Sabr qil, avval dadangga xabar qilay. 55- bet
Hasratning mehmonlar yoniga chiqmasligi yuzlariga sovuq suv sepgandek bo`ldi.Ozlarini Mavishning gaplariga ishongandek tutsalar-da, mehmonxonani sovuq harorat egalladi. Hasratning bu harakati Nufuschining qonini qaynatdi, ammo Mavish vaziyatni yumshatishga urinardi. Hasratning ko’ngli dardga qorishga, bir necha kundirki o`zi bilan o`zi kurashardi.
Ikkinchi bo`lim
Sokinlik|jimlik …
Oradan oylar o’tdi. Buzilmagan bir sukunatning iskanjasida azob chekayotgan ko’ngillar horg`in va holsiz, umidsiz edi.
O`sha kundan beri yuzi kulmas, yuragidagi umidlar yuzidek so`lg`in. tinim bilmagan titroqning og’ushida yashar, sayyodlar qurshovida qolgan ohu kabi jonsarak, o`ziga qadalgan to’pponchalar tajovuzidan qutqusidan omonda qolish uchun nafasini chiqarmaslikka tirishardi. So’zsizlik bilan kelishib olgandek o`zini sukunat soyasiga urar, oz gaplashar, ko`p muloqotdan o’zini olib qochardi. Botinidagi emas zohiridagi to’fonlar endi-endi tina boshlagandi. Qishning Dekabr, yanvar, fevral oylarida limon, po`rtaxol, va mandarinlar bilan sirdosh tutindi. Mavsum bahor kelishiga tayyorgarlik ko`rar, havo isib boshlagan tuman odamlar bilan gavjumlasha boshlagandi yana. Tumanga sayyohlar oqib kelarkan yerli xalq yana o’z ko’chlarini olib Toros etaklariga sari otlanishgandi.
Hasrat shu o`tgan oylarda umrining eng qora kunlarini yashadi. Hayoti azob-og`riqlarning o’pqonidaydi go`yo. Tursun ishga ketgan, hasrat esa ertalabdan o`zini yomon his qilgani uchun nonushtaga ham chiqmadi. Azonlab sekin-sekin boshlangan sanchiq borgan sari kuchayar va yengib borardi uni. Oqarinqiragan yuzidagi nash’a sekin-asta o’chib borar va o`rnini quyuq zahillik qopladi. Xonasiga chiqib yotdi va onasining ovozidan uyg’ondi.
Jismimda qattiq og’riq bor, oyi. O`zingiz nonushta qilib olavering men birozdan keyin yerman.
Mavish xona eshigini ochib dovdirab qoldi. Qizining kravatiga yaqin kelgach ko`zlariga ishonmadi. Hasrat zo`rg`a nafas olar, ter ko`pchirdi yuzida. Nafas olishlari g`alati, va buni bildirmaslikka tirishar, ingraganini sezdirmaslik uchun tishlarini bir-biriga qattiq bosardi. O`zi bilan kurashgan oylarni xayolidan o`tkazar, alam, azobning eng chuqur izlari chehrasida aks etardi.
QAVAT-qavat ko’ylaklar kiyib homiladorligini yashirib yurdi. Holsizligini ko`ngil g`ashligiga yo`ydi uydagilarga. Vujudidagi homilani tushirishni bir necha bor reja qildi, ammo vijdoni izn bermagach dardlarini ham homilasi bilan birga yuragi ostiga joyladi. Azob-uqubatlar bilan birga jismida olib yurish uchun kurashardi. Axir u ham tirik bir yaratiq edi zotan. Va uning umriga zomin bo`lishga haqqi yo`qligini anglardi. Barcha bo’lib o’tgan voqealarni xayolidan o`tkazarkan, taqdir-da, deb o`zini ovutardi. Pokiza tuyg’ulari gunohsiz va ma`sum edi. Barcha g`amlarga jimgina ko`nardi qadarga taslimiyat yuzasidan. O`zini oqlay olmasligiga ishonch hosil qila-qila ko`z yumish edi bu.
Mavish uyni saranjomlagan faqatgina nonushta dasturxoni ochiq. Qizining boshiga kelgachhar xil o’y fikrlar qayta qayta jonlanardi miyasida. Mavish hayrat ichida Hasratni yotoqqboshida kutardi. Ko’zlari to’satdan kattalashdi va polaponlar inlariga sig’may potirlashgani kabi uni to`lg`antira boshladi. Hasrat kravatida qaltirab tirishar, chehrasidan qaynoq terlar oqib mis qozon kabi qaynardi.
Hasrat!
Bu hayqiriq titratib yubordi hasratni. Zo`rg`a nafas olib AYAJON, deya oldi faqat. Shafqatga muhtoj, o`tinchli boe edi nigohlarida.
Ona, men juda yomon qizman.
Qizalog’im1
Qattiq quchoqladi qizini. Hasratning dardi chekinmas, aksincha, avj olar qo’llarini g`azab bilan siltab o`zidan uzoq qildi onasini.
Meni tinch qo’ying, ona, men …
Mavishni vahima cho`lg`adi:
Nima bo’lyapti senga, aytsang-chi?!
Ona, menga ayollar shifkori chaqirsangiz, faqat tezroq….
Yo`q, onajon, aslo bunday qila ko’rmang. Birorta ayollar shifokori chaqiring avval, iltimos, Hafiza xolaning jiyani bor-ku…
Onasi shoshib qoldi. Bo’sh nigohlarini qizining ko`zlariga qadadi;
Qizim, u – doya-ku.
Mayli, onajon. Tez chaqiring uni.
Mavish oyoq-qo’li bo`shashib parishon harakatlar bilan xonaning o’rtasida turib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |