Usta Olim Komilov
Usta Olim Komilov
(1875, Margʻilon — 1953.3.4, Toshkent) — sozanda (doyra, nogʻora, chang),
milliy kuy, usul va raqslar bilimdoni, pedagog, oʻzbek sahnaviy raqs sanʼatining asoschilaridan.
Mehnat Qahramoni (1932),
Oʻzbekiston xalq artisti
(1937). Margʻilonda Masaid otadan doira
chalishni oʻrgangan. Dastlab Margilon yallachilari, sozandalarga joʻrnavozlik qilib, toʻy, sayil,
keyinchalik choyxonalarda xizmat qilgan. Oʻzbek davlat konsertetnografik truppasi (1929-
yildan Oʻzbek davlat musiqali teatri, 1939-yildan Oʻzbek davlat opera va balet teatri)da
doirachi; raqs studiyasida dars bergan (1926-43).
U.O. oʻzbek raqs sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan. U toʻplagan va oʻzi yaratgan oʻzbek
raqsi usullari raqqosalar uchun asosiy qoʻllanma boʻlib qoldi. U.O. Tamaraxonim va M.
Turgʻunboyeva kabi raqqosalar ustozidir. Tamaraxonim bilan ijodiy hamkorlikda qad. oʻzbek
raqslarini sahnalashtirgan, ularning ayrimlarini raqqosalar ansambli ijrosiga moslashtirgan
("Zang", "Gul oʻyin", "Sadr", "Daromadi gul oʻyin" va h. k.), yangi "Pilla", M. Turgʻunboyeva bilan
"Paxta", oʻzi "Tantana" raqslarini yaratgan. "Farhod va Shirin" (Xurshid pyesasi; V. Uspenskiy, G.
Mushel musiqasi), "Gulsara" (Komil Yashin, M. Muhamedov; R. Glier) spektakllariga raqslar
sahnalashtirgan, "Paxta" (N. Roslavets, 1933), "Shohida" (F. Tal, 1939) baletlarini
sahnalashtirishda qatnashgan.
U.O. ijrosidagi xalq doira usullarining koʻpi Il. Akbarov ("Doyra usullari", T., 1952), V. Uspenskiy,
Ye. Romanovskayalar tomonidan yozib olingan. U.O.ning ijro uslubi zarblar jilvadorligi qamda
tembr vositalarining xilmaxilligi bilan ajralib turadi. T. Inogʻomov, K. Azimov, A. Toʻychiyev va
boshqa doirachilarga ustozlik qilgan.
Moskvada oʻtkazilgan milliy teatrlar olimpiadasi (1930), oʻzbek sanʼati dekadasi (1937)
qatnashchisi (dekadada ijro etilgan "Sayil va kolxoz toʻyi" inssenirovkasining
yaratuvchilaridan). U.O. doiraning boy ifoda imkoniyatlarini chet mamlakatlarda ham
namoyish qilgan. Tamaraxonim va boshqa bilan birinchi xalqaro raqs festivalida gʻoliblikka
erishgan (London,1935) va uning kaftlaridan olingan gips nusxa Angliya muzeyida saqlanadi.
Fargʻonadagi 1musiqa maktabi, Toshkent va Margʻilondagi koʻchalardan biriga U.O. nomi
berilgan.
[1]
Obidov T., Us t a Olim Komilov, T., 1958.
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Adabiyot
Soʻnggi tahrir 4 oy avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Usta_
Olim_Komilov&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Usta_Olim_Komilov&oldid=25
05713
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |