini moliyaviy hisobotda to‗g‗ri aks ettirish va
boshqalar12.2.Hisobot yilining soliqgacha foydasi (zararlari) ning hisobi
21 -son BHMS ga muvofiq hisobot yilning soliqgacha foydasi (zarari)ni topish
barcha daromad va harajatlarni 9900 ― Oxirgi moliyaviy natija‖ schyotida aks ettirish va
ushbu schyotning debet va kredit oborotlari summasini taqqoslash yo‗li bilan amalga
oshiriladi. Jumladan, daromadlarni aks ettiruvchi barcha schyotlar (9010-9030, 9310 -9390, 9510 -9590, 9710)ning kreditida to‗plangan summa yil oxirida 9900- schyotning
kreditiga, harajatlarni aks ettiruvchi barcha schyotlar (9110-9130,9410 -9430,9610 -9690,
9720) ning debetida to‗plangan summa yil oxirida 9900- schyotning kreditiga,
o‗tq aziladi, ya‘ni:
Debet 9010 -9030,9310 -9390,9510 -9590 ,9710 Kredit 9900
Debet 9900 Kredit 9110 -9190,9410 -9430,9610 -9690,9720
Agar, 9900 – schyotning kredit oboroti debet oborotidan katta bo‗lsa, u hisobot
yilida korxona soliqgacha foydaga, debet oboroti kredit oborotidan katta bo‗lsa, u holda
korxona soliqgacha zararga erishgan hisoblanadi.
Turli faoliyat bilan shug‗ullanuvchi va faoliyat turlari bo‗ yicha turlicha soliq
to‗lovchi korxonalar soliqgacha foyda (zarar) ni faoliyat turlari bo‗ yicha al ohida -alohida
hisoblashlari lozim. Buning uchun daromadlar va harajatlar ham faoliyat turlari bo‗ yicha
alohida hisobga olib borilgan bo‗lishligi kerak.
12.3.Foydani ishlatilishining hisobi
21 -son BHMS ga asosan hisobot yilning foydasini ishlatilishi 9800
― Foydani soliqlar va to‗lovlar uchun ishlatilishi hisobi schyotlari‖ da (mos schyotlarda)
aks ettiriladi. Ushbu aktiv schyotning debetida yil maboynida foyda (daromad)dan
199
o‗ndirilgan soliqlar , jumladan foyda (daromad) solig‗i, infrastrukturani rivoj lantirish
solig‗i, yagona soliq, yalpi tushumdan yagona soliq aks ettiriladi. Bunda ushbu soliqlar
bo‗ yicha byudjet oldidagi qarzlarni ifodalovchi 6400 ― Byudjetga to‗lovlar bo‗ yicha
qarzlar hisobi schyotlari‖ (mos ravishdagi schyotlar) kreditlanadi.
Foyd a (daromad) solig„i ( Nf) summasi korxonaning soliqga tortiladigan foydasi
summasini (Stf) soliq me‘ yoriga (Sm) ko‗paytirib va 100% ga bo‗lish bilan topiladi,
ya‘ ni:
Nf = Stf * Sm : 100%
Infrastrukturani rivojlantirish solig„i (Ninf) summasini topish u chun soliqgacha
foyda summasidan ( Sft) foyda solig‗i summasi (Nf) chegiriladi, topilgan summa ushbu
soliq me‘ yoriga (Sm) ko‗paytiriladi va 100% ga bo‗linadi, ya‘ni:
Ninf = (Sft –Nf ) * Sm : 100%
Korxona soliq to‗lashning ixchamlashtirilgan tizimida (yagona soliq, yalpi
tushumdan yagona soliq ) ishlayotgan bo‗lgan hollarda ushbu soliqlarning summasi
Soliq Kodeksi va harakatdagi yo‗riqnomalarga muvofiq yalpi tushum (yalpi daromad)
summasini ushbu soliqlarning belgilangan me‘ yorlariga ko‗paytirish yo‗li bilan topiladi.
Yil oxirida 9800-schyotning debetida to‗plangan soliq to‗lovlarining summalari
uning kreditida va 9900 ― Oxirgi moliyaviy natija‖ schyotining debetida aks ettiriladi va
shu asosda foydaning ishlatilishi hisobi schyotlari yopiladi. 12.4 . Hisobot yilining sof foydasi (zararlari) va ularni taqsimlanishining hisobi
9900 ― Oxirgi moliyaviy natija‖ schyotiga foydani ishlatilishi hisobi schyotini, ya‘ ni
9800 – schyotni, yopilishi bilan korxonaning hisobot yil yakuni bo‗ yicha sof foydasi
(qoplanmagan zarari)ni aniqlash imkoni bo‗ladi. Buning uchun 9900 – schyotning debet
va kredit oboroti taqqoslanadi. Ushbu schyotning kredit oborotini debet oborotdan katta
bo‗lishi korxonaning sof foydasini, kredit oborotdan debet oborotini katta bo‗lishi
korxonaning qoplanmagan sof zararini bildiradi.
Aniqlangan sof foyda summasi 9900 – schyotning debetiga va 8710 ― Hisobot
davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) ― schyotining kreditiga
o‗tqaziladi. Yil yakuni bo‗ yicha zarar bilan chiqilgan bo‗l sa, ushbu zarar summasi 9900 -schyotning kreditiga va 8710 ― Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan
zarari) ― schyotining debetiga o‗tqaziladi. Ushbu yozuv bilan 9900 ― Oxirgi moliyaviy
natija‖ schyoti to‗lig‗icha yopiladi.
Hisobot yili oxirida 8710 ― Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi
(qoplanmagan zarari) ― schyotida aks ettirilgan sof foyda (qoplanmagan zarar)
taqsimlanishi yoki taqsimlanmay qolishi mumkin. Bunday taqsimotni amalga oshirish
korxonaning mulkiy va tashkiliy shakliga bevosita bog‗liq hisoblanadi.
O‗rtoqchilik jamiyatlarida, masalan, ma‘suliyati cheklangan jamiyatlarda, qo‘shma
korxonalarda, xususiy korxonalarda, ularning ustavi va ta‘sis shartnomalari talablaridan
kelib chiqgan holda hisobot yilning sof foydasi (qoplanmagan zarari) ta‘sischilar
yig‗ilishining qaroriga asosan taqsimlanishi yoki taqsimlanmasdan korxona ixtiyorida
jamlangan foyda (qoplanmagan zarar) hisobiga qoldirilishi mumkin. Bu tipdagikorxonalarda ta‘sischilar yig‗ilishi qaroriga asosan hisobot yilning sof foydasini
taqsimlash quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi:
Ta‟sischilarga dividend (foiz) ko„ rinishida bo„lingan sof foyda summasiga
Debet 8710 ― Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan
zarari) ―
Kredit 6610 ― To‗la nadigan dividendlar‖
Korxonaning rezerv kapitaliga ajratma summasiga
Debet 8710 ― Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) ―
Kredit 8520 ― Rezerv kapitali‖
Hisobot yilning taqsimlanmay qolingan sof foydasi o„tgan yillarning jamlangan
foydasiga qo‘shilsa
Debet 8710 ― Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) ―
Kredit 8720 ― Jamlangan foyda (qoplanmagan zarar)‖
Agar o‗rtoqchilik jamiyati hisobot yili yakuni bo‗ yicha zarar bilan chiqgan bo‗lsa,
ushbu zarar summasi 87 20 ― Jamlangan foyda (qoplanmagan zarar‖ schyotining debetiga
o‗tqaziladi, ya‘ni:
Debet 8720 ― Jamlangan foyda (qoplanmagan zarar)‖
Kredit 8710 ― Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) ―
Shunday qilib, o‗rtoqchilik jamiyatlarida hisobot yilning oxiriga 8710 ― Hisobot
davrning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) ― schyoti to‗lig‗icha yopiladi va
ushbu vaqtinchalik (tranzit) schyot qoldiqga ega bo‗lmaydi.
Aksionerlik jamiyatlarida 8710 ― Hisobot davrning taqsimlanmagan foyd asi
(qoplanmagan zarari) ― schyotida to‗ plangan foyda yoki zarar summasini aksionerlar
yig‗ilishi qarorisiz taqsimlab bo‗lmaydi. O‗zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq
aksionerlarning umumiy yig‗ ilishlari kelgusi yilning 1 may oyigacha o‗tqaziladi. Shu
sababli aksionerlik jamiyatlarida 8710 ― Hisobot davrning taqsimlanmagan foydasi
(qoplanmagan zarari) ― schyotida to‗plangan foyda yoki zarar summasi kelgusi yilga
qoldiq sifatida o‗tqaziladi, u faqat hisobot yili foydasi (zarari) taqsimlangach yopila di.
O„z-o„zini sinash uchun test savol-javoblari
1.Quyidagilarning qaysi biri to„g„ri
a) Sotishdan olingan foyda – bu daromad va davr harajatlari o‗rtasidagi farq
b) Sotishdan olingan foyda – bu sotishdan olingan daromad va sotish tannarxi
o‗rtasidagi f arq
v) Sotishdan olingan foyda –bu sotishdan olingan yalpi tushum va QQS o‗rtasidagi
farq
g) Sotishdan olingan foyda – bu sotish tannarxi va davr harajatlarining yig‗indisi